Mehnat unumdorligi - xodimlar mehnat faoliyatining iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichidir. U ishlab chiqarilgan mahsulot yoki ko’rsatilgan xizmatlar miqdorining mehnat xarajatlariga nisbatan, ya’ni mehnat xarajatlari birligi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot bilan belgilanadi. Jamiyatning rivojlanishi va uning barcha a’zolari farovonligi darajasi mehnat unumdorligi darajasi va uning o’sishiga bog’liqdir. Bundan tashqari, mehnat unumdorligi darajasi ishlab chiqarish usulini ham, hatto ijtimoiy - siyosiy tuzumning o’zini ham belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |