Mundarija Kirish XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida aqshdagi ijtimoiy va siyosiy vaziyat


Mavzuning o`rganilganligi darajasi


Download 30.47 Kb.
bet2/2
Sana18.06.2023
Hajmi30.47 Kb.
#1576475
1   2
Bog'liq
kurs ishim Teodor Ruzvelt

Mavzuning o`rganilganligi darajasi. Amerika tarixi haqida juda ko`plab asarlar mavjud bo`lib, ular tanqidiy va xolisona mavzudagi asarlardir. Misol uchun, Amerika yozuvchilari asosan o`z asarlarida Amerika tarixi juda boy ekanligini va uning eng qudratli davlat ekanligini bayon qiladi. Yevropa va Rossiyani tanqidiy ruhda bayon qilishga intilishgan. Bunga yaqqol misol bo`lib, rus yozuvchilari va tarixchilari A.I.Utkin1, E.A.Ivanyan2,L.V.Sedava3, I.A.Belyanskaya4 asarlarida Amerika tarixi va Teador Ruzveltning hayoti haqida ham turlicha malumotlar mavjud. AQSH 26-prezdenti hisoblangan, Teodor Ruzvelt5 ham o’zining bir nechta asarlari mavjud. O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan yillardan boshlab Amerika tarixini o`rganishga kirishdi. Bunda bizga rus va yervropa adabiyotlaridan foydalanish tavsiya etilgan. O`zbek yozuvchilaridan Shuhrat Ergashev6, M.Lafasov kabi tarixchilar o’zining o`quv qo`llanmalari orqali turli malumotlarni yoritib borishgan.
Mavzuning maqsad va vazifalari Bu kurs ishini yozishda o`z oldimga Amerika tarixini o`rganish, uning ijtimoiy va siyosiy sohalarni bilish, shu davrda yozilgan adabiyotlarini bilish va uni ommaga taqdim etish, AQSh prezidenti hisoblangan, Teador Ruzveltning shaxsiy faoliyati va prezidentlik muddatida qilgan ishlari, yozgan asarlari va prezidentlikdan so`ng faoliyati haqida atroflicha o`rganishni oldimga maqsad qilib oldim. Bularni amalga oshirishda oldimga quyidagi vazifalarni qo`ydim.

Amerika davlat arbobi. Amerika Qo'shma Shtatlarining yigirma oltinchi prezidenti. AQShning 25-vitse-prezidenti. Respublikachilar partiyasi vakili. Portsmutdagi rus-yapon tinchligi yakunida vositachilik qilgani uchun Tinchlik uchun Nobel mukofoti laureati.Teodor Ruzvelt 1858-yil 27-oktabrda AQShning Nyu-York shahrida tug‘ilgan. Bola eski golland oilasida o'sgan. Bolaligidan boshlab, yigit astma bilan og'rigan va deyarli maktabga bormagan, shuning uchun u boshlang'ich ta'limni uyda olgan. Doimiy ravishda sport bilan shug'ullanib, u kasallikni engishga muvaffaq bo'ldi va jismonan mustahkamlandi.


Teodor 1880 yilda Garvard universitetini tamomlagan. Shu bilan birga, uning "Dengizdagi urush" birinchi kitobi nashr etildi, bu Ruzveltning tarixiy va adabiy faoliyatining boshlanishi bo'ldi. Xuddi shu davrda bo'lajak prezidentning siyosiy faoliyati boshlandi, u o'zini islohotlar tarafdori va hukumatdagi korruptsiyaga qarshi kurashchi deb e'lon qildi.
1897 yilda Ruzvelt prezident MakKinli ma'muriyatida dengiz floti kotibining yordamchisi etib tayinlandi, u erda flotni mustahkamlash uchun katta kuch sarfladi va tashqi siyosat ekspansiyasini kengaytirish tarafdori bo'ldi. Ispaniya-Amerika urushi paytida u Kubadagi harbiy amaliyotlarda qatnashgan va bu unga o'z mamlakatida shuhrat keltirgan.
Saylov kampaniyasidagi uning mashhurligi va g'ayrati asosan 1900 yilda prezidentlik saylovlarida MakKinli jamoasining g'alabasini ta'minladi va Ruzveltning o'zi AQSh vitse-prezidenti lavozimini egalladi. Ammo 1901 yil 6 sentyabrda MakKinliga urinish bo'ldi va uning o'limidan so'ng 14 sentyabr kuni Ruzvelt AQShning 26-prezidenti sifatida qasamyod qildi. 1904 yil noyabrda u qayta saylandi va 1909 yilgacha Oq uy rahbari bo'lib qoldi. Bu lavozimda Ruzvelt o'zining siyosiy yo'nalishini faol ravishda davom ettira boshladi.
Teodor Amerikada halol raqobat tamoyillarini saqlab qolish va iste’molchini yirik korporatsiyalarning o‘zboshimchaliklaridan himoya qilish uchun davlatning iqtisodiyotga aralashuvini yoqlab chiqqan birinchi prezident bo‘ldi. Uning siyosatini amalga oshirish uchun u Savdo va mehnat vazirligini tuzdi. Tabiiy resurslarni asrash, ekologik muammolarga alohida e’tibor qaratdi. Tashqi siyosatda prezident asosiy vazifani AQSHni jahonning yetakchi davlatlaridan biriga aylantirish, qudratli dengiz kuchlarini yaratish, okeanlararo kanal qurish va Yevropani Gʻarbiy yarim sharning siyosiy hayotidan siqib chiqarishda koʻrdi. "Katta tayoq" va "jahon politsiyachisi" siyosati uning nomi bilan bog'liq. Teodor Lotin Amerikasida ekspansionistik siyosat olib borgan Panama kanali zonasi ustidan nazorat o'rnatdi, rus-yapon urushi davrida Yaponiyani qo'llab-quvvatladi, uning iqtisodiy va harbiy yutuqlariga qoyil qoldi. Ruzvelt Oq uyga afro-amerikalik vakilni taklif qilgan birinchi prezident, "Rossiya va Yaponiya o'rtasidagi Portsmut tinchlik shartnomasini muhokama qilishdagi roli uchun" Tinchlik uchun Nobel mukofotini olgan birinchi amerikalik edi. Aytishimiz mumkinki, prezident hokimiyat, mashhurlik va lavozim ochib bergan barcha imkoniyatlardan to'liq foydalandi.
1909 yil mart oyida prezidentlik muddati tugagach, Teodor Ruzvelt ko'p sayohat qildi. Keyingi yillarda u faol siyosiy faoliyat bilan shug'ullanishda davom etdi. 1918 yilda u ikki yildan keyin bo'lib o'tishi kerak bo'lgan prezidentlik saylovlarida eng katta imkoniyatga ega bo'lgan nomzod deb topildi. Ammo uning sog'lig'ining yomonlashishi bu rejalarni butunlay yo'q qildi va uning keyingi siyosiy faoliyatiga nuqta qo'ydi. AQShning yigirma oltinchi prezidenti Teodor Ruzvelt 1919-yil 6-yanvarda Nyu-York yaqinidagi Sagamor-Xilldagi mulkida uyqusida qon ivishi natijasida 60 yoshida vafot etdi. Amaldagi davlat rahbari Uilson motam e'lon qildi, butun mamlakat bo'ylab bayroqlar yarmiga tushirildi.

Amerika tarixida har bir Prezidentning o‘z o‘rni bor. Biri ichki siyosatda katta o‘zgarishlarni qila olgan bo‘lsa, boshqasi tashqi siyosatda Amerika manfaatini ko‘zlab harakatlanib kelgan. AQSH Prezidentlari tarixiga qarasak, uning bugungi moliya markaziga aylanishiga, o‘tish davrida iqtisodiy tanazzuldan saqlab qolishga mehnati singgan, monopolistlarga qarshi ochiqdan-ochiq kurashgan Prezidentlardan biri – bu Teodor Ruzvelt hisoblanadi. Ruzvelt 1858 yilning 27 oktyabrida Nyu-Yorkda dunyoga kelgan. Ruzvelt yoshligida juda nimjon edi. U astma kasalligi bilan kasallangan, ko‘rish qobiliyati ham yaxshi emasdi. Kasalligi sabab boshlang‘ich ta’limning ko‘p qismini uyda olishga majbur bo‘ldi. Biroq bu uni o‘z maqsadlaridan to‘xtata olmadi. 1876 yilda Ruzvelt AQSHning dunyoga mashhur oliygohi Garvard universitetiga qabul qilindi. 1880 yilda o‘qishni tamomlab, Respublikachilar partiyasiga a’zo bo‘ldi va siyosatdagi uzoq yillik faoliyatini boshladi. U AQSH konstitutsiyasidagi tenglik g‘oyasini o‘zining asosiy tamoyili sifatida bilardi. 1901 yilning 6 sentyabrida AQSHning amaldagi prezidenti Mak-Kinliga nisbatan suiqasd uyushtirildi va oradan 8 kun o‘tib u vafot etdi. Bu orada vitse-prezident lavozimidagi Teodor Ruzvelt qasamyod qabul qilib AQSH tarixidagi eng yosh (o‘sha vaqtda 42 yosh-u 10 oylik edi) Prezident bo‘ldi. O‘shanda Ruzvelt Oq uydagilar va katta sarmoyadorlarni monopoliyaga qarshi kurashmasligi va mansabdorlar tarkibini saqlab qolishiga ishontirgandi. 1901 yilning 3 dekabrida Ruzvelt o‘zining ilk ma’ruzasida ijtimoiy adolat va tenglik g‘oyalarini oshkor qildi. O‘sha vaqtda AQSHda ijtimoiy notenglik, korrupsiya va monopoliya hukmronligi sabab noroziliklar avj olayotgandi. U Kasaba uyushmalari faoliyatini qo‘llab-quvvatladi. Bu borada bir nechta qonun imzolanishiga erishdi. Ayollar istagan sohada ishlashi mumkin bo‘lishi va mehnatiga yarasha haq olishi lozimligi haqida gapirardi. Adolatga bo‘lgan tashnaligi sabab uni sotsialist deb atashardi. Undan avvalgi Prezidentlar Prezident konstitutsiya oldidagi vazifalarni bajarishi kerak deb hisoblasa, u Prezident hokimiyati ostidagi xalq uchun barcha ishni qilishi kerak va bu konstitutsiyaga zid bo‘lmasa bo‘ldi deb hisoblardi. U Mak-Kinlining iqtisodiy izolyatsiya siyosatidan voz kechib, Amerikani butun dunyoda faol bo‘lgan imperialistik kuchga aylanish siyosatini boshladi. Ruzvelt o‘z siyosatini mustahkamlashni aholining ishchi qatlamini o‘ziga qaratishdan boshladi. Ruzvelt ish beruvchi va xodim o‘rtasida adolatli mehnat faoliyati yuritilishi lozimligini talab qilardi. Ular teng huquqlilik asosida ishlashi kerakligini aytardi. Ishchilarning ish haqi kompaniya daromadiga mutanosib tarzda o‘zgarib turishi shartligi, ish vaqtida jabrlanganlar va ularning yaqinlariga kompensatsiya qoplanish masalasini kun tartibiga olib chiqdi. Shunday qilib u bir nechta qonunlar orqali mehnat huquqlari ta’minlanishi bo‘yicha o‘z maqsadlariga erisha oldi. Ruzvelt Amerika iqtisodiyotini kemirayotgan ko‘pchilik monopolist trestlarni o‘ziga eng katta dushman sifatida ko‘rardi. Ammo u birinchi prezidentlik davrida ularga qarshi kurashni ochiq kurashga aylantirmadi. Chunki, ikkinchi prezidentlik muddati saylovlari uchun mablag‘ni ulardan olishga to‘g‘ri kelishini bilardi. Shu sababli, birinchi prezidentlik davrida asosiy kurashni tashqi siyosat masalalariga qaratdi. 1904 yilgi muvaffaqiyatli saylov kampaniyasidan so‘ng, Demokratlar partiyasidan nomzodi qo‘yilgan Parker ustidan g‘alaba qozondi. Uning fikricha, iqtisodiyot nazoratsiz rivojlanmaydi, uni Amerika xalqi manfaatlaridan kelib chiqib qonunlar orqali boshqarish kerak. Sobiq Prezidentlar Jekson va Linkolnning erkinlik borasidagi fikrlari endilikda (shuncha sanoat inqiloblaridan so‘ng) zamon talabiga javob bermay qolgandi. Moliya va ishlab chiqarishda hukumatning to‘liq istisno etilishi katta-katta tabiiy monopoliyalarning vujudga kelishini ta’minlaydi. Amerikadagi korporatsiyalar shu darajaga yetdiki, korporatsiyalarning o‘zi gigant korporatsiyalar orqali boshqarilar, hukumat qonunlar ishlab chiqishda ularning manfaatini (soliq, moliya va boshqa sohaga oid siyosatida) hisobga olardi. Bu vaqtda Amerika hukumati arxaik ko‘rinishdagi kuchsiz hukumatga aylanib qolgandi. Shu sabab davlat katta trestlar tomonidan qilinayotgan moliyaviy firibgarliklarga qarshi tura olmay qoldi. Qonunlarda chigallik yuzaga kela boshladi. Shtat manfaatini himoya qiladigan qonunlar milliy manfaatga to‘g‘ri kelmay qoldi, yoki buning aksi kuzatilardi. AQSHning avvalgi davrdagidek biznesda halol raqobatni yuzaga keltirish siyosati ilojsiz bo‘lib qoldi. Bunda faqatgina bir yo‘l, ya’ni trest va monopol korxonalarni yo‘qotish emas, balki qonunan nazorat qilish yo‘li qolgandi. Agar ularga yoppasiga “hujum” qilinadigan bo‘lsa, ular Yevropa yoki boshqa joylarga chiqib ketishi, soliq tushumi keskin kamayib, mamlakat xazinasi bo‘shab qolishi, mamlakatda ishsizlik avj olishi va boshqa balolar bo‘lishi mumkin edi. Ruzvelt shu yo‘lni (nazorat qilishni) tanladi. Moliyaviy firibgarlikni yo‘qotish, jamiyat manfaatlari yuzasidan korporatsiyalar faoliyatini nazorat qilish maqsad qilindi. Ruzveltning siyosatidan qo‘rqqan yirik kompaniya egalari davlatdan daxlsizlik huquqi talab qila boshladi. Bu yo‘lda ular siyosatchi va gazetalar vahimalaridan foydalanishdi. Biroq Ruzvelt bu talabni ahmoqlikka yo‘ydi va hech qachon bunday bo‘lmasligini aytdi. Turli sohalarni monopoliyaga aylantirgan magnatlar Ruzveltni yo‘q qilish va avvalgi davrga qaytishni xohlab qolishdi. Shunga qaramay, Ruzvelt o‘z maqsadidan qaytmadi. Monopoliyaning oldini olish va mavjudlarini yo‘qotish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi Savdo va mehnat vazirligi va korporativ byuroni tashkil qildi. Uning qoshida komissiya tashkil etildi va bu komissiya biznes bilan shug‘ullanuvchi istalgan korporatsiya nazoratini amalga oshirishi va sohani tahlil qilish vakolatlariga ega edi. Bu yo‘lda Ruzveltga ko‘maklashuvchi magnatlar ham paydo bo‘ldi. Temir yo‘l monopolistlaridan biri bo‘lgan Pol Morton ismli shaxs o‘z ayblarini tan olib, hukumatga ushbu sohada monopoliyaga qarshi kurashishda o‘z yordamini bera boshladi. Morton tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida Shtatlararo davlat komissiyasi va Adliya vazirligi tomonidan audit tekshiruvlari o‘tkazildi. Temir yo‘llar to‘liq hukumat nazoratiga o‘tdi. Mortonga sanksiya berilishida yengilliklar berildi. Tariflar to‘g‘risida Xepbern qonuni (bill) ham qabul qilindi. Bu yo‘lda unga ayrim senatorlar ham qarshi chiqdi. Ammo qonun baribir qabul qilindi. Ruzvelt monopol trestlarga qarshi kurashi bilan Amerika tarixiga kirdi. Ruzveltni keyingi Prezidentlar Taft, Vilson davrlarida rosa tanqid qilishdi. Ayrimlar uni ayrim monopolistlarga yordam berish uchun boshqalarini yo‘qotishga urinishda ham ayblashdi. Biroq, u Amerika tarixida AQSH iqtisodiyotini jarlikka yetaklayotgan trestlar ta’siri doirasidan chiqara olgan Prezident sifatida qoldi. Hozirgacha amerika xalqi o‘sha davrdagi ko‘mir, po‘lat, shakar trestlarining faoliyatini tartibga solgan, boshqa biznesmenlarga ham sharoit yaratib bergan Ruzveltga o‘z minnatdorligini bildirib keladi.


1

2

3 ,

4

5

6


Download 30.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling