59
ma‟lumotni chiqarish uchun quyidagi so`rov yoziladi.
Select distinct student_ID From exam_marks A where Exits (select
* from EXAM-MARKS B) where mark<3 and B Student_ID= A
student_ID;
Ma`lumotlar bazasi jadvallardan tashkil topadi. Jadvallar alohida fayl
ko„rinishida yoki birorta faylni bo„lagi bo„lishi mumkin.
Ma‟lumki
Select operatori yordamida
virtual jadvallar yaratish,
Ya‟ni vaqtinchalik jadvallar yaratish mumkin. Bunday jadvallar
vaqtinchalik bo„lib, yaratgan foydalanuvchi o„zi
undan foydalanishi
mumkin.
Tasavurlar ham vaqtinchalik jadvallar bo„lib, ular ko`p
foydalanuvchilar murojat qilishi mumkin va u ma‟lumot bazasidan
majburan olib tashlanguncha mavjud bo„ladi.
Tasavurlar MB oddiy jadvallariga o„xshash bo„lib, ma‟lumotlar
saqlovchi fizik ob‟ekt hisoblanmaydi. Tasavurlarda ma‟lumotlar
jadvallardan tanlab olinadi. Tasavurlar foydalanuvchilardan jadvallarni
ba‟zi ustunlarini yashirish uchun yoki ko„pincha
foydalanuvchiga
kerakli bo„lgan bir nechta jadvaldan bitta yaratish kerak bo„ladi. Misol
sifatida 3 ta jadvaldan tashkil topgan oddiy ma‟lumot
bazasini qarab
chiqildi.
Tovarlar ( ID -tovar , nomi, narxi, tavsifi)
Mijozlar(ID - mijoz, ismi, manzili, telefon)
Sotish(ID- tovar,soni, mijoz)
Tashkil qilish nuqtai nazaridan bu ma‟lumot bazasi yomon
loyihalanmagan. Lekin ba‟zi masalarni
yechishda foydalanuvchini
mijoz va tovar identifikatorlari qiziqtirmaydi. Aniqroq aytganada unga
bitta jadval kerak bo„ladi. Masalan bu jadval “sotish_taxlili (tovar,
soni,bag„osi, narxi, mijoz)”. Bu jadvalni
berilgan uchta jadvaldan
quyidagi so„rov yordamida hosil qilish mumkin.
3>
Do'stlaringiz bilan baham: