Mundarija temuriylar saltanatining sharq mamlakatlari bilan diplomatik munosabatlari tarixi


Temuriy Shoxruh Mirzoning sharq mamlakatlari bilan diplomatik munosabatlari


Download 49.11 Kb.
bet3/6
Sana16.11.2023
Hajmi49.11 Kb.
#1777868
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Temuriylar saltanatining sharq mamlakatlari bilan diplomatik munosabatlari tarixi

Temuriy Shoxruh Mirzoning sharq mamlakatlari bilan diplomatik munosabatlari
Sohibqiron Amir Temur Xitoyga yurish vaqtida qattiq shamollab, 1405 yil 18 fevral kuni Oʻtror qal’asida vafot etdi. Sohibqironning kutilmaganda vafot etishi temuriy shahzodalar oʻrtasida toju-taxt uchun kurash olovini alanga oldiradi. Faqatgina 1409 yilning soʻngida Shohruh Mirzo Movarounnahrni egallab, temuriy shahzodalar oʻrtasidagi taxt uchun kurashga chek qoʻyadi. Amir Temurning kenja oʻgʻli Shohruh Mirzo 1377 yil 20 avgust kuni dunyoga kelgan. Uning onasi Tagʻoy Turkon ogʻo turkiy qoraxitoy urugʻidan boʻlib, kelib chiqishi boʻyicha oʻrtahol xonadon vakilasi edi. 1383 yilda Shohruhning onasi vafot etadi. Keyinchalik, shahzodaning tarbiyasi bilan Saroy Mulk xonim shugʻullanadi. Shohruh Mirzoning siyosiy faoliyati 1397 yildan boshlanadi. Oʻsha yili Shohruh otasi tomonidan Xuroson hokimi etib tayinlanadi. Shohruh Mirzo Samarqand taxtini qoʻlga kiritgach, Movarounnahrga 15 yoshlik oʻgʻli Mirzo Ulugʻbekni noib etib belgilaydi. Shohruh oʻgʻli Ulugʻbekni hali yosh ekanligini inobatga olib, oʻgʻliga otaliq etib taniqli amir Shoxmalikni tayinlaydi. Oʻsha vaqtda siyosiy boshqaruv ishlari amalda otaliqning qoʻlida boʻlgan. Shundan soʻng, Shohruh Mirzo Hirotga qaytib ketadi.
Shohruh Mirzo Amir Temur davlati oʻzagini saqlab qolishga muvaffaq boʻladi. U mamlakat boshqaruvida temuriyzoda va nufuzli amaldorlardan aksariyatini oʻzi uchun ishonchsiz, deb hisoblaydi. Ularning oʻrniga deyarli barcha viloyatlarga oʻz oʻgʻillari, nabiralari va oʻziga yaqin tutgan qon-qarindoshlarini noib etib tayinlaydi. Jumladan, Balx va Badaxshon Ibrohim Sultonga, Sheroz Suyurgʻatmishga, Qobul va Qandahor Qaydu Mirzoga, Xurosonning bir qismi Boysunqur Mirzoga, Gʻarbiy Eron hamda Ajam (Iroq)ning bir qismi Sulton Muhammadga, Fors viloyati Abdullo Mirzoga suyurgʻol (mulk) tarzida boʻlib beriladi. Shu yoʻl bilan Shohruh boshqaruv tizimi qulay va ixcham boʻladi, deb oʻylagan edi. Lekin, keyinchalik ishonchli qondoshlar ichidan ham isyonkor noiblar chiqa boshlaydi. Shohruh Mirzoning hukmronlik davrida Xitoy, Hindiston, Misr, Usmoniylar imperiyasi bilan diplomatik aloqalar mustahkamlanadi. Shohruh 1419 yilda Amir Shodixoʻja boshchiligida 500 nafar elchilik karvonini Xitoyga joʻnatadi. Abdurazzoq Samarqandiy oʻz asarida yozishicha, 1412 yildan 1430 yilga qadar, Xitoy bilan jami besh marotaba elchilik almashinuvi boʻlgan ekan.
Shu orada Xitoy viloyatidan, u mamlakatning Chinu Mochin va boshqa yerlarning podshohi Doy-Ming xon tomonidan elchilar yetib keldi. Xoqoni Said (ya’ni Shohruh Mirzo) “shahar va bozorlarga ziynat berilsin, har bir san’at egasi oʻz hunarini toʻla zohir qilib, doʻkonini bezatsin”, degan humoyin farmon berdi”.
Shuningdek, Shohruh davrida Misr va Suriyada hukmronlik qilayotgan mamluklar davlati, Old Osiyodagi Usmoniylar imperiyasi bilan ham oʻzaro doʻstona munosabatlar yoʻlga qoʻyilgan. Tarixchi Hofizi Abroʻ oʻzining “Zubdat at-tavorix” asarida Shohruhning Misr podshosiga elchi yuborib, 1444-1445 yillarda Shayx Nuriddin Murshidiy boshchiligida Makkaga Ka’ba ustiga yopingʻich – ka’bapoʻsh joʻnatganligini qayd etgan. Shohruh Mirzo Usmoniylar sultoni Muhammad Chalabiyga (1402-1421) maktub yoʻllaydi. Bu nomada Shohruh, agar Qora Yusufni Usmoniylar mamlakatida koʻrgudek boʻlsa, uni temuriylar saroyiga joʻnatib yuborishini soʻraydi. Bu maktubga javoban Usmoniylar sultoni Qora Yusufni, albatta, temuriylar saroyiga yuborishini aytadi. Oʻtmishda oʻtgan tarixchilar Shohruh Mirzoni tabiatan oliyjanob hukmdor, ilm-fanga moyil ma’rifatparvar davlat arbobi, deb tariflashgan. U hokimiyat tepasiga kelgach, Eronda ham, Turonda ham bir necha oʻn yillik davomida tinchlik va osoyishtalik hukm suradi. Uning davrida temuriylar saltanatining poytaxti Hirotga koʻchiriladi. Hirot shahri Sharqning eng koʻrkam va madaniy rivoj topgan shaharlaridan biriga aylanadi. Shohruh Mirzoning hukmronlik davrida Temuriylar saltanatida Uygʻonish davri davom etib, mamlakatda san’at va fan gullab-yashnaydi8.
Shohruh Mirzo inson sifatida yumshoq tabiatli boʻlganligi tufayli xotini Gavharshod begim saltanat boshqaruviga aralashib turgan. Shu sababdan boʻlsa kerak, Shohruh Mirzo umrining oxiriga qadar oʻz oʻrniga valiahd tayinlash masalasida bir qarorga kela olmagan. 
Shohruhning keksayishi bilan toju-taxt uchun yana temuriy shahzodalar oʻrtasida zimdan kurash paydo boʻla boshlaydi. Ulugʻbekning onasi Gavharshod begim siyosiy ishlarga faol aralashib, u asosan nevarasi Alouddavlani taxt vorisi sifatida koʻrishni istar edi. Taxt uchun boshlangan kurash, ayniqsa, 1444 yil Shohruh Mirzo xasta boʻlib qolganida avj oladi. Shohruhning betobligidan foydalangan Fors va Iroq noibi Sulton Muhammad bobosiga qarshi qoʻzgʻolon koʻtaradi. Shohruh Mirzo bu isyonni bostirib, ortga qaytayotganda 1447 yil 12 mart kuni Eronning shimolidagi Ray viloyatida vafot etadi. Shohruhning oʻlimi Xuroson va Movarounnahrda oʻzaro temuriy shahzodalar oʻrtasida taxt uchun kurashning boshlanishiga sabab boʻladi. Mamlakat yana sarosima, tahlika, beqarorlik domiga tortiladi.

Download 49.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling