Mundarija: Kirish Moliyaning nazariy asoslari davlat moliyasining hozirgi holati davlat moliyasining amaldagi holati tahlili Foydalanilgan adabiyotla Xulosa Kirish Ilmiy loyiha mavzusining dolzaribligi


— 2024-YILLARDA O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MOLIYASINI BOSHQARISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH STRATEGIYASINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA


Download 57.68 Kb.
bet5/7
Sana26.02.2023
Hajmi57.68 Kb.
#1233453
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
moliya 1

2020 — 2024-YILLARDA O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MOLIYASINI BOSHQARISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH STRATEGIYASINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
Davlat moliyasini boshqarish tizimini yangi bosqichga olib chiqish va budjet intizomini yanada mustahkamlash, soliq-budjet tizimining shaffofligini oshirish, O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti (keyingi o‘rinlarda — Davlat budjeti) mablag‘laridan foydalanish samaradorligi va natijadorligini oshirish, Davlat budjetini o‘rta muddatli davr uchun rejalashtirishning zamonaviy usullarini joriy etish hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasining “2020-yil uchun O’zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasining “2020-yil uchun O’zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida” 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-son qaroriga muvofiq quyidagilar 2020 — 2024-yillarda davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasining asosiy yo‘nalishlari etib belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:
soliq-budjet siyosatiga strategik yondashuvni tatbiq etish maqsadida o‘rta muddatli budjet asoslarini ishlab chiqish hamda yillik budjetni shakllantirishning yangi “natijaga yo‘naltirilgan budjet” tizimini joriy etish;
- makrofiskal prognozlar ishonchliligini ta’minlash bo‘yicha institutsional salohiyatni va budjet jarayoni ishtirokchilarining mas’uliyatini oshirish;
- budjet mablag‘larini taqsimlovchilar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet sohasidagi vakolatlarini va hisobdorligini oshirish hamda ularning mas’uliyatini kuchaytirish;
-fiskal tavakkalchiliklarni baholash, moliyaviy aktivlar va majburiyatlar hisobini yuritish hamda ularni samarali boshqarish tizimini joriy etish;
- budjet hisobi standartlarini unifikatsiya qilish, ichki nazorat va audit tizimini takomillashtirish orqali moliyaviy intizomni mustahkamlash;
- budjet ma’lumotlarining ochiqligi, to‘liqligi va xalqaro standartlarga mosligini ta’minlash;
- budjet jarayoni ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.
2. Quyidagilar:
2020 — 2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasi davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasi 1-ilovaga muvofiq;
2020 — 2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasi davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha harakatlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.

Download 57.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling