Sud psixologik ekspertizasi
Download 40.63 Kb.
|
Sud - psixologik ekspertizasi
SUD - PSIXOLOGIK EKSPERTIZASI Reja: Sud-psixologik ekspertizasining huquqiy asoslari. Ekspertiza turlari va ularning imkoniyatlari. Sud-psixologik ekspertizasini o‘tkazish uslublari. Psixolog-ekspertning kasbiy fazilatlari. Sud-psixologik ekspertiza natijalarini tahlil qilish. Sud-psixologik ekspertizasining huquqiy asoslari. Nima uchun sud - psixologik ekspertizasi o‘tkaziladi? Jinoyatni ochishda sud ekspertizalarining ahamiyati katta. Jumladan, sud - psixologik ekspertizasi ham jinoyatlarni ochishga, jinoyatchining ruhiyotini aniqlashga, adolatli jazo tayinlashda katta yordam beradi. Sud-psixologik ekspertizasi quyidagi holatlarda o‘tkaziladi: O‘limning sabablari va tan jarohatlarining xarakterini aniqlash maqsadida; Gumondor yoki ayblanuvchilarning jinoiy ish qo‘zg‘atilgan paytda o‘z xatti - harakatlari uchun javob bera olish - olmasligi yoki idora qila olish - olmasligiga, shuningdek, eng asosiysi ruhiy sog‘lomligiga shubha tug‘ilganida, ularning psixik holatlarini aniqlash maqsadida; Guvoh yoki jabrlanuvchining ishga aloqador shart - sharoitlarini to‘g‘ri idrok qilish hamda ko‘rgazma berish qobiliyatlariga shubha tug‘ilgan kezlarda ularning ruhiy va jismoniy sog‘lomligini aniqlash uchun; Ish uchun ahamiyatli bo‘lgan, lekin tegishli hujjatlar bo‘lmagan hollarda ayblanuvchi, gumondor va jabrlanuvchining necha yoshga kirganini aniqlash uchun ekspertiza o‘tkazilishi shart bo‘lib hisoblanadi. Qonunda ekspertizalarni tegishli mutaxassislar – shifokor, psixolog, psixiatrlarni taklif qilib o‘tkazish belgilab qo‘yilgan. Ko‘pchilik hollarda ekspertiza o‘tkazish zarurati tergovchining ixtiyori bilan hal etiladi, bu masalani hal qilish uning vakolatiga kiradi. Psixologik ekspertiza klinik psixologning ishida, shuningdek, sud-psixologning ishidir. Psixologik ekspertizaning asoslari jinoyat va fuqarolik ishlari bilan shug'ullanadigan sog'lom odamlarning ruhiy jarayonlari, sharoitlari va xususiyatlarini o'rganishdir. Tibbiy-psixologik ekspertizaga muhtoj insonning aqliy zaif sog'lig'ini aniqlash zarurati bilan bog'liq. Bu qonuniy oqibatlarning boshlanishi va o'lchovi unga bog'liq bo'lsa, bu juda muhimdir. Bir psixologning xulosasi bo'lmasa, sudda shaxsni sudga ariza berish mumkin emas. Download 40.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling