Mundarija ma'ruza matеriallari
-Mavzu: Dorixonalar tizimida va farmatsiya sanoati uchun tayyorlanadigan o‘simliklar
Download 1.01 Mb.
|
Мажмуа ресурс
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
15-Mavzu: Dorixonalar tizimida va farmatsiya sanoati uchun tayyorlanadigan o‘simliklar
Ma’ruza rejasi: 1. Dorixonalar tizimida va farmatsiya sanoati uchun tayyorlanadigan o‘simliklar 2. O‘zbekistonda yovvoyi holda o‘sadigan dorivor o‘simliklardan tibbiyotda foydalanish uchun tavsiyalar. 3.O‘zbekistonda yig‘ib olinishi mumkin bo‘lgan dorivor o‘simliklar. 4. Ekish uchun tavsiya etiladigan dorivor usimliklar ro‘yxati, 5. CHet ellardan olinadigan dorivor ayrim o‘simliklar ro‘yxati. Tayanch iboralar: dorixonalar tizimi, farmatsiya sanoati, yovvoyi holda o‘sadigan dorivor o‘simliklar, yig‘ib olinishi mumkin bo‘lgan dorivor o‘simliklar, ekish uchun tavsiya etiladigan o‘simliklar, chet ellardan olinadigan ayrim dorivor o‘simliklar ro‘yxati, inventarizatsiya qaydnomasi Abu Rayhon Beruniy (973-1048) «Kitob as-Saydana fi-t-tib» («Farmakognoziya») nomli mashhur asarida o‘sha davrda sharqiy xalqlar orasida qo‘llanilayotgan barcha o‘simliklarni, xar xil nomlanishini, bir o‘simlikning bir nechta sinonimi borligi yoki bir nom bilan, bir nechta o‘simlikning atalishini, ularni topishda va foydalanishda qiyinchilik tug‘dirayotganini inobatga olib, «Saydana» asarini yaratgan. Unda o‘simliklarning barcha millatlar va shevalardagi nomlarini keltirib, lotin tilida yozgan. Foydalaniladigan o‘simliklarning tavsifi, morfologik tuzilishini yoritib berib, o‘simliklarni yig‘ish va ulardan foydalanish uchun bebaho qulaylik yaratgan. Xozirgi kunda tug‘ilayotgan bolalarning ko‘pchiligi allergiya, diatez va boshqa turli og‘ir kasalliklariga chalingan holatda dunyoga kelmoqda. Kimyoviy moddalarni inson genetikasiga ta’siri tufayli xar xil nuqsonli bolalar tug‘ilib, «dori kasalligi» degan iboralar paydo bo‘lib, yangi, avval kuzatilmagan kasalliklar yuzaga kelmoqda. Qadimdan qo‘llanilib kelayotgan dorivor o‘simliklar bezarar, asorat qoldirmaydi, degan fikrlar, davolovchi mutaxassislar va davolanuvchi aholi orasida keng tarqala boshladi. Bunday vaziyat er yuzidagi deyarli barcha davlatlarni qamrab oldi. Avval, xalq tabobati deganda bu masalaga bir oz ishonchsiz va tanqidiy qaralgan bo‘lsa (ayniqsa sobiq SSSR davrida), xozirgi kunda barcha qit’alarda xalq tabobatini rivojlantirish masalasi ko‘rilib chiqilmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 2003 yil iyun oyida Jeneva shahrida «Dorivor o‘simliklarni yig‘ish va ekib o‘stirish», «Dorivor o‘simliklarning xavfsizligini baholash» mavzularida ilmiy va amaliy anjuman o‘tkazdi. Anjumanda Xitoy, Malayziya va boshqalar, rivojlangan davlatlardan Amerika, Kanada, Angliya va boshqa davlatlar mutaxassislari qatnashdi. Rivojlangan davlatlarda oxirgi o‘n yillikda dorivor o‘simliklar mahsulotini ishlatish 10 mlrd. AQSH dollariga etganligi qayd qilindi. Xozirgi kunda Evropa dorivor o‘simliklar bozorida sotiladigan o‘simliklar mahsulotining umumiy qiymati 1,1 mlrd. AQSH dollariga teng. Evropada o‘simliklar va ularning mahsulotlarini sotib oluvchi davlatlar Germaniya, Fransiya va Italiya hisoblanadi. Dunyodagi yirik dorivor o‘simliklar xom ashyosini sotib oluvchi (importer) davlatlar
Asosiy dorivor o‘simliklar xom ashyosini etkazib beruvchi davlatlar orasida eng yirik davlat Xitoy bo‘lib, 140450 tonna mahsulot sotadi, so‘ngra keyingi o‘rinlarni Xindiston - 35650 tonna, Germaniya -14900 tonna, CHili - 11700 tonna, Singapur - 14400 va boshqa davlatlar egallaydi. Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlarda ham dorivor o‘simliklar va ulardan tayyorlanadigan dori vositalariga e’tibor kuchayib bormoqda. Ayniqsa, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va boshqa davlatlarda xalqaro korporatsiyalar va farmatsevtik firmalarda, dorivor o‘simliklardan tayyorlangan choylar, yig‘malar, ekstraktlar, damlamalar, qaynatmalar keng qo‘llanila boshladi. Xozirgi kunda chet el etuk davlatlarida (Evropada) Abu Ali ibn Sino tavsiya ilgan o‘simliklar va yig‘malardan foydalanadigan yirik korxona va tashkilotlar mavjud. O‘zbekistonda, olim vatanida, bunday tashkilot eki korxonalarni tashkil qilish juda o‘rinlidir. O‘zbekistonda ham bu sohada ayrim izlanishlar olib borilmoqda, ammo respublikaning xali imkoniyatlari katta. O‘zbekiston florasi 4 mingdan ortiq o‘simliklarni o‘z ichiga oladi. SHulardan 600-700 turi xalq, va ilmiy tibbiyotda ishlatiladi. Ilmiy tibbiyot ehtiyoji uchun 100 dan ortiq dorivor o‘simliklar mavjud. Ko‘pchilik o‘simliklarni ishlatish uchun tavsiyalar qilingan. Lekin hozirgi kunda yovvoyi holatda o‘sadigan, farmatsevtika sanoatida yoki dorixonalar tizimida ishlatilishi mumkin bo‘lgan bir qancha dorivor o‘simliklar e’tiborsiz qolmoqda. O‘zbekistonda farmatsevtika sanoati, tibbiyotda qo‘llash uchun quyidagi o‘simliklarning zahirasiga putur etkazmasdan, etarli miqdorda yig‘ib olishni tashkil qilishi mumkin. YOvvoyi holda o‘sadigan va O‘zbekiston farmatsevtika sanoati uchun tavsiya qilinadigan o‘simliklar
O‘zbekiston dorixonalarida foydalanish uchun tavsiya qilingan yovvoyi holda o‘sadigan dorivor o‘simliklar
Bu jadvalda asosan ko‘proq qo‘llaniladigan o‘simliklarning ro‘yxati keltirildi. Extiyojga ko‘ra o‘simliklarning bu ro‘yxatini yanada kengaytirish mumkin [9,10]. 7 Ilmiy va xalq tabobatida davolash uchun, yig‘malar tayyorlashda, sachratqi, qirqbo‘g‘im, bo‘ymadoron, dalachoy va boshqalar xom ashyosidan foydalanilgan. Jigar sirrozini davolash uchun dalachoy, bo‘ymadoron, qushtarssh- mavrak, dastarbosh, moychechak, qariqiz, andiz xom ashyolaridan tayyorlangan yig‘malar tavsiya qilingan. Xuddi shunday holat me’da yallig‘lanishi (gastrit), me’da yarasi (yazva), xolangit, xoletsistit, pankreatitlarni davolash uchun xududdagi yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklarning turlaridan foydalanish mumkin. O‘zbekistonda yovvoyi holda o‘sadigan dorivor o‘simliklardan tibbiyotda foydalanish uchun tavsiyalar O‘zbekiston viloyatlari har xil geografik mintaqalarga joylashgani tufayli, o‘simliklarni turi va ulardan olinadigan mahsulotni hajmi har xil bo‘lganligi tufayli, biz ish jarayonida yig‘ilgan ma’lumotlarimizga suyangan holda 5 ta viloyatni nisbiy dorivor o‘simliklarga boy deb chiqardik. Tavsiya etilgan o‘simliklarni o‘sadigan erlari va zahiralari aniqlangan. Samarqand viloyati (Misol tariqasida)] a) G‘arb tumanlarida uchraydigan va yig‘ib olinsa bo‘ladigan dorivor o‘simliklar: - bozulbang – Lagochilus inebrians Bge. (qizil kitobda), labguldoshlar-Lamiaceae - isiriq (garmala) Peganum garmala L., tuyatovondoshlar-Zygophyllaceae -oqquray (psoraleya) – Psoralea drupacea Bge., dukkakdoshlar- Fabaceae - achchiqmiya (sofora tolstoplodnaya) – Sophora pachycarpa C.A.Mey., dukkakdoshlar-Fabaceae - bodomcha (mindal) – Amygdalis spinosissima Bge.Mem., ra’noguldoshlar – Rosaceae B) Janubiy SHarq erlarida uchraydigan dorivor o‘simliklar: - qizilpoycha (zveroboy sheroxovatыy) – Hypericum scabrum L. - kiyik o‘ti (zizifora svetonosnaya) - Ziziphora pedicellata Pazijet Vved. - ermon (polыn)- Artemisia absinthium L. - tog‘rayhon - Origanum titthantum Contsch. - na’matak har xil turlari – Rosa sp. - sariq andiz – Inula grandis Schrenk. - qizilmiya - Glycyrrhiza glabra L. YUqorida keltirilgan dorivor o‘simliklardan tashqari nam erlarda, bog‘larda, soylarda va boshqa dehqonchilik erlarida tarqoq uchraydigan dorivor o‘simliklar ro‘yxati: Suv qalampiri – Polugonum hydropiper L. Kelin tili (SHaftoli bargli toron) – Polygonum percicaria L. Chet ellardan olinadigan dorivor ayrim o‘simliklar ro‘yxati
Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlash maqsadida ekilishi mumkin bo‘lgan dorivor o‘simliklar
Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling