Mundarija: Kirish Marketingning asosiy rivojlanish boskichlari


Marketingning asosiy rivojlanish boskichlari


Download 42.8 Kb.
bet2/9
Sana15.06.2023
Hajmi42.8 Kb.
#1485780
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MARKETINGNI ZAMONAVIY KONSEPSIYALARI

Marketingning asosiy rivojlanish boskichlari
Marketingni asosiy elementlarini tashkil topishi – bozorni tadkik kilish va taxlil etish, narxni tuzilishi tamoyili; servis siyosati – (1809-1884) Sayrus Makkormek nomi bilan boglanadi. 1902 yildan boshlab AKSHning (Michigan, Kaliforniya, Illinoys) universitetlarida marketing muammolari buyicha («Tovarlar marketingi», «Marketing uslublari» fanlari va boshkalar) fanlar kiritilib, mahruzalar ukitila boshladi.
1926 yilda AKSHda marketing va reklama milliy uyushmasi tashkil topdi, keyinchalik uning negizida Amerika Marketing jamiyati barpo etildi, bu jamiyat 1973 yilda Amerika Marketing uyushmasi nomini oldi. Bir oz keyinrok bunday uyushma va tashkilotlar Garbiy Yevropa mamlakatlari va Yaponiyada xam paydo buldi. Xalkaro marketing tashkilotlari - Yevropa marketing va ijtimoiy fikr tadkikotlari jamiyati, Xalkaro Marketing Federatsiyasi, Yevropa Akademiyasi va shunga uxshashlar yuzaga keldi.
Bular xakida 1-jadvalda tulik tanishib chikish mumkin.
1-jadval
Marketing rivojlanish tarixidan asosiy lavxalar

Sana, yillar

Marketingda ruy bergan uzgarishlar

1902 yillarda

AKSHda mustakil ravishda marketing kursini ukitish boshlandi

1908 yillarda

Ilk bor tijorat marketing tashkiloti tuzildi. AKSHning yirik sanoat kompaniyalarida birinchi marketing bulimlari tashkil etildi

1920 yillarda

Xalkaro savdo palatasi tuzildi

1926 yillarda

AKSHda Milliy marketing va reklama assotsiatsiyasi tashkil topdi, uning asosida keyinchalik Amerika marketing assotsiatsiyasi deb kayta nomlandi

1930-1940 yillarda

Dunyoning kupgina iktisodiy rivojlangan davlatlarida milliy marketing assotsiatsiyalari tashkil topdi

1950-1960 yillarda

Xalkaro marketing federatsiyasi, Jamoatchilik fikrlari masalalari va marketing buyicha Yevropa jamiyati va Yevropa marketing Akademiyasi kabi xalkaro marketing tashkilotlari tuzildi

1980 yillarning II yarmi

Mamlakatimizning iktisodiy oliy ukuv muassasalarida marketing kursi ukitila boshladi

1990 yillarning oxirlarida

Mamlakatimizda marketing buyicha xorijiy adabiyotlar tarjima kilingan xolda va Uzbekistonlik mualliflar tomonidan kuplab chop etilmokda

60-yillar urtasida eng yirik Amerika korporatsiyalarining 80% ga yakini uz xujalik faoliyatida marketingning asosiy talablarini kullay boshladi. Garbiy Yevropa va Yaponiyada marketing goyalari AKSHga karaganda sustrok joriy kilindi. Ammo 60-yillarning oxiriga kelib ular marketing amaliyotini tezkorlik bilan uzlashtirishga kirishdilar va bunda muxim yutuklarga erishdilar. Marketing anhanaviy savdo usullaridan farkli ularok anik maksadlarni kuzlaydi, xujalik vazifalarini esa yakkol ifodalaydi: korxona shunday sifatli maxsulot tayyorlashi lozimki, uni sotish kulay bulsin. Darxakikat, maxsulot ishlab chikarilgani bilan u albatta foyda keltiradi degan mahnoni xali aslo bildirmaydi. Ilgari xujalik raxbarlarining vazifasi asosan jami resurslarni ishlab chikarish talablari bilan muvofiklashtirishdan iborat edi, yahni korxona uzi xoxlagan maxsulotni ishlab chikarar va xamma ehtiborini uni sotishga karatar edi. Marketingning maksadi esa bozorning mavjud va kelgusida extimol tutiogan imkoniyatlarini aniklash xamda sifat jixatidan tugri baxolashdan, sungra unga tayanib, butun kuchini uz maxsulotiga kizikish va extiyojni kuchaytirishga, xaridorga maxsulotni, shuningdek kursatilandigan tegishli ximat turini tanlash imkonini yaratgan xolda, maxsulotni sotishga karatishdan iborat.
1966 yilda AKSHda marketing masalalari buyicha 350 ga yakin tadkikot firmalari faoliyat olib borib, undan yirik firmalar 45 mln dollarga yakin oborotga ega edi, bunda bu firmalarning jami oboroti 300 mln dollardan oshikni tashkil etgan. Marketing muammolarini tadkik kilishni tijorat boshlashuvi asosida universitetlar xam, savdo-sanoat assotsiatsiyalari, davlat tashkilotlari va xizmatlari xam shugullana boshladi.
1972 yilda F.Kotler mikromarketing va makromarketing tushunchalarini asoslab berodi. 1976 yilda SHelbi Xant marketing ayirboshlash jarayoni xakida ilm xisoblanishini kursatdi.
80-yillar oxiri 90-yillar boshlarida marketingni globallashtirish jarayoni kuzatildi. SHuningdek, 1990 yilda Kanberra shaxrida (Avstraliya) «Marketing – bu xamma narsa», «Marketing biznesni anglatadi» shiori ostida global marketing buyicha Xalkaro konferentsiya bulib utdi.
Xozirgi davrda jaxon iktisodiyotida sanoat davri axborot davriga urin bushatib bermokda. Bu davrda AKSH, Yaponiya, Germaniya va boshka Yevropa mamlakatlariga yetib keldi. Singapur, Tayvan, Janubiy Koreya unga juda yakin. Tez uzgaruvchan bozor sharoitlari, narxsiz rakobat usullarining rivojlanishi, ishlab chikarish yuksak darajada chakkon moslashuvchan, yakka istehmolchiga muljallangan, xajmi kichik bozor soxalari, bozor segmentlari va ayrim «sukmok»larning kupligi unga xos xuxusiyatlardir. Ayni paytda ishlab chikarishning ixtisoslashuvi shunday darajaga yetdiki, bir bozorning oralik segmentlarida bush makon juda kam koladi. Natijada bozor rakobati yanada shiddatli tus oladi. Ammo bu jarayon narx omili negizida emas, balki rakobatning anada takomillashgan usul va shakllari paydo bulishi natijasida yuz beradi.
Tovarning «xayotiy tsikli» misli kurilmagan darajada kiskaradi. Xozirgi davrda yetakchi yapon elektron firmalari bozorga urtacha xar uch oyda bir marta mikrosxemalarning yangi turini chikaradi. Maxsulotlar assortimentning xilma-xilligi ortdi, bir xil buyumlarni kuplab ishlab chikarish kamaydi, yahni tup-tup kilib uyub tashlash tajribasidan voz kechilmokda. Tovar sifatiga ega bulgan tovarlar mazmuni uzgardi. Endi yaxshi maxsulot chikarish bilangina ish bitmaydi, rakobatga dosh berish uchun sotuvdan keyingi darajasini, firma kursatadigan kushimcha xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash zarur.
Korxonalar xarajatlarini oddiy kamaytirish yullarini uylabgina kolmay, ayni paytda tovarlarni sotish va utkazish, daromadlarni muttasil kupaytirish soxalariga kuprok ehtibor berishga majbur. Maxsulot sotishga yangi bozorlar, muayyan afzalligi tufayli maxsulot uziga jalb etadigan yangi xaridorlarni kondirish lozim. Bu ishlarni xozirgi zamon marketingiga tayanibgina amalga oshirish mumkin. Korxonaning omon kolishi iktisodiy, ilmiy-texnikaviy, kong’yunktura-tijorat, ijtimoiy va boshka axborotlarni uz vaktida olishi kabi omillardan ustalik bilan foydalanish natijasida tahminlanadi.

Download 42.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling