Mundarija Kirish Qo’shtavli balkalarni yig’ish va payvandlash haqida ma`lumot


I. Qo’shtavrli balkalar haqida ma`lumot


Download 1.02 Mb.
bet2/10
Sana19.06.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1608136
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
malikaa kurs ishi 3 BALKALAr (3)

I. Qo’shtavrli balkalar haqida ma`lumot.
Devorlarining kesimi yaxlit balkalar list metaldan tayyorlanadi. Qo‘shtavr va qutisimon kesimdagi balkalar ham ishlatiladi. Keyingi vaqtlarda egilgan list elementlardan iborat qutisimon payvand balkalar keng qo‘llanila boshlandi. Yakkalab va kichik seriyalab ishlab chiqarish sharoitlarida balkalar reja bo‘yicha dastaki va yarim avtomatik payvandlab yig‘iladi. Ko‘plab va yirik seriyalar ishlab chiqarishda buyum konduktorlarda yig‘iladi va maxsus qurilmalarga o‘rnatib flus ostida hamda karbonat angidrid gazida dumalatgich (kantovatel) dan foydalanib, avtomatik payvandlanadi. Metal listdan yasalgan qo‘shtavr balkalarning uchma-uch tutashgan joylarini payvandlash usullari ko‘rsatilgan. Uchma-uch joyi balkaning eng ko‘p yuk tushadigan qismida bo‘lganidagina qo‘shimcha qoplamlardan foydalaniladi. Sidirg‘a devorli payvand balkalar va ustunlar, avvalo, bikrlik qobirg‘asisiz yig‘iladi.
Balka choklarini payvandlash tartibi ko‘rsatilgan.. Galdagi har qaysi chok avvalgisiga teskari yo‘nalishda payvandlanadi. Bikrlik qobirg‘alari yoy yordamida dastaki yoki yarim avtomatik usulda ikkita payvandchi bir yo‘la ikkala tomondan balkaning o‘rtasidan chetlari tomon payvandlaydi. Balkalarni montaj qilishda birinchi navbatda uchma-uch joylarini, shundan keyingina valikli choklarni payvandlash kerak. Prokat qilingan balkalarning montajda uchma-uch ulanadigan joylarini payvandlash tartibi
III. Payvandlash materillarini tanlash.
Buyumni tayyorlashda tanlangan payvandlash usuliga ko`ra qo’shtavrli balka to`g`ri chiziqli va xalqa choklari flyus ostida avtomatik payvandlanadi. Bunda payvandlash materiallari sifatida payvandlash simi va payvandlash flyusi ishlatiladi. Yoqilg`i bakiga gorlovina payvandlanishi xisobga olib, karbonat angidrid gazi ximoyasida payvandlanadi. Bu usulda payvandlash materiali sifatida payvandlash simi va ximoya gazi qo`llaniladi.
Ma`lumki, metal buyumlarni payvandlashda chok sifatida, flyuslar xossasi va sifatining ta`siri kata, chunki ular chokning kimyoviy tarkibini, strukturasini, puxtaligi, ish unumdorligi ta`minlashda ko`maklashadi.
ГОСТ 9081-81 ga binoan flyuslarni tayyorlash usuliga ko`ra suyultirib va suyultirmay tayyorlanadigan xillarga ajraladi.
Suyultirib tayyorlanadigan xillarini tayyorlash uchun belgilangan miqdorda tegishli moddalar olinib, maydalanib, elangach, qorishtirib, keyin 1400°C temperaturada qizdirib, eritilib granulalar olinadi,so`ng quritiladi, maydalanadi va elab saralanadi. Bu flyuslar asosi Si, Mn, Ca, Mg, Al va boshqa elementlar oksidlaridan iborat bo`ladi. Suyultirilmay tayyorlanadigan flyuslarni tayyorlashda esa ma`lum nisbatda maydalangan moddalar olinib, shisha eritmasida qorilib, 1-3 mm li granulalar olinadi. Ularni keyin 300 - 400°C temperaturada qizdirib, pishiriladi. Bunda suyuq shisha moddalarni puxta bog`laydi. Keyin ular maydalanib, saralanadi. Bu flyuslarga keramik flyuslar deyiladi.
Payvandlash flyuslari - nometall elementlardan tayyorlangan bo`lib, uning donachalarni 0,25 dan 4mm gacha bo`ladi. Payvandlashning mexanizatsiyalashtirilgan usuli bilan ishlashda flyuslardan foydalaniladi. Flyuslar yoy ta'siri ostida eriydi, gazli va shlakli ximoyalovchi fazalarni xosil qiladi, payvandlash vannasini ifloslantiruvchi qo`shimchalardan tozalaydi xamda oltingugurt va fosforni biriktirib olgan xolda chok yuzida shlak ko`rinishda qotadi.
1-jadval.

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling