Ma’lumotlar sxemasi qaysi satr bilan jadval bog‘langanligini ko‘rsatadi, qaysi yo‘l bilan ular bog;lanishi, bog‘langandan keyin tekshirish kerak kerakmasligini va jadvallarda kalitlarni o‘zqarishini ko‘rsatadi. Ma’lumotlar shemasi faqat server ma’lumotlar bazasi bilan ishlayatganda Access ob’yektlar panelida ko‘rinadi.
Formalar foydalanuvchi ilovasi muloqot interfeysini yaratishda asosiy vosita bo‘lib hisoblanadi. Forma ekranda o‘zaro bog‘langan jadvallarni ko‘rish uchun qulay bo‘ladi. Tugmali formalarni boshqarish panelini yaratish va ilovalar yaratish uchun ishlatish mumkin. Formalarga rasmlar, diagrammalar, tovush fragmentlari, video qo‘yish mumkin. Formalarda xodisalarni qayta ishlash mumkin.
Hisobot foydalanuvchi masalasining natijalari va kiritish va chop etishlarni o‘z ichiga olgan hujjatlarni farmatlaydi. Grafik ob’yektlarni ishlatish hisobotlarni tasvirlshda yanada natijalar ko‘rinishining effektivligini oshiradi.
Sahifalar muloqot Web-sahifasi hisoblanadi. Ular ma’lumotlar bazaasi bilan dinamik aloqani taminlashadi, ko‘rib chiqish, tahrirlash va ma’lumotlarni bazaga kiritish imkoniyatini beradi.
Makroslar foydalanuvchi ilovasida bir necha holatlarni avtomatilashtirish imkoniyatini beradi. Makros bu dastur bo‘lib, makrokomandalardan tashkil topgan. Makrosni yaratish uchun muloqot oynasidan kerakli makrokomandani tanlash bilan amalgam oshiriladi.
Modullar Visual Basic for Application tilida tuzilgan protseduralar. Foydalanuvchi tomonidan protsedura-dastur va protsedura-funktsiyalar tuzilishi mumkin.
Accessda tasvirlanadigan maydon turlari
Ma’lumotlar turi
|
Ta’rif
|
Matnli (Yozuvli) Текстовый)
|
Bu maydon turi matnlardan tashkil topgan bo‘lib, uning uzunligi
(hajmi) 255 belgidan oshmasligi kerak (maydon uzunligi maydon o‘lchami bilan o‘rnatiladi)
|
MEMO maydoni
(поле МЕМО)
|
MEMO maydonida hajmi 65535 belgidan ko‘p bo‘lmagan matnli (yozuvli), yoki yozuvli va raqamli malumotlar saqlanadi (Bu maydon turi tndekslanmaydi)
|
Raqamli
(Числовой)
|
Bu maydon turi raqamli qiymatlarni saqlaydi, ularning diapazoni maydon o‘lchami parametrida aniqlanadi
|
Sana/vaqt
(Дата/время)
|
Bu maydon qiymati sana va vaqtlardan iborat (8 bayt) va 100dan 9999 gacha yil dipazonini kiritish mumkin
|
Pulli
(Денежный)
|
Bu maydon qiymati raqamlar bo‘lib, unda butun nuqtasidan 15 razryad chapda va 4 razryad o‘ngda raqamlar saqlanishi mumkin
|
Hisoblagich
(Счетчик)
|
Bu maydom qiymati unikal qiymat bo‘lib, u jadvalga yangi yozuv qo‘shilganda avtomatik ravishda bir qiymatga oshib boradi
|
Mantiqiy
(Логический)
|
Bu maydon “Ha” yoki “Yoq” qiymatlarni saqlaydi. Access da “1”- “Ha” va “0” –“Yoq” holatlariga ishlatiladi (Bu maydonga tndeks kiritilmaydi)
|
OLE ob’yekt
maydoni (Поле
объекта OLE)
|
Bu maydonga OLE-serveri tomonidan qayta ishlangan ob’yektlar joylashtiriladi (Bu maydon turi tndekslanmaydi)
|
Gipermurojaat
(Гиперссылка)
|
Bu maydon qattiq diskning boshqa fayliga bo‘lgan gipermurojaatlarni (yoki Internet adreslarini) saqlaydi
|
Qo‘shish
(Вложение)
|
Matematik funksiyalar bilan ishlash imkoniyati yaratiladi
|
Har bir maydon o‘zining xossalariga (xususiyatlariga) ega bo‘lib, ular orqali qanday saqlashni, ko‘rsatish va qayta ishlashni o‘rnatish mumkin. Maydon xossalari jamlanmasi ma’lumot turini tanlashga bog‘liq.
Xossasi
|
Ta’rifi
|
Maydon o‘lchami (kengligi)
|
Raqamli yoki matnli qatorning maksimal uzunligini aniqlaydi.
|
Maydon formati
|
Ma’lumotlar ko‘rinish formatini forma va so‘rov tarzida o‘rnatadi
|
O‘nlik belgi raqami
|
O‘nlik raqamlarning kasr qismi razryadini aniqlaydi
|
Kiritish maskasi
|
Ma’lumotlarni kiritishda ma’lumotlar maskasini aniqlaydi
|
Imzo
|
Forma yoki hisobotda maydon yonida kirgiziladigan yozuv
|
O‘z-o‘zidan beriladigan
Qiymat
|
Jadval maydoniga mos qiymatni o‘z-o‘zidan o‘rnatadi
|
Qiymatga shartlar
|
Jadval to‘ldirishda foydalanuvchi shu maydonga kirgiza oladigan bir necha qiymatlarni aniqlaydi
|
Xato haqida xabar
|
Mumkin bo‘lmagan qiymatni kiritishda ekranga chiqadigan
xabarni aniqlaydi
|
Majburiy maydon
|
Berilgan maydon albatta to‘ldirilishini ko‘rsatadigan o‘rnatma
|
Bo‘sh qatorlar
|
Kiritishda berilgan qatorga bo‘sh qatorni kitilishini nazorat
qiladigan o‘rnatma
|
Indekslangan maydon
|
Qidirish tezligini oshirishda oddiy indekslarni aniqlaydi (birinchi kalit maydoni avtomatik ravishda indeksatsiyalanadi)
|
Yunikodni siqish
|
Bu qmaydonda Unicode ishlatilayotganligini tekshiradi
|
Do'stlaringiz bilan baham: |