Mundarija kirish texnika xavfsizligi Asosiy qism Operatsion sistema tushunchasi Windows operatsion tizimida fayl tizimlari Linux operatsion tizimi dasturlash tillari: C++ va Java Xulosa foydalanilgan adbiyotlat kirish
Download 122.81 Kb.
|
Hisobot 1
2.3 Linux operatsion tizimi
Linux operatsion tizimi haqida.Linux nomi esa 1991 yilda Linus Tovalds tomonidan o`z operatsion tizimini birinchi relizini dasturchilar uyushmasiga taklif etishdan kelib chiqqan.FSF xarakati xech kimning yuridik qiziqishlariga xalaqit qilmaydigan o`ziga tegishli bo`lgan operatsion tizimiga ega bo`ldi.GNU/Linux OT ni rasmiy relizi (operatsion tizimining yadrosi) 1994 yil yaratildi. Keyinchalik bu OT uchun dasturlarning ko`payishi Linux distributivlarni keltirilib chiqaradi.Rasmiy Linux distributivlarining soni yuztaga yaqin.Ba`zi bir distributivlar 1-3 ta Floppy disklarda bo`lsa, boshqalari 7 ta kompakt disklarda bo`lishi mumkin. Linux OT ustida butun jahon dasturchilar ish olib borganligi sababli, Linux ko`p tilni o`z ichiga olgan. Linuxda fayllar tizimi. Linux operastion tizim ga quyidagi fayl tizimlari o’rnatilishi mumkin. Ext – Linuks operastion tizimning birinchi fayl tizimi xisoblanadi, dastlabki linux versiyalarida qo’llanilgan. Jurnallar bilan ishlay olmaydi, mana shu uning kamchiligi hisoblanadi. Ext2 – 1993 yilda yaratilgan eski fayl tizimlaridan biri hisoblanadi. Ko’p yillar davomida bu fayl tizimi barcha distributivlarda asosiy fayl tizimi sifatida qo’llanilgan. Ext2 fayl tizimini ishlashi kesh xotira bilan bog’liq. Barcha disklarda bo’layotgan jarayonlarni kesh xotiraga tashlab, so’ng diskga tashlanadi. Shu sababli bu fayl tizimining tezligi juda baland, lekin ish jarayonida tok biror sababga ko’ra o’chib qolsa, kesh xotiradagi barcha ma’lumotlarni yo’qotib qo’yishimiz mumkin bo’ladi. Chunki qattiq diskga yozilmagan ma’lumotlar kesh xotiradan o’chib ketadi. Shu sababli bunday fayl tizimi bilan ishlayotganda uzluksiz tok manbaidan foydalanish zarur. Hozirgi kunda bu fayl tizimi o’zining muhimligini yo’qotgan. Ext3 (Third Extended Filesystem)– ext2 fayl tizimining yangilangan ko’rinishi, lekin bu tizimda yangi texnologiya (jurnallar bilan ishlash) qo’llanilgan. Diskda sodir bo’lgan o’zgarishlarning barchasi “jurnallarga” yozib boriladi va ma’lumotlarga zarar yetkanda shu jurnallar orqali fayllarni tiklash mumkin bo’ladi. Jurnallar bilan ishlashning quyidagi rejimlari mavjud: Ext4 – Linuksning yangi ishlab chiqilgan fayl tizimlaridan biri hisoblanadi. Bu fayl tizimi Linuks yadrosining 2.6.28 versiyasida paydo bo’lgan. Ext3 fayl tizimi bilan solishtiradigan bo’lsak, Ext4 fayl tizimi ishlashi va ishonchliligi 2 barobar oshganligini ko’rishimiz mumkin. Bu tizimda disk razdelining maksimal qiymati 1024Pbayt (1Ebayt), fayl xajmining maksimal qiymati 2 Tbayt qilib belgilangan. ReiserFS – Jurnallar bilan ishlay oladigan fayl tizimlaridan biri xisoblanadi. Bu fayl tizimi asosan kichik xajmdagi fayllar bilan ishlashda foydali. Bu fayl tizimining o’ziga xos tomoni shundan iboratki, bir necha kichik xajmdagi fayllarni bir blokda saqlash mumkin. Misol uchun, blok o’lchamingiz 4 Kbayt, siz bu blokga 1 Kbaytli 4 ta faylni joylashingiz mumkin. Shu tariqa siz diskdagi bo’sh shoylaringizni tejashingiz mumkin bo’ladi. Katta fayllar bilan bu fayl tizimi juda sekin ishlaydi va bu tizim uzilishlarga(tokning uzilib qolishi, kompyuterni o’chib qolishi) bardoshli emas, shu sababli ReiserFS fayl tizimini tez-tez defragmentatstiyadan o’tkazib turishingiz lozim. Agar siz ushbu fayl tizimidan foydalanmoqchi bo’lsangiz, albatta doimiy tok manbai (UPS) dan foydalaning. XFS – Dastlab bu tizim Silicon Graphics(SGI) kompaniyasi tomonidan Irix operastion tizim uchun yaratilgan. Bu tizim ham jurnallar orqali ishlaydigan fayl tizimi xisoblanadi. Jurnallarga fayl tizimining umumiy metama’lumotlari yoziladi va buzilish sodir bo’lganda jurnaldagi ma’lumotlarning fayl tizimiga nusxasi olish orqali qayta tiklashni amalga oshirish mumkin bo’ladi. Jurnal hajmi fayl tizimini xosil qilishda o’rnatiladi, xajm 32 megabaytdan kam bo’lmasligi lozim. Bu fayl tizimi ext3, ReiserFS va JFS fayl tizimlariga nisbatan tezroq ishlaydi, lekin ext4 fayl tizimidan sekinroq. XFS fayl tizimiga katta hajmdagi bloklarni(64 Kbayt gacha) o’rnatish mumkin. Shuning uchun bu fayl tizimida video fayllarni qayta ishlash kabi grafikli uzellarda ishlatish tavsiya etiladi. JFS – dastlab bu tizim IBM kompaniyasi tomonidan AIX operastion tizim uchun ishlab chiqilgan, keyinroq esa OS/2 uchun va nihoyat Linuks operastion tizim uchun ishlatilmoqda. Bu ham jurnallar orqali ishlaydigan fayl tizimi. Jurnalning hajmi taxminan umumiy fayl tizimining 40% tashkil etadi. JFS tizimi jurnal va ma’lumotlardan iborat bo’lgan bir necha segmentlardan tashkil etilishi mumkin. Bu segmentlar agregatlar deyiladi va bu agregatlarni alohida montirovka qilish mumkin. Linux va Windowsning farqi. Windowsning afzalliklari: Dasturlar va zaruriy drayverlarni qidirish muammosi deyarli yo’q. Windowsda dasturlar bilan ishlash oson. Windowsni o’rnatish deyarli avtomatik tarzda bajariladi. Windows OT versiyalari yurtimiz ichida keng tarqalgan ularni topish muammosi mutlaqo yo’q. Windowsning kamchiliklari: Windows operatsion tizimi Microsoft korporatsiasi tomonidan pulga litsenziyasi bilan sotiladi bu esa uning katta noqulay tarafi xisoblanadi. Bizgacha yetib kelayotgan Windows versiyalari Internet tarmog’i yoki boshqa yo’llar bilan litsenziyasiz qo’lga kiritlgan. Windowsning minimal narxi: 200$ dan boshlanib 5000$ gacha boradi. Windows bir oynali ( LINUX operatsion tizimi ko’p oynali. Unda ish stoli juda ko’p.). Windowsda esa ish stoli faqat bittagina. Ammo bu juda katta muammo emas chunki uni dasturlar orqali ko’p oynali qilish mumkin. M: 360 Destkop dasturi. Windowsning yangi versiyalari misol uchun: Windows XP- DDR 128, Processor 0.7 GHz 3.Gb HDD talab qiladi. Bu degani Windows versiyasilariga qarab talab borligini bildiradi bu ham uning noqulay tarafidir. Windows vaqt o’tib eskirishi mumkin uni vaqti vaqti bilan yangilab turish +-lozim. Agar u yangilanmasa qurilmalarni ishdan chiqrish extimolidan holi emas. Windowsda “OPEN SOURCE”-“OCHIQ KOD” mavjud emas. Linuxda esa “OPEN SOURCE” mavjud. Bu degani istalgan vaqtda C/C++ orqali Linuxdagi dasturlarni hattoki Linuxni o’zini ham o’zgartrish mukin degani. Agar Windows ma’muriyatida (administrator) ham ushbu narsa mavjud bo’lganda Windowsda yana bir qulaylik mavjud bo’lardi. Windowsning yana bir noqulayligi uning himoyaga muxtojligidir. Windows dasturida “OPEN SOURCE” mavjud bo’lganida uni quliflash turli xil xakkerlardan viruslardan ximoya qilish imkoniyatini berardi. Windowsda xech qanday to’siqsiz kompyuterni boshqarish imkoniyati bor. Windowsga Anti-SPAM, Anti-XACCER, Anti-SHPION, Anti-VIRUS o’rnatilgandagina u ximoyalangan xisoblanadi. Linuxning afzalliklari: Linux litsenziyaga ega ammo bepul. Linux operatsion tizimini Internet orqali bepul yuklash mumkin. Linux yuqorida ko’rsatilgan ko’p oynali ya’ni ko’p ish stoliga ega. Linux dasturlarini drayverlarini Internet orqali yangilash yuklab olish bepul. Linux qancha vaqt ishlashidan qat’iy nazar u eskirmaydi. Bu degani Linuxni qayta qayta o’rnatish majburiyati yo’q. Linux yuqorida ko’rsatilgan “OPEN SOURCE” tizimiga kiradi u chiqish ko’diga ega. Bu degani istalgan vaqtda C/C++ orqali Linuxdagi dasturlarni hattoki Linuxni o’zini ham o’zgartrish mukin degani. Linuxga o’zgartrish kiritish uchun uning chiqish kodi ochiladi va kerakli o’zgartrishlar kiritiladi. Linux ximoyaga ega. Unga yuqorida ko’rsatilgan Anti-SPAM, Anti-XACCER, Anti-SHPION, Anti-VIRUS dasturlari kerak emas. Chqish kodi orqali bularni bartaraf etish mimkin. Linuxda esa talab ya’ni Windows versiyalariga o’xshab yangi versiyalarga yangi qurilmalar talab etmasligi katta qulayligidir. Linux tizimdagi xatoliklarni o’zi tuzatadi buning uchun uni qaytadan yozish shart emasligini bildiradi. Endi Linuxdagi kamchiliklarga to’xtalamiz: Linux qo’lda o’rnatiladi. Bu uni o’rnatish ancha vaqtga cho’zilishini bildiradi. Linuxning xar bir fayli qo’lda bittama bitta o’rnatiladi. Bu esa foydalanuvchi uchun noqulaylik tu’gdiradi. Linuxda ishlash ozgina noqulay nimaga deganda unda Windwosga o’xshab dasturlar ko’p emas. Har bir dastur qanchadir muddatdan so’ng ishdan chiqadi uni Internet orqali olish mumkin. Linuxda dasturlar qatorida drayverlar ham eskiradi. U ham dasturlarga o’xshab bartaraf etiladi. Yana bir noqulaylik dasturlarning juda kamligi. Windwosdagi dasturlar Linuxga , Linuxdagi dasturlar Windowsga tushmaydi. Buni Windowsda bartaraf etish mumkin. Buning uchun Windowsga Virtual BOX dasturi o’rnatiladi va u orqali yana boshqa operatsion tizimlar o’rnatish mumkin. Linuxni CD-DVD disklarda topish ham bir kichik muammo. Download 122.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling