Mundarija: kirish
Download 0.68 Mb.
|
KURSAVOYREJASTRUCTURE 27.11.2019(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-jadval. Mehnat resurslarini tarmoq kesimi bo’yicha taqsimlanishi (Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy va O’zbekiston) 9
- Aholi bandligi ,% Yaponiya Karea
- Qishloq xo’jaligi
- Xizmat ko’rsatish
- 3. MILLIY IQTISODIYOTDA TARKIBIY O’ZGARISHLAR DINAMIKASI VA TAHLILI
- 2-jadval Yalpi ichki mahsulotning iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha tarkibi (joriy narxlarda, mlrd. so`m) 12
- Mulkchilik shakllari bo’yicha YaIMning tarkibi 13 (4-rasm)
2-rasm. Raqobatbardoshlikni ta’minlovchi asosiy elementlar7 Bugungi raqobatbardoshlikni oshirish choralari kelajakdagi iqtisodiy oʼsish va daromadlarni oshirish imkonini beradi. Ular orasida kuchli korrelyatsion bogʼliqlik mavjud. Xususan, 140 ta mamlakat ustida oʼtkazilgan xalqaro raqobatbardoshlik indeksi natijalariga asosan yuqori daromadli mamlakatlar kuchli 20 talikka, yuqori daromadga ega boʼlmagan mamlaktalar esa 40 talikka (Malayziya-25, Xitoy – 28, Tailand – 38) kirganligida ham koʼrish mumkin. Shunday boʼlsada, mineral resurslarga boy mamlakatlar- Qatar, Brunei, Quvait, Trinidad va Tobago va Venezuela raqobatbardoshlik darajasini oshirmasa ham daromadlarining yuqorigi saqlanib qolingan, lekin teng daromad darajasiga ega Chilining raobatbardoshlik darajasi 30 oʼringa pastroq natijani koʼrsatgan va uni kuchaytirishni talab etadi. Raqobatbardoshlik oshirishning asosiy omili innovatsion iqtisodiyot hisoblanadi. Hozirgi kunda Germaniya, АQSh, Shveytsariya mamlakatlarida mavjud boʼlgani kabi innovatsiya markazlar barcha mamlakatlarda yetarli emas. Oʼrganilgan 140 ta mamlaktdan 77 tasida (55 %) innovatsiya tizimi eng kuchsiz nuqtasi xisoblanadi. Xalqaro raqobatbardoshlik indeksining metadologiyasiga koʼra raqobatbardoshlikka taʼsir etuvchi asosiy omillar quyidagicha:8 Bu omillar boʼyicha yuqori oʼringa ega boʼlgan Singapur (83,5 reyting koʼrsatkichi, 2- raqobatbardoshlik indeksi), Yaponiya (82,5 va 5) va Hong Kong (82,3 va 7) – jahon iqtisodiyotidagi eng raqobatbardosh boʼlgan 7 ta mamlakatning uchtasi hisoblanadi va jahon standartidagi raqamli infratuzilma va aloqa tizimi, makroiqtisodiy barqarorlik, yuqori inson kapitaliga va rivojlangan moliyaviy tizimga egaligi bilan ustundir, lekin bu mamalakatlarda innovatsion ekotizim boʼyicha koʼrsatkichlari indeksga mos tushmaydi. Shunday boʼlsada, Germaniya, АQSh va Shveytsariya malakatlari kabi Yaponiya va Koreya Respublikasi ham “Super innovator” lik maqomini saqlab turibdi. Mamlakatlarning Raqobatbardoshlik muhiti mavjud bo’lgan innovatsion iqtisodiyotga ixtisoslashishlari milliy iqtisodiyotda yuqori tezlikda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirib agrar mamlakatlarni yarim asrdan kamroq muddatda post-industrial mamlakatlarga aylantirdi. Bu mamlakatlarda mehnat resurslarining tarmoqlar boʼyicha taqisimlanishini va harakatlanishini tahlil qilganda 2007-2017 yillar oraligʼida bandlik qishloq xoʼjaligi va sanoat tarmoqlarida sezilarli darajada kamaygan boʼlsa-da, xizmat koʼrsatish sohasida ortib borgan. Xususan, Yaponiya qishloq xoʼjaligida band aholi salmogʼi 4.29 % dan 3.49 % ga (-0.08%), Janubiy Koreyada 7.59 % dan 4.89 % (-2.7 %), Xitoyda esa 40.8 %dan 27.0 % (-13.8 %)ga tushgan.
Jadval maʼlumotlaridan koʼrinib turibdiki, Respublikamizda qishloq xoʼjaligi tarmog’ida band boʼlgan aholining salmogʼi Yaponiya va Janubiy Koreyadagi ko’rsatgichdan keskin farqlanadi. Sanoatda band boʼlgan aholi salmogʼi boʼyicha tafovut qishloq xo’jaligidagi holatga nisbatan teskari holatga ega. Xizmatlar tarmog’idagi tavofutlar esa yuqori emas (1-jadval). Jadval ma’lumotlari shuni ko’rsatmoqdaki Respublikamiz iqtisodiyotida qishloq xo’jaligi tarmog’ini mexanizatsiyalash orqali ortiqcha bandlarni sanoat va xizmat ko’rsatish tarmoqlariga ko’chirish talab etiladi. Ushbu islohotni amalga oshirish uchun qishloq xo’jaligida bandlarni malakali ishchi darajasiga olib chiqish talab etiladi.
O`zbekiston o`zining rivojlanish modelini izchil amalga oshirishi natijasida, boshqa sobiq ittifoqi mamlakatlariga nisbatan eng qisqa muddatda, 1996 yilda iqtisodiy tanazzulning oldini oldi, makroiqtisodiy barqarorlikni ta`minladi va iqtisodiyot tarkibini o`zgartirish bilan bog`liq asosiy iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga kirishdi. O`zbekiston iqtisodiyoti 1996-2003 yillar davomida o`rtacha yillik 4% iqtisodiy o`sish darajasi bilan rivojlandi. Qulay ishblarmonlik muhitini yaratish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonlari natijasi sifatida mamlakatimiz iqtisodiyoti 2004 yildan boshlab 2015 yilgacha yillik 7-9 foiz darajasidagi yuqori va barqaror iqtisodiy o`sish sur`atlariga ega bo’ldi. Iqtisodiy o`sishning asosiy omillari va manbaalari tahlili shuni ko`rsatadiki, oxirgi 2007-2017 yillar davomida iqtisodiyotning yuqori o`sish sur`atlari natijasida tamoqlarnning yalpi mahsuloti qishloq xo`jaligida 1,9 marta (2007-2017 yillar uchun o`rtacha yillik o`sish – 6,5%), sanoatda – 1,7 barobar (5,6%), qurilishda – 3,9 barobar (15,0%), xizmatlar sohasida – 2,5 barobar (9,7%) o`sganligi hisobiga ta`minlangan.10 Qulay ishbilarmonlik muhitining yaratilishi, investitsiyalarning keng jalb qilinishi natijasida nafaqat iqtisodiy o`sish sur`atlarining oshishi, balki iqtisodiyot tarkibida muhim sifat o`zgarishlarining yuz berishi ta`minlandi. Tarkibiy o`zgarishlar borasidagi siyosatning izchil amalga oshirilishi natijasida mamlakat iqtisodiyoti tarkibi diversifikatsiya qilindi. Mustaqillik yillarida sanoat tarmog`i va xizmatlar sohasining rivojlanish salohiyatini yanada kengaytirilishi natijasida YaIM tarkibida qishloq xo`jaligi ulushining (1995 yilda 32,4 foizdan 2017 yilda 17,6 foizga) bosqichma-bosqich kamayish tendentsiyasi saqlanib qoldi. Shu bilan birga, YaIM tarkibida qishloq xo`jaligi ulushining kamayishi qishloq xo`jaligi mahsulotlarining ijobiy o`rtacha yillik o`sish sur`atlari fonida sodir bo`ldi. Sanoat tarmog`ini diversifikatsiyalash, modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash bo`yicha chora-tadbirlarning qabul qilinishi natijasida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish umumiy hajmining o`sishi va YaIM tarkibida sanoatning (qurilishni qo`shgan holda) ulushi 1995 yildagi 27,8 foizdan 2017 yilda 32,9 foizgacha oshdi. Bu ko’rsatkich 2030 yilga borib 34,4 foizga yetkazish ko’zda tutilgan (2-jadval). 11 2-jadval Yalpi ichki mahsulotning iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha tarkibi (joriy narxlarda, mlrd. so`m)12
Jadval ma’lumotlari tahlil qilinganida mamlakat YaIM nominal miqdorining keskin ortishining ikkita asosiy sababi mavjud: yuqori va barqaror iqtisodiy o’sish; o’rta va yuqori darajadagi inflyatsiya; Iqtisodiyotning tarmoq tarkibidagi o’zgarishlar qishloq xo’jaligining YaIMdagi ulushini qisqarishi, sanoat va xizmatlar tarmoqlarining YaIMdagi ulushini ortishini ko’rsatmoqda. Buning asosiy sababi sanoat va xizmat ko’rsatish tarmoqlarining iqtisodiy o’sish darajasi qishloq xo’jaligi tarmog’ining iqtisodiy o’sish darajasidan yuqoriligidadir. Ushbu davr mobaynida iqtisodiy o’sishning lokomotivi sanoat tarmog’i bo’lishi kerak edi. Ammo mamlakatning iqtisodiy potensialiga nisbatan ancha kam miqdordagi jalb etilgan investitsiyalar, malakali ishchi kuchining yetarli emasligi sanoat tarmog’ining YaIMdagi ulushini oshirish masalasini ancha murakkablashtirdi. Shu bilan bir qatorda, xizmatlar tarmog’ining rivojlanishi mamlakat iqtisodiyoti, bandlik va aholi daromadlari o`sishining muhim omillaridan biri hisoblanadi. Xizmat ko`rsatish va servis sohasini isloh qilish bo`yicha chora-tadbirlarning izchil amalga oshirilishi natijasida, mazkur tarmoq qisqa muddat ichida iqtisodiyotning eng jadal rivojlanayotgan sektoriga aylandi. Xizmatlar sohasining YaIM dagi ulushi 1995 yildagi 39,8 foizdan 2017 yilda 47,3 foizgacha ortdi. Mustaqillik yillarida YaIM tarkibida mulkchilik shakllari bo`yicha tub o`zgarishlar ro`y berdi. Nodavlat sektori YaIM ni ishlab chiqarishda asosiy o`rinni egalladi va uning ulushi 1995 yildagi 58,4 foizdan 2017 yilda 81,3 foizgacha oshdi (4-rasm). Mulkchilik shakllari bo’yicha YaIMning tarkibi13 (4-rasm) YaIMning mulkchilik shakllari bo’yicha tarbidagi ijobiy o’zgarishlar tarmoqlarda davlat mulkini xusisiylashtirish yo’nalishidagi islohotlar natijasidir. Xususan, qishloq xo’jaligida dehqon va fermer xo’jaliklarining tashkil etilishi qishloq xo’jaligida nodavlat sektor ulushi qariyb o’n yildan buyon 95%dan yuqori ko’rsatkichni tashkil etmoqda. Iqtisodiy islohotlarning ilk davrlaridayoq kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bilan birgalikda obyektlarni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish ko`p tarmoqli iqtisodiyotni shakllantirishdagi asosiy omil hisoblangan. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiyotida tarkibiy o’zgarishlarning amalga oshirishning eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. So`nggi yillarda YaIM ning asosiy parametrlarida barqaror o`sish tendensiyasi kuzatilmoqda. 2000-2017 yillar mobaynida yakuniy iste`mol xarajatlarining o`rtacha yillik o`sishi 9,6% ni tashkil qildi va kuzatilayotgan davr mobaynida 4,3 baravardan ko`proqqa oshdi. Bu esa, asosan uy xo`jaliklari xarajatlarining 5,3 marta oshishi hisobiga ta`minlandi. Shuningdek, davlat boshqaruv organlarining yakka tartibdagi va jamoa xizmatlari uchun real xarajatlari sezilarli darajada ( 2,3 martaga) oshdi. Mamlakatda investitsion faoliyat rivojlanishining asosiy ko`rsatkichlari mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va o`zlashtirish hisobiga barqaror o`sib borayotganligidan dalolat beradi. 1995-2017 yillarda asosiy kapitalning jamg`arilish me`yori YaIM ning 25 foizini tashkil etdi, bu esa dunyoning rivojlangan va jadal rivojlanayotgan mamlakatlari ko`rsatkichlariga mos keladi. 2000-2017 yillar davomida asosiy kapitalning yalpi jamg`arilishi 5,4 barobardan ko`proqqa ortdi, o`rtacha yillik o`sish sur`ati esa 11,5 % tashkil etdi, bu esa kuzatilayotgan davrdagi YaIM ning o`rtacha yillik o`sish sur`ati 7,3 %dan ko’proqni tashkil etadi. Keyingi yillarda mamlakatning tarkibiy o`zgarishida hududlarning roli sezilarli darajada oshdi. Hududlarning iqtisodiy salohiyati va raqobatbardoshligini oshirishga yo`naltirilgan bir qator chora-tadbirlar qabul qilindi. 2000-2017 yillarda YaHM ning nisbatan kichik o`rtacha yillik o`sish sur`ati o`rtacha respublika darajasi (107,3 %) bilan taqqoslaganda Navoiy (104,5 %), Farg`ona (105,8 %) va Toshkent (106,5 %) viloyatlarida kuzatildi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling