Mundarija. Kirish Umumiy qism
Download 70.79 Kb.
|
Mamadaliyev hisobot-1
2.UMUMIY QISM
2.1 Detalning xizmat vazifasi Podshipniklar aylanadigan o’qlar hamda vallarning tsapfalariga o’rnatilib tayanch vazifasini o’taydigan mashinaning asosiy qismlaridan biridir. Mashinaning ishlash qobiliyati va chidamliligi podshipnik-larning sifatiga ko’p jixatdan bog’liq. To’g’ri tanlangan, hisoblangan va aniq o’rnatilgan podshipniklar berilgan yuklanish-larni qabul qilishi va ishqalanishga sarflanadigan quvvatni iloji boricha kamaytirishi zarur. Val yoki o’qning tsapfalari aylanib podshipniklarda ishqalanadi va bu ishqalanishning turiga ko’ra, podshipniklar sirpanish bilan dumalash podshipniklariga bo’linadi. Umuman podshipniklar yuklanishni qabul qilishiga ko’ra radial -radial yuklanishni, tirak -o’q bo’ylab yo’nalgan yuklanishni va radial-tirak -bir vaqtda radial va o’q bo’ylab yo’nalgan yuklanishni qabul qiladigan turlariga bo’linadi. Sirpanish podshipniklarining hozirgi zamon mashinasozligida ishlatilishi kamaygan, (ular o’rniga qator afzalliklari bo’lgan dumalash podshipniklari ishlatilmoqda). SHunday bo’lsada, sirpanish podshipniklaridan quyidagi xollarda foydalaniladi a) tez aylanuvchi vallarda: b) val va o’qlarni joylashtirishda katta aniqlik talab qilinsa: v) diametri katta bo’lgan vallarda: g) vallarni tsapfalariga dumalash podshipniklarni o’rnatib bo’lmasa (masalan tirsakli val): d) zarbli kuchlar tahsir qiladigan va katta tebranish bo’lganda. Podshipniklar tsapfalarga o’rnatish shakliga ko’ra tsilindrsimon, konussimon hamda, sharsimon bo’lishi mumkin .Podshipniklarni korpusga o’rnatgandan so’ng uni mustahkam turishi uchun qopqoqlardan foydalaniladi . Stakanlarning asosiy vazifasi podshipnikni korpus devori bilan mahkamlash hisoblanadi.Odatda qopqoqlarning materiali cho’yandan bo’ladi,yani uglerod miqdori 2.14% dan 6.67% gacha uglerod undan tashqari ma’lum miqdorda Si,Mn, P va S elementlari ham bo’ladi. Ma’lumki ,cho’yanlarning tarkibida uglerod va kremniy ko’p bo’lib ,marganes kam bo’lsa va u juda ham sekin sovitilsa ,uglerod erkin tarzda ajraladi. Agar aksincha uglerod va kremniy kam bo’lib , marganes ko’p bo’lsa va tezroq sovitilsa ,uglerod cho’yanda sementit holida bo’ladi. Kulrang cho’yanlarning markalanishi.Bu cho’yanlarning markalaridagi “СЧ” harflari kulrang cho’yanligini ,ulardan keyingi raqamlar esa cho’yanning cho’zilishga sinashda eng kichik mustahkamligini bildiradi. Masalan, СЧ15 markali kulrang cho’yandagi СЧ-kulrang cho’yanligi ,15 raqami esa uning cho’zilishdagi mustahkamligi ( ) 15 kgk/ ekanini bildiradi. СЧ15 ning kimyoviy tarkibi (GOST 1412-85), 1.1-jadval
Download 70.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling