Mundarija: Kirish. Muvozanatlashgan ko`prik sxemasi. Muvozanatlashtirilmagan ko`prik sxemasi


Muvozanatlashtirilmagan ko’prik sxemasi


Download 0.87 Mb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1527195
1   2   3
Bog'liq
qwwwwwwwwwwwwwww

3. Muvozanatlashtirilmagan ko’prik sxemasi

Muvozanatlashtirilmagan ko’priklar haroratni o’lchash uchun qarshilik termometrlari bilan birgalikda ham qo’llaniladi. Ammo ulardan gaz analizatorlarida, kontsentratometrlarda va qator o’lchash vositalarida foydalaniladi.


Muvozanatlashtirilmagan ko’priklar haroratni bevosita o’lchash imkonini beradi. Bu mazko’r termometrning tajribada qo’llaniladigan muvozanat ko’prigidan afzalligidir. R – rostlash qarshiligi; R1, R2, R3 – ko’prikning doimiy qarshiliklari; Rмmillivoltmetr qarshiligi; Rн – nazorat qarshiligi; Н (nazorat) holatidan У (o’lchash) holatiga o’tkazish qayta ulagichi П; Rtqarshilik termometri; П qayta ulagich У holatda turganida Rt ning o’zgarishi bilan millivoltmetr orqali ta‘minlash kuchlanishiga to’g’ri proporsional bo’lgan tok o’tadi:


(9)

bunda К ( larda) ushbu qiymatga teng:




(10)

Muvozanatlashtirilmagan ko’priklarning afzalliklariga sxemasining muvozanatlashtiradigan qo’rilmani talab etmaydigan soddaligini, kichik qarshiliklarni o’lchash uchun ishlatish mumkinligini kiritish mumkin. Kamchiliklariga ko’rsatishlarining ta‘minlash kuchlanishi o’zgarishiga bog’liqligini, ko’prik shkalasining chiziqsizligini kiritish mumkin.




4. Qarshiliklarni o’lchashning kompensatsion usuli

Aniq o’lchashlarda va past haroratlarni o’lchashda o’lchashning kompensatsion usuli qo’llaniladi. Bu usulning moxiyati o’lchanayotgan rezistorda va u bilan ketma-ket ulangan namuna rezistorida kuchlanish tushuvini taqqoslashdan iborat. Rezistordagi kuchlanish tushuvi, odatda, potensiometr orqali o’lchanadi.


O’lchanayotgan rezistor Rу namuna rezistor Rн bilan ketma-ket ulangan. Namuna rezistor sifatida qarshilik magazinlari yoki qarshilikning namuna g’altaklaridan foydalaniladi. Zanjirdagi o’lchash toki o’zgaruvchan rezistor yordamida o’rnatiladi. Tok miqdori qarshilik termometrlarining o’zidan qizishi termometr haroratini yo’l quyiladigan qiymatidan oshirib yubormaydigan qilib tanlanadi:


(11)

bunda Uи – namuna rezistorda kuchlanish tushuvi, mV; Rи – namuna rezistor qarshiligi, Om.


Ikkinchi tomondan,


(12)

bunda Uу – o’lchanayotgan rezistorda kuchlanish tushuvi, mV; Rу – o’lchanayotgan rezistorning noma‘lum qarshiligi, Om.


O’lchanayotgan rezistor qarshiligini topamiz:


(13)

Ko’rilgan variantda kompensatsion usul mexanik o’lchashlar uchun noqulay, chunki rezistor qarshiligini topish uchun navbat bilan o’lchanayotgan namunali rezistordagi kuchlanish tushuvini o’lchash lozim va sungra rezistorning qarshiligini hisoblash kerak.


Termometrning kichik qarshiliklarini texnik o’lchash uchun avtomatik kompensatsion asboblar ishlab chiqilgan, ular kompensatsion o’lchash usulining ijobiy xossalariga ega. Termometrni ulashning turt simli sxemasi simlar qarshiligining o’lchash natijalariga ta‘sirini butunlay bartaraf etish imkonini berdi.
Kichik haroratlarni o’lchash uchun o’zgaruvchan tok kompensatsion asbobning prinsipial sxemasi 6-rasmda keltirilgan. Qarshilik termometri Rt ta‘minlash manbaidan o’zgaruvchan I tok bilan ta‘minlanadi. Asbobning o’lchash sxemasi Тр tok transformatoridan shunday ta‘minlanadiki, o’lchash toki Iу = КI bo’ladi. Agar termometrda kuchlanish Uав kuchlanish bilan kompensatsiya qilinmagan bo’lsa, unda kuchaytirgich kirishiga signal beriladi. Bu signal reversiv dvigatelni va reoxord sirpangichi Rр ni kuchlanish Uab tushuvini (Rt da) muvozanatlashtirmaguncha harakat qilishga majbur qiladi. Bu holda quyidagicha tenglik bajariladi:


(14)

yoki



, (15)

bunda




(16)


rezistor asbob shkalasining sanoq boshini belgilashga xizmat qiladi, Rш esa o’lchash diapazonini o’rnatadi. Transformatsiya koeffitsienti K ni amalda o’zgarmas deb qarab, asbob ko’rsatishlari ta‘minot kuchlanishi tebranishiga va termometrni ulash simlari qarshiligining o’zgarishiga bog’liq emas deb hisoblash mumkin.



Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling