Davlat boshqaruvi


Download 1.36 Mb.
bet1/4
Sana02.05.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1422521
  1   2   3   4
Bog'liq
Buhoro amirligi (2)


BUXORO AMIRLIGI
Topshirdi: Amirqulov M
Reja
1.Mang’itlar sulolasining hokimiyat tepasiga kelishi
2.Mang’itar davrida Buxoro amirligida davlat boshqaruvi
3.Buxoro amirligi davlat lavozimlari
DAVLAT BOSHQARUVI
Buxoro amirligida davlat mutlaq qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimyatga ega bo’lgan amir tomonidan boshqarilar edi. Davlat xayotiga tegishli siyosiy, iqtisodiy, diniy va boshqa barcha masalalar Buxorodagi bosh qarorgoh Arkda hal etilgan.

Davlat boshqaruvi ikki bo’g’inli markaziy va mahalliy boshqaruvdan iborat bo’lgan.

Davlat boshqaruvi ikki bo’g’inli markaziy va mahalliy boshqaruvdan iborat bo’lgan.

Markaziy boshqaruvni asosan saroy amaldorlari amalga oshirgan. Amirdan keyingi mansabdor shaxs bu qo’shbegi lavozimining mavqei baland bo’lgan. Amirlikning poytaxti Buxoro shaxrini shaxsan qo’shbegining o’zi boshqargan. U davlat doirasi bo’yicha bosh vazir hisoblangan.

Mahalliy boshqaruv esa viloyatlarga bo’linib amalga oshirilgan. Viloyatlarda boshqaruvni amir tomonidan tayinlangan(odatda ular mang’it urug’idan bo’lganlar) beklar tomonidan boshqarilgan. Ular o’z boshqaruv tizimiga ega bo’lib mirzaboshi, soliq yig’uvchi amaldorlar (tanobchi, zakotchi) qozi, rais kabi diniy mansabdorlar, qishloq oqsoqollari yordamida bekliklarni idora qilgan.


Buxoroda ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi davrida o’zbek qabilalaridan mang’itlar va qo’ng’irotlarning nufuzi baland edi. Bu ikki qabila haqiqiy hokimiyat ashtarxoniylar qo’lida bo’lib turgan davrlarda ularga sadoqat bilan xizmat qilgan edilar. Biroq, keyinchalik, Buxoroda mang’itlar alohida nufuzga ega bo’lish uchun astoydil kurashdilar. Muhammad Hakimbiy davrida bu maqsadga erishdilar.
Muhammad Hakimbiy 1743- yilda vafot etgan edi. Uning o’g’li Muhammad Rahimbiy o’zining muntazam qo’shinga egaligidan foydalanib, hokimiyatda otasi kabi alohida mavqe uchun da’vogarlik qilaboshladi. So’nggi ashtarxoniy Abulfayzxon unga Bosh vazirlik lavozimini berishga majbur bo’ldi va oxir-oqibatda markaziy hokimiyat uning qo’hda to’plandi.
Nodirshoh 1747- yilda o’ldirilganidan so’ng Eronda boshlangan ichki kurashlar Muhammad Rahimbiyning Buxoro taxtini egallashiga yo’l ochib berdi. Uning buyrug’i bilan
Abulfayzxon ham 1747- yili o’ldirildi.Muhammad Rahimbiy taxtga Abulfayzning o’g’li Abdulmo’minni o’tqazdi va uni o’ziga kuyov qilib oldi. Ko’p o’tmay Muhammad Rahimbiy kuyovi Abdulmo’minni ham qatl ettirdi. Tez orada Muhammad Rahimbiy Buxoro aslzodalari va ruhoniylarining qo’llab-quvvatlashi bilan 1756- yilda o’zini xon deb e’lon qildi. Biroq mang’itlar chingiziylar nasliga mansub bo’lmaganligi uchun undan keyingi mang’it hukmdorlari o’zlarini xon deb emas, amir deb ataganlar.
Mang’itlar davridagi Buxoro amirligi chegaralari
1784-yili Doniyorbiyning boʻshligidan norozi boʻlgan Buxoro ahli qoʻzgʻolon koʻtardi va amir hokimiyatni oʻgʻli Shohmurodga (1785-1800-yy.) topshirdi. Shohmurod yangiliklarni Arkda saroy ahli guvohligida ikkita yirik amaldor - Davlat qushbegi va Nizomiddin qozikalonni qatl etishdan boshladi. Shundan soʻng Shohmurod Buxoro ahliga ularni bir necha soliqdan ozod etuvchi imtiyozli hujjatni tantanali tarzda topshirdi. Hujjatning matni tosh lavhada kesilgan boʻlib, u katta jomeʼ masjidining ayvoniga oʻrnatildi. Shohmurod „joʻl“(„jul“) deb nomlangan va urush holatida qoʻshin saqlash maqsadida foydalaniladigan yangi soliq turini joriy qildi. Hokimiyatni oʻz qoʻlida jamlab olgach, u xonlik unvonidan voz kechdi va amirlik darajasida qoldi. Taxtga esa Shohmurod Chingizxon avlodlaridan boʻlgan Donishmandchini, keyinroq esa Abulgʻozini koʻtardi, lekin ular amalda hokimiyatga ega emasdilar. 1785-yili Shohmurod pul islohotini oʻtkazdi hamda 0,7 misqollik (3,36 g) toʻla qimmatli kumush tangalar va bir xil shakldagi oltin tangalarni zarb etishni yoʻlga qoʻydi. U sud mahkamasiga ham shaxsan rahbarlik qildi. Shohmurod Buxoro amirligi tarkibiga Amudaryoning chap sohilidagi hududlarni, jumladan, Balx va Marvni qaytardi. 1786-yili u Karmanada xalq qoʻzgʻolonini bosdirdi, keyin Shahrisabz va Xoʻjandga muvaffaqiyatli yurishlarni amalga oshirdi. Shohmurod afgʻon hukmdori Temurshohdan ustun kelib, asosan o`zbeklar va tojiklar yashaydigan janubiy Turkistonni oʻz qaramogʻida saqlab qolishga erishdi.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling