Mundarija kirish mavzu


 - mavzu. XML va ma'lumotlar bazalari .......................................... 110  Glossariy


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/79
Sana13.11.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1769615
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Bog'liq
Ma\'lumotlar bazasi Zayniddinov

15 - mavzu. XML va ma'lumotlar bazalari .......................................... 110 
Glossariy ............................................................................................... 126 
Adabiyotlar ro`yxati............................................................................ 130 



Kirish 
Hozirgi kunda barcha sohalarda ma‟lumotlar bazasi (MB) kerakli 
axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanishda juda muhim rol 
o„ynamoqda. Jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik 
o„zimizga kerakli ma‟lumotlarni olish uchun, albatta, MBga murojaat 
qilishga majbur bo„lamiz. Demak, MBni tashkil qilish axborot almashuv 
texnologiyasining eng dolzarb hal qilinadigan muammolaridan biriga 
aylanib borayotgani davr taqozasidir. 
Axborot texnologiyalarining rivojlanishi va axborot oqimlarining 
tobora ortib borishi, ma‟lumotlarning tez o„zgarishi kabi holatlar 
insoniyatni bu ma‟lumotlarni o„z vaqtida qayta ishlash choralarining 
yangi usullarini qidirib topishga undamoqda. Ma‟lumotlarni saqlash, 
uzatish va qayta ishlash uchun MBni yaratish, so„ngra undan keng 
foydalanish bugungi kunda dolzarb bo„lib qolmokda. Moliya, ishlab 
chiqarish, savdo-sotiq va boshqa korxonalar ishlarini ma‟lumotlar 
bazasisiz tasavvur qilib bo„lmaydi.
Ma‟lumki MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar
ma‟lumotlardan turli ko„rinishda foydalanish juda qiyin edi. Dastur 
tuzuvchilar ma‟lumotlarini shunday tashkil qilar edilarki, u faqat 
qaralayotgan masala uchungina o„rinli bo„lardi. Har bir yangi masalani 
hal qilishda ma‟lumotlar qaytadan tashkil qilinar va bu hol yaratilgan 
dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi. 
Har qanday axborot tizimining maqsadi real muhit ob‟ektlari 
haqidagi ma‟lumotlarga ishlov berishdan iborat. Keng ma‟noda 
ma‟lumotlar bazasi - bu qandaydir bir predmet sohasidagi real 
muhitning aniq ob‟ektlari haqidagi ma‟lumotlar to„plamidir. Predmet 
sohasi deganda avtomatlashtirilgan boshqarishni tashkil qilish uchun 
o„rganilayotgan real muhitning ma‟lum bir qismi tushiniladi. Masalan, 
korxona, zavod, ilmiy tekshirish instituti, oliy o„quv yurti va boshqalar. 
Shuni qayd qilish lozimki, MBni yaratishda ikkita muhim shartni 
hisobga 
olmoq 
zarur: 
Birinchidan, ma‟lumotlar turi, ko„rinishi, ularni qo„llaydigan
programmalarga bog„liq bo„lmasligi lozim, Ya‟ni MBga yangi 
ma‟lumotlarni kiritganda yoki ma‟lumotlar turini o„zgartirganda, 
programmalarni 
o„zgartirish 
talab 
etilmasligi 
lozim. 
Ikkinchidan, MBdagi kerakli ma‟lumotni bilish yoki izlash uchun 
biror programma tuzishga hojat qolmasin. Shuning uchun ham MBni 



tashkil etishda ma‟lum qonun va qoidalarga amal qilish lozim. Bundan 
buyon 

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling