Mundarija mavzu: Hozirgi zamon ingliz tilida kesimni sifat bilan ifodalanishi. Kirish


§. BOSH VA IKKINCHI DARAJALI BO`LAKLAR


Download 367 Kb.
bet2/3
Sana09.07.2020
Hajmi367 Kb.
#123385
1   2   3
Bog'liq
Hozirgi zamon ingliz tilida kesimni sifat bilan ifodalanishi.

§. BOSH VA IKKINCHI DARAJALI BO`LAKLAR

HAQIDA
Kesim ega orqali ifodalangan shaxs yoki predmetning belgisini, harakatini holatini bildiradi.

Kesim gapning asosiy markalaridan biri bo‘lib, predikativlik u orqali ifodalanadi.

1. Kesim sodda va qo‘shma kesimga bo‘linadi. Qo‘shma kesim ham o‘z navbatida qo‘shma ot kesim va qo‘shma fe’l-kesimga bo‘linadi:

He learns French (soda kesim)

U fransuz tilini o‘rganadi.

My father is a doctor (qo`shma ot kesim)

Mening otam doktor

I must go there at once (qo‘shma fe’l kesim)

Men u yerga zudlik bilan borishim kerak.

Sodda kesim

Sodda kesim zamon, nisbat va maylga ega bo‘lgan fe’l bilan ifodalanadi.

She works at a factory

U zavodda ishlaydi.

He is reading

U o‘qiyapti

They will return soon

Ular tezda qaytishadi.

The goods were loaded by means or cranes

Tovarlar kranlar yordamida yuklanadi.

Qo‘shma ot – kesim

Qo‘shma ot – kesim to be bog‘lovchi fe’lining shakli va ot qismdan iborat bo‘ladi. Kesimning ot qismi uning asosiy ma’nosini ifodalaydi.

Kesimning ot qismi quyidagilardan yasaladi.



1. Otdan

I am a student – Men talabaman

They are workers – Ular ishchilar

2. Olmoshdan

It is she – Bu u

This book is yours – Bu kitob siznikidir.

3. Predlogli ot yoki olmosh bilan

The room is in disorder – Xona tartibsiz axvolda

She was in despair – U tushkunlikda

He is againt it – U bunga qarshi



4. Sifat yoki sifatdoshdan

The morning was warm - Tong iliq edi.

The glass is broken – Stakan siniq

5. Infinitivdan

Your duty is to help them immediately - Ularga zudlik bilan yordam

berish sizning burchingiz

My intention is to go to London next year - Mening niyatim kelasi yili

Londonga borish

6. Gerunddan

Her greatest pleasure was traveling - Sayohat qilish uning eng

sevimli mashg‘uloti
7. Qo`shma kesimlarda to be dan tashqari to become, to grow, to get, to turn bo‘lmoq ma’nosida, to seem o‘xshamoq, to look ko‘rinmoq ma’nolarida bog‘lovchi bo‘lib keladi.

He became a doctor - U doktor bo‘ldi.

It grew warmer - Havo ilidi.

He is getting old - U qariyapti

She turned pale - Uning rangi quv uchdi

He looks ill ` - U kasal ko‘rinadi.


Qo‘shma fe’l kesim

Qo‘shma fe’l – kesim fe’lning shaxs – sonni ifodalagan shakli va infinitiv yoki gerunddan yasaladi. Infinitiv yoki gurnd kesimning ma’nosini beradi, fe’lning shaxs – sonni ifodalagan shakli esa yordamchi fe’l vazifasini bajaradi.



Qo‘shma fe’l kesim quyidagicha yasaladi.

1. Modal fe’llar va infinitivdan:

He may return soon U tuzda qaytib kelishi mumkin

You must read this book Siz bu kitobni o‘qishingiz kerak.

I have to go there Men u yerga borishim kerak.

He can do it U buni qila oladi.

2. Infinitiv yoki gerund va yakka o‘zi to‘liq ma’no bermaydigan to begin – boshlamoq, to continue – davom ettirmoq, to finish – tugatmoq, to like – yoqtirmoq, to want – istamoq, to intend – niyat qilmoq, to try – harakat qilmoq, to avold – qochmoq, to hope – umid qilmoq, to promise – va’da bermoq kabi fe’llardan yasaladi.

She began to translate the article U maqolani tarjima qila boshladi.

I have finished writing the exercise Men mashqni yozishni tugatdim

3. Qo‘shma fe’l – kesim oldidan bog‘lovchi fe’l kelgan sifat va infinitiv, ba’zan gerunddan yasaladi.

He is ready to help her U unga yordam berishga tayyor
This book is worth reading Bu kitob o‘qishga arziydi

There is birikmasida kesim

1. O‘quvchiga hali noma’lum bo‘lgan shaxs yoki buyumning biror joyda yoki biror vaqtda mavjudligini ifodalash uchun bor mavjud dagan ma’noni beruvchi there is (are) birikmasi ishlatiladi. there is (are) birikmasi gapning boshida keladi. Undan keyin ega, undan keyin o‘rin va payt hollari keladi. Bunday gaplar o‘zbek tilida o‘rin yoki payt hollar bilan boshlanadi va bor deb tugaydi:

there is telephone in that room O‘sha xonada telefon bor

There are many apple trees in the garden Bog‘da ko‘p olma daraxtlari bor

There was a maeeting at the Institute yesterday-Kecha institutda yig‘ilish bo‘ldi.
2. there is birikmasidan keyin donalab sanaladigan birlikdagi ot noaniq artikl bilan ishlatiladi. There are ko‘plikdagi otlar some, any, many, two, three va boshqalar bilan ishlatiladi.

There is a lamp on the table Stolda chiroq bor

There are some lamps. On the table Stolda bir nechta chiroq bor
3. there is birikmasidan keyin kelgan artikl bilan kelgan otlar, this, that, these, those, my, his va boshqa olmoshlar bilan kelgan otlar ishlatilmaydi.
4. there ii are birikmasidagi to be turli zamonlarda ishlatilishi mumkin:

There are very many Frnch books in the library

Bu kutubxonada ko‘p fransuzcha kitoblar bor.

There was a meeting at the club yesterday

Kecha klubda majlis bo‘ldi.

There will be a good weat crop this year

Bu yil bug‘doyning hosili yaxshi bo‘ladi.

There hasn’t been any rain for some days

Bir necha kun yomg‘ir bo‘lmadi.
5. So‘roq shakli to be fe’lining shaklini yoki undan oldin yordamchi fe’l kelgan bo‘lsa birinchi yordamchi ye’lni there ning oldiga o‘tkazish bilan yasaladi.

Is there a telephone in your room?

Sizning xonangizda telefon bormi?

Was there a meeting at the Institute yesterday?

Institutda kecha majlis bo‘ldimi?

Will there be many people there? U yerda ko‘p odam bo‘ladimi?

So‘roq gaplarga qisqa javob yes yoki no va there is (are) birikmasining bo‘lishli yoki bo‘lishsiz shaklidan iborat bo‘ladi.

Is there a telephone in your room?

Yes, there is No, there isn’t

Was there a meeting at the Institute yesterday? Yes, there was

No, there wasn’t

Gaplarda to be dan oldin boshqa yordamchi fe’llar ishlatilgan bo‘lsa, so‘roq gap yasashda eganing oldiga birinchi turgan yordamchi fe’l o‘tkaziladi va javoblarda ham o‘sha yordamchi fe’l ishlatiladi.

Will there be a meeting tonight? Yes, there will. No there won’t

Bu oqshom majlis bo‘ladimi?

Have there been any letters from him lately? Yes, there have. Yo, there haven’t - Keyingi paytlarda undan xat bo‘ldimi?
6. Bo‘lishsiz gaplar ikki yo‘l bilan yasaladi:

a) there dan keyingi birinchi yordamchi fe’ldan keyin not inkor yuklamasi qo‘yiladi va undan keyin birlikdagi donalab sanaladigan otlar noaniq artikl bilan keladi, ko‘plikdagi donalab sanaladigan otlar va donalib sanalmaydigan any olmoshi bilan keladi. Bo‘lishsiz gaplarla quyidagi qisqartmalar ishlatiladi. isn’t, aren’t, wasn’t, weren’t, hasn’t haven’t, won’t va boshqalar.

There isn’t a telephone in this room

- Bu xonada telefon yo‘q

There aren’t any chairs in the room

- Xonada stullar yo‘q

There wasn’t any water in the botle

- Shishada suv yo‘q.

There hasn’t been any rain for ten days

- O‘n kun davomida yomg‘ir bo‘lmadi.

There won’t be any meeting tonight

- Bu oqshom hech qanday majlis bo‘lmaydi.

b) There is dan keyin no olmoshi qo‘yiladi va undan keyin artikl ham, any olmoshi ham ishlatilmaydi.

there is no telephone in this room - bu xonada telefon yo‘q

there was no water in the bottle – shishada suv yo‘q edi.

there are no chairs in the room – xonada stullar yo‘q.

No bilan yasalgan bo‘lishsiz gaplar ko‘proq ishlatiladi, bo‘lishsizlik ma’nosni kuchaytirish maqsadida not ishlatiladi.

7. There dan keyin to be, can, must, may, ought to va boshqa modal fe’llar bilan ham kelishi mumkin.

There must be a dictionary on the shelf – Tokchada lug‘at bo‘lishi kerak.

There ought to be more books on this subject in our library



TO‘LDIRUVCHI

1. Vositali va vositasiz to‘lidiruvchilar mavjud. Vositali to‘ldiruvchilar predlogli predlogsiz vositali to‘ldiruvchilarga bo‘linadi.

I have writter a letter vositasiz to‘ldiruvchi – Men xat yozdim

She gave the student a book predlogsiz vositasiz to`ldiruvchi –

U talabaga kitob berdi

I have received a telegram from my brother (predlogli vositasiz to‘ldiruvchi) – Men akamdan telegramma oldim


Vositasiz to‘ldiruvchi

1. Vositasiz to‘ldiruvchi o‘timli fe’llardagi ish-harakat bevosita o‘tuvchi shaxs yoki buyumdir. Vositasiz to‘ldiruvchi fe’ldan keyin keladi.

I received a letter yesterday - Men kecha hat oldim


2. Vositasiz to‘ldiruvchi otdan yasalgan bo‘ladi.

I have bought a book - Men kitob sotib oldim.

This plant produces tractors - Bu zavod yeraktorlar ishlab chiqaradi.
3. Vositasiz to‘ldiruvchi olmoshlardan yasalgan bo‘ladi.

I met him yesterday - Men uni kecha uchratdim

I didn’t see anybody there – Men u yerda hech kimni ko‘rmadim
4. Vositasiz to‘ldiruvchi sondan yasalgan bo‘ladi.

How many bokks did you take from the library?

– Kutubxonadan nechta kitob oldingi?

I took three – U uchta

I have read both books. I like the first better then the second

Men har ikkala kitobni o‘qib chiqdim. Menga birinchisi, ikkinchisiga qaraganda ko‘proq yoqdi.



5. Vositasiz to‘ldiruvchi infinitivdan yasalgan bo‘ladi.

He asked me to do it – U mendan buni qilishni so‘radi.



6. Vositasiz to‘ldiruvchi gerunddan yasalgan bo‘ladi.

I remember reading about it before. – Men bu haqda ilgari o‘qiganimni eslayman.



Predlogsiz vositali to‘ldiruvchi

Ba’zi o‘timli fe’llardan keyin ish-harakat yo‘naltirilgan to whom? Kimga? So‘rog‘iga javob bo‘luvchi ot yoki olmosh keladi. Bunday ot yoki olmoshlar predlogsiz vositali to‘ldiruvchlar bo‘lib keladi. Bu predlogsiz vositali to‘ldiruvchilar bosh kelishikdagi ot yoki obektiv kelishikdagi kishilik olmoshidan yasaladi va fe’l bilan vositasiz to‘ldiruvchining orasida joylashadi.

He gave the boy a book – U bolaga kitob berdi.

I shoved him the letter – Men unga xatni ko‘rsatdim


Predlogli vositali to‘ldiruvchi

(the prepositional object)
Predlogli vositali to‘ldiruvchilar ko‘pgina fe’l va sifatlardan keyin ishlatiladi.

1. Predlogli vositali to‘ldiruvchilar otdan yasaladi.

We spoke about our work – Biz ishimiz haqida gaplashdik.

He lives with his parents – U ota-onasi bilan yashaydi.

2. Predlogli vositali to‘ldiruvchi predlogli olmoshdan yasaladi.

He spoke to me yesterday – U kecha men bilan gaplashdi.

I agree with you – Men sizning fikringizga qo‘shilaman

3. Predlogli vositali to‘ldiruvchilar predlogli gerunddan yasaladi.

I am fond of reading – Men o‘qishni sevaman

He insists on doing it himself – U buni o‘zim qilaman deb turib olgan.

Gapda vositasiz to‘ldiruvchi bo‘lganda predlogli vositali to‘ldiruvchi vositasiz to‘ldiruvchidan keyin keladi.

I have received a letter from my sister. – Men opamdan xat oldim.

I spent a lot of money on books – Men kitoblarga ko‘p pul sarfladim.


Aniqlovchi (The attribute)

Aniqlovchi shaxs yoki buyumning belgisini bildiruvchi gap bo‘lagidir. Aniqlovchi odatda otni aniqlaydi, ba’zi hollarda olmoshni aniqlaydi (one olmoshi va some, any, every, no olmoshlaridan yasalgan olmoshlar).



1. Aniqlovchi sifatdan yasaladi

I received an important letter yesterday – Men kecha muhim xat oldim

I am going to tell you something interesting – Men sizga qiziq bir narsa aytib bermoqchiman.

2. Aniqlovchi sifatdoshdan yasaladi

I bought some illustrated magazines – Men bir nechta bezakli, suratli jurnal sotib oldim.

The rising sun was hidden by the clouds – Chiqayotgan quyoshni bulutlar yashirdi.

3. Aniqlovchi sifatdoshli iboradan yasaladi.

The student speaking to the teacher is my brother – O‘qituvchi bilan gaplashayotgan mening akam

They sent us a list of goods sold at the auction – Ular bizga kimoshdi savdosija sotilgan mollarning ro‘yxatini yuborishdi.

4. Aniqlovchi sondan yasaladi.

Two thousand tons of sugar were loaded on the ship yesterday – Kecha kemaga ikki ming tonna shakar yuklandi.

The second lesson begins at cleven o’clock – Ikkinchi dars soat o‘n birda boshlanadi.

5. Aniqlovchi olmoshdan yasaladi.

Some magazines are lying on the table – Bir nechta jurnallar stol ustida yotibdi

This is my book - Bu mening kitobim

6. Aniqlovchi bosh kelishikdagi otdan yasaladi.

The town library I closed on Sunday – Yakshanba kunlari shahar kutubxonasi yopiq

7. Aniqlovchi qaratqich kelishigidagi otdan yasaladi.

The teacher corrected the student’s mistakes – O‘qituvchi talabaning xatolarini to‘g‘riladi.

8. Aniqlovchi predlogli otdan yasaladi.

The leg of the table is broken – Stolning oyog‘i siniq

9. Aniqlovchi infinitivdan yasaladi.

He had a great desire to travel – Uning sayohat qilishga istagi juda baland edi.

10. Aniqlovchi predlgli gerunddan yasaladi.

They discussed different methods of teaching foregn languases – Ular chet tillarini o‘qitishning turli uslublarini muhokama qildilar.

Aniqlovchi aniqlash usuliga qarab aniqlovchi so‘zdan odin ham keyin ham kelishi mumkin.

Aniqlovchi quyidagi hollarda aniqlanuvchi so‘zdan oldin keladi.

A) Sifatdan yasalganda

She gas bought an interesting book - U qiziq kitob sotib oldi.

Ot bir nechta aniqlovchi bilan aniqlanayotgan bo‘lsa ularning otga ma’nosi yaqinroq bo‘lgani otga yaqinroq qo‘yiladi.

It was a cold autum day – Sovuq kuz kuni edi.

Agar sifat some, any, no every olmoshlaridan yasalgan olmoshlarga qarashli bo‘lsa sifat olmoshlardan keyin qo‘yiladi.

I am going to tell you something interesting – Men sizga qiziq bir narsa aytmoqchiman

Sifatdoshdan yasalganda

We received some illustrated catalogues yesterday – Biz kecha bir nechta bezakli katologlar oldik

Sondan yasalganda

I’ve read the first chapter of this book – Men bu kitobni faqat birinchi bobini o‘qidim.

This pencil is very good – Bu qalam judl yaxshi


Hol (Adverbial modifiers)

Ish-harakatning qanday va qanday holatda (qayerda, qachon, nima uchun, nega sodir bo‘lganligini ko‘rsautvchi gap bo‘lagi hol deyiladi)

Hol quyidagilarni ifodalaydi.

1. Vaqtni

She will come soon – U tezda keladi.



2. O‘rin – joyni

I found him in the garden – Men uni bog‘dan topdim



3. Harakatni qanday sodir bo‘lishini

He spoke slowly – U sekin gapirdi



4. Harakatning sodir bo‘lish sababini

I came back because of the rain – Men yomg‘ir tufalyi qaytib keldim.



5. Maqsadni

I have come to discuss the matter

– Men masalani muxokama qilgani keldim.

6. Darajali

I quits agree with her – Men unga to‘liq qo‘shilaman



1. Ravishdan

The meeting was hald yesterday – Yig‘ilish kecha o‘tkazildi.



2. Predlogli otdan

He spent his vacation in the south – U ta’tilini janubda o‘tkazdi.



3. Sifatdoshdan

He stood on the deck counting the cases

– U palubada qutilarni sanab turar edi.

4. Infinitivdan

I called on him to discuss this matter

– Men bu masalani muhokama qilgani unikiga bordim

Hol odatda to‘ldiruvchidan keyin keladi. Gapda ikki yoki undan ortiq hol bo‘lgani ular quyidagicha joylashadi.

1. Ravish holi. 2. O‘rin holi. 3. Payt holi

I met him by chance – ravish holi

At the theatre – o‘rin holi

A few days ago – payt holi




II – BOB. GAPDA KESIMNI SIFAT BILAN IFODALANISHI

2.1§. SIFAT SO`Z TURKUMINING GAPDAGI O`RNI.

Sifat gapda asosan aniqlovchi yoki qo‘shma kesimning predikativ qismi bo‘lib kelib quyidagi vazifalarni bajaradi7.



A) Prepozitiv aniqlovchi vazifasida

1. He had strongheavy limbs, was swar thy, with a soft black, young moustaches (C,F.S. p 55) – U qorachadan kelgan, oyoq-qo‘llari baquvvat va og‘ir hamda yumshoq mo‘ylablari qora edi.

2. The painful ache in his chest the dryness of his throat, the awful stlady feeling of misely made his eyes come awake and dreary at once (EHG 55)

Ko‘krak qafasidagi doimiy og‘riq tomog‘idagi qoqshash, baxtsizlikning achchiq va alamli xissi uning ko‘zlarini birdaniga so‘lg‘in va mayus qilib qo‘ygandi.



B) post-pozitiv aniqlovchi vazifasida

1. The officer pale and heavy, sat at the table – Rangi o‘chgan va jiddiy zobit stolga o‘tirdi.

2. The Captain looked at the patch of light blue and scarlet aqnd dark head, scattered closely on the hill side (P.G.D 157)

c) Predikativ vazifasida:

1. The morning was still dark (PGD 85) – Ertalab hali ham qorong`u edi.



Sifat vositasida yasaladigan birikmalar

Sifatlarning sintaktik xususiyatlaridan biri ularning turli so‘z turkumlari bilan birikishi va ularni aniqlab kelishidir.

1. Sifatlar otlar bilan birikib, ularni yo prepozitiv yo post-pozitiv tarzda aniqlab beradi. Masalan:

Fresh air – toza havo,

Court martial – harbiy sud,

Secretary general – umumiiy kotib,

Clever boy – aqlli bola,

Interesting books – qiziqarli kitob,

Green field – yashil dala

2. Sifatlar otlar bilan predloglar vositasida birikishi mumkin.

Masalan:

free of taxi – bo‘sh taksi,

true to life - chin hayot,

red with anger - jaxldan qizarish

3. Sifatlar ba’zan ravishlar bilan birikib kelganda ravishlar ularnigng ma’nosini kuchaytiradi. Masalan:

Very nice - juda g‘amgin,

awfully sorry - juda hursand,

Very glad - juda tez,

very great - juda ulkan

Ma’noni kuchaytirish uchun ravishlar ikki yoki undan ortiqroq qaytarib kelishi ham mumkin. Masalan:

1. O, that this too solid flesh would melt (LHY 18)

2. Thaw and resolve itself into a dew

4. Sifatlar fe’lning turli formalari bilan birikib kelishi mumkin. Masalan:

True hearted

to look blue

To see red

a black born fool,

Sifatlarning otlashishi (Substantwization – subatantwasiya)

Sifat ma’nolarining predmedlashuvi natijasida otlar turkumiga o‘tishi sifatlarning otlashishi ya’ni subsantivatsiya deyiladi.

Otlashgan sifatlar otlar kabi son va kelishik kategoriyalariga ega bo‘lib, ularning paradigmatik formalarini oladi8.

Sifatlar to‘la otlashishi uchun quyidagi hususiyatlarga ya’ni:

1. Ko‘plik kategoriyasiga ega bo‘lishi;

2. Jonli predmetlarni bildirganda S qo‘shimchasini olishi

3. Sifat tomonidan aniqlanishi

4. Gapda ega yoki to‘ldiruvchi vazifasida kela oladigan bo‘lishi kerak. Hozirgi ingliz tilida ko‘pgina morfologik kategorial suffikslarning qisqarib ketganligi hamda sifatlarning qadimgi ingliz tilidagi grammatik kategoriyalari yo‘q bo‘lib ketganlaigi sababli, sifatlarning otlashishi prosessi ancha osonlashgan

Otlashgan sifatlar struktura va ma’nosiga ko‘ra bir necha gruppalarga bo‘linadi. Otlashgan sifatlar strukturasiga ko‘ra otlashgan tub sifatlar va otlashgan yasama sifatlar bo‘lishi mumkin9.

Otlashgan tub sifatlar

Bu otlar belgi va xususiyatni bildiruvchi sifatlardan yasaladi.

1. Blind (adj) – ko`p,

blind (n) – parda to`ng`ich qorong`u qiladigan

2. blunt (adj) – o`tmas,

blunt (n) – o`tmas (kalta) igna

3. blue (adj) - ko`k havorang,

blue (n) - ko`k rang, bo`yoq

4. bitter (adj) – acchiq, achitadigan,

bitter (n) – acchiqlik, achchiq narsa

5. balck (adj) – qora,

black (n) – qora tanli odam

6. dark (adj) – qorong`u, qora

dark (n) – qorong`ulik, qorong`u



Otlashgan yasama sifatlar

Bu so‘zlar turli suffikslar yordamida sifat turkumiga o‘tgan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida ham sifat, ham ot vazifasida keladi.

1. aboriginal (adj) – aborogenlarga xos,

aboriginal (n)-yerli odam aborogen

2. absorbent (adj) – so`raydigan,

absorbent (n) – so`rg`ich, so`radigan narsa

3. academic (adj) – universitetga xos,

academic (n) – olim, akademik

4. acting (adj) – vaqtincha yordam berib turgan,

acting (n) – o`yin (teatrda)

5. beloved (adj) – sevimli,

beloved (n) – sevimli yor

6. bimonthly (adj) – ikki oylik,

birmonthly (n) – ikki oylik jurnal

7. dependent (adj) – qaram,

dependent (n) – qaram, tobe

8. demonstrative (adj) – ko`rsatish,

demonstrative (n) – ko`rsatish olmoshi

9. designing (adj) – loyihalashtiruvchi,

designing (n) – loyihalashtirish

Ayrim sifatlar otlashganada faqat ma’lum bir sintaktik birikmalarda, ideoma va frazeologiyalarda ishlatilib, mustaqil so‘z sifatida qo‘llnilmasligi ham mumkin.

1. bad (adj) – yomon

To go the bed (n) – to`g`ri yo`ldan adashmoq

2. better (adj) – yaxshi, yaxshiroq

One`s bitters (n) – qo`llab – qo`ltiqlovchilari

Ayrim sifatlar otlashganda faqat aniq artikl bilan ishlatilib, ko‘plikda qo‘llaniladi.

1. dead (adj) – o`lgan, marhum, o`lik,

the dead (n) – o`liklar o`lgan

2. poor (adj) – kambag`al qashshoq,

the poor (n)-qashshoqlar, kambag`allar

3. rich(adj) – boy,

the (n) – boylar

4. brave (adj) – qo`rqmas-dovyurak,

the brave – mardlar

5. young (adj) – yosh,

the young (n) – yoshlar

6. old (adj) – qari keksa,

the old (n) – qariyalar – keksalar

Agar bu otlarning birlik formasini ko‘rsatish kerak bo‘lsa, ular otlar bilan birga ishlatiladi.

A young man – yosh kishi,

Two poor ladies – ikki kambag‘al xonim

A brave soldier – dovyurak askar



Ingliz tilida ko‘pgina otlar sifat vazifasida ishlatilib, boshqa otlarning oldidan kelishi mumkin. Masalan:

A wool coat – jo‘n palto,

A gold watch – tilla soat

A history teacher – tarix o‘qituvchisi

Yuqoridagi misollarda birinchi ot sifatlarga o‘xshab orqasidan kelayotgan otni tavirlab kelayapti.

Sifat vazifasida kelgan otlar ko‘plikdagi otni tasvirlasa ham har dam birgalikda ishlatiladi.



Sifat vazifasida kelgan ot bilan uning oldidan kelgan son orasida doimo chiziqcha qo‘yiladi10.

We took a five – week tour – Biz besh xaftali sayohatda bo‘ldik.

Narsa – buyumning (ba’zan ish-harakatning) doimiy belgisini ifodalaydigan mustaqil so‘zlar sifat deyiladi. Sifat odatda, narsa – buyumning, rangi, hajmi, shakli, mazasi, harakteri, psixik holati o‘rni yoki vaqtga munosabati kabi belgilarni anglatadi. Masalan:

Red – qizil, greddy – ochko`z, lucky – baxtli,

Cold – sovuq, cunning –ayyor, swet – shirin,

Gay – sho`x, young – yosh

Yuqoridagi sifatlarning hammasi narsa-buyumning ma’lum belgi yoki xususiyatini bildirsada, ular bir-biridan farq qiladi. Masalan, ularning ayrimlari narsa-buyumningn rangini, yoki tusini anglatsa, ayrimlari narsa buyumning nimadan qilinganligini ko‘rsatadi.

Sifat morfologik jihatdan buyumning belgisini darajalab ko‘rsatsa, kuchaytirib yoki ba’zan aksincha, kamaytirib ifodalashi bilan harakatlanadi.

Masalan:

Red – redder – the reddest- qizil-qizilroq-eng qizil

Riddisht – qizg‘ish. Bunda, -ish qo‘shimchsini qo‘shish orqali yasalyapti. Bu haqda sifat yasovchi qo‘shimchalar mavzusi orqali to‘laligicha yoritib o‘tamiz.

Bunda red – qizil, (daraja) the redest – qip-qizil (kuchaytirma forma), redder – qizg‘ish (kamaytirish)

Sifatlarning kategoriyasi (grammatik) asosan sifat darajalarining paradigmasi vositasida ifodalanadi. Sifat paradigmasi – bu sifatning oddiy, qiyosiy va orttirma darajalarining o‘zaro appozitsiyasidir.

Sifatning boshqa so‘zlar bilan birikishi deganda uning o‘zidan oldin kelgan ot:

1. The Dnieper is a long river (Kach p 51) – Dneper uzun daryo

2. The large box on the table (M.G. p 143)

– Katta quti stol ustida

3. I have bought a red pencil (Kach p 59)

– Men qizil qalam sotib olgandim.



O‘zidan oldin kelgan ravish bilan birikishi;

1. He is very good student – U juda yaxshi talaba

2. She translated the article quite well

– U maqolani to‘laligicha yaxshi tarjima qildi.

Shuningdek so‘z oxirida qo‘shma kesimning predikativ qismi bo‘lib kelishi ham mumkin.

Sifat gapda…

A) ko‘pincha aniqlovchi vazifasini bajaradi.

1. In the room was a large cake in the middle of the table.

– Xonada stolning ustida katta pirog bor edi.

2. He is good student in his group

– U guruhida yaxshi student

B) Hol va keism vazifalarini bajaradi.

1. The house is large – Uy katta

2. My father is clever – Otam aqlli

3. I am busy today – Men bugun bandman



C) Sifat otlashganda ega gapla ot kabi ega to‘ldiruvchi qaratqich vazifalarini bajaradi.

1. There are special schools for the blend in our coutry

– Mamlakatimizda ko‘rlar uchun maxsus maktablar bor.

2. Immediete help was rendered to the sick

– Kasallarga shoshilinch yordam ko‘rsatiladi.

3. We have enough time

– Bizning vaqtimiz yetarlicha
Sifatning strukturasiga ko‘ra turlari

(Types of Adjectives according to their strukture)

Sifat strukturasiga ko‘ra sodda (simple), yasama (derivative) va qo‘shma (compound) bo‘ladi.



A) Sodda sifatlar (simple adjectives)

Tub morfemadan iborat bo‘lgan sifatlar sodda sifatlar deyiladi. Sodda sifatlar o‘zak va so‘z yasovchi affekslarga bo‘linmaydi.

Masalan: big – katta, green – yashil, clever – aqlli, warm – iliq, clean – toza, dry – quruq, short – qisqa va boshqalar

Agarda sodda sifatlarga forma yasovchi morfemalar qo‘shilsa, ham ularning strukturasi soddaligicha qoladi.

Long – longer – longest – Uzun-uzunroq-eng uzun

Deep – deeper – deepest – Chuqur-chuqurroq-eng chuqur



B) Yasama sifatlar (Derived adjectives)

Yasama sifatlar tub sifatlarga so‘z yasovchi affekslar qo‘shilishidan tashkil topadi. Masalan:

Cream+y=creamy-kremli

Core+ful=careful-ehtiyotkor

Un+mide+ful=unmidendful

Luck+y=lucky-baxtli

Ice+y=icey-muzli

Shame+less=shame less-uyatsiz

Eat+able=aetable-yesa bo’ladigan.

Sifat bir vaqtning o‘zida bir o‘zak va bir necha affekslardan iborat bo‘lishi mumkin, ammo o‘zak bitta bo‘lganligi sababli u yasama yoki dirivativligi qoladi. Umuman so‘z strukturasi so‘zdagi o‘zakning yoki o‘zak morfemaning harakateriga qarab belgilanadi.



C) Qo‘shma sifatlar (compound Adjectives)

Qo‘shma sifatlar ikki va undan ortiq o‘zak yoki so‘z morfemalarning o‘zaro qo‘shilishidan yasaladi.

Red – legged – qizil oyoq (parranda)

Red – tape – rasmiy

Qo‘shma sifatlar o‘z navbatida ikki guruhga bo‘linadi.

A) Oddiy qo‘shma sifatlar

Trouble – free

true – bred

True – blue

sea – born

B) Qo‘shma yasama sifatlar

Black quardly.

Black – hearted

Qo‘shma sifatlar o‘zaro ma’no va grammatik aloqalarni ko‘pincha aniq anglashilmaydigan ikki so‘z yoki so‘z formalaridan tashkil topib, bir belgini ifodalaydigan va bir urg‘u bilan anglatadigan yangi so‘zdir.

Masalan: day – to – day – kunlik

Happy – go – lucky – tasodifiy

Yuqoridagi qo‘shma sifatlarga turli predlog, bog‘lovchi va boshqa so‘zlar vositasida yasalgan so‘zlarni ham qo‘shish mumkin. Masalan:

Coast – to coast – qirg‘oqdan qirg‘oqgacha (joyni egallagan)

Black – and – white television – rangsiz (oddiy) televizor

Asliy va nisbiy sifatlar

Qualitative and Relative adjectives

Sifat anglatgan ma’nosi va grammatik xususiyatiga ko‘ra asliy va nisbiy sifatlarga bo‘linadi11.



1. Asliy sifatlar (Qualitative adjectives)

Asliy sifatlar narsa buyumning belgisi, rangini, tusini, katta va kichikligini, jismoniy va ruhiy holatini va boshqa hususiyatlarini o‘zga narsa buyumlar orqali emas, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri ifodalab keladi. Masalan:

1. Give me a beg apple, please, Mummy.

– Oyi iltimos, menga katta olma bering

2. My house is small, and my food is very good, but I am happy in the field with all my family (G. B. p 12)

– Mening uyim kichkina va ovqatlarim juda yaxshi, lekin men oilam bilan dalada baxtliman.

3. Ice – cream is sweet and cold, so many children like it (G.B p14)

– Muzqaymoq muzday va shirin. Shuning uchun hamma bolalarga yoqadi.

4. The sky is blue today

– Osmon bugun ko‘m-ko‘k



2. Nisbiy sifatlar (Relative adjectives)

Narsa buyumning turli belgilarini narsa, toy, vaqt va shu kabilarga bo‘lgan aloqasini ifodalab keluvchi sifatlar nisbiy sifatlar deyiladi. Masalan:

But she might be very miserable, she was so young, so freindless, so utterly alone among all those wooden people. (L.S p 8) –

2.2§. INGLIZ TILIDA SIFAT BILAN IFODALANGAN KESIM VA UNING SENTAKTIK SEMANTIK TAHLILI.
Gapda asosiy funksiyasidan biri bu – kesim vazifasida kelishidir. Kesim vazifasidagi sifatlar egani tо‘ldirib be, seem, look, feel, turn, get, become, grow va shunga о‘xshash kо‘p bog‘lovchi fe’llaridan keyin keladi. Mana shu sifat va bog‘lovchi fe’l birgalikda gapning kesimini tashkil qiladi va ulavr kesim vazifasidagi sifat deyiladi. Shuni alohida aytib о‘tish kerakki, sifatning о‘zi gapda kesim vazifasida bog‘lovchi fe’llarsiz kela olmaydi. Yoki aksincha bog‘lovchi fe’llari ham yakka о‘zi mustaqil kesim bо‘la olmaydi. Ular kesimning bir (kesim) qismi bо‘lib ishlatiladi. Bog‘lovchi fe’llarning mustaqil ma’nosi yо‘q. Gapda ham mustaqil funksiyasi bо‘lmaydi. Asosiy leksik ma’nosini esa ot, sifat yoki fe’l bilan ifodalangan ikkinchi (tarkibiy) qismi о‘z ichiga oladi (ot yoki fe’l kesimda) bog‘lovchi fe’lining muhim sintaktik funksiyasi bu – fe’lning shaxsi ma’lum shaklida ishlatilishdir. U о‘zida shaxs, son, mayl va zamonning predikativ kategoriyalarini ifodalydi.

Biz yuqorida I – bobda aytib о‘tganimizdek ya’ni 1 – bobning kesim va ularning turlari qismida predikativ nafaqat sifat bilan, balki ular ot, olmosh, predlogli ot yoki olmosh, son, infinitiv, gerundiy, ravish, sintaktik sо‘z birikmalari bilan ifodalanishi mumkin.

Bog‘lovchi fe’llar odatda yarim-yordamchi fe’llar deb aytiladi. (semi-auxiliary)

Yarim yordamchi fe’llar quyidagicha ishlatiladi.

A) Murakkab ot kesim tarkibida bog‘lovchi fe’l bо‘lib (to be, to become, to get, to remain, to appear va boshqalar)

The gross was young velvet (J.L)…it was a very fine day … (Brotite) The path grew steep … (GB) … he did not seem in the least tred (snow) Outside it was getting dark (E.H).

B) Murakkab fe’l-kesim tarkibida esa ta’xmin, ishonch, qobiliyat, majburiyat va boshqalarni ifodalaydi. (modal fe’llari: to be fe’li ham va to have fe’llari modal fe’lining ekvivalentini о‘rniga ishlatishi mumkin. Masalan: to intend, to want va boshqalar) yoki davom etish, takrorlash va harakatning tugashini ifodalaydi. (to begin, to continue, to stop va boshqlar)

“I can carry it quite easily thanks” (Bennett)

“You ought to take care of yourself” (J.G)

Oh mama, what can I do, what should I do to make us happier? (Ch.D) They were to go on Sunday morning by the seven o`clock train (Lavrence)

But she must have seen him (Cutack)

I wanted to tell her of the incident (Cronin)

Pegotty continued to stand motionless in the middle of the room (Ch.D)

We are just beginning to understand eack other a little (Harraden)

Odatda kesim vazifasidagi sifatlarning aksariyat qismi boshqa bog‘lovchi fe’llardan kо‘ra kо‘proq “to be” bilan ifodalanadi. Boshqa bog‘lovchi fe’llar ham “to be” bog‘lovchi о‘rnida kela oladi va sо‘zning semanikasi (ma’no-mazmuni) о‘zgarmaydi. Masalan:

The sea become low (D.D)

Yuqoridagi fe’llarni isbotlash uchun transformatsiya yordamida ya’ni became bog‘lovchi fe’li to be bilan almashtirish orqali isbotlanadi. Masalan:

The sea was low

Biz ayrim gaplarda “to be” bog‘lovchi fe’lining tushib qolgan holatini ham uchratishimiz mumkin. Masalan: consider, believen, find kabi fe’llaridan keyin tо‘ldiruvchining bir qismi bо‘lib ishlatiladi.

We found the place absolutely delight ful (= We found that the place was absolutely delight ful)

Sifatlar fe’lning shaxsi ma’lum murakkab gaplarida eganing bir qismi bо‘lishi mumkin.

Whether the minister will resiga is still uncertain yoki fe’lning shaxsi noma’lum murakkab gaplarda ishlatilishi mumkin.



Driving a bus isn’t so easy as you may think. Shunga о‘xshab sifatlar murakkab gaplarda tо‘ldiruvchining bir qismi bо‘la olishi ham mumkin.

Yuqorida ishlatilgan awful, deleghtful, uncertain, easy va foolish kabi fe’llar ham aniqlovchi, ham kesim vazifasida ishlatilgan

Ayrim sifatlar guruxi odatda kesim holatiga cheklangan. Bunday guruxlardan biri haqidagi sifatlar (health adjectives) ya’ni bu sifatlar doimiy holatdan kо‘ra vaqtinchalik holatni nazarda tutgan holda aniqlovchi vazifasida emas, balki kesim vazifasida ishlatiladi. Bundan kelib chiqqan holda sifatlar “sog‘liq”ga tegishli bо‘ladi. I’ll va well sifatlari zamonaviy ingliz tilida aniqlovchi vazifasida emas, balki faqt kesim vazifasida ishlatiladi.

I’m feeling very well. Aunt Augusta (wilde) … my poor friend Bumbary is very ill again (W)

Eskilik sachqitlarini aniqlovchi ill sifatini ayrim iborali birikmalarda uchratishimiz mumkin: ill luck ill news, ill wind:

Ill news travels fast. It is an ill wind that blows no good

Well

All is well that ends well



She fwlt faint

You look well

Ye’s seriously ill (sick “kо‘proq Amer.i”) sick sifati har ikkala “BritI” va “AmerI” da ham aniqlovchi vazifasida keladi.

He’s a very sick man

Yuqorida aytib о‘tganimizdek “sog‘liqni sifatlari” ya’ni doimiy holatdan kо‘ra, vaqtinchalik holat kо‘proq nazarda tutiladi:

How is your mother today?



Qiyoslanuvchi healthy yoki sick aniqlovchi sifatlari har ikkalasi ham kо‘proq doimiy holatda ifodalanadi.



Faint sifati aniqlovchi vazifasida kela oladi. Ammo, quyidagi misolda bunday ma’noda kelmagan.

There’s a very faint hope of finding him alive

a – bilan boshlanadigan bir gurux sifatlari bо‘lib, ular har doim faqat kesim bо‘la oladi. Gapda ularning aniqlovchilari vazifadosh bо‘lib keladi.

that child is afraid - It’s a frightened child

These two men are a like - -

These problems are like - they are similar problem

Thanks goodness! He is alive - -

This tree is alive - it’s a living tree

The old lady lives alone - she’s a lonely old lady

I am ashamed - -

The dog is a shep - let sleeping dogs lie

Now it’s awake - -

Shu narsani aytib kerakki, alone sifati vaqtinchalik holatni bildiradi, lonely esa doimiy hususiyatni kо‘proq ifodalaydi. Quyidagilar shu turdagi sifatlar hisoblanadi: ablare, adrift, afire, afloat, aghast, alight.



Yana bir a – bilan boshlanadigan predikativni sifati bо‘lgan aware sо‘zining gapda tо‘ldiruvchisi bо‘lavdi.


Quyidagi boshqa gurux predikativ sifatlari doimo ibora yoki gap bо‘lib ifodalanadi.

We are very fond of her (= We like her very much)



He is ready to do it ( He is prepared to do it)

I am afraid that you’re mistaken (=I fear that you are mistaken)

Biz kо‘proq shunga e’tibor qaratishimiz kerakki,

Most of the committiee mumbres were present at the meeting

Shunga о‘xshash kо‘p sifatlar otdan oldin kela oladi ammo ular turli xil ma’noda ishlatiladi.

A ready answer (=an answer which has given readily)

She present situation (=the situation at the present time)

Xullas sifat haqida umumiy ma’lumotlar shular.




Download 367 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling