Мундарижа кириш. Нефт ва газ саноати иқтисодиётимиз асоси


Download 0.81 Mb.
bet10/11
Sana18.03.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1282888
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
19. пиролиз

Chiqishi, % (mass.)

Oddiy haydash

Destruktiv haydash

Gaz …………………….

-

1,70

Benzin (205 0C gacha) ……

-

3,84

205 – 350 0C fraktsiya ……

4,7

11,83

350 – 550 0C fraktsiya …..

51,9

60,39

550 0C < qoldiq

43,4

22,24

Jami:

100,0

100,00

Demak, distilyatlar chiqishi oddiy haydashda 56,6% dan destruktiv haydashda 76,06 % gacha ko’paydi.




1.9. Neft homashyosi pirolizi
Neft va gaz ko’rinishidagi homashyolarni termik krekinglashni , yana bir ko’rinishi piroliz deb atalib, u krekingning yuqori temperaturada o’tkaziladigan formasidir. Tarkibi ko’p miqdordagi to’yinmagan uglevodorod gazlarini olish uchun jarayon asosan 670 dan 12000C gacha bo’lgan temperaturalarga amalga oshiriladi. Odatda piroliz qurilmasini birinchi navbatda etilen olish qurilmasi deb ham ataladi. Jarayon propilen, butadien va atsetilenni maksimum chiqishiga yo’naltirilishi mumkin. Piroliz gazlari bilan bir qatorda kam miqdorda suyuq mahsulot – smolalar hosil bo’ladi. Smolalar tarkibi asosan ko’p miqdordagi monotsiklik (benzol, toluol, ksilollar) va politsiklik (naftalin, antratsen va boshqalar) aromatik uglevodorodlardir.
Piroliz orqali olingan etilen polimerlar, etilspirt va etilen oksidi ishlab – chiqarishga yuboriladi. Jarayonda hosil bo’ladigan propilen asosan polipropilen, akrilonitril va butadien ishlab-chiqarishda foydalaniladi.
Piroliz jarayoni homashyosi sifatida uglevodorodli gazlar, engil benzin fraktsiyalari, gaz kondensatlari, katalitik riforming rafinatlari, kerosin va gazoyl fraktsiyalari hizmat qiladi.

So’nggi yillarda neft va neft qoldiqlari pirolizi bo’yicha tadqiqotlar o’tkazilmokda. Jarayon xomashyoni tanlash bilan piroliz maqsadi aniqlanadi. Piroliz mahsulotlar chiqishi homashyo sifatiga va qurilma tehnologik rejimiga bog’likdir. Etanni pirolizida etilenni chiqish miqdori ko’p bo’ladi. Xomashyoni og’irlashishi bilan etilen chiqishi kamayadi va bir vaqtda piroliz smolasi va koks chiqishi ortadi. Jarayon temperaturasini oshirish va reakciya vaqtini kamaytirish orqali etilen chiqishi ko’payadi. To’yinmagan uglevodorodlar chiqishini oshirish va koks hosil bo’lishini kamaytirish uchun Reaktsion aralashmaga turli qo’shimchalar beriladi, masalan: suv bug’i, vodorod, metan yoki vodorod-metan aralashmasi.
Pirolizni turli ma`lum variantlari mavjud: qattiq issiqlik tashuvchili, o’ta qizdirilgan suv bug’ida, elektrorazryadli naylarda, kuchlanish yoylarida, katalizatorli tizimda hamda sanoatda keng tarqalgani quvurli pechlarda o’tkaziladigan pirolizdir. Zamonaviy piroliz qurilmalarining asosiy mahsulotlari 99,9 % (mass.) tozalikdagi etilen, 99,9 % (mass.) tozalikdagi propilen, tarkibi 30 – 40% (mass.) butadiendan iborat butan-butadien fraktsiyasi, 25 – 30 % (mass.) izobutelin va 15 – 30 % (mass.) n–butilen va piroliz smolasi hisoblanadi. Piroliz smolasi turli variantlar bo’yicha fraktsiyalarga haydaladi, ya`ni undan aromatik uglevodorodlar, benzin va qoldiq olinadi. Etan va propanni piroliz qilinganda tadqiqot natijalari shuni ko’rsatadiki, haqiqatdan ham bosim oshirilishi to’yinmagan gaz ko’rinishli reakciya mahsulotlaridan hosil bo’lgan suyuq polimerlar chiqishi ortadi.
Boshlang’ich homashyo tarkibida metanni miqdori-piroliz natijalari tahliliga ko’ra ijobiy ta`siriga egadir. Piroliz pechlari konstruktsiyasi neftni qayta ishlash zavodlarida qo’llaniladigan pechlardan deyarli farq qilmaydi. Asosan ikki kamerali, ikki tomonlama qizdiriladigan yon ekranli vertikal pechlar, hamda radiant – konvekciya tipdagi pechlardan keng foydalaniladi. Piroliz jarayoni maqbul (optimal) sharoiti qiska to’qnashuv vaqtida yuqori temperatura hisoblanadi. Mahsulotni reakciya zonasida o’rtacha bo’lish vaqti 0,7– 1,5 sek tashkil etadi. Qisqa vaqtli to’qnashuvni ta`minlash uchun zmeevik quvurlarida bug’ harakatni yuqori tezligi talab etiladi. Etan va propan pirolizida amaliy ma`lumotlarga ko’ra gaz tezligi pechga kirishda 10–17 m/s ni tashkil etsa, chiqishda 150 – 200 m/s ga etadi. Bunday yuqori tezlik zmeevik uzunligi bo’ylab bosimlar farqi katta bo’lmasligi kerak.Zmeevikli pechda odatda bosimlar farqi 0,7 – 2 at. ni tashkil etadi. Oshirilgan bosim zararli ta`sirini kamaytirish uchun pech quvurlariga, homashyoga nisbatan kamida 10 % mass. suv bug’i beriladi. Quvurli pechda boradigan neft homashyosi pirolizi quyidagi 9-rasmda keltirilgan.
Piroliz mahsulotlarini sovitishda qurilmaning muhim jihozlaridan biri 2-toblovchi jihoz, qo’shimcha bug’ ishlab chiqaruvchi qozon(kotelutilizator) va 4-skrubber hisoblanadi. Piroliz mahsulotlarini tez sovitish uchun toblovchi jihoz qo’shgich (smesitel) ga qizdirilgan suv beriladi, qaysiki bug’larning temperaturasini 400–6000C gacha pasaytiradi. Bug’larni navbatdagi sovitishni qo’shimcha bug’ ishlab chiqaruvchi qozon(kotelutilizator) 3 da va 4-suvli skrubberda o’tadi. Skrubber ikki qismdan iborat bo’lib, pastki qismi nasadkasiz, yuqorisi nasadkali ko’rinishdadir. Har ikkala qismga yuqoridan suv quyilib turiladi va bunda skrubber yuqorisidan 60 – 620C gacha sovutilgan piroliz, pastidan esa smola kondensati va suv bug’i chikadi. Kondensat 5-tindirgichga ajralishga tushadi, pastidan smola, o’rta qismdan suv va yuqori katlamdan engil distillyatga ajratiladi. Distillyat suv qayta foydalanish uchun cirkulyaciya tizimi qo’llaniladi. Sanoat pirolizida etandan etilen olishdagi doimiy temperatura 750–8000C chegarasida bo’ladi.



Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling