Mavzuning o’rganganlik darajasi. Pul mablag’lari va pul ekvivalentlari
hisobi va auditini tashkil etish bo’yicha xorijlik va maklakatimiz olimlari bir
qancha ilmiy izlanishlar olib borilgan. Jumladan, A.V.Vaxobov, E.Akromov,
A.K.Ibragimov, V.P.Paliy, M.Q.Pardaev, N.Jo’raev, S.Vohidov, O.Bobojonov,
K.Jumaniyozov, M.M.To’laxo’jaeva, B.A.Xasanov, R.O.Xolbekov, va boshqa bir
qator olimlar pul mablag’lari va ekvivalentlari hisobi hamda auditi bo’yicha
nazariy hamda amaliy takliflar bildirganlar
Shuni ham ta’kidlash kerakki, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda pul mablag’lari
va pul ekvivalentlari harakatining hisobi va auditini tashkil etishdagi
muammolarning echimini ma’lum darajada hal etgan bo’lsada, bugungi kunda
o’zining ilmiy, nazariy hamda uslubiy jihatdan iqtisodiyotni modernizasiyalash
sharoitida to’liq tadqiq etilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |