1-mavzu. Fizikaviy kimyoning elementlari Reja: Gazlarning fizik xossalari va tenglamasi
Download 297,81 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu
Fizik-kimyo konstantalari.
Reja: 1. Issiqlik sig‘imi. 2. Ko`p atomli gazlarning issiqlik sig`imi. 3. Entalpiya (issiqlik miqdori) 4. Ichki energiya. 5. Moddaning ichki energiyasining o`zgarishi. 6. Entropiya. Issiqlik sig‘imi deb, modda miqdori birligini bir gradusga isitish uchun zarur bo’ladigan issiqlik miqdoriga aytiladi. Gazlarning issiqlik sig‘imining ikki turi farq qilinadi o’zgarmas xajmdagi issiqlik sig‘imi (Cv), bunda gazning isitish o’zgarmas xajmda amalga oshiriladi. O’zgarmas bosimdagi issiqlik sig‘imi (CP) bunda isitish o’zgarmas bosimda amalga oshiriladi. O’zgarmas xajmda isitilayotgan bir atomli ideal gaz uchun issiqlik molekulalarning ilgarilma xarakati kinetik energiyasini oshirishga sarflanadi. Shuning uchun o’zgarmas xajmdagi issiqlik sig‘imini molekulalarning o’rtacha kinetik energiyasidan aniqlash mumkin: C = 3𝐾𝑇 3 3 𝐸 3 𝑣 2𝑇 ·N o = 2 K·N o = 2 R; 𝐶 𝑣 = 𝑇 ·N o = 2 R O’zgarmas bosimdagi issiqlik sig‘imi o’zgarmas xajmdagi issiqlik sig‘imidan katta, chunki bunda gazning kengayishga ma‘lum miqdordagi issiqlik sarflangan: 3 5 𝐶 𝑝 = 𝐶 𝑣 + 𝑅 = 2 𝑅 + 𝑅 = 2 𝑅; 3 P Bir atomli gazlarning issiqlik sig‘imi temperaturaga bog‘liq emas va o’zgarmas kattalikdir. O’zgarmas xajmda isitiladigan ko’p atomli gazlar uchun issiqlik faqat molekulalarning kinetik energiyasini oshirishgina emas, balki molekulalarning o’z simmetriya o’qlari atrofida aylanish energiyasini oshirishga va atomlarning molekulada tebranishlari oshirishga xam sarflanadi. Shuning uchun molekuladagi atomlar qancha ko’p bo’lsa, va gazning temperaturasi qanchalik yuqori bo’lsa, ko’p atomli gazlarning issiqlik sig‘imi shunchalik ko’p bo’ladi. Deyarli barcha payvandlash jarayonlari CP q const bo’lganda amalga oshiriladi. 2.1-rasm. Ko’p atomli gazlarning issiqlik sig‘imini (C P = const) haroratga bog‘liqligi. Grafikning ko’rsatishicha, ko’p atomli gazlarning issiqlik sig‘imi temperatura oshishi bilan ortib borib, suyuq gaz uchun ma‘lum chegaragacha yaqinlashadi: C = a + bT + cT 2 m moль 1kal = 4,12 j ≈ 4,2 j 1kkal = 4200 j Download 297,81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling