Mundarija; Kirish Tabiy gazlarning tarkibi Tabiy gazlarning fizik xossalari Gazlarning xolat tenglamas Kirish


Download 39.16 Kb.
bet2/3
Sana05.04.2023
Hajmi39.16 Kb.
#1273422
1   2   3
Bog'liq
mustaqil ish

Tabiy gazlarning fizik xossalari
Tabiiy gazlarning asosiy fizikaviy xossalariga — molekulyar massasi M, gazning zichligi pr, gazning qovushqoqligi y, gazning kritik parametrlari (Pk , Tk), va gazning o’ta siqiluvchanlik koeffitsienti Z kiradi.
Zichlik yoki hajm birligidagi massa deb — moddaning tinch holatidagi massasini uning hajmiga bolgan nisbatiga aytiladi. Gazning oddiy fizik sharoitdagi ya'ni bosim P0 =101325 Pa=0,101 MPa=l at va temperatura t=0°C dagi zichligini uning molekulyar massasi bilan aniqlash mumkin:

bu yerda: M- gazning molekulyar massasi; 22,41-har qanday 1 kg gazning fizik sharoitdagi hajmi. Hisoblashlarda ko'pincha gazlarning nisbiy zichligi ishlatiladi. Gazning nisbiy zichligi deb — shu gazning zichligining havo zichligiga nisbatiga aytiladi.
Gazning qovushqoqligi temperaturaga va bosimga bevosita bog’liq bo’lib, agar bosim oshsa gazning zichligi ham ortadi, molekulalarning o'rtacha erkin harakatlanish masofasi esa qisqaradi bundan kelib chiqib molekulalarning o'rtacha harakatlanish tezligi o'zgarmasdan qoladi deyishimiz mumkin. Shunday ekan bosim ortsa, gazning qovushqoqligi boshlang'ich davrda deyarli o'zgarmaydi, keyinchalik esa oshib boradi. Yuqori molekulyar massaga ega bo'lgan gazlarning (masalan atmosfera bosimi sharoitda) bosimi biroz kichik bo'ladi, temperatura ortishi natijasida gazning qovushqoqligi ortib boradi. Tabiiy gazlarning molekulyar og'irligi bilan qovushqoqlik o'rtasidagi bog’liqlikka shu gazning tarkibida bolgan tajavuzkor gazlarning (masalan, azot, vadorod sulfid, uglerod IV oksid miqdori sezilarli darajada ta'sir ko'rsatar ekan.
Tabiiy gazning atmosfera bosimi sharoitidagi qovushqoqligini quyidagi ifodadan aniqlash mumkin:

bu yerda: Mg- tabiiy gazning atmosfera bosimida va berilgan
temperaturadagi qovushqoqlik; ∆M1 - tabiiy gaz tarkibidagi azotning miqdorining qovushqoqlikka bo'lgan tuzatmasi; ∆M 2 -tabiiy gaz tarkibidagi vadorod sulfid miqdorining qovushqoqlikka bo'lgan tuzatmasi, ∆M3 -tabiiy gaz tarkibidagi uglerod IV oksidining miqdorining qovushqoqlikka bo'lgan tuzatmasi.

Download 39.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling