MUNDARIJA
1. Temuriylar saltanatining sharq mamlakatlari bilan diplomatik munosabatlari tarixi
2. Temuriylar saltanatining sharq mamlakatlari bilan diplomatik munosabatlarining tarixiy manbalarda aks ettirilishi
3. Temuriy Shoxruh Mirzoning sharq mamlakatlari bilan diplomatik munosabatlari.
4.Temuriy hukmdor Mirzo Ulugʻbekning diplomatik munosabatlar tarixida tutgan oʻrni .
XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI.
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A Karimov tashabbuslari1, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998- yil 27-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomilashtirish toʻgʻrisida”gi 2 qarori va 2018-yil 16-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning PQ – 2995 sonli qaroriga asosan arxivlarning ish faoliyati tubdan yaxshilash va undagi manbalarning yuz yillab yaxshi saqlanish masalasi, shuningdek, manbalarni elektronlashtirish toʻgʻrisidagi farmoyishi 3 tarix fani rivojining asosiy tamoyillari belgilab berildi.
Temuriylar davlatining diplomatiyasi va tashqi aloqalari xususida gapiradgan boʻlsak, Buyuk ajdodimizning eng muhim fazilatlaridan biri shuki, u zot bundan olti asr avval davlatlararo manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, uzoq va yaqin xalqlar oʻrtasida doʻstlik va hamjihatlik rishtalarini mustahkamlash oʻz saltanati yorqin istiqbolini taʼminlashning muhim omili ekani teran anglagan. Shu bois, Yevropa va Osiyoni bogʻlashga xizmat qilgan ulkan ishlarni amalga oshirgan. Bir tomondan – Xitoy, Hindiston, ikkinchi tomondan – Fransiya, Ispaniya, Angliya va boshqa davlatlar bilan aloqa oʻrnatgan va shu munosabatlarni mustahkamlashga intilgan. Mamlakatimiz olimlari va xorijlik mutaxassislar tomonidan ilmiy asosda eʼtirof etilganidek, Amir Temur tarixda oʻz davrining eng mohir diplomati sifatida ham chuqur iz qoldirgan. Sohibqiron buyuk davlat arbobi sifatida oʻz maqsadlariga erishishda diplomatiyaning tinch yoʻli va harbiy tadbirlarni mohirona qoʻshib olib borgan. Xususan Amir Temur siymosi uning davlatimiz tarixida tutgan oʻrni, qilgan buyuk ishlari va jahonda tutgan oʻrnini haqqoniy tasvirlash yaqqol namozyon boʻla boshladi. Amir Temur va Temuriylar davlatining jahonda tutgan oʻrni va diplomatiyasi haqida ham alohida aytib oʻtsak boʻladi.Bu borada bugungi kunda ham koʻplab ilmiy ishlar qilinib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |