Mundarija kirish. Neft va gaz sanoatining energetika kompleksidagi o‘rni
Nasadkali rektifikatsion kolonnalar
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
tarelkali rektifikatsion kalonnlarni hisoblash
Nasadkali rektifikatsion kolonnalar. Bunday kolonnalar eng ko‘p tarqalgan yuzali
qurilmalar qatoriga kiradi. Har xil shaklli va o‘lchami 12/150 mm bo‘lgan qattiq jismlar, ya’ni nasadkalar bilan to‘ldirilagan vertikal kolonnalarning tuzilishi sodda va yuqori samaradorlikka ega bo‘lgani uchun ular sanoatda keng ishlatiladi. Nasadkali kolonnalarda nasadkalar gaz va suyuqlik o‘tadigan tayanch to’rlarga o’rnatiladi. Qurilmaning ichki bo‘shlig‘i nasadka bilan to‘ldirilgan bo‘ladi yoki har birining balandligi 1,5 - 3 m bo‘lgan qatlamlar holatida joylashtiriladi. Gaz to’rning tagiga beriladi, so‘ngra nasadka qatlamidan o‘tadi. Suyuqlik esa kolonnaning yuqori qismidan maxsus taqsimlagichlar orqali sochib beriladi, u nasadka qatlamidan o‘tayotganda pastdan berilayotgan gaz oqimi bilan uchrashadi. Kolonna samarali ishlashi uchun suyuqlik bir tekisda, qurilmaning butun ko‘ndalang kesimi bo‘ylab bir har sochib berilishi kerak. Bu qurilmalarda kontakt yuzasi esa nasadkalar yordamida hosil qilinadi. Odatda nasadkali kolonnlarning diametri 4 m dan ortmaydi. Katta diametrli kolonnalarda gaz va suyuqlikni qurilmaning ko‘ndalang kesimi bo‘yicha bir me’yorda taqsimlash juda qiyin, shu sababdan katta diametrli kolonnalar samaradorligi ancha kam bo‘ladi. Biroq sanoatda diametri 12 m gacha bo‘lgan qurilmalar ham ishlatiladi. Tarelkali kolonnalarning ishlash prinsipi shunga asoslanganki, unda jihozni rektifikatsiya jarayoni bug‘ va suyuqlik fazalarini ko‘p bosqichli kontakt usulida olib boriladi. Shu maqsadda kolonna maxsus tarelkalar bilan jihozlangan. Bu tarelkalarda asosan fazalar orasida massa almashinuv boradi. Tarelkalar kolonnalar ichiga gorizontal o‘rnatiladi. Konstruktiv elementlari bilan farq qiladigan tarelkalar ko‘p. Tarelkali kolonnaning ichki qismiga uning balandligi bo‘ylab bir xil oraliqda bir necha gorizontal to‘siqlar, ya’ni tarelkalar o‘rnatiladi. Tarelkalar orqali gaz va suyuqlik bir-biri bilan o‘zaro to‘qnashib, ularning harakati boshqariladi. Gazlarning suyuqlikdan o’tishi va natijada tomchi hamda ko‘piklaming hosil bo‘lishi barbotaj deyiladi. Sanoatda konstruktiv tuzilishi turlicha bo‘lgan tarelkalar ishlatiladi. Suyuqlikning bir tarelkadan ikkinchi tarelkaga quyilishiga qarab tarelkali kolonnalar quyilish moslamasi bor va quyilish moslamasi yo‘q bo‘ladi. Quyilish moslamasi bor tarelkali kolonnalarda suyuqlik bir tarelkadan ikkinchi tarelkaga quyiluvchi quvur yoki maxsus moslama orqali o‘tadi. Bunda quvurning pastki qismi pastki tarelkadagi stakanga tushirilgan bo‘lib, gidravlik zatvor vazifasini bajaradi, ya’ni bir tarelkadan ikkinchi tarelkaga faqat suyuqlikni o‘tkazib gazni o‘tkazmaydi. 12 15.1-rasm. Quyilish moslamasi bo‘lgan tarelkali kolonna: 1-g‘alvirsimon tarelka; 2- quyilish quvuri. Bunda suyuqlik kolonnaning yuqorigi qismidagi tarelkaga berilib, bu suyuqlik tarelkadan tarelkalarga maxsus moslama orqali o‘tib, kolonnaning pastki qismidan chiqib ketadi. Gaz esa kolonnaning pastki qismidagi tarelkalarning teshikchalaridan pufakchalar holida taqsimlanib, tarelkalardagi suyuqlik qatlamida ko‘pik hosil qilib yuqoriga harakat qiladi. Tarelkada hosil bo‘lgan gaz ko‘piklari modda va issiqlik almashinish jarayonining asosiy qismini tashkil qiladi. Tozalangan gaz esa kolonnaning yuqorigi qismidan chiqadi. Quyilish quvurlari shunday joylashtiriladiki, bunda qo‘shni tarelkadagi suyuqlik qarama- qarshi yo‘nalishda harakat qiladi. Quyilish moslamasi bor kolonnalarda elaksimon, qalpoqchali. S - simon elementli, klapanli, kapsulali, plastinali, tez harakat qiladigan oqimli va boshqa turdagi tarelkalar o‘rnatiladi. Bunday tarelkalarda suyuqlik oqimi harakatini tashkil etishda quyidagi usullar ishlatiladi: bir oqimli, ikki oqimli, uch oqimli, to'rt oqimli, halqasimon harakat, tutash tarelkalarda bir tomonga yo'nalgan harakat, pog‘onalar bo‘ylab harakat, o‘roqsimon quyilish to‘sig‘i orqali harakat (15.2-rasm). Turli xildagi quyilish moslamasi bo'lgan tarelkalaming samarali ishlashi gidrodinamik harakat rejimiga bog‘liq. Gazlarning tezligi va suyuqlikning tarelkalarda taqsimlanishiga qarab tarelkali absorberlar uch xil: pufakli, ko'pikli. ingichka oqimli gidrodinamik rejimda ishlaydi. Bu rejimlar barbotaj qatlamining tarkibiga qarab bir-biridan farq qilishi bilan birga, kontakt yuzasining kattaligi, gidravlik qarshilik miqdori va balandligini aniqlaydi (15.3-rasni). Ushbu rasmda quyilish moslamasi bor tarelkaning gidravlik qarshiligi bilan kolonnadagi gaz oqimi tezligining o‘zaro bog‘lanishi ko‘rsatilgan. Gazning tezligi kichik bo‘lganda, u suyuqlik qatlamidan alohida pufakchalar holida o‘tadi. Bu tarelkalardagi gaz bilan suyuqlikning kontakt yuzasi kichik bo'ladi. Bunday holat pufakli rejimni tashkil etadi. 13 a-bir oqimli; b—ikki oqimli; d-uch oqimli; e-to‘rt oqimli; f-halqa bo‘ylab harakat; g-tutash tarelkalarda bir tomonga yo‘nalgan harakat; h,i-pog‘onasimon harakat; j-o‘roqsimon quyilish to'sig‘i orqali harakat. 15.4-rasm. Elaksimon tarelkali kolonna: a-kolonnaning tuzilishi; b-tarelkaning ishlash prinsipi; 1-qobiq; 2-tarelka; 3-quyilish quvuri, 4-stakan. 15.4-rasmda elaksimon tarelkali kolonnaning ishlash sxemasi ko‘rsatilgan. Bu turdagi uskunalarda vertikal silindrsimon qobiq bo‘lib, uning ichiga gorizontal tarelkalar o‘matiladi. Tarelkalaming butun yuza qismi 2-8 mm li teshikchalardan iborat bo‘ladi. Suyuqlikning bir tarelkadan ikkinchisiga o‘tishi va tarelkadagi suyuqlik qatlamining balandligi quyi qismi stakanga o‘rnatilgan quyilish quvurlari orqali rostlanadi. Gaz tarelka teshiklaridan o‘tib, suyuqlik qatlamida pufakchalar holida taqsimlanadi. Gaz tezligi juda 14 kam bo‘lsa, bunda yuqorigi tarelkadagi suyuqlik teshiklar orqali quyi tarelkaga oqib tushib ketadi, natijada gaz bilan suyuqlikning modda almashinish samaradorligi juda ham kamayib ketadi. Shuning uchun berilayotgan gaz tezligining qiymati va uning bosimi tarelkadagi suyuqlik qatlamining bosimidan yuqori bo‘lib, tarelkadan suyuqlikning oqib tushishiga yo‘l quymasligi kerak. Odatda g‘alvirsimon tarelka yuzasidagi suyuqlik qatlamining balandligi 25-30 mm bo‘ladi. Hozirgi kunda sanoat kolonnalarini to‘ldirish uchun turli nasadkalar ishlatiladi. Nasadkalar solishtirma yuzaga, minimal massaga va katta erkin hajmga ega bo‘lishi kerak Ular quyidagi ko‘rsatgichlar bilan xarakterlanadi: 1. Solishtirma yuza m 2 /m 3 ; bu kattalik kolonnaning 1 m 3 hajmiga to‘ldirilgannasadkaning yuzasini bildiradi. 2. Erkin hajm, m 3 /m 3 ; bu kattalik 1m 3 hajmdagi nasadkalarning ichida qancha erkin hajm borligini ko‘rsatadi. 3. Suyuqlikning ushlab qolish qobiliyati, m 2 /m 3 ; bu kattalik nasadka qatlamining hajm birligida ushlab qolinadigan suyuqlikning miqdorini bildiradi. 4. 1 m 3 nasadkaning massasi, kg. 2- rasm. Nasadkalarning turlari: a- rishig halqasi; b-Lessing halqasi; v-krestga o‘xshash to‘siqli halqa; g- bitta spiralli halqa; d- ikkita spiralli halqa; j- Berl egari; z – Intaloks egari Nasadkalar sifatida Rashig halqalari, keramik buyumlar, koks, maydalangan kvars, polimer halqalar, maydalangan kvars, polimer halqalar,metalldan tayyorlangan to‘rlar, sharlar, propellerlar, egarsimon elementlar va boshqalar ishlatiladi (6-rasm). Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling