Mundarija temuriylar saltanatining sharq mamlakatlari bilan diplomatik munosabatlari tarixi
Temuriylar davlatining gʻarb mamlakatlari bilan diplomatik munosabatlari tarxi
Download 49.11 Kb.
|
Temuriylar saltanatining sharq mamlakatlari bilan diplomatik munosabatlari tarixi
Temuriylar davlatining gʻarb mamlakatlari bilan diplomatik munosabatlari tarxi
Amir Temur — buyuk davlat asoschisi. U Hindiston hamda Xitoydan Qora dengizga qadar, Sirdaryo va Orol dengizidan Fors qoʻltigʻiga qadar gʻoyat katta hududni qamrab olgan markazlashgan ulkan saltanatga asos soldi. Amir Temur 1402-yil yozida Fransiya va Angliyaga maxsus elchilar orqali Karl VI va Genrix IV nomlariga maktublar yo`llaydi. Elchilar Parijga 1403-yil may oyida yetib boradilar. Elchilar ikki mamlakatning savdogarlari uchun erkin savdo munosabatlari olib borilishini ta'minlash va agar qirol hamda gersoglar rozi bo`lsalar, bu erkin savdoni tegishli bitim yoki shartnoma bilan mustahkamlashni taklif etadi. Shuning uchun ham Sohibqiron Amir Temur Fransiya qiroli Karl VI ga yo`llagan maktubida bu haqda quyidagilarni alohida ta'kidlaydi: "Bundan keyin sizning (odamlaringiz) bizning yerlarimizga va bizning (kishilarimiz) sizning o`lkangizga o`tgan ajdodlarimiz davridagidek borib-kelib tursalar, sizning va bizning nomimizni hamma joyda olqishlab tursalar, mamlakatimiz savdogarlari uchun foyda keltirishsa, ko`p xursand bo`lar edik. Shuni aytish kerakki, endilikda bizning yurtimizda savdogarlaringizning xavfsizligi ta'minlanadi. Fransiya qiroli Karl VI 1403-yil 15-iyunida Amir Temurga yo`llagan javob maktubidan ma'lum bo`lishicha, Amir Temur takliflari Fransiya tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilingan. Xuddi shu davrda Amir Temurning Angliya qiroli Genrix IV bilan olib borilgan diplomatik munosabatlarida g`arbiy viloyatlar hokimi Mironshoh faol qatnashdi. Shimoliy Eron, Iroq, Tabriz va Sultoniyani o`z ichiga olgan mulklar hokimi Mironshoh Amir Temurning keksayib qolgan davrida G`arbiy Yevropa hukmdorlarining diqqat-e'tiborini o`ziga jalb etadi. Bu davrda u Yevropa davlatlari bilan o`zaro savdo aloqalarini jonlantirish maqsadida xristian ruhoniylariga xayrixohlik bildirib, savdogarlarning daxlsizligini ta'minlash borasida chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Shu sababli G`arbda Mironshoh tez orada katolik dinining homiysi sifatida shuhrat qozondi. Bundan tashqari Amir Temur davlatiga Kichik Osiyo, Suriya, Misr va shim.-gʻarbda Quyi Volga, Don buylari; shim.-sharqda Balxash koʻli va Ili daryosigacha; jan.-sharqda esa Shim. Hindistongacha bulgan mamlakatlar buysundirildi. Amir Temur. davlatni aql-zakovot va huquqiy asos bilan idora etgan. Uning "... davlat ishlarining toʻqqiz ulushini kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushini qilich bilan amalga oshirdim", degan soʻzlari buning yorqin dalilidir. Sohibqironning bunyodkorlik sohasidagi tarixiy xizmatlari beqiyosdir. Tarix bu qoʻhna dunyoda oʻtgan koʻp jahongirlarni biladi. Ularning aksariyati faqat buzgan. Amir Temurning ulardan farqi shundaki, u umr buyi bunyodkorlik bilan mashgʻul bulgan. Uning "Qay bir joydan bir gisht olsam, oʻrniga un gʻisht qoʻydirdim, bir daraxt kestirsam, oʻrniga unta kuchat ektirdim" degan soʻzlari buning yorqin isbotidir. Amir Temurga har bir zafarli voqea va sevinchli hodisani muhtasham meʼmorlik obidasi barpo etish bilan nishonlash odat boʻlgan. Shu maqsadda Hindiston, Sheroz, Isfahon va Damashqning mashhur ustahunarmandlari mamlakatda hashamdor imoratu inshootlar bino qilganlar. Amir Temur zabt etgan mamlakatlarning bir qator shaharlari (Bagʻdod, Darband, Baylaqon) ni qayta tikladi. Amir Temur Tabrizda masjid, Sherozda saroy, Bagʻdodda Madrasa, Turkistonda mashhur shayx Ahmad Yassaviy qabri ustiga maqbara qurdirgan boʻlsada, lekin asosiy eʼtiborini ona shahri Kesh va poytaxti Samarqandga qaratdi. Keshda otasining qabri ustiga maqbara, oʻgʻli Jahongirga maqbara bilan masjid qurdirdi. Amir Temur hukmronligining ilk davrida Kesh shahrini poytaxtga aylantirish niyatida boʻlib, uning obodonchiligiga katta ahamiyat berdi, bu yerda mashhur Oqsaroy qad koʻtardi. Amir Temur Keshni Movarounnahrning madaniy markaziga aylantirishga harakat qildi. Shu boisdan bu shahar "Qubbat ul-ilm val-adab" unvoniga ega boʻldi. Saltanat poytaxti Samarqand Amir Temur davrida ayniqsa gullab yashnadi. Shaharda Isfahon, Sheroz, Halab, Xorazm, Buxoro, Qarshi va Kesh shaharlarining meʼmoru binokorlari qoʻli bilan saroylar, masjidlar, madrasalar, maqbaralar quriladi. Shahar tashqarisida esa bogʻ-rogʻlar va boʻstonlar barpo etiladi (qarang Amir Temur bogʻlari). Xususan Shohizinda meʼmoriy majmuasiga mansub Shodimulk ogʻo maqbarasi, Shirinbeka ogʻo maqbarasi va boshqa quriladi. Shaharda Bibixonim jome masjidi, Amir Temurning qarorgohi Koʻksaroy va Boʻstonsaroylar qad koʻtaradi. Umuman olganda Samarqand sh. Amir Temur davrida oʻzining qad. oʻrni Afrosiyobyaan birmuncha janubroqda butunlay yangitdan qurildi. Shahar tevaragi mustahkam qalʼa devori bilan oʻralib, Ohanin, Shayxzoda, Chorsu, Korizgoh, Soʻzangaron va Feruza kabi nomlar bilan ataluvchi 6 ta darvoza oʻrnatildi. Movarounnahrning dehqonchilik vohalarida, xususan Zarafshon vodiysida oʻnlab sugʻorish tarmoqlari chiqarilib, dehqonchilik maydonlari kengaytirildi. Yangi qishloqlar barpo etildi. Ibn Arabshohning yozishicha, Amir Temur Samarqand atrofida qad koʻtargan bir qancha yangi qishloqlarni Sharqning mashhur shaharlari Dimishq (Damashq), Misr, Bagʻdod, Sultoniya va Sheroz nomlari bilan atadi. Amir Temurning fikricha, Samarqand kattaligi, goʻzalligi hamda tevarak-atrofining obod etilganligi jihatidan dunyodagi eng yirik shaharlardan ham ustunroq turmogʻi lozim edi10. Fan va rassomlikning rivojlantirilishi Temurning 1402-yildagi Fransiya qiroli Karl VI ga maktubi Hofizi Abroʻning yozishicha, Amir Temur turk, arab va eronliklar tarixini chuqur bilgan. U davlat ahamiyatiga ega boʻlgan har bir masalani hal etishda, shu sohaning bilimdonlari va ulamolari bilan maslahatlashardi. Odatda u tibbiyot, riyoziyot, falakiyot, tarix, adabiyot, tilshunoslik ilmi namoyandalari, shuningdek ilohiyot va din sohasidagi mashhur ulamolar bilan suhbatlar oʻtkazardi. Amir Temur saroyida ulamolardan mavlono Abdujabbor Xorazmiy, mavlono Shamsuddin Munshi, mavlono Abdullo Lison, mavlono Bahruddin Ahmad, mavlono Nuʼmonuddin Xorazmiy, Xoʻja Afzal, mavlono Alouddin Koshiy, Jalol Xokiy va boshqa xizmat qilardi. Alisher Navoiyga Amir Temurning ilm va maʼnaviyat aqliga koʻrsatgan gʻamxoʻrligi juda yoqar edi. Bu haqda Navoiy shunday degandi: "Agar Temur qayerda fan, madaniyat va sanʼat ahlini uchratsa, ularni oʻz homiyligiga olar, ularga izzat-ikrom koʻrsatar, ularning tarbiyasiga ahamiyat berar hamda bu zotlardan oʻz oliy majlisida nadim (maslahatchi) sifatida va boshqa lavozimlarda foydalanardi". Amir Temur davrida savdo va hunarmandchilik gʻoyatda rivojlanadi. Yangi bozorlar, savdo rastalari barpo qilinadi. Klavixo Samarqand bozorlarida bugʻdoy va guruchning moʻlligi va arzonligi haqida gapirib, shahar hunarmandchiligi mahsulotlarini — atlas, kimxob, har xil ip va jun toʻqima mollar, moʻynali va ipakli poʻstinliklar, attorlik mollari, ziravor va dorivorlar, zarhal va lojuvardlar hamda boshqa mollarning serobligini ham taʼkidlaydilar. Bu davrda Amir Temur va uning joy Sulton Mahmudxon asir olingan noiblari Xitoy va Hindistondan Oʻrta Osiyo orqali Yaqin Sharq va Yevropa mamlakatlariga yoʻnalgan asosiy xalqaro savdo yoʻli — "Buyuk ipak yoʻli"ni nazorat qilib, savdo karvonlari qatnovi xavfsizligini taʼminlashda, rabotlar, qalʼalar, koʻpriklar qurish yoʻlida muhim chora-tadbirlar koʻrdilar va Sharq bilan Gʻarb oʻrtasida savdo-sotiq va elchilik aloqalarini har tomonlama rivojlantirishga gʻoyat katta eʼtibor berdilar. Amir Temur eng muhimi, Eron, Ozarbayjon va Iroqdagi mayda hukmdorlar oʻrtasidagi tarqoklik va boshboshdoqlikka barham berib, bu bilan nafaqat Movarounnahr, balki Uzoq va Yaqin Sharq mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga, xalqgar va mamlakatlarni bir-biri bilan yaqinlashtirishga ulkan hissa qoʻshdi. Amir Temur Yevropaning Fransiya, Angliya va Kastiliya kabi yirik kirolliklari bilan bevosita savdo va diplomatik aloqalar oʻrnatdi.11Toshkentdagi Temuriylar tarixi milliy muzeyi va uning 1000 soʻmlik kupyuradagi tasviriAmir Temurning harbiy yurishlari, jangu jadallarining oqibatlariga baho berilar ekan, shuni alohida taʼkidlash kerakki, uning faoliyati qoʻyilgan maqsad va rejalari jihatidan ikki bosqichga boʻlinadi.12 Birinchi bosqich (1360 — 86)da Amir Temur Movarounnahrda markazlashgan davlat tuzish yoʻlida kurashdi, Movarounnahrni birlashtirishdan manfaatdor boʻlgan mahalliy zodagonlardan iborat ijtimoiy kuchlar (mulkdor dehqonlar, harbiylar, hunarmandlar, savdogarlar va ruhoniylar) yordamida tarqoq mulklarni birlashtirish uchun kurash olib bordi. Amir Temurning bu davrdagi faoliyati Oʻrta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti taraqqiyoti yoʻlida shubhasiz ulkan ijobiy ahamiyat kasb etadi. Mamlakatda tarqoqpik tugatilib, markazlashgan davlatning tashkil topishi ijobiy oqibatlarga olib keldi. Mamlakat ichki kuchlarini va moʻgʻullarning bir yarim asrlik hukmronligi natijasida boʻhronga uchragan iqgisodni tiklash uchun qulayroq sharoit vujudga keldi. Ayni vaqnda xoʻjalikning asosi boʻlgan dehqonchilikda muayyan siljishlar roʻy berdi. Yangi-yangi ariq (kanal)lar qazilib, dehqonchilik maydonlari kengaydi. Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo rivojlandi, fan va madaniyat ravnaq topib, shaharlar obodlashdi va gavjumlashdi. Amir Temur biror mamlakatni tasarrufiga olishdan avval albatta oʻsha joy aholisiga tinchlik yoʻlini taklif etgan, bu yoʻl inkor etilgan holdagina harbiy kuch ishlatgan.Shahrisabzdagi Temur oʻgʻillari Jahongir va Umarshayxning maqbarasiAmir Temur hayotligi chogʻidayoq saltanatni asosan toʻrt qism (ulus)ga boʻlib, oʻgʻil, nabiralariga taqsimlab bergan: Xuroson, Jurjon, Mozandaron va Seyiston (markazi Hirot) Shohruxga, Gʻarbiy Eron, Ozarbayjon, Iroq va Armaniston (markazi Tabriz) Mironshohga, Fors, yaʼni Eronning jan. qismi (markazi Sheroz) Umarshayxga, Afgʻoniston va Shim. Hindiston (markazi Gʻazna, keyinchalik Balx) Pirmuhammadga suyurgʻol qilib berilgan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng bunday qarashlarga barham berildi. Amir Temurning jahon tarixida tutgan oʻrni oʻz joyiga qoʻyila boshlandi. Oʻzbekistonda uning faoliyatini oʻrganishga va uni ommalashtirishga keng yoʻl ochildi. Uning nomi Oʻzbekistonda abadiylashtirildi. Koʻplab shahar va qishloqlardagi shoh koʻchalar, maydonlar, jamoa xoʻjaliklari, maktablar, kinoteatrlar va boshqa uning nomi bilan ataldi. Islom Karimov tashabbusi va rahnamoligida Toshkent, Samarqand, Shahrisabz va boshqa shaharlarning markaziy maydonlarida Amir Temurga haykal oʻrnatildi, Toshkentdagi Amir Temur xiyobonida Temuriylar davri muzeyi barpo etildi. (1996), "Amir Temur" ordeni taʼsis etildi (1996) va Xalqaro Amir Temur jamgʻarmasi tashkil qilindi (1995). Toshkent, Samarqand va xorijiy mamlakatlarda13. Mironshoh Mirzo dunyoning zamondosh hukmdorlarining e'tiborini o`ziga jalb etibgina qolmay, balki jahon siyosiy hayotiga ham ta'sir ko`rsatdi. Ma'lumki, bu davrda, bir tomondan, sulton Boyazidning Bolqon yarim oroli davlatlariga nisbatan tazyiqi kuchayib, butun Yevropaga xavf solayotgan edi. Ikkinchi tomondan, Boyazidning o`zi G`arbga tomon shiddat bilan siljib borayotgan xavfli raqib - AmirTemurning kuchli tazyiqiga duchor bo`lgan edi. Bunday siyosiy vaziyatda Boyazidga qarshi kuchlarning ma'lum darajada birlashuvi tabiiy edi. Avvalambor Boyaziddan yengilib, o`z yer va mulklaridan mahrum bo`lgan Kichik Osiyo mamlakatlarining hukmdorlari Amir Temurdan madad istab, uning Qorabog`dagi o`rdugohiga borib, qaror topadilar. Hatto Vizantiya va G`alatadagi Genuya hokimining noibi, Fransiya qiroli hamda Sultoniya shahrining katolik missionerlari yordam so`rab Amir Temurga murojaat qiladilar. Buning evaziga ular harbiy yurish vaqtida unga yordam berish hamda Konstantinopol va Peraning Boyazidga to`lab kelgan bojini bundan buyon Amir Temurga to`lashga va'da qiladilar. Bunday taklif Amir Temurga maqbul tushadi. Chunki Turkiyaning dengiz sohilidagi tayanchidan ajratish uchun unga dengizdan madad zarur edi. Shunday qilib, XIV asr oxiri va XV asr boshlarida sulton Boyazidga zarba berish uchun qulay siyosiy vaziyat vujudga keladi. Bu vaziyatdan Amir Temur ustalik bilan foydalanadi. Bu davrda Amir Temur Boyazid bilan o`zaro diplomatik yozishmalar olib borish bilan bir qatorda, bo`lajak to`qnashuvda Trapezund va Konstantinopolning harbiy kemalaridan foydalanishga harakat qiladi. Shu maqsadda u Genuya va Venetsiyaga sovg`a-salomlar hamda maktublar bilan elchilar yuboradi. O`zaro yordam masalasida Amir Temur Konstantinopol noibi Ioann VII Paleolog bilan ham yozishmalar olib boradi. Amir Temurning 1402-yil, 15-may kuni Ioann VII Paleolog nomiga yo`llagan xatining mazmuniga qaraganda, Konstantinopol noibi va Genuyaning Peradagi hokimi Boyazidga qarshi kurashda Amir Temurga xizmat qilish, hatto unga odamlar va har qaysisi 20 ta dan 40 ta harbiy kemalar bilan yordam berish majburiyatini o`z zimmalariga oladilar14. Mironshoh Mirzo o'z poytaxtini Ozarbayjonning Sultoniya shahariga o'rnatgan edi. U keyingi paytlarda maishatga berilib, tez-tez ovga chiqardi. 1396-yil kuzida navbatdagi ovda otdan yiqilib shikastlanadi. Tarixiy manbalarda yozilishicha, ana shu jarohatdan song unda bir oz miyaning chalg'ish alomatlari vujudga kelgan. Ammo Klavixoning yozishicha, u Mironshohda hech qanday savdoyilik alomatini ko'rmagan. Aksincha Mironshox Kastiliyalik elchilarni oz zamonasining qonun-qoidalariga muvofiq tarzda qabul qilgan va qirolning sog'ligini soragan. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, keyingi vaqtlarda Mironshoh ayshu ishratga berilib ketib, davlat ishlariga qaramay qoyadi. U shar’iy va no shar’iy xotinlar olishni kopaytiradi. Uzluksiz davom etgan bazmlar va har xil kongul ochar o'yinlar xazinaga sezilarli ravishda zarba beradi. Bundan tashqari, Sultoniya shaharida eng chiroyli va hashamatli binolardan birini buzdiradi. Shuningdek Tabriz shaharidagi mashhur tarixchi Rashididdinning maqbarasini buzdirib, marhumning suyaklarini yigdirib, shahardagi yahudiylar qabristoniga olib komishni buyuradi. Ozining bunday xatti-harakatiga tarixchi Rashididdinning yahudiy mazhabiga mansub ekanligini asosiy sabab qilib korsatdi. Mironshoh oz haramidagi xotinlariga ham har xil tuhmat va bohtonlar qilib, jabr-zulmni haddan oshiradi. Nihoyat, 1399 yilda Mironshohning katta xotini Xonzoda begim eridan yashiriqcha Samarqandga-qaynotasi Temurning huzuriga borib, Mironshohning kirdikorlaridan shikoyat qiladi. Temur sevikli kelinidan bu ahvolni eshitib, kattik iztirobga tushadi. Usha davr tarixchilarining yozishicha, Temur bir hafta davomida yiglab, hech kimga korinish hech bermagan. Nihoyat, Temur mashhur etti yillik yurishga bel bog'lab, yol-yolakay, qoqqisdan Ozarbayjonga bostirib kiradi. Temur Sultoniyaga kirgach, darxol Mironshoh va uning hamtovoqlari - arkoni davlatini tutdirib, zindonga tashlatadi. Ertasi kun Temur o'zining eng nufuzli kishilarini toplab, Mironshox masalasini ortaga tashlaydi. Ulug devonga yig'ilgan amaldorlardan Mironshoh va uning hamtovoqlariga berilajak jazo nimadan iborat bo'lishi kerakligini aytishlarini talab qiladi. Biroq yigilganlardan sado chiqmaydi. Nihoyat Temurning ozi Mironshoh va uning arkoni davlatiga o`lim jazosini e’lon kiladi. Temurning diniy rahnamosi, piri Sayid Baraka va ayrim amaldorlar bu hukmga qat’iyan qarshi turadilar. Lekin Temur oz sozida mahkam turavergach, amir Shoh Malik ornidan turib, «Oz oglingiz-ku, davlatpanoh»-deydi. Temur tortishib utirishni yoktirmasdi binobarin, g'azabi qaynab ketadi va ornidan turib, amir Shox Malikka g'azab bilan tikiladi. Shoh Malik esa yana «shahzoda sizning farzandi arjumandingiz erur, davlatpanox, qatl qildirsangiz Islom qilichiga farzandkushlik isnodi dog' bolib tushmogi muqarrardur»,- deydi. Temurning yanada g'azabi avjga chiqarkan, «Men ahkomi shariatda emas, o'z saltanatimda tartib ornatmog'im lozim!» - deydi. Shunda Sayid Baraka o'rnidan turib. - «Baribir, har bir ishdan Allox-taolo voqifdur, hukmdor»,- deydi. Shundan so'ng Temur ozi bir qarorga keladi-da, g'azabdan tushib oz orniga otirgach, kengash tugaganligini ma’lum qiladi. Shimoliy Eron, Iroq, Tabriz va Sultoniyani o`z ichiga olgan mulklar hokimi Mironshoh Amir Temurning keksayib qolgan davrda G`arbiy Yevropa hukmdorlarining diqqatlar-e`tiborini o`ziga jalb etadi. Bu davrda u Yevropa davlatlari bilan o`zaro savdo aloqalarini jonlantirish maqsadida xristian ruhoniylariga xayrixohlik bildirib, savdogarlarning daxlsizigini ta`minlash borasida chora-tadbirlarni amalga oshirdi15. Shu sababli g`arvda Mironshoh tez orada kotolik dinining homiysi sifatida shuhrat qozonadi. Kastiliya (Ispaniya) qiroli Genrix III sharq bilan juda qiziqib qolgan edi16. XULOSA Temuriylar, ayniqsa Amir Temur davri tashqi siyosiy aloqalari va diplomatiyasi hech bir mubolagʻasiz xalqaro munosabatlar tariximizning eng yorqin sahifalaridan deya olamiz. Sohibqiron Amir Temur ham oʻz navbatida qudratli saltanat shakllantirgach, oʻsha davrning deyarli barcha yirik davlatlari va ularning hukmdorlari bilan faol diplomatik aloqa oʻrnatgan. Turli davlatlarga shu jumladan, Gʻarbiy Yevropa davlatlariga oʻz elchilarini yuborgan, shuningdek, uning huzuriga Gʻarbiy Yevropa hukmdorlari tomonidan yuborilgan elchilarini qabul qilgan. Amir Temur 1402-yilning bahorida Kastiliya va Leon qiroli (Ispaniya) qiroli Genrix III, 1402- yilning yozida Fransiya va Angliya hukmdorlari Karl VI va Genrix IV saroyiga elchilar yuborgan va bu davlatlar Amir Temur maktubida yoʻllagan takliflarni mamnuniyat bilan qabul qilgani, oʻz navbatida, ispaniyalik, fransiyalik, angliyalik va boshqa bir qator jami 20 dan ortiq xorijiy davlat elchilarini oʻz poytaxti Samarqandda qabul qilgani haqida atroflicha bayon etilgan koʻplab tarixiy va ilmiy asarlar bu fikrni yaqqol tasdiqlaydi. Temuriylar diplomatiyasining oʻziga xos tomonlaridan biri u temuriy hukmdor oʻzining barcha murojaatlarida, hatto qat’iy talab shaklida yozilga nomalarida ham Sharq diplomatiyasiga rioya qilgan. Amir Temur Yevropa davlatlariga yuborgan elchilariga Qirollar bilan olib boriladigan muzokaralar uchun keng huquqlar bergani holda, ularga diniy masalalar yuzasidan fikrlashishni mutlaqo man etgan. Masalan: Amir Temurning 1402-yilda Farangiston (Fransiya) qiroli Karl VI ga yoʻllagan maktubida shunday satrlarni oʻqiymiz: “Buyuk hukmdorlar va doʻstlar oʻrtasidagi ulugʻ ishlar haqida bir-birlarini ogoh etish odatiga boʻysinib, mazkur arxiyepiskop Janni siz janoblarining huzuriga joʻnatsak, toki ul kishi bizning mamlakatimiz va hozirgi ahvolimiz, shuning birla, soʻnggi paytlarda bu oʻlkalarda sizning gʻanimlaringizga nisbatan sodir boʻlgan voqealar toʻgʻrisida sizni xabardor etsinlar, batafsil soʻzlab bersinlar. Ul zotni ham sizning, ham bizning odamimiz tariqasinda tavsiya etmoqdamiz. Ul kishini diniy masalalardan tashqari boshqa barcha masalalarda ishonchli vakil deb tinglagʻaysiz”. Ushbu maktubdagi soʻnggi jumla bilan Amir Temur oʻzining musulmon imperiyasi hukmdori sifatida diniy masalalar yuzasidan muzokaralar olib borish niyati yoʻqligini bildirishi bilan bir qatorda, nasroniyni e’tiqodiga oid oʻz xizmatkorining bu sohada umuman hech qanday haq-huquqga ega emasligini ham alohida qayd etgan. Xulosa qilib aytganda, Amir Temur va Temuriylarning Gʻarb va Sharq davlatlari bilan diplomatik aloqalari juda yaxshi rivojlangan. Gʻarbiy Yevropaning bir qator davlatlari bilan savdo-sotiq munosabatlarida doimiy tarzda yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, savdoda asosan shoyi, qimmatbaho madanlar, toshlar Gʻarb davlatlari hukmdorlari, zodagonlari va aholi tomonidan juda qadrlangan. Shu sababli Sharq va Gʻarb oʻrtasida savdo aloqalari rivojlangan. Fransiya, Angilya, Ispaniya va boshqa 20 ga yaqin Gʻarbiy, Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlari bilan elchilik aloqalari ham rivojlangan. Elchilik aloqalarida ham asosan savdo-sotiqni rivojlantirishga qaratilgan. Chunki savdo-sotiq, mol ayirboshlash rivojlansa, davlatlar ham rivojlangan. Shu jihatdan ham Amir Temur bilan Gʻarb davlatlari Oʻrtasida diplomatik aloqalarni rivojlanganini koʻrishimiz mumkin Download 49.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling