Mundarija: kirish


Download 0.68 Mb.
bet1/3
Sana13.09.2020
Hajmi0.68 Mb.
#129471
  1   2   3
Bog'liq
KURSAVOYREJASTRUCTURE 27.11.2019(1)



Mundarija:

KIRISH………………………………………………………………..

1. Tarkibiy o’zgarishlar va uning nazariy asoslari…………………….

2. Tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirishning jahon tajribasi……………

3. Milliy iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlar dinamikasi va tahlili..

4. Milliy iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarning va iqtisodiy o’sishga ta’sirini baholashning dolzarb masalalari ……………………

XULOSA………………………………………………………………..

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……………….

KIRISH

Ma’lumki, innovatsion iqtisodiyot bilimlar iqtisodiyotiga asoslanib XXI asrda iqtisodiy oʼsishini taʼminlovchi asosiy vosita hisoblanadi. Innovatsion iqtisodiyotda ishlab chiqarish va xizmat koʼrsatish sohalar intellektual bilimga asoslanadi va iqtisodiy oʼsishni taʼminlaydi. Innovatsion iqtisodiyotni paydo boʼlishi innovatsion tadbirkorlik rivojlantirib iqtisodiyotda venchur kapitali, intellektual mulk huquqining (patent va litsenziya) oshishi, intellektual tizimni tashkil etilishi tadbirkorlik faoliyatida koopiratsion, yaʼni klaster usulida rivojlanib borishini taʼminlaydi. O’z navbatida bu milliy iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni iqtisodiy o’sishga ta’sirini baholashning dolzarb masalalarini yuzaga keltiradi.



Tarkibiy o’zgarishlar iqtisodiyotni modernizatsiyalashning asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanib, rivojlanish darajasidan qat’iy nazar barcha mamlakatlarga tegishli sanaladi. Tarkibiy o’zgarishlar uzluksiz jarayon hisoblanib, doimiy ravishda iqtisodiyotning qaysi yo’nalishda, qaysi omillar asosida, qanaday darajada rivojlanayotganligini ko’rsatadi.

Takidlash joizki, 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar Strategiyasining 3.2 bandiga asosan tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizasiya va diversifikasiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish belgilangan. Unga ko’ra milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning tarkibida sanoat, xizmat ko’rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko’paytirish, ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikasiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investisiya siyosatini olib borish; yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo’shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o’tkazish orqali sanoatni yanada modernizasiya va diversifikasiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish, prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o’zlashtirish, shu asosda ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta’minlash, ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag’batlantirish siyosatini davom ettirish hamda, eng avvalo, iste’mol tovarlar va butlovchi buyumlar importini o’rnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperasiyasini kengaytirish, iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish, faoliyat ko’rsatayotgan erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalari samaradorligini oshirish, yangilarini tashkil etish; xizmat ko’rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlarning o’rni va ulushini oshirish, ko’rsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo, ularning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o’zgartirish; turizm industriyasini jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda uning roli va ulushini oshirish, turistik xizmatlarni diversifikasiya qilish va sifatini yaxshilash, turizm infratuzilmasini kengaytirish, eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, eksport tarkibini va geografiyasini diversifikasiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar etish, yo’l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy soha, boshqaruv tizimiga axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish kabilar belgilangan.1 Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasini 2030-yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Konsepsiyasiga ko’ra makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o’sish barqarorligini ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatbardoshligi, investitsiya va eksport salohiyatini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va himoya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mehnat bozoridagi keskinlik darajasini pasaytirish, aholi daromadlarini oshirish va kam ta’minlanganlikni kamaytirish nazarda tutilmoqda.2

Yuqoridagilarni hisobga olib mazkur kurs ishida tarkibiy o’zgarishlar va uning nazariy asoslari evolutsiyasi o’rganildi. Tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirishning rivojlangan mamlakatlar tajribasi qiyosiy tahlil etildi. Milliy iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlar dinamikasi va istiqbollari statistik tahlil etildi. baholashning dolzarb masalalari bo’yicha xulosa va takliflar ishlab chiqildi.

1. TARKIBIY O’ZGARISHLAR VA UNING NAZARIY ASOSLARI

Iqtisodiyotning tarkibi – juda murakkab, koʼp qirrali tushuncha boʼlib, xilma-xil xoʼjalik tizimidagi elementlarning oʼzaro munosabatlarini ifodalaydi. Iqtisodiy adabiyotlarda ijtimoiy, tarmoq, ishlab chiqarish, mintaqaviy (hududiy) va tashqi savdo tarkiblariga boʼlinadi. Iqtisodiyotning tarmoq tarkibi juda keng maʼnoda kengaygan ishlab chiqarish va ijtimoiy mehnat taqsimoti jarayonida ishlab chiqarishning alohida sharoitlarini xarakterlaydi.

Tarmoq tarkibining tarixiy rivojlanish bosqichlarini o’rganish natijasiga ko’ra iqtisodiyot tarmoqlarining diversifekatsiyasi va iqtisodiyotdagi ulushi o’zgarib boradi. Unga ko’ra “birinchi tarmoqlar” (qishloq xoʼjaligi va undurma sanoat), “ikkinchi tarmoqlar” (sanoat va qurilish), va “uchinchi tarmoq” (xizmat koʼrsatish sohalari – servis”) ga ajratilgan, hozirgi kunda yangi tarmoq tarkibi, yaʼni “toʼrtinchi tarmoq” (axborot industriyasi) shakllandi va rivojlanmoqda.

Tarkibiy oʼzgarishlarning asosiy maqsadi – ishlab chiqarilayotgan mahsulot va xizmatlar tarkibini kengaytirish, sifat koʼrsatkichlarini oshirish, ishlab chiqarishda resurslardan samarali foydalanishni yo’lga qo’yish, xoʼjalik tizimi jarayonlarini intensifikatsiyalash, fan sig’imkorligi yuqori bo’lgan sohalarning rivojlanishini yuqori bosqichga olib chiqishdir.

Iqtisodiyotda tarkibiy oʼzgarishlar makrodarajada – asosan anʼanaviy xoʼjalik tarmoqlari, kichik tarmoqlar va ishlab chiqarish turlarida ham qayta oʼzgarishlarga olib kelmoqda.

XIX asrning boshlarida F. Kene (“Iqtisodiy jadval”, 1758) va J. B. Sey iqtisodiyot strukturasini tavsiflaydigan va ijtimoiy mahsulotni qayta tiklash bosqichlari bo’yicha tadqiqot olib borishgan va birinchi marta ijtimoiy mahsulot harakatining uch bosqichiga ajratilgan: ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol.3

Unuman olganda iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni xorij olimlaridan A. I. Anchishkin, M.Z.Bora, N.I.Veduty, F.Vorobyov, V.V.Kosova, A.Kronrod, V.I. Mayevskiy, A.I.Notkina, N.Y.Petrakova, S.Shatalina, V.Yarenko va boshqalarning asarlarida iqtisodiyot tuzilmasining muvozanati, iqtisodiyotning tarkibiy tuzilmasi va iqtisodiy o’sish bilan o’zaro bog’liqligi tahlil qilingan.

XX asrning birinchi yarmida K. Klark asarlarida asosiy (qishloq xo’jaligi), o’rta (sanoat) va uchinchi soha (xizmat ko’rsatish sohasi)larga bo’ilib, iqtisodiyot tarkibini o’rganish uchun sektoral yondashuv taklif etildi. Keyinchalik D. Bell to’rtinchi va beshinchi tarmoqlarni kiritadi.

Bizning fikrimizcha, iqtisodiyotning tarmoq tuzilmasi iqtisodiyot tarmoqlarining alohida guruhlari va ularning o’ziga xos munosabatlari ko’rsatkichlarini ko’rib chiqishga asoslangan. Tarkibiy o’zgarishlarni ko’plab tadqiqotchilarning hisob-kitoblari tarmoqlar bo’yicha ko’rsatkichlar (ishlab chiqarish, bandlik, moddiy intensivlik va boshqalar) tahliliga asoslanadi.

N.D. Kondrateva V.V. Leontiv, P.A.Sorokinn kabi olimlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va tarkibiy o’zgarishlarni prognoz qilish masalalariga alohida to’xtalib o’tishgan. 4

L.I.Abalkin, A.G.Aganbegyan, V.M.Ageeva, B.S.Afanasyev, S.D. Valenteya, S.Y.Glazyeva, A.E.Gorodetskiy, P.S.Greenberg, V.M.Kudrova, L.V.Nikiforov, Y G.Pavlenko, I.A. Rubinshteyn, V.T.Ryazanov, T.D.Selishcheva, A.A.Sergeeva, D. E.Sorokin, N.V.Sicheva, V.N.Cherkovets, V.Yakovets, V.Yarenkoning ilmiy ishlarida iqtisodiy tizimlarning o’zgarishi, texnik-iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy uslublarni o’zgarishi, iqtisodiy (ishlab chiqarish) munosabatlar tuzilmalari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va iqtisodiyotni modernizatsiya qilishni prognozlash metodologiyasi keng o’rganilgan.5

T.N.Agapova, L.A.Deva, U.Izard, C.B.Kazansev, L.S.Kazinets,

O.Krasilnikova, B.N.Kuzika, S. Suxareva, M. M. Yuzbasheva, V. Yakovtsa va boshqalar iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarning dinamikasi yo’nalishida tadqiqot ishlarini olib borib, ularni baholash ko’rsatkichlari va grafik usullari ishlab chiqishgan.

Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni baholashning turli ko’rsatkichlari qo’llaniladi. Ko’rsatkichlarning birinchi guruhi doirasida tizimli o’zgarishlarning sifat parametrlariga e’tibor qaratiladi.

Ikkinchi guruh ko’rsatkichlariga ko’ra iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarning miqdoriy parametrlarini tavsiflovchi ko’rsatkichlarni, ya’ni ularning iqtisodiy o’sish sur’atlari bilan o’zaro bog’liqligini o’z ichiga oladi. Iqtisodiyotda miqdoriy tarkibiy o’zgarishlar, avvalo, u o’ziga xos miqdor yoki vaqt ichida tegishli tarkibiy elementlar ulushi, shuningdek, indeksi asosida tarkibiy o’zgarishlarning o’zgarishi dinamikasini baholash orqali o’lchanadi. Iqtisodiy rivojlanishning umumiy dinamikasiga individual tarmoqlar yoki iqtisodiyot tarmoqlari o’rtasidagi tarkibiy o’zgarishlarning ta’sirini baholash mumkin bo’lgan ko’rsatkichlar qatoriga elastiklik koeffitsientlari va avans koeffitsientlari kiradi.

Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni baholash ko’rsatkichlarining uchinchi guruhiga o’zgarishlarning sifat xususiyatlarini ularning miqdoriy ifodasi bilan bog’laydigan turli integral, kompleks ko’rsatkichlar kiradi. Ko’rsatilgan va boshqa koeffitsientlardan foydalangan holda, ijtimoiy rivojlanishning davriyligi, tarmoq texnologik o’zgarishlarini va ijtimoiy rivojlanish yo’nalishini o’zaro bog’lash asosida tizimli o’zgarishlarni kompleks o’rganish amalga oshiriladi. Tuzilmalarning o’xshashligi va xilma-xilligini baholash uchun ushbu tuzilmalarning mutlaq va nisbiy farqlarining chiziqli koeffitsientlari qo’llaniladi. Ko’rsatkichlarning to’rtinchi guruhi iqtisodiyot tuzilmasining maqbullik parametrlariga e’tibor qaratadigan ko’rsatkichlarni o’z ichiga oladi. Iqtisodiyot tuzilmasining maqbullik tushunchasi uning mutanosibligi tushunchasi bilan chambarchas bog’liq. Bunday shartlar mavjud bo’lmaganda, iqtisodiy tizimning samarali ishlashi uning tuzilishining optimallash xususiyatlaridan biridir. Umumiy iqtisodiy tizimning maqbulligi va samaradorligi ko’rsatkichi sifatida-oraliq iste’mol ko’rsatkichi, uning dinamikasini baholash moddiy-texnik bazaning samaradorligi va mehnat unumdorligining holati va o’zgarishini aks ettiradi (1-rasm).





1-rasm. Iqtisodiyot tuzilmasining dinamikasini tahlil qilish6

Zamonaviy iqtisodiyotidagi tarkibiy o’zgarishlarni tahlil qilish quyidagilar asosida amalga oshirildi:

1) YAIM tarkibida iqtisodiyot tarmoqlari (birlamchi va ikkilamchi tarmoqlar, xizmat ko’rsatish sohalari) ulushi dinamikasi (tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish nisbati) va ish bilan band bo’lganlar soni;

2) YAIM tarkibidagi tarmoqlar ulushi dinamikasi (shu jumladan tarmoq elastikligi koeffitsientlari va tarkibiy avans koeffitsientlaridan foydalangan holda);

3) Import va eksport tarkibining harakati;

4) Oraliq iste’mol harakati (moddiy talab);

5) Ishlab chiqarish va iste’mol dinamikasi;

6) Iqtisodiyot o’sish sur’atlarining dinamikasi (shu jumladan, iqtisodiyotning o’sish sifati indeksidan foydalangan holda).

Milliy iqtisodiyotning tarkibi (strukturasi) deganda ma’lum omillar taʼsirida yuzaga kelgan ijtimoiy takror ishlab chiqarish va ijtimoiy mehnat taqsimotini ifodalaydigan iqtisodiyot tarmoqlarining nisbati tushuniladi.

Milliy iqtisodiyotning tarkibi quyidagi yoʼnalishlar boʼyicha tasniflanadi:

1) Iqtisodiyot tarmoqlari boʼyicha tarkiblash;

2) Iqtisodiyotni hududiy jihatdan tarkiblash;

3) Iqtisodiyotni tashqi iqtisodiy faoliyat boʼyicha tarkiblash.

Milliy iqtisodiyot tarkibi ishlab chiqarish va xizmat koʼrsatish funktsiyalariga koʼra tarmoqlarga boʼlib oʼrganiladi. Bunga misol tariqasida quyidagi tarmoqlarni keltirish mumkin.



Sanoat tarmogʼi. Sanoat majmuining muhim xususiyati shundaki, uning barcha tarmoqlarida mehnat vositalari va isteʼmol tovarlari yaratiladi, ilmiy-texnika taraqqiyoti hamda milliy daromadning asosiy qismi ishlab chiqariladi va yaratiladi.

Qishloq xoʼjaligi tarmogʼi. Yirik tarmoq boʼlib, oʼz tarkibiga qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi va qayta ishlovchi tarmoqlarni oladi.

Transport tarmogʼi. Respublikada transport iqtisodiy rayonlar va korxonalar, milliy iqtisodiyot tarmoqlari oʼrtasida, shuningdek, mamlakatlararo iqtisodiy aloqalarni taʼminlaydi.

Respublikaning transport tizimi temir yo’l, avtomobil yoʼllari, zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan vokzallar, stantsiyalar, yuk omborlari va boshqa infratuzilma boʼlinmalarini qamraydigan murakkab xalq xoʼjaligi majmuini tashkil etadi.

Transport majmuini tartibga solishda quyidagi koʼrsatkichlardan foydalaniladi:


  • tashiladigan yuklarning hajmi;

  • yuk aylanmasi hajmi;

  • yo’lovchilar soni;

  • yuk tashishning oʼrtacha masofasi;

  • harakatdagi transport vositalaridan foydalanishning texnik koʼrsatkichlari.

Qurilish tarmogʼi. Qurilish respublikadagi moddiy ishlab chiqarishning eng muhim tarmoqlaridan biri. Qurilish milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga xizmat koʼrsatib, asosiy fondlarning qayta takror ishlab chiqarish uchun sharoitlarni taʼminlaydi, ishlab chiqaruvchi kuchlarni maqsadga muvofiq joylashtirish, respublikaning yangi tabiiy boyliklarini oʼzlashtirish, boʼsh mehnat resurslarini ijtimoiy ishlab chiqarishga jalb etishga yordam beradi.

Fondlarning takror ishlab chiqarishni bevosita taʼminlovchi moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari va loyiha tashkilotlari birgalikda qurilish majmuini tashkil etadi.



Hududiy jihatdan tarkiblash. Miliiy iqtisodiyotni ishlab chiqarish imkoniyatlari boʼyicha iqtisodiy mintaqalarga, maʼmuriy – boshqaruv tumanlariga boʼlib oʼrganiladi.

Maʼmuriy–iqtisodiy aloqadorliklari boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi hududiy tarkibiga Qoraqalpogʼiston Respublikasi, 12 ta viloyat va Toshkent shahri kiradi. Mintaqaviy xususiyati bo’yicha esa 6 ta mintaqadan iborat.

Har bir hudud oʼzining tarixiy – iqtisodiy imkoniyatlari, tabiiy geografik sharoitlari, ijtimoiy – iqtisodiy va tabiiy resurslari oʼzaro bogʼliqligi jihatidan iqtisodiy rivojlanishga xizmat qiladi. Milliy iqtisodiyot infratuzilmasi milliy iqtisodiyotga xizmat qiluvchi sohalar tashkil etadi. Infratuzilmaning quyidagi koʼrinishlari mavjud:


  1. Ishlab chiqarish infratuzilmasi – asosiy maqsadi ishlab chiqarish jarayonini bir maromda davom etishini taʼminlashdir. Masalan: yuklarga xizmat koʼrsatish, yuklarni yetkazib berish. Ishlab chiqarish infratuzilmasi 2 ta iqtisodiy jarayonga xizmat qiladi:

  • birinchidan, ishlab chiqarish jarayonini samarali boʼlishiga xizmat qiladi;

- ikkinchidan, milliy iqtisodiyotdagi mehnat resurslari faoliyatini yaxshilashga xizmat qiladi.

2. Ijtimoiy infratuzilma – aholining hayot tarzini yaxshilash bilan bogʼliq jarayonlarni bajaradigan tuzilmadir. Zamonaviy milliy iqtisodiyotda uning ahamiyati oshib boradi va uning asosiy vazifasi aholininig turmush darajasini yahshilash hisoblanadi. Ijtimoiy infratuzilma milliy iqtisodiyot ishlab chiqarishni asosiy iqtisodiy resurs – mehnat resurslari bilan taʼminlash imkoniyatini yaratadi.

3. Bozor infratuzilmasi – milliy iqtisodiyot birliklari toʼplami boʼlib, bozor faoliyatiga va uning rivojlanishiga xizmat qilishi koʼzda tutiladi. Bu infratuzilma iqtisodiyot tarmoqlari faoliyatini taʼminlovchi turli tashkilot va tizimlardan tashkil topgan.

Bozor infratuzilmasiga quyidagilar kiradi:

1) savdo tashkilotlari;

2) birjalar;

3) bank tizimi;

4) transport xizmati tizimi.



2. TARKIBIY O’ZGARISHLARNI AMALGA OSHIRISHNING JAHON TAJRIBASI

Xitoy iqtisodiyotidagi tarkibiy o’zgarishlar so’nggi o’n yilliklarda jahon iqtisodiy o’sish sur’atlariga hissa qo’shadigan asosiy omillardan biri bo’ldi. 1978 yilda iqtisodiy islohotlar boshlanganidan buyon Xitoy iqtisodiyotining rivojlanishi past daromadli va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlariga ega bo’lgan mamlakatlarga xos bo’lgan yo’lni bosib o’tdi. Qishloq aholisining bunday mamlakatlardagi shahar sanoat markazlariga ko’chishi mehnat taklifining ortiqcha bo’lishiga va sanoat sohasida real ish haqining sezilarli darajada o’sishiga olib keladi. Sanoat sektorining keng rivojlanishi va mehnatning arzonligi hisobiga eksportning o’sishiga olib keladigan past ish haqi mamlakatning iqtisodiy o’sishining yuqori sur’atlariga va YAIM tarkibida investitsiya xarajatlarining yuqori ulushiga hissa qo’shadi. Yuqori samarali sanoat markazlarida ishchi kuchi o’sishining pasayishi bilan bir vaqtda, bu mamlakatning iqtisodiy o’sish sur’atlarining pasayishiga olib kelgan. Rivojlangan mamlakatlar bilan taqqoslaganda Xitoyning iqtisodiy o’sishining eng muhim manbalarida ishchi kuchining arzonligi va sanoat sektorining faol rivojlanishi asosida so’nggi o’n yilliklar ichida investitsiyalar va eksport hajmi oshib borishi bilan to’g’ri bog’liqlikka ega. Shunday bo’lsada 2011yildan so’ng Xitoy iqtisodiyotining o’sishi sekinlasha boshladi. Aholi jon boshiga o’rtacha daromad darajasiga erishilganda mamlakatning iqtisodiy o’sish sur’atlarining sezilarli sekinlashuvi, ya’ni “o’rtacha daromad tuzog’i”ga tushib qolganligini ko’rish mumkin. Bu atama birinchi marta Gill va Xaras (2007) tomonidan ishlatilgan va mamlakat iqtisodiyotida o’rtacha aholi jon boshiga to’g’ri keladigan daromadlarning sekinlashishi yoki turg’unlashuvi ma’lum bir mamlakatga uzoq vaqt davomida yuqori daromadli mamlakatlar guruhiga o’tishga imkon bermaydigan vaziyatga ishora qiladi. Shu nuqtai nazardan, Xitoy iqtisodiyotini yuqori texnologiyali eksport ko’rsatkichlarining ijobiy dinamikasiga asosan Xitoyning “o’rtacha daromad tuzog’iga” tushishiga sabab bo’lmasligi mumkin degan xulosaga kelish mumkin.

Jahon mamlakatlari ma’lumotlariga asoslanib 182 mamlakatlar bo’yicha mamlakatda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirishda investitsiyalarning ta’sirini maksimal darajada yetganidan so’ng YaIMdagi uy xo’jaliklarining iste’mol ulushiga nisbati kamayishi kuzatilishi kuzatiladi.

Kichik mamlakatlardagi tarkibiy o’zgarishlar jarayoni Xitoy iqtisodiyotidagi tarkibiy o’zgarish jarayonlaridan farq qilishi mumkin, chunki Xitoy ochiq va kichik iqtisodiyotda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan YaIMning ulushi sifatida eksport yoki importni ko’paytirishga umid qila olmaydi. Ushbu mamlakatlar tarkibiy o’zgarishlarning boshlanishiga sabab bo’lgan sabablarga ko’ra farqlanadi. Misol uchun, Gretsiyada XX asrning 70 yillari boshida siyosiy rejim o’zgargan, 1997-1998 yillardagi Osiyo moliyaviy inqirozi Gonkongda (Xitoyning maxsus ma’muriy hududi), Tailand va Janubiy Koreyada tizimli o’zgarish jarayonlari bilan chambarchas bog’liq bo’lgan, Germaniya va Niderlandiyada YAIM tuzilmasining o’zgarishi ikkinchi jahon urushidan keyin ushbu mamlakatlar iqtisodiyotini tiklash jarayonlari bilan bog’liq edi. Boshqa hollarda 1973 va 1979 yillardagi neft inqirozi tarkibiy o’zgarishlarning sabablaridan biri bo’ldi.

Globallashuv davrida jahon mamlakatlarida turli tarkibiy o’zgarishlar yuzaga kelishi ham sodir bo’di. Globalizatsiya jaroyoni quyidagilarni ta’sir etdi:

a) Ishlab chiqarish hajmining oshishiga;

b) Qishloq xo’jaliging diversifikatsiyalashuviga;

c) Xizmat ko’rsatish sohasida qo’shilgan qiymatning ortishiga;

Xususan, Xitoy Xalq Respublikasi, Koreya Respublikasi va Bangladesh kabi mamlakatlarda iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarga globallashuvning ta’sirini yaqqol ko’rish mumkin.

Mavrikiy, Kosta-Rika va Hindiston kabi mamlakatlarning tajribasi globallashuvning xizmat ko’rsatish sohasining rivojlanishiga ta’sir ko’rsatdi. Tailand, Urugvay va Vietnam tajribasida ko’ra qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish orqali tarkibiy o’zgarishlarda ijobiy natijalarini ko’rish mumkin. Shu bilan birgalikda qishloq xo’jaligini mexanizatsiyash bilan birga sanoatning YAIM ulushi ham oshib bordi.

Iqtisodiyotning barqarorligi va raqobatbardoshligini taʼminlash, aholining turmush darajasini oshirish maqsadida, mamlakatning ilmiy-texnikaviy va innovatsion salohiyatidan keng foydalanishga asoslangan innovatsion yoʼnalishlar va vazifalarini shakllantirish va tasdiqlash innovatsion faoliyat sohasidagi davlat siyosatining asosiy maqsad va vazifalaridan biri hisoblanadi.

Milliy iqtisodiyotda qisqa muddatda chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirgan barcha mamlakatlarning umumiy xususiyati iqtisodiyotda raqobat muhitining yuzaga kelganligidadir. Maʼlumki, raqobatbardoshlik boʼyicha turli nazariy qarashlarga koʼra raqobatbardoshlikni oshirishga taʼsir etuvchi turli muxim omillarning oʼzaro taʼsiri maʼlum makondagi munosabat va omillarni oʼzaro harakatga keltirishi fundamental elementlarning sifatini oshirish jarayonida yuzaga keladi. Bu borada Porter va Delgado kabila olimlarning fikriga koʼra raqobatbardoshlikni taʼminlovchi omillar-makroiqtisodiy (Institutlarning sifati, makroiqtisodiy siyosat), mikroiqtisodiy (tadbirkorlik muhitinining sifat darajasi, ishlab chiqarish klasterlari, firmalarining moslashuvchanligi) va mamlakatning tabiiy sharoiti kabi omillarning oʼzaro sifatli taʼsiri hisoblanadi va oʼz masshtabi boʼyicha raqobatbardoshlik darajasini koʼrsatadi (2-rasm).





Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling