Mundarija kirish


-rasm. Bog’dod tumani mahalliy budjet 2020-yildagi daromadlari rejasi.22


Download 0.6 Mb.
bet4/5
Sana29.10.2020
Hajmi0.6 Mb.
#138303
1   2   3   4   5
Bog'liq
bmi 1 (2) (Восстановлен)(1)


7-rasm. Bog’dod tumani mahalliy budjet 2020-yildagi daromadlari rejasi.22

Ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i hajmi esa, yildan-yilga o’sish tendensiyasiga ega. Bu esa, ijtimoiy infratuzilma solig’ining belgilangan soliq stavkasi me’yori o’zgarmagan holda, ushbu hududlarda faoliyat yuritayotgan korxonalar ixtiyorida qoladigan sof foyda miqdorining yildan-yilga o’sayotganligidan dalolat beradi.

Ushbu soliqning ob’ekti bo’lib esa, korxona soliq to’laganidan keyin uning ixtiyorida qoladigan sof foyda hisoblanadi. Mahalliy budjetga hisoblanadigan boj to’lovi ham oxirgi yillarda keskin oshgan. Bu to’lov tushumini kelajakda ko’paytirish yo’nalishlarini aniqlash maqsadga muvofiqdir.

7-rasmdan ko’rinib turibdiki, jismoniy shaxslardan va yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan jismoniy shaxslarning daromad solig’i 66,11% ulushni – eng kata ulushni tashkil etgan.

Yuqoridagi tahlillardan kelib chiqib shuni aytishimiz mumkinki, mahalliy budjetlar daromadlarini mustahkamlash borasida mahalliy hukumatning soliq undirish va soliq bazalarini kengaytirishga bo’lgan qiziqishlarini rag’batlantirishni oshirish, ya’ni ortiqcha undirilgan soliqlarning mahalliy budjetlarga tushadigan qismini oshirishni yo’lga qo’yish yaxshi samara beradi. Farg’ona viloyati Bog’dod tumani mahalliy budjet daromadlarining asosiy qismini jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar tashkil etadi.

2.2. Mahalliy budjetlar xarajatlari tarkibi va ulardan samarali foydalanish holati tahlili (Bog’dod tumani misolida)

Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida mahalliy budjetlarning ahamiyati ularning xarajatlar qismida yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, bugungi kunda hududiy iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilmani saqlash va rivojlantirish, aholiga turli ijtimoiy xizmatlarni taqdim etish, aholini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, mahalliy boshqaruv organlarini saqlash kabi vakolatlar mahalliy hukumat organlari zimmasiga yuklatilgan. Bu vakolatlarni bajarish esa mahalliy budjetlardan muayyan sarf-xarajatlar qilishni taqozo etadi.

O‘zbekiston Respublikasi “Budjet kodeksi”ning 71-moddasiga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi:

1) ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari, shu jumladan:

• umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, maktabdan tashqari ta’lim, pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, boshqa yordamchi va uslubiy ta’lim muassasalarini saqlab turish xarajatlari;

• bolalar uylari, davlat bolalar shaharchalarini saqlab turish, qonun hujjatlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ta’lim tizimidagi yordamchi xizmatlar va maqsadli tadbirlar xarajatlari;

• Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi filialini, ko‘p tarmoqli va ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarini, ixtisoslashtirilgan kasalxonalar va dispanserlarni, tug‘ruqxonalar va akusherlik majmualarini, tibbiy tashxis qo‘yish va davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarini, qon quyish xizmati va sud-tibbiyot ekspertizasi muassasalarini, Salomatlik va tibbiyot statistikasi instituti filialini, hududiy sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari tasarrufidagi boshqa davolash-profilaktika muassasalari va yordamchi tashkilotlarni saqlab turish, shuningdek qonun hujjatlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan xizmatlarga haq to‘lash xarajatlari;

• qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;

• hududiy madaniyat va sportni boshqarish organlari tasarrufidagi madaniyat, jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, shuningdek madaniyat va sportni rivojlantirishga doir maqsadli tadbirlarni amalga oshirish xarajatlari;

• Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tasarrufidagi arxivlarni saqlab turish xarajatlari;

• Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tasarrufidagi qariyalar va nogironlarning internat-uylari, pansionatlari va sanatoriylari, nogironlarni reabilitatsiya qilish markazlarini, boshqa muassasalarni saqlab turish xarajatlari, shuningdek aholini ijtimoiy muhofaza qilishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari;

• shahar yo‘lovchilar transporti tashuvchilarining yo‘lovchilarni va bagajni cheklangan tariflar bo‘yicha tashish, shuningdek alohida toifadagi fuqarolarni imtiyozli tashish xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq zararlarning o‘rnini qoplash xarajatlari;

2) iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan:

• qishloq xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat organlarini saqlab turish, shu jumladan hayvonlar kasalliklariga qarshi kurashuvchi muassasalar xizmatlariga haq to‘lash, shuningdek erlarni rekultivatsiya qilish ishlarini bajarish;

• uy-joy-kommunal xo‘jaligi ob’ektlarida ta’mirlash ishlarini olib borish;

• suv yo‘llarining ayrim texnik uchastkalarini saqlab turish;

• aholi punktlarini obodonlashtirish;

• shaharlarning, boshqa aholi punktlarining ko‘chalarini va xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini ta’mirlash, shuningdek ayrim tashkilotlar xarajatlari;

• qonun hujjatlarida nazarda tutilgan o‘rmon xo‘jaligini saqlab turish xarajatlari;

3) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari buyurtmachi bo‘lgan markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari;

4) mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, shu jumladan:

• Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesini;

• Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, ularning boshqarmalari va bo‘limlarini saqlab turish xarajatlari;

5) Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining zaxira jamg‘armalarini shakllantirish xarajatlari;

6) davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun er uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan yuridik va jismoniy shaxslarga etkazilgan zararning o‘rnini qoplash xarajatlari;

harbiy-ma’muriy sektorga yuklatilgan tadbirlarni va vazifalarni amalga oshirish va hal qilish xarajatlari

7) Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar va tadbirlarning xarajatlari.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va shaharlar budjetlariga budjet ssudalari, dotatsiyalar, subventsiyalar va o‘tkazib beriladigan daromadlar ajratilishi mumkin.

Mamlakatimizda islohotlarning dastlabki davridan boshlab ijtimoiy sohani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Taraqqiyotning o‘zbek modeli biz tanlagan strategik yo‘lning eng muhim va ustuvor yo‘nalishlaridan biri ham uning kuchli ijtimoiy siyosat yuritish masalasini etakchi o‘ringa qo‘ygani bilan bevosita bog‘liqdir. Ma’lumki, o‘zbek modelining o‘zagi ratsional mag‘zini tashkil etadigan mashhur besh tamoyildan biri ham aynan kuchli ijtimoiy siyosat olib borishni nazarda tutadi.

Mahalliy budjetlar xarajatlarining asosiy qismini ijtimoiy sohalar va aholini qo‘llab quvvatlash bilan bog‘liq xarajatlar egallaydi.



7-jadval.

Farg'ona viloyati Bag'dod tuman mahalliy budjetining 2019 yilgi asosiy ko'rsatkichlari.(ming so’m)23

Ko'rsatkichlar

2018-yil

2019-yil

2020-yil (reja)




Xarajatlar – jami

105 922 744,00

165 847 629,00

104 162 866,00

1.

Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlashga
xarajatlar – jami


95 298 163,00

149 235 137,00

82 873 902,00

1.1

Maorif

70 946 573,00

113 170 447,00

18 435 687,00




maktabgacha ta'lim

10 407 125,00

20 381 644,00

9 577 626,00




umumiy ta'lim

60 539 448,00

92 788 803,00

8 858 061,00

1.2

Sog'liqni saqlash

21 978 355,00

33 185 849,00

49 853 829,00

1.3

Madaniyat va sport, ommaviy axborot vositalari

2 329 938,00

2 832 175,00

3 904 954,00




madaniyat va ommaviy axborot vositalari

264 260,00

548 309,00

1 032 151,00




sport

2 065 678,00

2 283 866,00

2 872 803,00

1.4

Ijtimoiy ko'nikma markazlari

43 297,00

46 666,00

62 951,00

2.

Iqtisodiyotga xarajatlar

3 634 607,00

6 238 591,00

8 735 115,00

2.1

Qishloq xo'jaligi vazirligi tashkilotlari

444 354,00

493 003,00

498 061,00

2.2

Obodonlashtirish

2 994 256,00

3 582 345,00

6 001 870,00

2.3

Drenaj ishlari bilan bog'liq xarajatlar

195 997,00

258 120,00

274 545,00

2.4

Suv xo'jaligi vazirligi tashkilotlari

-

1 322 487,00

1 161 783,00

2.5

Veterinariya qo'mitasi

-

582 636,00

798 856,00

4.

Davlat boshqaruv organlarini saqlash

1 690 627,00

3 854 328,00

5 478 357,00

5.

Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarini saqlash

4 074 546,00

4 877 517,00

5 536 139,00

6.

Zahira jamg'armasi

1 046 979,00

1 642 056,00

1 539 353,00

7-jadval ma’lumotlari tahlil qiladigan bo’lsak, 2018-yilda jami 105,92 mlrd so’mlik xarajat va 2019-yilda 165,85 mlrd so’mlik umumiy xarajatlar amalga oshirilgan. Shulardan ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash bilan bog’liq xarajatlar jami 2018-yilda 95,30 mlrd so’m va 2019-yilda 149,24 mlrd so’m xarajatlar amalga oshirilgan. Eng kata xarajatlar 2018-yilda umumiy ta’lim uchun ajratilgan bo’lib, jami 60,54 mlrd so’mni, 2019-yilda esa 92,79 mlrd so’mni tashkil etgan. Bilamizki, umumiy ta’limga ketadigan asosiy xarajatlar ishchi-xodimlarning oylik ish haqisi va unga tenglashtirilgan xarajatlardan iborat. Bunda tashqari, sog’liqni saqlash tizimida 2018-yilda 21,98 mlrd so’m va 2019-yilda 33,19 mlrd so’mlik xarajatlar sarflangan.

8-rasm. Bog'dod tumani mahalliy budjetining 2020 yilgi asosiy xarajat ko'rsatkichlari.24

4-jadvalda shuningdek, Bog'dod tumani mahalliy budjetining 2020 yilgi asosiy xarajat ko'rsatkichlarining prognozi ham ko’rsatib o’tilgan. Unga muvofiq, 2020-yilda jami 104,16 mlrd so’mlik xarajatlar ko’rsatib o’tilgan, Shundan, eng kata ulushni (80%) ijtimoiy qo’llab-quvvatlash bilan bog’liq xarajatlari(82,87 mlrd so’m) egallab turibdi. Sog’liqni saqlash xarajatlari 2020-yilda 49,85 mlrd so’m, maktabgacha ta’lim 9,58 mlrd so’m, umumiy ta’lim 8,86 mlrd so’mni tashkil etishi ko’zda tutilgan.(5-rasm)





9-rasm. Bog'dod tumani mahalliy budjetining 2018-2020-yilgi asosiy xarajat ko'rsatkichlari.(mlrd so’m)25

9-rasm malumotlariga ko’ra Bog’dod tumanidagi sog’liqni saqlash xarajatlari o’sish dinamikasini ko’rishimiz mumkin 2018 yilda 21.98 mlrd somni tashkil qilgan bo’lsa 2020-yil rejasi bo’yicha 2.2 barobarga o’sib 49.85 mlrd so’mni tahskil qilmoqda. Iqtisodiyotga xarajatlar ham yildan-yilga o’sib bormoqda 2020-yilda iqtisodiyotga xarajatlar 2018-yilga nisbatan deyarli 2.5 martaga oshganligini korish mumkin bu esa tumanimiz iqtisodiga yetarli darajada tasir ko’rsatadi deb o’ylaymiz.

3-BOB MAHALLIY BUDJETLAR MUSTAQILLIGI VA BARQARORLIGINI TA’MINLASHNING HOZIRGI DAVR MUAMMOLARINI BARTARAF ETISH MASALALARI

3.1. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonida mahalliy budjet mustaqilligi va barqarorligini ta’minlashning dolzarb muammolari

Mаmlаkаtimizning аlоhidа hududlаrini rivоjlаntirish оrli mаhаlliy byudjetlarning mоliviy mаnbаlаrini mustаhkаmlаshning аsоsiy yо‘nаlishlаri tо‘g‘risidа fikr yuritаr ekаnmiz, аvlаmbоr, shuni аytish kerаkki hоzirgi kundа оldimizdа turgаn ngi vаzifаlаrni murаkkаb bir ziyаtdа, ni, dundаgi derli bаrchа mаmlаkаtlаrning iqtisоdiyоtigа о‘tа keskin tаsir kо‘rsаtаyоtgаn jаhоn mоliyаviy vа iqtisоdiy inqirоzi bilаn g‘liq bir shаitdа аmаlgа оshirishgа tо‘g‘ri kelаdi. Bundа hаlliy hududlаr imkоniyаtlаrini bаhоlаsh ulаrni mustаhkаmlаshning yо‘nаlishlаrini belgilаsh nаfаqаt mаhаlliy byudjetlar dаmаdlаri bаzаsi shаklnishining аmаldаgi mexаnizmini tаhlil qilish uchun zаrur, bаlki mаhаlliy mоlini bоshqаrish dаvlаt siyоsаtidаgi о‘zgаrishlаrni аsоslаsh hаmdа uning istiqldаgi vаzifаlаrini belgilаshdа hаm muhim аhаmiyаt kаsb etаdi.

hаlliy byudjet imkоniti - bu hudud ydаlаnаyоtgаn mоliviy resurslаrining bir qismi xоlоs. Hududning mоliviy resurslаri tаrkibidа esа mаzkur hududdаgi mаhаlliy byudjet dаmаdlаridаn tаshqаri, shu hududdаgi yuridik vа jismоniy shаxslаrdаn, dbirkоrlik subektlаridаn tushgаn pul dаrоmаdlаri vа jаmg‘аrlаri, hudud turli tаdbirlаr uchun jаlb etilgаn mаblаg‘lаr hоmiylаr mаblаg‘lаri hаm tegishli о‘rin egаllаydi. Buni 10-rаsmdа kо‘rish mumkin.

Sо‘nggi yillаrdа mоliviy resurslаr tаrkibi hlilidа dаvlаtning hududlаrdаgi xо‘jаlik subektlаridаn tushgаn pul dаrоmаdlаri vа аhоlining mоliyаviy resurslаri аjrаtib kо‘rsаtilmоqdа. Shu bоisdаn, аyrim muаlliflаr hududning mоliviy imkоniyаti tаrkibidа yuridik shаxslаr аli vа dаvlаt mоliyаviy imkоnitlаrini аjrаtib kо‘rsаtаdilаr. Hudud mоliyаviy imkоnitini bаhоlаshning о‘zixоs uslubiyоti tо‘liq о‘rgаniln.

10-rаsm. Hududlаr mоliyаviy imkоniyаtlаri26

Shu sаbаbli byudjet аmаliyоti uchun аniq tаvsi yо‘riqnоlаr vjud emаs. Bizning fikrimizchа, hududlаr mоliviy imkоniyаtlаrini mаhаlliy byudjetlargа nisbаtаn lqin etilgаndа, uning dоirаsini dаrоmаdlаr bаzаsi bilаnginа cheklаb qо‘ysdаn, bаlki uni о‘sib bоrаyоtgаn mаjburiyаtlаr surаtlаrigа mufiq tаrzdа dаvlаtning qо‘shimchа tаdbirlаri tizimidаgi аniq chоrаlаr bilаn hаm mufiqlаshtirib bоrish lоzim, yа’ni hаlliy byudjetlar mоliviy imkоniti uning xаrаjаtlаri dinаmisidаgi о‘sish surаtlаrigа, shuningdek jаhоn аndоlаrigа mоs tаrzdа shаkllаngаn byudjet merlаrining bаjаrilishini tаminlаshgа imkоn beruvchi dаrоmаd bаzаsidir degаn nuqtаi-nаzаrdаn qаrаsh kerаk. Shu fikrdаn kelib chiqqаn ldа mаhаlliy byudjetlarning dаmаd bаzаlаrini mustаhkаmlаsh imkоniyаtlаrini quyidаgi kаbi guruhlаsh mumkin.



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling