Maxsulotning tashqi ko’rinishi. Maxsulot murakkab qalqonsimon gul to’plami, uning ayrim bo’laklari va 1 sm dan uzun bo’lmagan gul bandli ayrim savatchalardan tashkil topgan. Savatchalar cho’ziq tuxumsimon, uzunlig 3-4 mm, diametri 2-4 mm bo’lib, kam sonli savatcha chetidagi tilsimon gullari va savatcha o’rtasidagi ikki jinsli naychasimon gullardan iborat. Gul o’rni deyarli konussimon. Savatchaning o’rama bargchalari ko’p sonli, cherepitsasimon o’rnashgan, tukli, cho’ziq lentasimon.
Gullari sariq rangli , savatcha o’rama barglari yashil-sarqich; maxsulot o’ziga xos xid va achchiqroq, yoqimli mazaga ega.
Kimyoviy tarkibi. Maxsulot tarkibida 0,86 – 1,2 % efir moyi, flavanoidlar (lyuteolin, kversetin, sinarozid, giperozid, rutin va boshqalar), kumarinlar (digidrokumarin, eskuletin va skopoletin), vitamin S, karotinoidlar, polisaxaridlar, betonitsin, oshlovchi va boshqa moddalar bo’ladi.
VFM (42 Uz-0266-2004)ga ko’ra, maxsulot tarkibidagi flavonoidlar yig’indisining miqdori 0,8 %dan kam bo’lmasligi kerak.
Ishlatilishi. Maxsulot dorivor preparatlari yallig’lanishga qarshi va yaralarni davolovchi (me'da –o‘n ikki barmoqli ichak yarasi, gastrit, shilliq qavatlarining yallig’lanishi), peshob xaydovchi (yurak qon-tomirlar tizimi, jigar va buyrak kasalliklarida) xamda qon oqishini to’xtatuvchi (ichakdan, bachadondan va gemaroidal qon oqishlarida) vosita sifatida ishlatiladi.
Dorivor preparatlari. Damlama. Maxsulot siydik xaydovchi “Stiflos” yig’masi tarkibiga kiradi.
AMALIY MASHGO’LOTLAR
Mavzu 1. DORIVOR ƠSIMLIK RESURSSHUNOSLIGI FANIGA KIRISH.
Mavzuning maqsadi: Magistratura таlаbаlаrigа resursshunosligi fani haqida ma'lumotlar berish. Bunda botanik – sistеmatiklar va gеobotaniklar tomonidan dorivor o’simliklarni o’rganish, ularni foydali xossalarini aniqlashni o`z ichiga resursshunosligi faniga atroflicha tavsif beriladi.
Kerakli jihozlar: mavzuga oid adabiyotlar (darslik, X va XI Davlat farmakopeyalari dorivor o’simliklari turlarining gerbariy na'munalari. Optik qurollor.
Do'stlaringiz bilan baham: |