Mundarija mavzu : siyosiy matlar lingvistik ekspertizasi


LINGVISTIK EKSPERTIZA QANDAY JARAYONNI QAMRAB OLADI?


Download 46.58 Kb.
bet2/4
Sana23.04.2023
Hajmi46.58 Kb.
#1388265
1   2   3   4
1.LINGVISTIK EKSPERTIZA QANDAY JARAYONNI QAMRAB OLADI?
Loyiha matni lingvistik ekspertizasi qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli organlar bilan kelishishdan avval normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqqan organ tomonidan oʻtkaziladi. Lingvistik ekspertizani oʻtkazishning bir nechta bosqichi mavjud. Lingvistik ekspertizadan oʻtkazish natijasi boʻyicha loyiha matnida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etilganidan soʻng tashabbuskor organ tomonidan boshqa tegishli manfaatdor organlarga kelishiga yuboriladi. Toʻgʻri, bu yerda ayrim savollar turli xil qarashlar boʻladi. Lekin, aniq bir savol tugʻiladi, masalan, loyiha lingvistik ekspertizadan oʻtkazilganidan keyin xulosa ekspertiza oʻtkazgan shaxs tomonidan imzolanadi va lingvistik ekspertiza natijalari boʻyicha qabul qilingan xulosaning sifati uchun javobgar hisoblanadi. Endi savol tugʻiladi, kelishish jarayonida normativ-huquqiy hujjat loyihasi matni oʻzgarib ketsa, birinchi lingvistik ekspertiza xulosasi nima boʻladi yoki unga kim javob beradi?
Albatta, bu savolga tezda javob olish qiyin, buni amaliyot koʻrsatadi, ammo shunday hollarda loyihani ishlab chiqqan tashabbuskor organ tomonidan oʻtkazilgan lingvistik ekspertiza xulosasini aynan shu organ himoya qilishi lozim deb oʻylaymiz.
Xulosa oʻrnida shuni aytish joizki, amaliyotda bunday hollar uchrab turadi, loyihani puxta ishlab chiqish, davlat tili qonun-qoidalariga tayanilishi va oʻzbek tilining adabiy til normalaridan kelib chiqishi davlat tilini yanada mustahkamlaydi hamda til siyosatini yanada takomillashtirishga, avlodlarimizga tilning sofligini saqlab yetkazishimizga xizmat qiladi.
Matnni o‘rganish, uning tub mohiyatini tushunish va talqin etish uchun chuqur bilimlar majmuyi talab etiladi. Muayyan matnni maxsus filologik bilimlarsiz tahlil qilish, umumiy xulosa chiqarish va uning mohiyatini ochish mumkin emas. Ayniqsa, konfliktli matnlarda umumiy baho berish, matndagi so‘zlarning qiymat darajasini aniqlash matn mohiyatini yoritishga xizmat qiladi. Matn deyilganda badiiy asarlar matnigina nazarda tutilmay, balki yuridik matnlar ham ko‘zda tutiladi. Istalgan turdagi yuridik matnlarning, xoh og‘zaki, xoh yozma ko‘rinishi bo‘lsin mohiyatini yoritish lingvistik ekspertiza o‘tkazish orqali kechadi. “Ekspertiza” atamasi (Lotin Expertus-dan olingan bo‘lib mutaxassis) “tajribali, bilimdon, sinovdan o‘tgan” kabi ma’nolarni anglatadi. Ekspertiza deganda vakolatli shaxslar tomonidan davlat, jamoat tashkilotlari, ayrim fuqarolarning manfaatlari bilan bog‘liq masalalarni hal qilishda olib boriladigan tadqiqotlar nazarda tutiladi.2
Ekspertizalar inson faoliyatining boshqa sohalarida ham bo‘lishi mumkin. Xususan, sud lingvistik ekspertizasidan tashqari, savdo matnlari, qonun loyihasi, patent ekspertizasi, reklama matnlari ekspertizasi va shu kabilar mavjud. Lingvistik ekspertiza sud ekspertizasining bir qismi, yuridik tilshunoslikning amaliy tarmog‘i sifatida faoliyat yuritadi. Rus yurislingvistikasida matn va uni sharxlash, ekspertizadan o‘tkazish masalasiga ancha ilgari qo‘l urilgan. Sud jarayonida guvohlarning ko‘rsatmalari, ayblanuvchi, gumondorning nutqini baholash, aytilgan fikrning ijtimoiy xavflilik yoki xavfsizlik darajasini aniqlash ehtiyoji o‘laroq lingvistik ekpertiza yuzaga keldi. O‘zbek yozma matnlarini lingvistik ekspertizadan o‘tkazishda etnik xoslik, mentalitet kabi jihatlar yaqqol bo‘rtib turadi. Boisi turli vulgar elementlari, evfemik vositalar o‘zbek yozma matnlarida baho darajasi jihatdan bir-biridan farq qiladi.
Ayrim vulgar elementlarning ijtimoiy xavflilik darajasi yuqori bo‘lsa, ayrimlarida esa muallifning jismoniy, emotsional va ahloqiy sifatlaridan kelib chiqqan olda qo‘llaniladi va bu ijtimoiy xavfli deb baholanmaydi. Qonunchilikda haqorat, obro‘sizlantirish, sha’niga putur yetkazish kabi holatlarga nisbatan ma’muriy jazo chorasi qo‘llaniladi. Ma’muriy jazo javobgarlikka tortish chorasi bo‘lib, u ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni qonunlarga rioya etish va ularni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, shuningdek, ana shu huquqbuzarning o‘zi tomonidan ham, boshqa shaxslar tomonidan ham yangi huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish maqsadida qo‘llaniladi. Ma’muriy huquqbuzarlikning(xususan, haqorat, obro‘sizlantirish kabi turlarida) turli ko‘rinishlarida huquqbuzarlik sodir etganlik uchun quyidagi ma’muriy jazo choralari qo‘llanilishi mumkin: 1) jarima; 2) ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish;
. 3) ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni musodara qilish; 4)muayyan shaxsni muayyan huquqdan mahrum etish; 5) ma’muriy qamoqqa olish [1]. Ammo shuni unutmaslik kerakki, jazo har doim ham muammoning to‘la bartaraf etilishi omili bo‘lib xizmat qilmaydi. Ayniqsa, haqorat darajasini belgilash, uni qonuniy asoslash masalasi turgan bir vaqtda, bunday holatga qat’iy jazo tartibini sud hukmi orqaligina belgilash o‘rinsiz. Sababi huquqiy matnlar ham xuddi badiiy asarlarda bo‘lgani kabi o‘ziga xos tuzilishga ega bo‘ladi va u alohida qismlarga ajraladi. Bunday matnlar nutq muallifning ruhiyati, maqsadi, estetik qarashini umumlashtirgan holda mutlaqo pragmatik dasturini aks ettiradi [2].
Matnni lingvistik ekspertiza qilish jarayonida ana shunday tarkibiy qismlarga ajratish ham yetakchi omillardan biri sanalaib, bunda elementlarning aniq muvofiqlashtirilishi, rasmiy-ishbilarmonlik uslubi talablariga mos keladigan kombinatsiyasi, stereotip va sxematikligi hujjatdagi noaniqlik, nomuvofiqlik va qochishga imkon beradi. K.I.Brinev fikriga ko‘ra, Sud lingvistik ekspertizasida - ekspertga qo‘yilgan savollardan kelib chiqadigan holda haqiqat-yolg‘onlikni imkoniyat-yoki mavjud emaslik kabi jihatlar tekshiriladi [3]. N.A.Baranovga ko‘ra esa, haqorat qilishning jinoiy javobgarlik ekanligi shubha ostiga qo‘yiladi [4, 5]. Haqorat qilish, tuhmat qilish, obro‘sizlantirish kabi holatlarning ijtimoiy xavflilik darajasiga ko‘ra jinoyat yoki huquqbuzarlik sifatida baholash uchun asos zarur. Umumiy nuqtayi nazaradan olib qaraganda haqorat ijtimoiy xavflilik darajasi yuqori bo‘lmagan huquqbuzarlikdir. Bunda ma’naviy zarar yetkazish omillari yuqori kab etadi. Ushbu jarayonda haqorat bilan bog‘liq holatlar fuqarolik sudida ko‘rib chiqilishi va jazo chorasi tayinlanishi mumkin. Ushbu mulohazalar orqali lingvistik ekspertizaning maqsadi masalasi biroz oydinlashadi. Yuqorida ta’kidlangan fikrlardan xulosa chiqarish orqali lingvistik ekspertizaning maqsadi nimadan iborat degan savolga javob topish mumkin. Sud lingvistik ekspertizasining maqsadi - maxsus filologik bilimlarga asoslanib, muayyan bir holatda isbotlanadigan holatlarni aniqlashdan iborat. Bunda yuridik lingvistika oldida turgan amaliy muammolarni hal qilishda tilshunos uchun zarur bo‘lgan maxsus bilimlarni chuqurlashtirish, ushbu faoliyat turlaridan biri sifatida ekspert faoliyati va lingvistik ekspertiza to‘g‘risida to‘liq tizim g‘oyalarini shakllantirish ko‘zda tutiladi. 3
Lingvistik ekspertologiyada ozbek tilidagi yozma matnlar, ziddiyatli nutq vaziyatlari, qonuniy matnlar; til va qonun birlashmasidagi boshqa hodisalar va ularning amalda bajarilishini aniqlashtirish va oydinlik kiritish maqsad qilib qo‘yiladi. Xulosa qilib aytish mumkinki, lingvistik ekspertiza orqali lingvist ekspertning vakolat chegaralari aniqlandi va yechilishi kerak bo‘lgan masalalarga oydinlik kiritiladi. Ekspertiza jarayonida yozma yoki og‘zaki matnning o‘zi asosiy dalil vazifasini o‘taydi. Dalildan unumli foydalanish va uni “tilga kiritish”orqali nafaqat jinoyat ishlarini tergov qilish paytida, balki turli xil toifadagi ishlarda fuqarolik nizolarini ko‘rib chiqishda ham muammolarning yechim topilishiga omil bo‘ladi. Shuningdek, adovat, nutq tajovuzi, og‘zaki bezorilik, haqoratli so‘zlar, so‘zlarni firibgar qilish, so‘z erkinligini suiiste'mol qilish, nomus, qadr-qimmat, obro‘ga tajovuz qilish, qonun bilan qo‘riqlanadigan ma'lumotlarga oid ishlarni hal qilishda va maxsus lingvistik bilimlardan foydalanish zarur.
Harakatlar strategiyasi doirasida mamlakatimizda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomini yanada oshirish, nomativ-huquqiy hujjatlarni davlat tilida sifatli tayyorlash, qabul qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bu sohada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019 yil 21 oktyabrda "O‘zbek tilining davlat ti­li sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi, 2020 yil 20 oktyabrda "Mamlakatimizda o‘z­bek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmonlar qabul qilindi.
Shuningdek, "2020-2030 yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi" tasdiqlandi. Unga asosan 2025 yilga qadar mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida davlat tili imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga erishish, davlat tilining sof­ligini saqlash, uni boyitib borish va barcha soha mutaxassislarining nutq madaniyatini oshirish, davlat tilida sohaviy ish yuritish hujjatlarining yagona elektron namunalarini ishlab chiqish kabi ustuvor vazifalar belgilandi.
Bu sohadagi ijro sifatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 28 oktyabrdagi qarori bilan "Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida"gi Nizom tasdiqlandi.
"Ekspertiza" so‘zi lotincha "expertus" atamasidan olingan bo‘lib, "tajribali, bilimdon" degan ma’nolarni anglatadi.
Normativ-huquqiy hujjat ekspertizasi deganda, normativ-huquqiy hujjat lo­yi­hasining shu sohadagi yetuk, professional darajadagi mutaxassis, ya’ni ekspert tomonidan xalqaro normalar, fan va texnikaning ilg‘or yutuqlaridan kelib chiqqan holda o‘rganilishi, tahlil qi­linishi, loyiha bo‘yicha xulosa, taklif va tavsiyalar berilishi tushuniladi.
Shu nuqtai nazardan 2022 yilda Adliya vazirligi qo­shidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan nashr etilgan professor Shuhrat Ko‘chimovning "Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan o‘tkazish" nomli qo‘llanmasi muhim ahamiyat kasb etadi. Avvalo, metodik qo‘llanmada "yuridik til" atamasining ma’nosiga sodda va ravon tilda ta’rif berilgani e’tiborlidir.4
Sh.Ko‘chimov qayd etganidek, "yuridik til" deganda — hu­quqshunosning o‘z fikrini va huquqiy normalarni ifodalashda til birliklari majmui: tovush, qo‘shimcha, so‘z, atama, so‘z birikmasi va gaplardan qanday foydalanishi tushuniladi.
Ushbu metodik qo‘llanmaning quyidagi ijobiy xususiyatlarini ko‘rsatish mumkin.
Birinchi xususiyati: ho­zirda Oliy Majlisda normativ-huquqiy hujjatlarni qa­bul qilishdan avval uni har tomonlama ekspertizadan o‘tkazish instituti joriy etildi. Bunda qonun loyihasi huquqiy, xalqaro, korrupsiyaga qarshi, siyosiy, iqtisodiy, moliyaviy, lingvistik yo‘nalishlarda eks­pertizadan o‘tkazilmoqda.
Darhaqiqat, normativ-hu­quqiy hujjat loyihasini ishlab chiqishda ekspertiza muhim o‘rin tutadi. Zero, aynan ekspertiza har qanday huquqiy hujjatning har tomonlama mukammal bo‘lishini ta’minlaydi.
Ikkinchi xususiyati: mazkur sohani yanada rivojlantirish uchun so‘nggi yillarda mamlakatimizda 20 dan or­tiq normativ-huquqiy hujjat qabul qilinib, ushbu hujjatlar ijrosini ta’minlash mexanizmi takomillashdi. Xususan, o‘zbek tilini davlat tili sifatida yanada rivojlantirish uchun tom ma’noda yangi tuzilma — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish departamenti va uning joylardagi davlat tili bo‘yicha maslahatchilari tizimi joriy etildi.
Uchinchi xususiyati: normativ-huquqiy hujjat loyihasini lingvistik ekspertizadan o‘tkazishga qo‘yiladigan yurislingvistik talablar, jumladan, yuridik til, grammatik norma va yuridik terminologiya qoidalariga qat’iy rioya qilish masalalarida muhim manba hisoblanadi. Bunday ekspertiza normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashda yuridik texnika qoi­da­lariga asoslangan holda uni sifatli ishlab chiqish, yuridik til talablaridan kelib chiqqan holda mukammal darajada tuzish, tayyorlash va belgilangan tartibda rasmiylashtirishni to‘g‘­ri bajarishda yordam beradi.
To‘rtinchi xususiyati: normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlovchi va uni ling­vistik ekspertizadan o‘tkazuvchi mutaxassislar, davlat tilida ish yuritish bo‘yicha mas’ul xodimlarning lingvistik ekspertiza bo‘yicha bilim, malaka va amaliy ko‘­nikma­la­rini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Binobarin, lingvistik ekspertiza o‘ziga xos bilim va fanlar majmui bo‘­lib, dunyo ilmiy texnik taraqqiyotida ushbu soha maxsus fan darajasiga ko‘tarilgan. Shu bois dunyoning ilg‘or oliy o‘quv yurtlarida ayni soha bo‘yicha maxsus mutaxassislar tayyorlanmoqda.
Beshinchi xususiyati: Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 28 oktyabrdagi "Normativ-huquqiy hujjatlar lo­yi­halarini lingvistik eks­pertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tas­diqlash haqida"gi qaroriga asosan 2023 yil 1 yanvardan boshlab loyihani ishlab chiquvchining tashabbusi bilan yoxud topshiriqqa ko‘ra, vazirlik, idoralar bilan kelishishdan oldin loyiha matni davlat tili qoida va talablariga muvofiqligini tekshirish maqsadida lingvistik eks­pertizadan o‘tkazilishida metodik qo‘llanma hi­sob­lanadi.5
Bir so‘z bilan aytganda, Yangi O‘zbekistonda qonun lo­yi­halarining til va uslub jihatdan yanada mukammal bo‘lishi, uning lingvistik eks­per­ti­za­sida qonun ijodkorligi, sud lingvistikasi ekspertizasi, lingvokriminalistik ekspertiza sohalarini tom ma’noda rivojlantirish uchun huquq va til integratsiyasi, ya’ni yurislingvistikaga asoslangan ixtisoslashgan kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish dolzarb vazifadir.
Shu nuqtai nazardan, ushbu metodik qo‘llanma bugungi kunda normativ-huquqiy hujjat loyi­halarini tayyorlovchi va uni lingvistik ekspertizadan o‘tkazuvchi mutaxassislar, davlat tilida ish yuritish bo‘yicha mas’ul xodimlarga muhim ko‘makchi vazifasini o‘taydi.
Bugun Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tashabbusi bilan Toshkent davlat yuridik universiteti professori, filologiya fanlari doktori Shuhrat Koʻchimov ishtirokida “Normativ – huquqiy hujjat loyihalarini lingvistik ekspertizasi” mavzusida onlayn seminar tashkil etildi. Unda agentlik va tizim tashkilotlari xususan, Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti masʼul xodimlari va mutaxassislari ishtirok etishdi.
Onlayn seminarda Oʻzbekistonda til siyosati va uning huquqiy asoslari, mutaxassislar kasbiy faoliyatida davlat tilini joriy etishning yangi tizimi va mexanizmlari va normativ – huquqiy hujjat loyihalari lingvistik ekspertizasi borasida Shuhrat Koʻchimov maʼruza oʻqidi. Koʻrgazmali maʼlumotlar asosida olib borilgan maʼruza interaktiv usulda olib borilgani uchun ishtirokchilar savollariga boy boʻldi. Barcha savollarga javob berish davomida notiq mavzu doirasidagi bugungi muammolar va ularning yechimi borasidagi shaxsiy fikr va takliflarini bildirib oʻtdi.
Oʻtkazilgan tadbir agentlik va uning tizimi xodimlari orasida davlat tilini rivojlantirish, uni mavqeyini oshirish borasida qoʻyilgan yana bir qadam boʻldi.
Rivojlangan davlatlarning xalqi oʻz tillariga chuqur hurmatda boʻlgani bois, hech bir istisnosiz dunyo hamjamiyatida nufuzini mustahkamlab oldi. Bu xalqning Vataniga boʻlgan sadoqati, millatning dil birdamligi nishonasidir. Shu yurtda tugʻilib yashayotgan inson millatidan qatʼiy nazar qalbida iymonu eʼtiqod, sadoqat tuygʻusi mustahkam boʻlsa, oʻsha xalqning maʼnaviy qadriyatlariga, madaniy merosiga hurmat bilan munosabatda boʻladi.
Goʻzal va jozibador ona tilimizning bebaho qadriyat ekanligini kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish katta avlod uchun ham farz, ham qarzdir. Milliy tilimizning mavqeyi va sofligini saqlash, eʼzozlash, oʻzbek tilining davlat tili sifatida, eng avvalo, mamlakatimizda, qolaversa, dunyo miqyosida nufuzi, obroʻyini oshirish xalq vakillarining xolis niyatiga bogʻliq. Bugungi haqiqatga bir nazar tashlang. Endigina savodi chiqqan bolalarimiz koʻchada yurganda turli savdo doʻkonlari, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish obyektlari peshlavhalari, reklamalarini oʻqib-oʻqiyolmay, maʼnosiga tushunolmay oʻzimizni bir necha marta savolga tutgani aniq.6
Mamlakatimizda nom berish (neyming) faoliyati bilan ayrim xususiy marketing va reklama agentliklari xorijiy tilda yoki davlat tili qoida- meʼyorlariga, milliy qadriyatlarga zid boʻlgan nom va logotip yaratish bilan shugʻullanib kelyapti. Natijada savdo, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish obyektlariga maʼnosiga eʼtibor qaratmasdan xorijiy tillarda nom berish urfga kirib bormoqda.
Vaholanki, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonunining 20-moddasida “Lavhalar, eʼlonlar, narxnomalar va boshqa koʻrgazmali hamda ogʻzaki axborot matnlari davlat tilida rasmiylashtiriladi va eʼlon qilinadi hamda boshqa tillarda tarjimasi berilishi mumkin”; 22-moddasida “Respublikaning maʼmuriy-hududiy birliklari, maydonlari, koʻchalar va geografik obyektlarning nomlari davlat tilida aks ettiriladi”, — deb qayd etilgan.
Lekin Qonunga qay darajada amal qilinyapti? Bu savolga yurtimiz shahar va tumanlarida qad rostlab turgan binolar peshlavhalari va reklamalardagi nom hamda yozuvlarni koʻrgan kishi oʻz xulosasi va javobini beradi. Endilikda ikkita alifbodan bitta alifboga oʻtish fursati yetgan boʻlsada, hanuzgacha hokimliklar, ayrim tashkilotlar rahbarlarida ikkilanish, ijro intizomiga befarqlik mavjud. Ana shu befarqlik jiddiy xatolarni kelib chiqishiga sabab boʻlmoqda.
Shu oʻrinda oʻtgan asrning buyuk tilshunosi va adibi Abdurauf Fitratning “Tilimiz” nomli maqolasida oʻzbek ziyolilarining fors va arab soʻzlarini ishlatishga oʻchligidan nolib, yozgan quyidagi fikrlarini keltirishni joiz deb bildim: “Dunyoning eng boy, eng baxtsiz tili qaysi tildir? Bilasizmi? Turkcha (oʻzbekcha)!.. Ming yildan beri ezila kelmishdir. Lekin bitmamishdir. Bitmas, yashamishdir, yashar. Negakim boydir. Turkcha yashamishdir. Yashar, lekin oʻzini arab, fors tillaridan qutqara olurmi, yoʻqmi? Soʻzni bu yerga yetirgach, barmogʻimni yaraning oʻzagiga bosmish boʻldim.” [Fitrat A.1996: 237-240].
Darhaqiqat, mamlakatimizdagi jadal iqtisodiy islohotlar tufayli marketing, menejment, menejer, bloger, broker, innovatsiya, versal, kasting singari koʻplab xorijiy soʻzlar oʻzbek adabiy tilining lugʻatidan; pitsa, hotdog, lavash, shaurma, millinium, dostavka, mы otkrыlis kabi soʻlzar xalqimiz nutqidan joy olib ulgurdi. Ona tilimiz jonkuyari A.Fitratning kuyunchaklik bilan aytgan yuqoridagi fikrlari asrlar oʻtib, tilimizning bugungi haqiqatiga ham mos keladi, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Zero, “Tilimizning lugʻat xazinasini boyitish va tozaligini taʼminlash, leksik meʼyorlarning muntazamligiga erishishda eng maʼqul yoʻl oʻzbek tilining oʻz ichki imkoniyatlariga tayanishdir. Oʻzbek tilining oʻz qonuniyatlari asosida yangi soʻzlar yasash, u yoki bu sababga koʻra isteʼmoldan chiqqan qadimgi va eski turkiy soʻzlarni tiklash, tilimizning teran tomirlari boʻlmish shevalardan soʻz olish maqsadga muvofiq. Masalan, “raport” soʻzining oʻzbekcha muqobili sifatida “bildirgi” soʻzi yasaldi va adabiy tildan joy oldi. Yoki “rayon” soʻzi avval “nohiya” soʻzi bilan almashtirildi, ammo leksik meʼyor maqomini olmadi. Keyinroq eski oʻzbek tilidagi “tuman” soʻzi isteʼmolga kiritildi, u faol lugʻatimizda oʻz oʻrnini topdi”. [Mahmudov N.,2007:52].7
Taniqli rus tarixchisi A.P.Grigorev tadqiqotlarida XIII-XIV asrlarda Oltin Oʻrdada soʻzlashuv va yozuv tili sifatida qipchoq lahjasi qoʻllanilgan boʻlsada, rasmiy yozishmalar va adabiy matnlar Chigʻatoy lahjasi, yaʼni eski oʻzbek tilida yuritilganligini qayd etadi. Koʻrinadiki, qadimdan oʻzbek tilida buyuk allomalarimiz nafaqat zavqu shavq bilan ijod qilgan, balki rasmiy til sifatida ham millat tilining nufuzini saqlab qolishga harakat qilganlar. Oʻz vataniga, millatiga boʻlgan sadoqatini ona tili orqali koʻrsatishga intilganlar. Nima uchun? Chuqur mushohada qilsak, oʻz tili va yozuvi mustaqilligi, mustahkamligiga ega boʻlgan davlat dunyo xalqlari nigohida turgan.
Aytish joizki, oʻzbek tili dunyodagi rivojlangan tillardan biri sifatida nihoyatda boy leksik xazinaga ega. Shu bois, soʻz qoʻllash, nom tanlash masalalarida oʻzbek tilining izohli lugʻatlar majmuasiga tayanib, konseptual yondashish maqsadga muvofiq. Til va yozuvning sivilizatsiyasida millat ruhi, Vatan tuygʻusini his etgan, avlodlar kelajagini oʻylagan har bir inson jonbozlik koʻrsatadi, avvalo, oʻz xalqining milliy tili va madaniyatini asrab-avaylashga, rivojlantirishga intiladi. Endilikda ikkita alifbodan bitta alifboga oʻtish fursati yetgan boʻlsada, hanuzgacha hokimliklar, ayrim tashkilotlar rahbarlarida ikkilanish, ijro intizomiga befarqlik mavjud. Ana shu befarqlik jiddiy xatolarni kelib chiqishiga sabab boʻlmoqda.8
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi ( 2020-yil 20-oktyabr) PF-6084-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, savdo, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish obyektlariga nom berishni takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Savdo, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish obyektlariga nom berishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (2021-yil 16-mart) 144-sonli Qarori qabul qilindi. Bu oʻz vaqtida va oqilona qabul qilingan qaror boʻlib, oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi mavqeyini mustahkamlash yoʻlida yana bir muhim qadam boʻladi. Ushbu qarorda Oʻzbekistonda savdo, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish obyektlariga nom berish (neyming) xizmatini tizimli yoʻlga qoʻyilishi koʻzda tutilgan.
Davlat tili qoida va meʼyorlariga muvofiq keladigan, milliy qadriyatlarga mos hamda obyektlarga qoʻyish tavsiya etiladigan nomlarni, tashqi yozuv, peshlavha, reklama va eʼlonlar matnini lingvistik ekspertizadan oʻtkazish nazoratini kuchaytirish va ekspertizadan oʻtgan matnlar, nomlarni havola etishga ruxsat berish lozim.
Buning uchun hokimliklar, davlat xizmatlari agentligi va tasviriy oyina Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Savdo, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish obyektlariga nom berishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 144-sonli Qarori talabini kuchaytirishi va amal qilishi maqsadga muvofiq. Xususan;
-hududdagi barcha peshlavha, reklama va eʼlonlarning yozuvi;
-tadbirkorlik obyektlarining nomlari;
-tashkilotlarning nomlarini ekspertiza xulosasiga asosan tayyorlash ishlarini qatʼiy yoʻlga qoʻyish;
-tekshirish, tavsiya etish, xulosa berish ishlarini yagona hududiy markazga topshirish lozim. Qarorda qayd etilganidek, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi “Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish” Markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda barcha viloyatlardagi hududiy boʻlinmalarning xulosasi va tavsiyasi boʻlmagan taqdirda nomlash, reklama, peshlavha yozuvlariga ruxsat bermaslik lozim. Aks holda, qonunchilik qoidalariga koʻra jarima belgilash maqsadga muvofiq. Ana shunda Qaror ijrosi taʼminlanadi, joylarda bir xil oʻlchamdagi, sifatli va toʻgʻri yozuvdan iborat tashkilot nomlari, reklamalar, panolar yurtimizga koʻrk bagʻishlab turadi.
Ushbu masala xususida xorijiy davlatlar tajribasiga eʼtibor qaratadigan boʻlsak, davlat tilining qadri inson omili bilan bogʻliq ekanligiga guvoh boʻlamiz. Rossiya Federatsiyasining “Davlat tili toʻgʻrisida”gi qonunining 3-moddasida nafaqat davlat tashkilotlari, mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar Rossiya hududida faoliyat yurituvchi har qanday tashkilot davlat tili (rus tili)da ish yuritishi, tashkilotni nomlashi ham rus tilida boʻlishi belgilangan. Qonunni buzish tegishli javobgarlikka sabab boʻlishi alohida qayd etilgan. Yevropaning koʻp tillik mamlakatlaridan biri Fransiya davlatining konstitutsiyasida faqat fransuz tili davlat tili deb belgilangan. Rasmiy ish yuritish faqat fransuz tilida. Fransiyaning Tubon qonunida reklama matnlari, joy nomlari, peshlavhalar, jamoat transportidagi yozuvlar, yoʻl koʻrsatkichlari va boshqa turli mulklarga yozilgan yozuvlar fransuz tilida boʻlishi talab qilinadi. Tubon qonunini buzish shaxsidan qatʼiy nazar katta miqdorda jarimaga tortilishiga sabab boʻladi. Bu kabi misollarni rivojlangan mustaqil davlatlar misolida koʻplab keltirish mumkin.
Demak, til millatning maʼnaviy-ruhiy boyligi, mulki, timsoli ekan, uni eʼzozlash, yuksalishi, sofligi, boyligi yoʻlida kurashish, milliy qadriyat darajasiga koʻtarish barchamizning oliy burchimizdir. Shunday ekan, til oriyati uchun kurashaylik! Uni poymol boʻlishiga aslo yoʻl qoʻymaylik. Oʻzbek yozuvining qadrini koʻtaraylik!

Download 46.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling