1-mavzu. Fizikaviy kimyoning elementlari Reja: Gazlarning fizik xossalari va tenglamasi
Download 297.81 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gazlarning fizik xossalari va tenglamasi
- Dalton qonuni
1-mavzu. Fizikaviy kimyoning elementlari Reja: 1. Gazlarning fizik xossalari va tenglamasi. 2. Botsman doyimiysi. 3. Dalton qonuni. Asosiy metall qirralarining, qo’shimcha metallining erishidan va hosil bo’lgan payvand vannaning kristallanishidan iborat payvand chokining hosil bo’lishining tez kechuvchi jarayonlari qaytmas jarayonlar xisoblanadi. Payvandlash xududida yangi moddalar metall va muhit o’rtasidagi kimyoviy reaktsiya mahsulotlari paydo bo’lishi mumkin, chunki o’zining etarlicha yuqori erish temperaturalarida metallar juda katta kimyoviy aktivlikni namoyon etadi. Elektr yoy yoki gaz payvandlashda chok metallning tarkibini o’zgartiruvchi payvandlash xududidagi kimyoviy reaktsiyalar yuqori va tez o’zgaruvchi haroratlar sharoitida yuz beradi. Payvandlashdagi murakkab metallurgik jarayonlarni o’rganish va payvandlash xududida yuz beradigan jarayonlarning moxiyatini tushunish uchun fizik kimyo soxasida bilimlarga ega bo’lishni talab etadi. Fizik kimyo moddiy tizimlarning tarkibi va xossalarini ular sodir etiladigan fizik sharoitlarga bog‘liq holda moddiy tizimlarning tarkibi va xossalarning o’zgarishi jarayonini ko’rib chiqadi. Gazlarning fizik xossalari va tenglamasi Gazning fizik xolati uchta kattalik: harorat T, bosim P va hajm V tavsiflanadi. Bu kattaliklar bir-biri bilan gaz xolati tenglamasi deb ataluvchi munosabat bilan bog‘langan. Gaz xolati tenglamasi uchta qonun asosida keltirib chiqarilgan: Boyl-Moriott qonuni, PV q const; Gey-Lyussak qonuni, P q const; Avogadro qonuni, bu qonunga ko’ra teng bosim va hatoratlarda barcha gazlarning teng xajmlari bir xil miqdordagi molekulaga ega bo’ladi. Bir atmosferaga teng bosimda va selsiy bo’yicha nol gradusga teng haroratda bir molekula (mol) Vo q 22,4l xajmni egallaydi. Bir moldagi molekulalar miqdori Avogadro soni yoki doimiysi deyiladi: N =6,023·10 23 ; N = 6,02·10 23 o А Bu uch qonunni qanoatlanuvchi holat tenglamasi quyidagi ko’rinishga ega: PV= nRT (1) Bunda P –gaz bosimi, atm. xisobida; V –gaz xajmi, l xisobida; n –gaz mollari miqdori; R –gaz doimiysi. Gaz doimiysi gazning o’zgarmas bosimda uni bir gradus isitganda gazning kengayishi ishini ifodalaydi. Agar tenglamaga molyar xajm kiritilsa: V= v , n 2 u holda p 𝑣 =RT (2) tenglamani olamiz, R=8,31 m Agar gaz doimiysini gaz bitta molekulasiga nisbatini olsak Boltsman doimiysi deb ataluvchi yangi doimiyni hosil qilamiz: = =1,38·10 -16 ; K=1,38·10 -23 m Berilgan temperaturada gaz molekulasining ilgarilanma xarakati o’rtacha kinetik energiyasi quyidagiga teng: E = 3 2 𝐾𝑇 (3) Dalton qonuni Gaz bir-biri bilan aralashtirilganda bir jinsli aralashmani hosil qiladi. Aralashmadagi xar bir gaz shu xajmda boshqa gazlar bo’lmagandagi xossalarni saqlab qoladi. Bundan kelib chiqib, Dalton qonuni bunday ifodalanadi: gaz aralashmasining umumiy bosimi aralashmaga kiruvchi barcha gazlarning partsial bosimlari yig‘indisiga teng: P аr = ∑P i (4) P i –aralashmadagi aloxida gazning partsial bosimi. Download 297.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling