Mundarija: Kirish Moliyaning nazariy asoslari davlat moliyasining hozirgi holati davlat moliyasining amaldagi holati tahlili Foydalanilgan adabiyotla Xulosa Kirish Ilmiy loyiha mavzusining dolzaribligi
Ilmiy loyiha ishining obyekti va predmeti
Download 57.68 Kb.
|
moliya 1
Ilmiy loyiha ishining obyekti va predmeti.
lmiy loyiha obyekti qilib, korxonalar va tijorat banklarining faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillar va ularni boshqarish tanlab olindi. Ilmiy loyiha predmeti bo’lib, korxonalar va tijorat banklarining iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish va moliyalashtirishga qaratilgan iqtisodiy munosabatlariga ta’sir qiluvchi risklar hisoblanadi. Ilmiy loyiha ishining maqsadi va vazifalari. Moliyaning tashkiliy tamoyillari iqtisodiyotdagi ro’li va transfarmatsiyalashuvi bo’yicha ilmiy taklif va xulosalar ishlab chiqish ilmiy loyiha ning maqsadi hisoblanadi. 1.Moliyaning nazariy asoslari Davlat moliyasi — davlat ixtiyorida pul jamgʻarmalarining tashkil etilishi, taqsimlanishi va sarflanishi sohasidagi moliyaviy munosabatlar. Davlat moliyasining mablagʻlari umummilliy manfaatlar yoʻlida sarflanadi, davlatning funksiyalarini bajarishga xizmat qiladi. Davlat moliyasining pul jamgʻarmalari, moliya mexanizmi, davlatning moliyaviy institutlari (idoralari) va moliya siyosatini oʻzida mujassamlashtiradi. Davlat moliyasining tarkiban davlat byudjeti, mahalliy (munitsipal) byudjetlar, davlat korxonalarining moliyasi (ularning byudjeti), hukumatga qarashli maxsus jamgʻarmalar, davlat krediti (davlat qarz olgan va qarzga beradigan vositalari) kabi turlarga bo’linadi. Birinchi marta "Davlat moliyasi" atamasi 16-asrda Fransiyada ishlatila boshladi. Oʻsha davrda Davlat moliyasi turli soliqlar tarzida maydonga keldi. Yirik davlatlarning vujudga kelishi va ular harajatlarining ortib borishi bilan nakd pulga ehtiyoj oʻsdi, natijada xalqdan olinadigan soliqlar, asosan, pul shaklida yigʻib olinadigan boʻldi, majburiy soliklar va zayomlar davlat zayomlari bilan almashindi. Buning oqibatida davlat moliyasining murakkab tizimi vujudga keldiMoliyaviy munosabatlarning ilk shakllari insoniyat taraqqiyotining quldorlik jamiyati bosqichida jamiyatning sinflarga bo’linishi va davlatning vujudga kelishi bilan bog’liq ravishda paydo bo’ldi. Muayyan hududda boshqaruv organi sifatida davlatning vujudga kelishi uning hokimiyat apparatini moddiy jihatdan ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, mamlakatni himoya qilish, urush harakatlarini olib borish, ijtimoiy ob’ektlar va yo’llar qurish kabi vazi-falarni bajarishi uchun ma’lum darajada pul mablag’lari ham bo’lishini taqozo eta boshladi. Xuddi shu holat o’z navbatida jamiyatda moliya paydo bo’lishini iqtisodiy zaruriyatga aylantirdi. Demak, davlatchilik tizimining vujudga kelishi moliyaning paydo bo’lishi uchun asosiy sabab bo’lib xizmat qildi. Moliya haqida so’z borar ekan, eng avvalo, bu atama qanday paydo bo’lgan, degan haqli savol tug’ilishi tabiiy. “Moliya” arabcha so’z bo’lib, o’zbek tilida eng umumiy tarzda “pul mablag’lari” ma’nosini anglatadi. Bu so’z ona tilimizda ishlatilishining quyidagi ko’rinishlari mavjud: • maqsadli pul fond1 larini hosil etish, jamlash, taqsimlash va ishlatish yuzasidan paydo bo’ladigan iqtisodiy munosabatlar majmui; pul mablag’larini shakllantirish, taqsimlash, ularni sarf qilish tizimi (masalan, moliya yili, moliya kapitali, moliyaviy tizim); • biror shaxs, oila, jamoa, muassasa, tashkilot yoki davlat tasarrufidagi pul mablag’lari (masalan, korxona moliyasi); • moliya ishlari bilan shug’ullanuvchi davlat organi (so’zlashuv tilida) 2 . Arab tilidagi “mol”, ya’ni “boylik, mulk; pul jamg’armasi”, shuningdek, “moliyat”, ya’ni “pul mablag’lari; soliq” so’zlari ham moliyaga daxldordir3 . Lekin jahon iqtisodiy adabiyotida lug’aviy ma’nosi jihatidan o’zbekcha “moliya” iborasining frantsuzcha “finance”, lotincha “financia” va ruscha “finansi” kabi ekvi-valentlari yoki ma’lum ma’noda, sinonimlari4 qachon va qayerda paydo bo’lganligi haqida aniq ma’lumot yo’q5 . Ayrim olimlar “financia” (“finance”, “finansi” va h.k. shakllarda) tushunchasi aynan shu shaklda XIII-XIV asrlarda Italiyaning savdo shaharlarida paydo bo’lgan va dastlab “pul to’lovi” ma’nosini anglatgan, degan fikrlarni olg’a surishadi. Xalqaro savdo-sotiq ishlarining rivojlanishi mazkur iboraning Italiyadan boshqa davlatlarga ham tarqalishiga sabab bo’lgan. XY asrda “financia” tushunchasi Fransiyada “davlat daromadlari”, “pul summalari” ma’- nosida ishlatila boshlangan. Boshqa tadqiqotchilar bu atama muomalada ilk bor frantsuz olimi J.Boden tomonidan 1755 yilda nashr etilgan “Respublika xususida olti kitob” nomli asarida ishlatilgan va shu tariqa bu atama Yevropa dav-latlari hayotiga kirib kelgan, deb hisoblashadi6 . Yaratilayotgan moddiy ne’matlarni taqsimlash va qayta taqsimlash bo’yicha oliy hokimiyat organi sifatida davlat va takror ishlab chiqarish jarayonining boshqa ishtirokchilari o’rtasida yuzaga chiqadigan ma’lum bir iqtisodiy munosabatlarni Yevropa davlatlarida o’rta asrlardan boshlab “moliya” tushunchasi orqali ifodalay boshlashgan. Natural munosabatlar ustunlik qilgan jamiyatlarda taqsimlash va qayta taqsimlash j arayonlari natural soliq-lar va turli ko’rinishdagi shaxsiy to’lanmalar xarakteriga ega bo’lgan. Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi taqsimlash va qayta taqsimlash munosabatlari shakllarining o’zgarishiga olib keldi – ular ko’proq ravishda pul xarakte-riga ega bo’ldi. Biroq bu munosabatlarning mazmun va mohiyati printsipial jihatdan o’zgarmay qolaverdi. Zamonaviy tasavvurdagi “moliya” tushunchasi podsholar xazinasidan davlat xazinasi ajralib chiqishi bilan paydo bo’lgan. Bir paytning o’zida shuni alohida qayd etish kerakki, jamiyatda pul, tovar-pul munosabatlari va davlatning paydo bo’lishi o’z-o’zidan darhol moliyaning ham vujudga kelganligini bildirmaydi. Ular hammasi bir paytda, ya’ni birdaniga paydo bo’lgan emas. Davlat byudjeti daromadlarini asosan soliqlar, turli to’lovlar, harbiy o’lja va kontributsiyalar tashkil etgan bo’lsa, o’sha paytdayoq xarajatlar moddalarining hozirga qadar o’z ahamiyatini yo’qotmagan yo’nalishlari shakllandi: harbiy xarajatlar, iqtisodiyot, boshqaruv va ijtimoiy maqsadlarga ajratilgan mablag’lar. Korporativ tipdagi (ustav kapitalining hissali aksiyadorlik shaklidagi) milliy va transmilliy tashkilotlarning vujudga kelishi bilan bog’liq holda tovar ishlab chiqa-rishning yirik masshtablarda rivojlanishi takror ishlab chiqarish jarayonining turli ishtirokchilari o’rtasida pul mablag’larini jalb qilish, ulardan foydalanish va ularni taqsimlash metodlari hamda usullarining takomillashuviga olib keldi. Tovarlar harakatidan ajralgan pul mablag’larining harakati masalalari bu taqsimlash jarayonlarida alohida ahamiyat kasb etadi. Ular bir tomondan, kreditning turli shakllari va ikkinchi tomondan, turli sub’yektlar o’rtasida YaIM qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash bilan bog’liqdir. Bir vaqtning o’zida, ularning har biri amaldagi huquqiy normalar yoki ishbilarmonlik aylanma-sining tartibiga muvofiq ishlab chiqarilgan mahsulotdan o’z hissalarini olishga da’vo qiladilarki, bu moliyaviy munosabatlarning sohasidir. Shunday qilib, moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, taraqqiyot qonuniyatlari, tovar-pul munosabatlarining qamrab olish sohasi va ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va funksiyalari bilan belgilanadi. Tarixiy kategoriya sifa-tida ham moliyaning vujudga kelishi jamiyatning sinflarga bo’linishi va davlatning paydo bo’lishi bilan bog’liq. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoit-larni ta’minlash hamda davlatning funksiyalari va vazifalarini bajarish maqsadida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag’lari fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar moliya deyiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlar bir-biridan ishlab chiqarish munosabatlari xususiyatlari bilan farq qiladi. O‘z navbatida, yangi ishlab chiqarish munosabatlari mavjud ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasidan kelib chiqadi. Yangi ishlab chiqarish munosabatlariga davlat tuzilmasi ham mos kelishi kerak. Alohida olingan davlatda o’zgarishlar yuqoridagidek ketma-ketlikda va bog’liqlikda sodir bo’lmasligi mumkin. Lekin bu jarayondagi umumiy qonuniyatlar xususiy holatlarga bog’liq bo’lmaydi. Har bir ijtimoiy tuzum va shunga muvofiq ravishda, shu tuzumdagi davlatga ma’lum bir moliyaviy tuzilma mos keladi. Turli ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarda moliya munosa-batlari bir-biridan farq qiladi va bu farqlar quyidagi sabablar tufayli paydo bo’ladi: • har qanday ijtimoiy tuzumga jamiyatning o’z sinfiy tuzilmasi mos keladi. Bunda moliya MDni taqsimlash munosabatlarini hisobga olib, ularning davlat foydasiga qayta taqsimlanishini tashkil qiladi; • har qanday ijtimoiy-iqtisodiy tuzumda moliya dav-latning maqsadlari va vazifalariga bo’ysunadi; • ishlab chiqarishning yangi usuli xo’jalik munosabat-larining yangi tizimini vujudga keltiradi. Masalan, quldorlik va feodallj; tuzumlarga natural munosabatlar xos bo’lgan bo’lsa, shunga mos ravishda davlat daromadlarini shakllantirish ham asosan natural xarakter kasb etgan. Kapitalistik xo’jalik tovar-pul munosabatlariga tayanadi. Shunga muvofiq davlat daromadlarini shakllantirish ham pul shaklida amalga oshiriladi; • agar davlat boshqaruv organi sifatida tarkib topgan ishlab chiqarish munosabatlari va sinfiy tuzumning vazifalariga xizmat qilsa, shu vazifalarga moliya ham xizmat qiladi; • faqat ijtimoiy tuzilma va texnologiyalargina emas, balki moliya ham bir davlatdan boshqasiga eksport qilinishi mumkin Moliyaning tarixiy xarakterga ega ekanligi har qanday davlat o’z funksiyalarini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan jamg’armalarni shakllantirish va ulardan foydalanishning tizimini yaratadi, degan xulosani chiqarishga imkon beradi. Bunda turli davlat va tuzumlarda jamg’armalarni shakl-lantirish va ulardan foydalanishning shakllari va metodlari bir-biridan keskin farq qilishi mumkin. Bu yerda gap undirishning shakllari to’g’risida emas, balki uning ob’ektlari to’g’risida ketayapti. Ana shunday ob’ektlar sifatida har doim mulk va daromad maydonga chiqadi. Undirish shakllari to’g’risida gapiriladigan bo’lsa, u holda hatto antik grek davlatlaridayoq to’g’ri (bevosita) soliqlar bilan birgalikda egri (bilvosita) soliqlar ham paydo bo’lgan. To’g’ri (bevosita) soliqlar er va mol egalaridan olingan. Urush davrlarida esa mulkiy soliq joriy etilgan. Egri (bilvosita) soliqlar bojxona bojlari va savdoga soliq shakllarida maydonga chiqqan. Rim imperiyasida armiyada pulli to’lanmalar (yollanma askarlar va ofitserlar uchun) joriy etilgan. Bu va shunga o’xshash boshqa ehtiyojlar (tomoshalarni tashkil etish, ishsiz fuqarolarga yordam ko’rsatish va boshqalar) pulli xarajatlarni talab etgan. Shuning uchun ham harbiy o’ljalar va kontributsiyalarga qo’shimcha ravishda pulli soliqlar joriy etilgan. Qulni sotish va sotib olish uchun to’lanadigan soliq ana shunday soliqlarning dastlabkisidir. Nooziq-ovqat buyumlarini sotganlik uchun (asosan 1% miqdorida) ham soliq undirilgan. Urushlar davrida har bir fuqaro mol-mulkdan undiriladigan favqulodda soliqni ham to’lagan. Rimda 5% miqdorida undiriladigan merosdan olinadigan soliq ham joriy etilgan. Ijtimoiy tuzum sifatida feodalizm qullarga egalik qilish yoki patriarxal tuzum asosida rivojlangan. Biroq bu erga xususiy egalik va dehqonlarning feodallarga biriktirilganligiga asoslangan ijtimoiy tuzumga keskin ta’sir ko’rsatmagan. Biriktirilgan (Rossiyada krepostnoy) dehqonlar bo’lmagan joyda feo-dalizm ham mavjud bo’lmagan. Har bir mamlakatda markazlashtirilgan hukumatning roli va uning funksiyalari feodallarning ta’siri ostida belgilangan. Feodal o’zi egalik qiladigan joy chegaralari doirasida o’z soliqlarining tizimini joriy etgan. Markaziy hokimiyat xo’jalik hayotiga, xususan, aholini soliqqa tortish masalalarini faqat feodal bilan muvofiqlashtirilgan chegara doirasida aralashuvi mumkin edi. Yevropada feodal bo’linuvchanlikka birinchi marta salb yurishlari orqali kelib chiqqan ritsarliklarning kuchsizlanishi oqibatida barham berilgan. davlatlar o’rtasidagi urushlar boshqalarga nisbatan urushlar tufayli boyigan mamlakatlarda qirollik hokimiyatini mustahkamlagan. Er egalarini saqlashga sarf qilingan to’lanmalardan tashqari dehqonlar yo’llar, qasrlar, qal’alar qurish va armiyaga xizmat qilish bilan bog’liq bo’lgan boshqa ishlarni ham bajarishga majbur bo’lganlar. Hunarmandlar feodal va shahar hokimiyatlariga soliqlarni faqat o’zlarining buyumlari bilan emas, balki pullari bilan ham to’laganlar. Savdogarlar feodalga sovg’alar va daromadlaridan to’lovlardan tashqari tranzit va boshqa bojlarni to’la-ganlar.1 Moliyaning xarakterli belgilaridir: • qiymatning tovar shaklidagi harakatiga bog’liq bo’lmasdan, aksincha, real pullarning harakatiga bog’liq bo’lgan, huquqiy normalar yoki biznesni yuritish etikasiga asoslangan munosabatlarning taqsimlash xarakterda ekanligi; • pul mablag’lari harakatining, odatda, bir tomonlama yo’nalishga ega ekanligi; • markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag’lari fondlarini yaratish. Moliya quyidagilar sub’yektlar o’rtasida vujudga keladigan pul munosabatlarini ifodalaydi: • tovar-moddiy boyliklarni sotib olish, mahsulot va xizmatlarni realizatsiya qilish jarayonida korxonalar o’rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari; • markazlashtirilgan pul mablag’lari fondlarini yara-tish va ularni taqsimlash borasida korxonalar va ularning yuqori organlari o’rtasida vujudga keladigan pul munosa-batlari; • byudjet tizimiga soliqlarni to’lash va xarajatlarni byudjetdan moliyalashtirish davomida korxona va davlat o’rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari; • soliqlar va boshqa ixtiyoriy to’lovlarni to’lash jarayonida davlat va fuqarolar o’rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari; • to’lovlarni amalga oshirish va resurslarni olish jarayonida korxonalar, fuqarolar va nobyudjet fondlari o’rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari; • byudjet tizimining alohida bo’g’inlari o’rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari; • sug’urta badallarini to’lash va zararlarni qoplash, sug’urta hodisasi ro’y bergan paytda aholi, korxonalar hamda mulkiy va shaxsiy sug’urta organlari o’rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari; • korxona fondlarining doimiy doiraviy aylanishiga xizmat qiluvchi pul munosabatlari.2 Siyosiy iqtisodning vujudga kelishi va rivoj-lanishi XVIII asrga to’g’ri keladi. Bu maktabning vakillari moliyani siyosiy iqtisoddan ajratmaganlar va uni mustaqil fan sifatida e’tirof etmaganlar. Bu maktab mualliflari (frantsuzlar – A.Tyurgo, F.Kene va V.Mirabo, inglizlar – A.Smit va D.Rikardo) ishlarining darajasi, hajmi va uslubi xilma-xil bo’lishiga qaramasdan ularning moliya to’g’risidagi ta’limotlarini quyidagi to’rtta asosiy yo’nalishga keltirish mumkin: • davlat kerak, chunki u “tabiiy tartib”ni hasaddan va tajovuzlardan himoyalaydi; • davlatni saqlash arzon bo’lmog’i lozim, chunki davlatning boshqaruv xarajatlari noishlab chiqarish xarakteriga ega; • davlat “tabiiy tartib”ni, ya’ni mulkchilik va raqobat huquqini buza olmaydi, u cheklovchi bojxona bojlari va monopoliyalarni o’rnatish yo’li bilan ham mamlakatning xo’jalik hayotiga aralashmasligi kerak; • davlat soliqqa tortishning quyidagi asosiy printsip-lariga qat’iy rioya etmog’i lozim: - o’z daromadlariga muvofiq ravishda barcha soliq to’lashi kerak (bu qoida ruhoniylar va aslzodalarning soliq immunitetiga qarshi yo’naltirilgan); - soliqni oldindan aniq belgilash zarur; - soliqni soliq to’lovchi uchun qulay bo’lgan vaqtda undirish lozim. - soliqlarni yig’ish xarajatlari arzon bo’lishi kerak. Download 57.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling