Mundarija: kirish mavzuning maqsad va vazifasi


Ish bilan bandlikka ko’maklashish markazlarining


Download 286.5 Kb.
bet8/16
Sana05.01.2022
Hajmi286.5 Kb.
#226770
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
kazakova

Ish bilan bandlikka ko’maklashish markazlarining asosiy faoliyati aholini bandlik darajasini aniqlash, hududda yangi ish o’rinlari yaratishga yordamlashish, korxonalarda kasanachilik asosida ish o’rinlari yaratish bo’yicha hujjatlarni rasmiylashtirish, ish bilan band bo’lmagan aholini ishga joylashtirish, kasbga qayta o’qitish, haq to’lanadigan jamoat ishlariga jalb qilishdan iborat.

Respublikada Davlat ish bilan bandlik xizmati 1991 yilda tashkil etilgan. Uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

-ish qidiruvchilarga kasblar bo’yicha maslahatlar berish va ishsizlarni yangi mutaxassisliklar bo’yicha o’qitish;

-nogironlar, yoshlar, harbiy xizmatdan bo’shab kelganlarlar va fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoya qilinishga mug’toj bo’lgan boshqa guruhlari uchun ish joylarini band qilish;

-ishchi kuchini hududlar bo’yicha qayta taqsimlash;

-oddiy yo’l bilan ishga kira olmaydiganlar ish bilan bandligiga ko’maklashish uchun ish o’rinlarini qo’llab-quvvatlash;

-ishsizlarning tadbirkorlik va mustaqil faoliyati bilan shug’ullanishlariga yordam ko’rsatish;

-ommaviy ishdan bo’shatishlarni to’htatib qolish uchun kompensasiya to’lovlarini amalga oshirish.

O’zbekistonda zamon talablariga javob beradigan mehnat bozori endigina shakllana boshladi. U mazkur mezonlar bo’yicha bozor tizimida hali o’z shaklini egallaganicha yo’q. Shuning uchun ham uni aralash hamda mehnat bozorining birinchi turiga moyilroq deyish mumkin.

Mehnat bozori – yalpi ko’lamli bozor bo’lib, u yalpi taklifni (jami iqtisodiy faol aholini) va yalpi talabni (iqtisodiyotning mehnatga, ya’ni xodimga bo’lgan jami ehtiyojini) qamraydi. Tor ma’noda mehnat bozori joriy bozor bo’lib, u yalpi bozorning bir qismini tashkil etadi va bo’sh o’rinlar hamda ish qidirish bilan band bo’lgan shaxslar miqdori bilan belgilanadi.

Raqobat – har qanday bozor mexanizmini tashkil etuvchi ajralmas qism bo’lib, u ko’p miqdordagi erkin xaridorlar va ish kuchini sotuvchilarning mavjudligi hamda ular uchun mehnat bozoriga erkin kirish va uni tark etish imkoniyatini anglatadi. Mehnat bozorining turlari u yoki bu mehnat bozoriga kiradigan ish bilan bandlarning toifasiga ko’ra farqlanadi. Bunday farqlash mehnat bozorida tabaqalashtirilgan siyosatni amalga oshirish imkonini beradi. Bu siyosat u yoki bu xodimlar toifalarining xususiyatlari, ularning imkoniyatlari va cheklovlari, ularni mehnat qilishga undovchi sabablar, mehnat sarflaydigan joylari, ishlab chiqarish va mehnat jarayonidagi rolidan kelib chiqadi.


Download 286.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling