Mundarija kirish texnika xavfsizligi Asosiy qism Operatsion sistema tushunchasi Windows operatsion tizimida fayl tizimlari Linux operatsion tizimi dasturlash tillari: C++ va Java Xulosa foydalanilgan adbiyotlat kirish
Download 122.81 Kb.
|
Hisobot 1
WINDOWS operatsion tizimi
Operatsion sistemalarning rivojlanishi foydalanu-vchining turli talablari asosida xotirada kam joy egallaydigan, kompyuter ichki resurslarini optimal boshqaradigan va bir vaqtda bir necha xil dasturlarning ishlashini ta`minlay oladigan sistemalarning yaratilishiga olib keldi. Natijada 1990 yilda WINDOWS 3.0 dasturlar tizimi yaratildi. Uning asosiy afzalligi bir vaqtda bir nechta dasturlar bilan ishlash imkoniyatidir. WINDOWS 3.0 to'la jadval rejimda ishlashi foydalanuvchining kompyuter bilan muloqatini engillashtirdi. Lekin u MS-DOS operatsion sistemasi boshqaruvida ishga tushirilishi sababli mustaqil operatsion sistema emas, balki grafik muxit sifatida tan olindi.1995 yilning sentyabr oyida IBM PC kompyuterlari uchun ishlab chiqilgan WINDOWS-95 birinchi grafik operatsion sistema bo'ldi. "WINDOW" inglizcha so'z bo'lib, o'zbekchada "oyna", "lavha" deb, WINDOWS so'zi esa "oynalar", "lavhalar" deb tarjima qilinadi. Mazkur sistemaning boshqalardan farqli tomoni shundaki, uning yordamida bir vaqtda ham matnli, ham grafikli, ham hisob-kitobli, ham turli boshqaruv dasturlarini ishlatish imkoniyati mavjud. Shu bois uni gohida integrallashgan sistema, deb ham ataydilar. Foydalanuvchi uchun barcha qulayliklarga ega bo'lgan bunday operatsion sistemaning yaratilishi jadallik bilan texnik qurilmalarni rivojlanishiga va shaxsiy kompyuterlarni keng omma tomonidan qo'llanilishiga olib keldi. WINDOWS dasturining o'zi qisqa vaqt ichida bir necha variantda yaratildi. 1998-yilning yozida yaratilgan WINDOWS-98 yuqori darajadagi ishonchliligi, bezagining yaxshilanganligi, o'z-o'zini "tuzatish" va rivojlantirish uchun maxsus vositalari mavjudligi bilan ajralib turadi. Kompyuterlarning jadallik bilan rivojlanishi va operatsion sistemalarga qo'yilayotgan talabning ortib borishi 1999 yil oxiriga kelib WINDOWS-2000 operatsion sistemasining yaratilishiga olib keldi. U kompyuter resurslaridan yanada to'laroq foydalanish imkonini berdi. Foydalanuvchining ixtiyoriga ko'ra WINDOWS sistemasi tarkibiga boshqa dasturlarni ham kiritish mumkin. Xozirda WINDOWS sistemasi tarkibida ishlashga mo'ljallangan juda ko'p maxsus dasturlar majmuasi yaratilgan va yaratilmoqda. Masalan Microsoft Office dasturlar tizimi ixtiyoriy korxona ish yuritishida foydalananadigan hujjatlarni tayyorlash, turli xisob-kitob ishlarini va boshqa o'nlab amallarni bajarish imkonini beruvchi dasturlarni o'z ichiga oladi. WINDOWS sistemasining afzalliklaridan yana biri shundaki, u bir muxitda ishlaydigan dasturlar o'rtasida ma`lumot almashinishi va uning sifatli bo'lishini ta`minlaydi. Download 122.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling