Mundarija Kirish Qo’shtavli balkalarni yig’ish va payvandlash haqida ma`lumot


Download 1.02 Mb.
bet5/10
Sana19.06.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1608136
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
malikaa kurs ishi 3 BALKALAr (3)

V. Pаyvаndlаsh simi.
Payvandlash yoyiga tok keltirish mo`ljallangan sterjin yoy yordamida payvandlash elektrodi deyiladi. Yoy yordamida dastaki usulda payvandlash uchun ishlatiladigan elektrodlar uzunligi va diametric turlicha bo`lgan yumaloq kesimli sterjindan iborat. Yoy yordamida mexanizatsiyalashtirilgan tarzda payvandlashda payvandlash simi, kukun va o`zi himoyalanadigan metal sim elektrod sifatida qo`llaniladi.
Elektrodlar suyuqlanadigan va suyuqlanmaydigan bo`linadi. Suyuqlanadigan elektrodlar qoshilma metal bo`lib ham xizmat qiladi. Po`latlarni payvandlash uchun ГОСТ 2246-70 ga muvofiq tayyorlanadigan maxsus po`lat simishlatiladi. Standart kam uglerodli, legirlangan va ko`p legirlangan po`latdan sovuqlayin cho`zilgan silliq sigma taalluqli. Bu sim massasi 80 kg gacha bo`lgan o`ramlar yoki kalavalar tarzida yetkazib beriladi.
Standart kimyoviy tarkibi turlicha bo`lgan payvandlash simining 75 markasini nazarda tutiladi. Kam uglerodli po`latlarning oltita markasi (Св-08, Св-08А, Св-08АА, Св-08ГА, Св10ГА, Св-10Г2), legirlangan simning 30 markasi (Св-08ГС, Св-08Г2С, Св-12ГС, Св-15ГСТЮЦА) va ko`p legirlangan simning 39 markasi (Св-12Х12, Св-12Х11-НМФ, Св-10х17Т) ishlab chiqariladi.
Legirlangan po`latlarda legirlovchi elementlar miqdori 2,5 dan 10% dan ortiq bo`ladi.
Kam uglerodli po`latdan tayyorlangan simda ko`pi bilan 0,12% uglerod bo`lishi yo`l qo`yiladi. Birinchi uchta marka (Св-08, Св-08А, Св-08АА) qaynama po`latdan (Si<0,03%) tayyorlanadi. Св-08ГА, Св10ГА va Св-10Г2 markali similar qisman tinch suyuqlanadigan po`latdan tayyorlanadi. Sim tarkibida uglerod miqdori bo`lsa, chok metallining plastikligi pasayadi, kremniy miqdori ko`p bo`lsa, qoplamani elektrod bilan dastaki usulda payvandlashda g`ovaklar paydo bo`ladi. Choklardagi g`ovaklar uglerodning oksidlanishidan paydo bo`ladigan CO va CO 2 gazlarini hosil qilib uglerod oksidlanadi. Bu gazlar qotayotgan payvandlash vannasida chiqayotgan tashqi kovakchalar va konussimon yirik kovakchalar hosil qiladi.

Qaynama po`latdan tayyorlangan elektrodlar bilan payvandlashda uglerodning kremniyga qaraganda ancha yuqori konsentratsiyasi yuqori temperaturada CO va CO 2 ni hosil qiladi, shuning uchun gazlar chok metali qotguncha qadar payvandlash vannasidan ochib ketishga ulguradi.


Tinch suyuqlanadigan po`latdan tayyorlangan sim qo`llanilgan kovakchalar paydo bo`lishidan tashqari elektrod metali ko`p sachraydi, asosiy metal kam suyuqlanadi va chok yomon shakllanadi.
Chok metali sekin soviganda tinch suyuqlanadigan po`latdan tayyorlangan sim ishlatilsa kovakchalar paydo bo`lmaydi.
Payvandlash simlarning eng ko`p tarqalgan markalarning kimyoviy tarkibi 4- jadvalda keltirilgan.
Quyidagi diametrli similar ishlab chiqariladi, mm: 0,3; 0,5; 0,8; 1; 0; 1,2; 1,4; 1,6; 2,0; 2,5; 3,0; 4,0; 5,0; 6,0; 8,0, 10,0; 12,0. Diametri 3 mmgacha bo`lgan sim shlang yordamida payvandlashda 1,6 dan 6,0 mm gachasi – qoplamali elektrodlar bilan dastaki usulda payvandlashda, kata diametrli similar suyuqlantirib qoplashda ishlatiladi.
Standartda simni markalash, upakovkalash, tashish va saqlash payitidagi texnik shartlar ko`rsatilgan. Simning har qaysi o`rami yoki kalavasiga zavod – tayyorlagich nomi, simning shartli belgilanishi, partiya nomeri, texnik control tamg`asi ko`rsatilgan metal yorliq osib qo`yiladi.
Iste`molchining talabiga ko`ra similar po`latni elektroshlak yoki vakuum yoy yordamida qayta suyuqlantirib yoki vakuum – induktsion pechlarda tayyorlangan po`latdan tayyorlanad. Sirtiga mos qoplamada va tarkibidagi zararli aralashmalar miqdori cheklangan bo`ladi.



Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling