Mundarija: kirish
Download 76.88 Kb.
|
kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilaman/bilishni xohlayman/bilib oldim (B/Bh/B)
- 2) Og’zaki davra suhbati
- 1. Geografiya fanini o’rgatish
- B/BH/B usulining afzalliklari
- 2.O’tilgan mavzuni mustahkamlash
- Klaster” usulining afzalliklari
- Geografiya darslarida test texnologiyasi
- Test turlari va test topshiriqlari shakllari.
- Test turlari va test topshiriqlari shakllari
- Test topshiqlariga qo’yiladigan didaktik talablar.
8.Guruhlar materiallarni bir-birlari bilan oxirgi almashganlaridan so’ng har bir guruh ishtirokchisi o’zining birinchi to’ldirgan materialini (guruh raqami va o’zi qo’ygan belgi asosida) tanlab oladilar. 9.Har bir guruh ishtirokchisi tarqatma materialdagi o’zi belgilagan javoblarini boshqa guruh ishtirokchilari kiritgan tuzatishlari bilan taqqoslaydilar va tahlil qiladilar. 10.Ta’lim beruvchi tarqatma materialda berilgan vazifani o’qib, guruhlar bilan to’g’ri javobni belgilaydilar. 11.Har bir ishtirokchi to’g’ri javob bilan belgilangan javoblar o’rtasidagi farqni aniqlab, shunga mos ballni to’playdi va o’z-o’zini baholaydi. Bilaman/bilishni xohlayman/bilib oldim (B/Bh/B)-biror matn yoki mavzuni interfaol o’qisho’zlashtirish usullaridan biri bo’lib, jadval ko’rinishida bajariladi va quyidagicha qo’llaniladi: ta’lim oluvchilarga biror mavzu e’lon qilinadi. Bu to’g’rida ularga ma’lum bo’lgan axborotlarni jadvalning “Bilaman” qismiga, mavzu bo’yicha yana qanday ma’lumotlarni bilishni xohlashsa, ularni jadvalning “Bilishni xohlayman” qismiga yozadilar. So’ngra, ularga mavzuga oid matn tarqatiladi. Ular mikroguruhlar tarkibida matnni mustaqil o’zlashtirib, jadvalning “Bildim” qismini to’ldiradilar. Har bir guruh sardori tuzilgan jadvallarni taqdim qiladi. Jadvalning barcha qismlari taqqoslanadi. “FSMU” texnologiyasi –ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda, bahs-munozarlar o’tkazishda yoki o’quv seminari yakunida, biror bir bo’lim o’rganilgandan so’ng qo’llanilishi mumkin, chunki bu texnologiya tinglovchilarni o’z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o’z fikrini boshqalarga o’tkazishga, ochiq holda bahslashishga, shu bilan bir qatorda ta’lim oluvchilarni o’quv jarayonida egallagan bilimlarini tahlil etishga, qay darajada egallaganliklarini baholashga ham tinglovchilarni bahslashish madaniyatiga o’rgatadi. F-fikringizni bayon eting,S-fikringiz bayoniga biror bir sabab ko’rsating, M-ko’rsatilgan sababni isbotlovchi misol keltiring, U-fikringizni umumlashtiring “Davra suhbati”-aniq ish tajribasini o’rganish, axborot almashish kabi faoliyatlarni o’tkazishda ko’maklashadi. Davra suhbatini ikki xil shaklda o’tkazish mumkin: 1) Yozma davra suhbati-o’zaro hamkorlikda muammo yoki g’oya-fikrlarni samarali usulinitopishning usuli. A’zolar ko’rilayotgan u yoki bu masala yuzasidan o’z g’oyasi yoki taklifini yozadi, so’ng yozilgan qog’ozni yonidagi a’zoga uzatadi. Navbatdagi a’zo berilgan g’oya yoki taklif yuzasidan mustaqil bilimi va qarashlariga asoslangan holda tushuncha va izohlarini qo’shimcha qiladi va navbatdagi a’zoga uzatadi. Har bir ishtirokchi fikrlarini o’zi tanlagan rangli qalam bilan yozadi. Bu har bir ishtirokchining suhbatda qatnashganlik darajasini yaqqol ko’rsatadi. Jarayon to barcha a’zolar o’rganilayotgan masala yuzasidan o’z bilim va munosabatlari asosida mustaqil fikr yoki savollari bilan ishtirok etib bo’lishlariga qadar davom ettiriladi. 2) Og’zaki davra suhbati-bu yuqorida ko’rsatilgan usulga o’xshash bo’lib, faqatgina og’zaki shaklda o’tkaziladi. Har bir ishtirokchi navbat bilan, undan oldin taklif etilgan fikrlarni qabul qilib olib, uni rivojlantiradi. “Taqdimot”. Taqdimotni muvaffaqiyatli amalga oshirishda e’tibor qaratiladigan jihatlar: 1. Qaysi masala yuzasidan fikr yuritmoqchi bo’lsangiz, uni har jihatdan mukammal o’rganing. Uch aniq vazifani amalga oshirish asosida masala har jihatdan samarali yoritilishiga erishish mumkin. A) Yoritib beriladigan masalaning asosiy mazmun-mohiyati nimada? degan savolga javob topish. B) Yoritib beriladigan masala yuzasidan shaxsiy nuqtai-nazardan kelib chiqqan holda kalit so’zlari, tezislar, dalillarni ketma-ket tartibda belgilash. V) Taqdimot o’tkazilgandan so’ng, sizga nisbatan auditoriyaning munosabati qanday bo’lishi to’g’risida o’ziga xayolan savol bilan murojaat etish. 2. Masala yuzasidan yoritadigan materiallarni tizimlashtirish: kalit so’zlar, tezislar, dalillar uchun qisqa, aniq va lo’nda jumlalar tuzish. Har bir jumlani qo’llab quvvatlovchi uchta asosni tanlab, belgilab oling. -masalani har tomonlama yoritib berishga qalban ishonch uyg’otish; -nutq so’zini juda ham ma’nodor epigraf bilan boshlash; -masalani mazmun-mohiyatini ochib beruvchi, asoslangan ochiq so’zlarga ega bo’lish. 3. Tajribadan o’tkazish asosida puxta tayorgarlik ko’rish. Taqdimot materiallarini tizimlashtirib bo’lgandan so’ng, quyidagi jadvalni tayorgarlik ko’rish uchun ishlatish: Masala nomi. Ustuvor tamoyillar. Nuqtainazardan kelib chiqqan holda kalit so’zlar. Qo’llab-quvvatlovchi asoslar. Tarixiy manbalar. “Bumerang”. Mazkur texnologiya bir mashg’ulot davomida o’quv materialini chuqur va yaxlit holatda o’rganish, ijodiy tushunib yetish, erkin egallashga yo’naltirilgan. U turli mazmun va xarakterga (muammoli, munozarali, turli mazmunli) ega bo’lgan mavzularni o’rganishga yaroqli bo’lib, o’z ichiga og’zaki va yozma ish shakllarini qamrab oladi hamda bir mashg’ulot davomida har bir ishtirokchining turli topshiriqlarni bajarishi, navbat bilan ta’lim oluvchi yoki ta’lim beruvchi rolida bo’lishi, kerakli ballni to’plashiga imkoniyat beradi. Asosiy tushunchalar quyidagilar: Ochiq savollar-bu savollar muomala, so’zlashuvni davom ettirishga imkon beradi. Ularga qisqa, bir xil javob berish mumkin emas. Yopiq savollar-bu savollar oldindan “ha” yoki “yo’q” tipidagi to’g’ri, ochiq javoblarni berishni ko’zda tutadi. Ko’ndalang so’roq-bir-biriga guruhlab beriluvchi qisqa savollar qatori bo’lib, bu o’ziga xos axborotlar izlash hamda dalillarni, opponentlar pozitsiyasini aniqlash va muayyan qarorlar qabul qilish uchun ajoyib imkoniyatdir.Ko’ndalang so’roq paytida munozaraga kirishish mumkin emas.Bu vaqtda faqat savollar beriladi, munozaraga kirishilmaydi. “Sinkveyn” usuli-o’rganilayotgan materialni to’laqonli anglash uchun qo’llaniladi. Sinkveynfrantsuzcha besh qatorli o’ziga xos, qofiyasiz she’r bo’lib, unda o’rganilayotgan tushuncha (hodisa, voqea, mavzu) to’g’risidagi axborot yozilgan holda o’quv so’zi turli varintlarda va turli nuqtai nazar orqali ifodalanadi. Sinkveyn tuzish qoidasi quyidagicha: -birinchi qatorda mavzu (topshiriq) bir so’z, odatda ot so’z turkumi bilan ifodalanadi. (kim? nima?). –ikkinchi qatorga mavzuga oid ikkita sifat yoziladi. (qanday? qanaqa).-uchinchi qatorga mavzu doirasidagi hatti-harakat uchta so’z (fe’l) bilan ifodalanadi.- to’rtinchi qatorga mavzuga nisbatan tasavvur anglatuvchi va to’rta so’zdan iborat bo’lganfikr yoziladi.- oxirgi qatorga mavzu mohiyatini takrorlaydigan, ma’nosi unga o’xshash bo’lgan bitta so’z (sinonim) yoziladi. “Klaster” (g’uncha, bog’lam) usuli ta’lim oluvchilarga ixtiyoriy muammolar xususida erkin, ochiq o’ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Bu turli xil g’oyalar o’rtasidagi aloqalar to’g’risida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. Klaster usuli aniq ob’ektga yo’naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Muayyan mavzuning ta’lim oluvchilar tomonidan puxta o’zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatini bir maromda bo’lishini ta’minlashga xizmat qiladi.Usuldan ta’lim oluvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg’ulotlar jarayonida foydalanish mumkin. Bunda ilgpri surilgan g’oyalarni umumlashtirish va ular o’rtasidagi aloqalarni topish imkoniyati yaratiladi.Klaster usulidan foydalanishda quyidagi shartlarga rioya qilish talab etiladi: -nimaniki o’ylagan bo’lsangiz shuni qog’ozga yozish; -fikringizning sifati to’g’risida o’ylab o’tirmay, ularni shunchaki yozib borish; -so’zlardagi imlo xatolar va boshqa jihatlarga e’tibor bermaslik; -belgilangan vaqt nihoyasiga yetmaguncha, yozishdan to’xtamaslik; -agar ma’lum bir muddat biror bir g’oyani o’ylay olmasangiz, u holda qog’ozga biror narsani rasmini chiza boshlash, bu harakatni yangi g’oya tug’ulguniga qadar davom ettirish; -muayyan tushuncha doirasida imkon qadar ko’proq yangi g’oyalarni ilgari surish hamda g’oyalar o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni ko’rsatishga harakat qilish; -g’oyalar yig’indisining sifati va ular o’rtasidagi aloqalarni ko’rsatishni cheklamaslik. “T”-chizma-ma’lum bir masalani ikki tomonlama taqqoslash asosida tahlil qilish usulidir.Juft (ijobiy/salbiy; ha/yo’q; rozi/qarshi kabi) javob yoki taqqoslashlarni qayd etuvchi serqirra yozma ishni tashkil etishda ko’maklashuvchi usuldir. O’xshash jihatlar Farqli jihatlar
1. Geografiyada Afrika mavzusi o’tilishi o’quvchilarga e’lon qilinadi. 2. O’quvchilar mavzu bo’yicha jadvalning birinchi (bilaman) va ikkinchi (bilishni xohlayman) deb nomlangan qismlarini to’ldiradilar. 3. So’ngra mavzuga oid material tarqatiladi.Tarqatma material o’zaro raqib guruhlar tomonidan o’qib o’rganilgandan keyin jadvalning uchinchi (bilib oldim) bandi to’ldiriladi. 4. Guruhlar tomonidan to’ldirilgan jadvallar o’zaro taqqoslanadi. Bilaman bilishni xohlayman bilib oldim Afrika materigini tabiiy sharoiti B/BH/B usulining afzalliklari: 1. Mavzu, matn, bo’lim bo’yicha izlanuvchanlikni olib borish imkonini beradi. 2. Tizimli fikrlash, tuzilmaga keltirish, tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi. SHuningdek, mavzuni o’zlashtirishda “FSMU” va “taqdimot” kabi usullardan foydalanish ham qo’l keladi.
Mavzuni o’zlashtirishda “klaster” usulidan unumli foydalanishimiz mumkin. Masalan, o’quvchilarga Afrika mavzusi avvalgi darsda o’tilgan.Ushbu mavzuni “klaster” orqali quyidagicha mustahkamlashimiz mumkin. 1. Doskaga ma’lum bir shakl chizilib, unga mavzu nomi yoziladi. 2. So’ngra mavzu nomidan kelib chiqqan holda o’quvchilarlar tomonidan fikrlar rivojlantiriladi. Afrika materigi alohida doiralarga yoziladi. 3. So’ngra Afrika materigi alohida tarmoq bo’yicha yangi doirachalarda aks ettiriladi. 4. Jarayon fikrlar yakuniga yetgunga qadar davom etadi. “Klaster” usulining afzalliklari: ma’lumotlar xaritasini tuzish omili, bilimlar faollashuvini ta’minlaydi, mavzu bo’yicha fikrlash jarayonida yangicha g’oya taqdim etishga, shuningdek mavzuga ochiq va erkin kirib borishga yordam beradi. “Toifali jadval" usulining afzalliklari: ajratilgan belgilarga ko’ra olingan ma’lumotlarni birlashtirishni ta’minlaydi, tizimli mushohada qilishni, ma’lumotlarni tarkiblashtirish va tizimlashtirish ko’nikmasini rivojlantiradi. Geografiya darslarida test texnologiyasi. 1tO’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 5 fevraldagi «O’zbekiston Respublikasi Oliy o’quv yurtlari uchun o’quvchilarni test usulida qabul qilish to’g’risida»gi Qarori O’zbekistonda MDH davlatlari ichida birinchi bo’lib testshunoslikdan foydalanishga keng yo’l ochib berdi. Jahon pedagogikasi va psixologiyasida mustahkam o’rin olgan test usuli mamlakatimiz ta`lim tizimida jadallik bilan tadbiq qilinmoqda. Respublika Davlat Test markazining faoliyat ko’rsatayotganligi mamlakatimizda testshunoslikning davlat ahamiyatiga ega bo’lgan masala darajasiga ko’tarilganligining yaqqol dalilidir. Pedagogik testlar AQSH, Niderlandiya, Angliya, Turkiya, Janubiy Koreya, Yaponiya va boshqa ko’pgina mamlakatlarda keng rivoj topdi. Ushbu ro’yxatga asosan turmush darajasi yuqori bo’lgan mamlakatlar kirganligi tasodif emas. Bunda quyidagi zanjirli bog’lanish mavjud: testlarni qo’llash ta`lim sifatiga ijobiy ta`sir ko’rsatadi; ta`lim sifati esa boshqaruv sifati bilan bog’liq; oqilona boshqaruv esa aholi turmush darajasini oshirish uchun zamin yaratadi. Test sinovlarining asosiy maqsadi: ham o’tilgan darslarni o’zlashtirish darajasi to’g’risida, ham navbatda o’rganilishi lozim bo’lgan dars hajmi to’g’risida o’qituvchiga axborot berish; o’qituvchiga o’qitish uslubini tanlashda yordam berishdan iborat deb hisoblangan. Test turlari va test topshiriqlari shakllari. Agar testlarni turkumlashda ularning qo’llash maqsadi va vazifalariga asoslanadigan bo’lsak, psixologik testlardan boshqa barcha testlarni quyidagi uch guruxga ajratish mumkin: intellektual rivojlanish darajasini aniqlovchi testlar; pedagogik testlar; muayyan kasbga yaroqlilikni aniqlovchi testlar; Fanning mazmunidan kelib chiqqan holda biz faqat pedagogik test haqida to’xtalamiz. Adabiyotlarda bunday test topshiriqlarining quyidagi shakllari bayon etiladi [2; 3]: - birdan-bir to’g’ri javobi bo’lgan yopiq topshiriqlar; - bir necha to’g’ri javoblari nazarda tutilgan yopiq topshiriqlar; - bitta so’z (yoki so’zlar) tushirib qoldirilgan gapdan tashkil topgan ochiq topshiriqlar; - to’g’ri ketma-ketlikni aniqlash uchun topshiriqlar; - o’zaro bog’liqlikni (muvofiqlikni) aniqlovchi topshiriqlar; - ayrim fanlar bo’yicha bilimlarning chuqurligini aniqlash bo’yicha topshiriqlari; - sonni to’ldirishga mo’ljallangan topshiriqlar, bunda sonlar seriyasini topish usulini aniqlash va uni muayyan tartibda belgilash talab qilinadi; Test turlari va test topshiriqlari shakllari - qarama-qarshi munosabatlarni aniqlash testlari; - masalalar echishga qaratilgan (matematik, fizik va b.) topshiriqlar; - chizmalar va sxemalarni tushunishga qaratilgan topshiriqlar; - shakllar nisbatini aniqlashga qaratilgan topshiriqlar; - olingan axborotni o’zlashtirish darajasini aniqlash topshiriqlari; - sinonimlar va antonimlarni farqlashga oid topshiriqlar; - analogiya (aynan CZXAA2WEWEo’xshashlik) ga oid topshiriqlar; - o’qilgan matnni tushunishga oid topshiriqlar; - ko’rsatmalarni bajarishga oid topshiriqlar; - bilimdonlikni aniqlashga doir topshiriqlar; - tafakkurni aniqlovchi testlar; - orfografik testlar; - til masalalariga doir topshiriqlar va boshqalar. Mutaxassislik (umumtexnik) fanlardan test topshiriqlari tuzishda yopiq (bir yoki bir necha to’g’ri javobli), ochiq, muvofiqlikni va to’g’ri ketma-ketlikni aniqlashga oid test topshiriqlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bunda bir o’quv maqsadiga erishganlikni turli test topshiriqlari yordamida aniqlash (invariant) testlar tuzish ham maqsadga muvofiqdir [2]. Ochiq topshiriqlar. Agar test topshirig’i matnida, uning tayanch so’zlari yoki gap tushirib qoldirilgan bo’lsa, bunday topshiriq ochiq (tugallanmagan) test deb ataladi. Bu shakldagi testlarda o’quvchilarning bitta, ikkita so’zdan iborat qisqa va aniq javob berishlari taxmin qilinadi. Bu haqda testga ilova qilingan yo’llanmada bayon etish kerak. Blankaning bo’sh joyida javob uchun zarur bo’lgan joy qoldiriladi. Yopiq topshiriqlar. Bunday topshiriq savoldan va bir necha javoblardan iborat bo’ladi, bu javoblardan biri to’g’ri, qolganlari to’g’riga o’xshash, biroq noto’g’ri bo’ladi. Taklif qilinadigan javoblar soni ikkitadan beshtagacha va bundan ko’proq bo’lishi mumkin. Sinovdan o’tuvchining tanlagan javobiga ko’ra, test topshirig’i tegishli ikkita kod: 1 yoki 0 bilan kodlanib, so’ngra shu holda EHMga kiritiladi. 1. Bilimlarni test bilan nazorat qilish adolatliligi an`anaviy shakllar bilan taqqoslanganda: A) ortadi. B) pasayadi. 2. Bilimlarni har qanday vaqt oraligida oshishiga baho berish imkonini beradigan nazorat turi: A) odatdagi B) testli. «Ha» va «yo’q» degan ikkita javobli yopiq test topshiriqlari ustida alohida to’xtalib o’tish lozim. Ba`zi bir topshiriqlar ularning javoblari ikki xil ma`noni bildiradigan qilib bayon etilishi mumkin. Masalan: Siz testlar qo’llanishini xush ko’rasizmi? - Ha (xush ko’raman). Yo’q (xush ko’rmayman). Bunday hollarda javoblar uchun «to’g’ri» va «noto’g’ri» so’zlarni ishlatish maqsadga muvofiqdir. Masalan: Yopiq test topshiriqlari bilimlarni komp’yuterdan foydalanib nazorat qilishga qulay. A) To’g’ri. B) Noto’g’ri. Ikkita javobi bo’lgan yopiq shakldagi topshiriqlar qo’llanishning asosiy vazifasi - shu fandan sinovdan o’tuvchining birinchi test topshiriqlaridayoq bilim darajasini tezda tekshirib ko’rishdan iborat. Avtomatlashtirilgan o’qitish tizimlarida (AO’T) bunday topshiriqlar boshlang’ich bosqichning o’zidayoq o`quvchining umumiy tayyorgarligini taxminiy baholash va o’qitishning keyingi yo’nalishini – murakkab yoki osonlashtirilgan dastur bo’yicha olib borish masalasini hal qilishga imkon beradi. Test topshirig’ida javoblar qancha ko’p bo’lsa, to’g’ri javobni tasodifan topish ehtimoli shunchalik kam bo’ladi. Amaliyotda beshta javobi bo’lgan topshiriqlarga ega bo’lish etarli hisoblanadi (bu holda bitta topshiriqqa to’g’ri javob berish ehtimoli 0,2 ni tashkil etadi.) Javobi beshta bo’lgan test topshiriqlariga quyidagi misolni keltirish mumkin. «To’rtinchi o’lchov» degan fizika-matematika atamasi qaysi tushunchaga taalluqli: A) Og’irlikka. B) Hajmga. V) Vaqtga. G) Tezlikka D)Tezlanishga. To’g’ri javob: V. Bu topshiriqni latent, ya`ni yashirin ma`noli topshiriqlar qatoriga kiritish mumkin. To’rtinchi o’lchov - ehtimollik nazariyasida qo’llaniladigan tushunchadir. Shuning uchun to’g’ri javob bergan sinovdan o’tuvchini bu nazariyaning “hammabop bayonidan xabardor” deb taxmin qilish mumkin. Yopiq topshiriqlarda to’g’ri javoblar bir nechta yoki, javoblarning hammasi ham to’g’ri bo’lishi mumkin. Masalan: Pedagogik innovatsiyani xarakterlovchi belgilarini ko’rsating. A. Pedagogik tizimni takomillashtirishga yo’naltirilgan barcha o’zgarishlar. B. O’quv-tarbiyaviy jarayon samaradorligini oshirish uchun kiritilgan yangilik. V. Pedagogik tizimning ayrim qismlarini yuqori samara beruvchi boshqa qismlar bilan almashtirish. G. Pedagogik tizimning ichki imkoniyatlarini ishga solish va yuqoriroq natijaga erishish. D. Hamma javoblar to’g’ri. To’g’ri javob: D. O’zaro bog’langan qisqa yopiq topshiriqlar zanjirchasi bilimlarning har qanday murakkab o’quv materialini o’zlashtirish sifatini tekshirishga imkon beradi. YOpiq testlarni ishlab chiqishda noto’g’ri, biroq to’g’riga o’xshab ko’ringan javoblarni ta`riflash asosiy qiyinchilikni tashkil qiladi. Agar ular muvaffaqiyatsiz tuzilgan bo’lsa, to’g’ri javob ular orasida ajralib turadi va hatto yaxshi bilmaydigan talaba ham uni osonlikcha topishi mumkin. Bu holda topshiriq o’zining tekshiruvchi funktsiyasini yo’qotadi. Topshiriq yaroqli bo’lishi uchun hamma javoblar talabani o’ziga jalb etadigan bo’lishi zarur. Shundagina test muvaffaqiyatli tuzilgan deb hisoblanadi. Har bir noto’g’ri javobning o’ziga jalb etadigan tomoni, shu javobni tanlangan talablarning salmog’i bilan belgilanadi. Bu ulush nechog’li yuqori bo’lsa, mazkur javob yaxshi ta`riflangan bo’ladi. Agar talabalar yaqqol noto’g’ri javobni to’g’ri 3 javob sifatida tanlasalar, bunday javobni almashtirish lozim. Test topshiqlariga qo’yiladigan didaktik talablar. Tuzilgan test topshiriqlarining hammasini ham birdek qo’llashga yaroqli deb bo’lmaydi. Test savollari mukammal bo’lishi uchun ularni tuzishda bir qancha talablarga rioya qilish zarur [4]. Bular quyidagilardan iborat: test topshiriqlari mazmunining o’quv maqsadiga muvofiqligi; materialning ahamiyatliligi; ilmiy aniqlik; izchillik; to’kislik va uyg’unlik; o’zlashtirish darajasiga ko’ra tabaqalashganligi; samaradorlik (kumulyativlik); til ravonligi va aniqligi; bir ma`nolilik; vaqtning qat`iy belgilanishi; ixchamlik; murakkablik me`yori; to’g’ri javobda qo’shimcha belgilarining mavjud emasligi; variativlik; shaklan va mazmunan o’zaro bog’liqlik. Endi mazkur o’quvchilarni birma-bir qisqacha ko’rib chiqaylik. 1. O’quv maqsadiga muvofiqligi. Test topshiriqlarining mazmuni aniqlashtirilgan (identifikatsiyalangan) o’quv maqsadlariga muvofiq bo’lishi lozim. O’quv maqsadlari majmui Blum taksonomiyasi bo’yicha ierarxik tuzilishiga ega. SHuning uchun nisbatan yaqin maqsadni amalga oshirmay turib, umumiy (nisbatan olis) maqsadga erishib bo’lmaydi. Har bir test savoli ma`lum bir o’quv maqsadining ro’yobga chiqishini ta`minlashi zarur. 2. Materialning ahamiyatliligi. Test savollariga o’quv materialining eng muhim, asosiy qismlarini kiritish lozim. Testda topshiriqlar soni, odatda, cheklangan bo’ladi. Binobarin, to’g’ridan-to’g’ri qo’yilayotgan masalada barcha mavzular to’liq qamrab olinmagan bo’lishi mumkin. Talabaning umumiy holatdan xususiy xulosaga kelishi (deduktiv) va aksincha, ayrim dalillardan umumiy xulosalar (induktiv) chiqara olishi, uning nazariy qoidalarni alohida holatlarda qo’llashni nechog’lik o’zlashtirib olganini, tafsilotlarni bilishi esa nazariy asoslarni tushuntira olish qobiliyatlarini ko’rsatadi. 3. Ilmiy aniqlik. Testga mushohada, bilim orqali asoslash mumkin bo’lgan haqqoniy ma`lumotlar kiritiladi. Fandagi munozarali qarashlarni test savollariga kiritish tavsiya etilmaydi. Test topshiriqlari tabiati, avvaldan ma`lum, aniq javob berishni taqozo etadi. 4. Izchillik. Testdagi topshiriqlar ma`lum bir fanga taaluqli, umumiy bilim mohiyatiga ko’ra o’zaro bog’liq bo’lishi lozim. Izchillik ayni bir topshiriq javobini umumiy test natijalariga nisbatan munosabatida (korrelyativ) ko’rinadi. 5. To’kislik va uyg’unlik. Testdagi topshiriqlarning umumiy soni mavzu va qismlarga nisbatan muvofiq taqsimlanishi ahamiyatli. Bu talab test rejasini ishlab chiqishda amalga oshirilishi lozim. 6. O’zlashtirish darajasiga ko’ra tabaqalanganligi. O’quv materialining ma`lum bir tarkibiy qismiga oid o’zlashtirish darajasi turlicha (bilish, eslab qolganini tasvirlash, samarador bilimlar va ijodiy fikrlash) bo’lgan test topshiriqlarini tuzish lozim. Bu talab ham test rejasini ishlab chiqishda amalga oshirilishi lozim. Bilish darajasidagi test topshiriqlari avval o’zlashtirib olingan ma`lumotlarni qayta tiklashga asoslanadi. Bunda xotira quvvati katta ahamiyatga ega bo’ladi. Reproduktiv darajadagi testlarda esa, talaba oldin o’zlashtirilgan ma`lumotlar asosida mustaqil fikrlaydi, topshiriq bajarganda esa, fanda avvaldan ma`lum bo’lgan qoida va algoritmlarga (yo’llanmalarga) suyanadi. Bunday holda u, esda qolganni tasvirlash, qayta tiklash yo’lidan boradi. Samarador mustahkam bilimlar va ijodiy fikrlashga oid test topshiriqlari esa sinalayotgan shaxsning ma`lum umumiy uslublarni topshiriqda ko’rsatilgan aniq shart-sharoitlarga mustaqil qo’llash layoqatini sinaydi. Samarador bilimlar va ijodiy fikrlash faoliyati tayyor qoidalar va algoritmlar asosida emas, ma`lum qoidalarga ko’ra yaratilgan yoki yangi sharoitdagi faoliyat jarayonida qayta yaratilgan qoidalarga binoan amalga oshiriladi. Ijodiy fikrlash darajasiga oid tuzilgan testlarda topshiriq umumiy holda bayon etiladi, maqsadga erishish uchun zarur bo’lgan xatti-harakatlar va vaziyatlarni talaba ijodiy fikrlash natijasida aniqlaydi. Bunday test topshiriqlarni echish jarayonida butunlay yangi axborot (qoida, xulosa, shakl va h.k.) yaratiladi. 7. Samaradorlik (kumulyativlik). Samaradorlik test topshiriqlarining borgan sari murakkablashib borishini nazarda tutadi. Bu qat`iy talab emas. CHunki zamonaviy komp’yuter test tizimida talabaga navbatdagi test topshirig’i, avvalgisini qanday echganiga qarab beriladi. Ya`ni avvalgi savolga noto’g’ri javobdan so’ng unga nisbatan murakkab bo’lmagan test topshiriqlari berilishi mumkin. 8. Vaqtning qat`iy belgilanganligi. Bu shartning mohiyati shundan iboratki, o’ylash uchun 2 daqiqadan ortiq vaqt talab etiladigan test savollari bo’lmasligi lozim. Birqancha xorijiy test topshiriqlarini tahlil etilganda, matematika bo’yicha 65 sekund, til va adabiyot bo’yicha 32 sekund, ijtimoiy va tabiiy fanlar bo’yicha 41 sekund, dalillar va iboralar uchun 20-25 sekund, chizmalar uchun 90 sekund, shakllarni aniqlash uchun 90-120 sekund vaqt ajratilishi maqsadga muvofiq deb topilgan. 9. Ixchamlik. Test topshiriqlarining matni cho’zilib ketmasligi, qalashtirib tashlanmasligi lozim. Murakkab ko’lamli o’quv savolini o’zlashtirishni aniqlash zarur bo’lgan hollarda, uni bir qancha ixcham test topshiriqlariga bo’lib tuzilgani ma`qul. 10. Til ravonligi, aniqligi va bir ma`noliligi. Test topshiriqlarida ko’p ma`nolilik va noaniqlikka yo’l qo’yib bo’lmaydi. AQSHda test topshiriqlarini tuzuvchilar guruhiga muayyan bir o’quv fani bo’yicha tajribali pedagog va ruhshunosdan tashqari adabiy muharrir ham kiritilishi an`anaga aylangan. 11. Murakkablik me`yori (yaroqliligi). Test topshiriqlari pedagogik jihatdan samarali bo’lishi uchun ular oddiy axborot berib qolmasligi, javobi ochiqdan-ochiq ayon bo’lmasligi lozim. Natijasi yarmiga teng (Pq0,5) bo’lgan test topshiriqlari nisbatan samarali hisoblanadi. Bunday natija o’quv materialini yaxshi o’zlashtirgan yoki chuqur tayyorgarlik ko’rmagan talabani aniqlashni osonlashtiradi. SHuning uchun ham abiturientlarni tanlash, bitiruv imtihonlari kabi muhim tadbirlar uchun test topshiriqlari o’quv dasturini to’liq o’rgangan talabalarning 50 foizi bajara olishi mumkin bo’lgan darajada tayyorlanadi. Demak, ma`lum bir yo’nalishdagi testlar uchun 50 foizlik natija yaxshi ko’rsatkichdir. SHuni unutmaslik kerakki, o’z sinfi uchun muallimlar tomonidan tayyorlangan test topshiriqlari boshqacharoq mezon bilan baholanadi. Bunda 50 emas, balki 85 foiz ko’rsatkich maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu haqda oldingi mavzuda bayon etilgan. 12. To’g’ri javobda qo’shimcha belgilarning mavjud bo’lmasligi. Test tuzishda tajribasiz kishi tushunarli bo’lsin, degan maqsadda to’g’ri javobni boshqa javoblarga nisbatan kengroq va batafsilroq bayon qiladi. Talabalar bu farqni tez anglab oladilar va javobni ana shu belgiga qarab aniqlashadi. Bunga aslo yo’l qo’yib bo’lmaydi. 13. Variativlik. O’quv materialidagi ma`lum bir mavzuni o’zlashtirishni nazorat qilish uchun mantiqiy fikr bayoni, sintaktik tuzilishi, morfologik belgilari yoki murakkablik darajasiga ko’ra turlicha bo’lgan, lekin bitta o’quv materialiga tegishli test savollari tuzish mumkin. Bu bir o’quv maqsadiga erishish yo’lida topshiriqlar turkumini yaratish imkonini beradi (invariant testlar). SHu bois komp’yuter test tizimi topshiriqlarning variativlik xususiyatiga asoslangan. Bunda komp’yuter navbatlagi topshiriqni avvalgi savolga berilgan javobga ko’ra tanlaydi. 14. SHaklan va mazmunan o’zaro bog’liqlik. Bu talab falsafadan, uning qoidalarini san`at asarlarini o’rganishga qiyoslashdan olingan. Gegel fikricha, haqiqiy san`at asari shaklan va mazmunan yaxlit asardir. Binobarin, test topshiriqlari ham shaklan va mazmunan uyg’un bo’lishi lozim. Test topshiriqlarini yuqoridagi talablar asosida tuzish, o’qituvchilarning test tuzish nazariyasi bo’yicha ma`lumotga ega bo’lishlarini talab qiladi. Buning uchun testshunoslik kurslarida o’qish va tegishli adabiyotlarni mustaqil o’zlashtirib borish zarur. Test topshiriqlari tuzishga oid yuqoridagi talablarga rioya qilish, ularning talabalar bilimini haqqoniy va aniq o’lchash xususiyatlarini ta`minlaydi. Buning uchun test topshiriqlari tuzishda mutaxassis olimlar, fan o’qituvchisi, uslubchi, tilshunos, pedagog va psixologlarning hamkorlikdagi faoliyatini ta`minlash zarur. Download 76.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling