Mundarija: Kirish O’zbekistonda auditorlik faoliyatini me’yoriy-huquqiy tartibga solish tizimi va uning elementlari Auditorlik faoliyatining milliy standartlari va xalqaro standartlari Auditorlik tashkilotinng huquqlari


Download 178.5 Kb.
bet1/9
Sana07.05.2023
Hajmi178.5 Kb.
#1440634
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Audit kurs ishi Diyor (3)



Mundarija:

Kirish…………………………………………………………………….3

1.O’zbekistonda auditorlik faoliyatini me’yoriy-huquqiy tartibga solish tizimi va uning elementlari………………………………………………6

2. Auditorlik faoliyatining milliy standartlari va xalqaro standartlari….10


3.Auditorlik tashkilotinng huquqlari,majburiyatlari va javobgarligi…...20
Xulosa…………………………………………………………………..28
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati……………………………………..29
Kirish
Respublikamiz mustaqillikka erishganligi tufayli iqtisodiy islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish, bozor iqtisodiyotining huquqiy asoslari, demokratik davlat qurish va uni rivojlantirishning shart-sharoitlari yaratildi. Shu bilan birga bu jarayonda bozor iqtisodiyotining ob’ektiv qonun va kategoriyalari talablaridan kelib chiqqan holda jahon mamlakatlaridagi hisob, audit ishlarining integratsiyalashuviga erishish borasida huquqiy baza yaratilmoqda. Shuningdek, jamiyat hayotidagi ijobiy o’zgarishlarni hisobga olgan holda ulardan ijobiy foydalanilmoqda. Bu borada mamlakatimizda iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo’nalishlari aniq belgilanib, iqtisodiyotni va xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini erkinlashtirishda katta ishlar amalga oshirilmoqda.
Tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida buxgalteriya hisobi va auditning nazariy, tashkiliy va amaliy jihatlari bozor iqtisodiyoti munosabatlari talablaridan kelib chiqqan holda ko’rib chiqilishi lozim. Uning nazariy, amaliy, huquqiy jihatlari bilan birgalikda iqtisodiy nazoratni amalga oshiradigan auditorlarni tayyorlash va qayta tayyorlash ham tub iqtisodiy islohotlarning tarkibiy qismi ekanligi ko’zga tashlanmoqda. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy nuqtalaridan biri bozor iqtisodiyotining huquqiy negizini yaratishdan iboratdir.
Bozor infratuzilmasini barpo etish va uning faoliyatini jadallashtirish bevosita qonuniy-me’yoriy asoslarni ishlab chiqishga bog’liq. Bozor infratuzilmasining muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblangan auditorlik tashkilotlari faoliyatini tashkil qilish va rivojlantirishda qonuniy-me’yoriy asoslarga muhim e’tibor qaratish lozim.
Auditorlik tashkilotlari faoliyatining qonuniy-me’yoriy asoslari tarkibida auditorlik standartlari muhim o’rin tutib, u ushbu kasb bilan shug’ullanishning muayyan me’yorlarini belgilab beradi. Shu boisdan ham respublikamizda auditning milliy standartlarini ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Auditning milliy standartlarini ishlab chiqishda xalqaro standartlarga tayanilmoqda. Respublikamizda ishlab chiqilayotgan auditning milliy standartlari, avvalo, O’zbekistonda shakllangan iqtisodiy madaniyat va xo’jalik yuritish uslubiga mos kelishi lozim.
Ma’lumki, har qanday voqea, hodisa, buyum qaysi zamonda va makonda paydo bo‘lishidan qat‘i nazar ma’lum zaruriyat tufayli yuzaga keladi. Auditga oid manbalarda ta’kidlanishicha, uni quyidagi shart-sharoitlar keltirib chiqargan:

  • axborot yetkazib beruvchilar (ma’muriyat) bilan axborotlardan foy-dalanuvchilar (davlat organlari, banklar, aksiyadorlar, kreditorlar) man-faatlarining mos kelmasligi, natijada, ular o‘rtasida ziddiyatli vaziyatlar yuzaga kelganida ma’muriyat tomonidan noto‘g‘ri ma’lumotlar berilishi;

  • noto‘g‘ri axborotlarga asoslangan holda xo‘jalik qarorlarining qabul qilinishi natijasida noqulay iqtisodiy ahvolga tushib qolinishi yoki inqirozga yuz tutilishi;

  • iqtisodiy axborotlarning haqqoniyligini tasdiqlash uchun zarur maxsus bilimlarga ehtiyoj;

  • axborotlardan foydalanuvchilarda ma’lumotlarni bevosita baholash va sifatini aniqlash uchun maxsus malaka, vaqt va materiallarning yetishmasligi.


Download 178.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling