Mundarija: Kirish O’zbekistonda auditorlik faoliyatini me’yoriy-huquqiy tartibga solish tizimi va uning elementlari Auditorlik faoliyatining milliy standartlari va xalqaro standartlari Auditorlik tashkilotinng huquqlari


Auditorlik tashkilotining javobgarligi


Download 178.5 Kb.
bet8/9
Sana07.05.2023
Hajmi178.5 Kb.
#1440634
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Audit kurs ishi Diyor (3)

Auditorlik tashkilotining javobgarligi. «Auditorlik faoliyati to’g’risidagi» Qonunning 8 moddasiga muvofiq auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvi buyurtmachilari, xo’jalik yurituvchi sub’ekt va moliyaviy hisobotdan boshqa foydalanuvchilar oldida moliyaviy hisobot hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektning boshqa moliyaviy axboroti to’g’risida noto’g’ri yakundan iborat bo’lgan auditorlik xulosasini tuzish oqibatida ularga etkazilgan zarar uchun javobgar bo’ladi.
Auditorlik tekshiruvini sifatsiz o’tkazganlik yoki lozim darajada o’tkazmaganlik oqibatida xo’jalik yurituvchi sub’ektga va (yoki) auditorlik tekshiruvining buyurtmachisiga etkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi shart.
Shuningdek, auditorlik tashkilotining javobgarligi O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi 336 moddasiga muvofiq ikki taraflama shartnomani bajarmaslik oqibatida ham vujudga keladi. Unda ko’rsatilishicha: agar ikki taraflama shartnomada bir taraf o’zi javobgar bo’lgan vaziyat tufayli uni bajarishi mumkin bo’lmay qolsa, ikkinchi taraf, basharti qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, shartnomadan voz kechishga va shartnomaning bajarilmasligi tufayli etkazilgan zararni undirib olishga haqli.
Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya uni bergan davlat organi tomonidan quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin: auditorlik tashkiloti litsenziyani bekor qilish to’g’risida ariza bilan murojat qilganda; litsenziya soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda; maxsus vakolatli davlat organining litsenziya berish to’g’risidagi qarori noqonuniyligi aniqlanganda; agar auditorlik tashkiloti unga litsenziya berish to’g’risidagi qaror qabul qilingani haqida xabarnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan e’tiboran uch oy muddat ichida maxsus vakolatli davlat organiga litsenziya berganlik uchun davlat boji to’langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan yoki litsenziya shartnomasini imzolamagan bo’lsa.
Xulosa
Auditning paydo bo’lishi korxonani bеvosita boshqarish bilan shug’ullanayotganlar (ma'muriyat, mеnеdjеrlar) va uning faoliyatiga pul qo’yayotganlar (mulkdorlar, aksiyadorlar, invеstorlar) manfaatlarini ajralishi natijasi bilan bog’liqdir. Moliyaviy ma'lumotni to’g’ri ekanligini tеkshirish va moliyaviy hisobotni tasdiqlash uchun, aksiyadorlarni fikri bo’yicha ishonish mumkin bo’lgan shaxslar taklif etilar edi. Auditorga nisbatan qo’yiladigan asosiy talablardan uning so’zsiz halolliyligi va mustaqilligidir. Buxgaltеriya hisobining murakkablashganligi auditorning jiddiy malakaviy tayyorgarlikka ega bo’lishligini taqozo etadi.
Ushbu bobda auditning paydo bo’lishi, uning mohiyati, zarurligi va ahamiyati to’g’risida batafsil bayon qilingan. Bundan tashqari hozirgi vaqtda O'zbеkistonda amal qilayotgan mе'yoriy hujjatlar asosida auditning turlari, hillari va shakllari, audit va taftishning farqlari, auditor va mijozning o'zaro aloqalari batafsil ochib bеrilgan.
Shuningdek, mazkur bobni o’zlashtirish jarayonida talabalar
O’zbеkistonda auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi mе'yoriy hujjatlar bilan tanishadilar. Shuningdek, mamlakatimizda shakllangan va rivojlanayotgan auditorlik faoliyatini huquqiy-mе'yoriy tartibga solish tizimini uchta pog’onaga bo’lib o’rganadilar. Bundan tashqari auditda ishbilarmonlik faoliyatining asosiy huquqiy shakllari bilan tanishadilar.

Download 178.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling