Mundarija o‘quv materiallari
Download 84.08 Kb.
|
Ta\'lim majmua (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Psixolog-do‘st
- Psixolog - o‘t o‘chiruvchi
Psixolog-advokat barcha xafa bo‘lgan kishilarga achinadi ularni himoya
qilishga intiladi: adolatli baho qo‘ymagan o‘qituvchidan o‘quvchini, farzandini maktabdan haydash bilan qo‘rqitayotgan o‘qituvchidan ota-onalarni, hukmron, qattiqqo‘l direktordan o‘qituvchini, aksincha o‘zlarini «yulduzlar» deb hisoblovchi va ma’muriyatdan turli yangiliklarni talab qilayotgan o‘zaro nizolashayotgan o‘qituvchilardan direktorni himoya qiladi. Maktabda ko‘pchilik xafa bo‘lgan insonlarni himoya qilish mumkin, lekin har doim hamma shikoyat qiluvchilarni himoya qilish kerak emas. Avvalo, ota - onalar, o‘quvchilar oldida uyalib qolmaslik uchun vaziyatni sinchiklab o‘rganib chiqish zarur. Psixolog-do‘st hamma bilan do‘stlashadi, insoniy iliq munosabatlar o‘rnatadi. Unga yordam uchun, hamdardlik, maslahat va gaplashish uchun murojaat qiladilar. U hammani birday qabul qiladi, u hamma bilan baxtli. Bunday psixolog maktabda hissiy peshqadam hisoblanadi. Psixolog-do‘st maktabda hammani o‘ziga jalb qiladi. Ayniqsa o‘smirlar va ilk o‘spirinlar va kattalar bilan do‘stlashishga intilishadi. Ko‘pincha bunday psixolog ish faoliyatida do‘stlar to‘garagi, keyinchalik yoshlar klubi tashkil etiladi. Psixolog xonasiga qiziqarli bo‘lganligi, ya’ni uchrashuvlar, aloqalar o‘rnatish mumkin bo‘lganligi uchun tashrif buyurishadi. Psixolog - o‘t o‘chiruvchi maktabdagi «yonayotgan» nuqtalar bilan shug‘ullanadi, bir yong‘indan ikkinchisiga yuguradi. O‘quvchi aksil ijtimoiy harakati uchun militsiyaning voyaga yetmaganlar bo‘limiga tushib qoladi -psixolog bir qancha vaqt faqat shu hodisa bilan shug‘ullanadi. Ikkinchi sinf o‘quvchisining avtomobil halokatidan onasi olamdan o‘tdi, psixolog uning yonida bo‘lib qayg‘uni yengishga harakat qiladi. O‘smir ota - onasining qattiq kaltaklaridan iztirob chekadi, psixolog uning oilasiga borib, oila boshlig‘iga qattiq «tarbiyaviy ta’sir» ning salbiy oqibatlarini tushuntiradi. Psixolog bunday vazifalarni bajarishi zarur. Lekin psixologning o‘zi tezda charchaydi, uning ruhiy kuchlari qolmaydi. Shuning uchun unda yo‘qotgan energiyasini to‘ldirish, qayta tiklash uchun «kasbiy gigiyena» usullarini yaxshi bilish lozim. Bu muammoni hal qilish ham mumkin: psixolog maktabda maxsus «o‘t o‘chiruvchi» komandani tashkil qilishi mumkin. Bunday komandaga boshiga og‘ir ish tushganlarga yordam berishni istovchi o‘qituvchilar kirishi mumkin. Download 84.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling