Мундарижа


  Pul  mablag’lari  hisobini  tashkil  qilishning  huquqiy  va  nazariy


Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/33
Sana02.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#192988
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33
Bog'liq
pul mablaglari va pul ekvivalentlari hisobi

1.2.  Pul  mablag’lari  hisobini  tashkil  qilishning  huquqiy  va  nazariy 

asoslari  

Xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlar  o’rtasida  ishlab  chiqarish,  mahsulot  sotish  va 

boshqa  xo’jalik  faoliyatiga  doir  rejalarni  bajarish  jarayonida  pul  muomalalari 

xo’jalik  kabi  o’zaro  shartnomalarni  bajarish  va  to’lov  nizomiga  asoslangan. 

Korxona va tashkilotlar o’rtasida pul muomalalarini yaxshi tashkil etilishi aylanma 

mablag’larning tez aylanishi va davlat byudjetiga pul mablag’larining o’z vaqtida 

kelib tushishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. 

Pul  mablag’lari  –  kassadagi  naqd  pul  va  talab  qilib  olinadigan  depozitlar, 

shuningdek bankning hisob-kitob, valyuta va boshqa sho’tidagi mablag’lar.  

Pul  mablag’lari  schyotlari  bo’yicha  muomalalarni  amalga  oshirish  va 

rasmiylashtirish  tartibi  O’zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksiga, 

                                           

5

  Ҳамдамов  Б.Қ.,  Исломов  Ф.Р.,  Авлоқулов  А.З.  Молиявий  ҳисобот. Ўқув  қўлланма.  -Т.: 



Тошкент Молия институти, 2008. 76-бет. 


O’zbekiston  Respublikasi  «Buxgalteriya  hisobi  to’g’risida»gi,  «O’zbekiston 

Respublikasi  Markaziy  banki  to’g’risida»gi,  «Banklar  va  bank  faoliyati 

to’g’risida»gi, «O’zbekiston Respublikasida korxonalar to’g’risida»ga qonunlariga 

hamda  O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banklar  Boshqaruvi  tomonidan  1998 

yil 27 iyundagi 60 – sonli bayonnoma bilan tasdiqlangan Nizom asosida belgilab 

qo’yilgan.  Buxgalteriya  hisobi  xalqaro  biznes  tili  sifatida  davlatning  barcha 

qonunlarga  bo’ysunishi,  rivojlanish  manfaatlarida  xizmat  qilishi  va  barcha  uning 

foydalanuvchilari uchun zarur ma’lumotlarni etkazib berishi zarur. 

Hozirgi  zamon  iqtisodiyotida  buxgalteriya  hisobi,  jumladan  pul  mablag’lari 

hisobi  har  tomonlama  mukammal  darajada  qo’llab  –  quvvatlanib  kelinmoqda, 

ya’ni:  

- buxgalteriya  hisobini  qonuniy  jihatdan  boshqarish  va  uning  normativ 

bazasini shakllantirish; 

- uslubiy  jihatdan  ta’minlash  (yo’riqnomalar,  uslubiy  qo’llanmalar,  izoh 

xatlari); 

- kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash; 

- xalqaro professional tashkilotlar bilan hamkorlik; 

- hisob tizimini boshqarishni qayta tashkil qilish choralari ko’rilmoqda. 

Yuqorida  ta’kidlab  o’tilganlar  o’zaro  chambarchas  bog’liqlikda  bo’lib, 

islohotlarning  mukammalligini  ta’minlaydi.  Respublikamiz  mustaqillikka 

erishgandan  so’ng  buxgalteriya  hisobi  va  audit  sohalari  uchun  ulkan  qonuniy  va 

me’yoriy baza yaratildi. Kun sayin yangilanib borayotgan  xalq xo’jaligi sohasida 

ortdan  qolib  ketmasligi  uchun  buxgalteriya  hisobida  ham  o’ziga  xos  qadamlar 

qo’yildi.  Bular  jumlasiga,  mamlakatimizda  qisqa  muddatlar  ichida  amalga 

kiritilgan  yangi  hisoblar  rejasini  kiritish  mumkin.  Shuningdek  MDH  davlatlari 

ichida  birinchilardan  bo’lib,  ishlab  chiqarish  harajatlarini  takomillashtirish  va 

buxgalteriya  hisobini  jahon  hamda  milliy  standartlarga  o’tkazishda  asosiy 

choralardan  biri  sifatida  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi, 

O’zdavistiqbolstat  va  Davlat  soliq  qo’mitasi  tomonidan  1995  yil  1  yanvarda 

amalga kiritilgan, Vazirlar maxkamasining 1999 yil 5 fevraldagi №54 sonli qarori 




bilan  tuzatishlar  kiritilgan  «Maxsulotlar  ish,  xizmatlar  tan  tarxiga  kiritiladigan 

maxsulot  (ish,  xizmatlar)ni  ishlab  chiqarish  va  sotish  bo’yicha  xarajatlar  tarkibi, 

hamda  moliyaviy  natijalarni  shakillantirish  haqida  Nizom»  amal  qilmoqda, 

rivojlangan  mamlakatlar  amaliyotidan  va  tajribalaridan  keng  foydalanilgan  holda 

1996  yil  30  –  avgustda  «Buxgalteriya  hisobi  to’g’risida»gi  qonun  qabul  qilindi. 

Xorijiy  ekspertlar  fikriga  ko’ra  mazkur  qonunga  quyidagicha  munosabat 

bildirganlar. «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi qonun buxgalteriya hisobini 

tashkil etishning barcha xalqaro talablarini o’z ichiga oladi, ya’ni: 

- buxgalteriya hisobi ikkiyoqlama yozuv asosida tashkil etilishi

- buxgalteriya hisobini uzluksizligi; 

- aktiv va passiv muomalalarning pulda ifoda etishi; 

- ma’lumotlarni ishonchliligi; 

- hisoblash tamoyili; 

- extiyotkorlik; 

- iqtisodiy mazmunning shakldan ustunligi; 

- korxona faoliyati davomiyligi

- hisobot ko’rsatkichlarining o’zaro mutanosibligi; 

- moliyaviy ko’rsatkichlarning va hisobotlarning neytralligi; 

- o’rinlilik; 

- hisobot davri daromadlari va harajatlarning o’zaro mosligi; 

- aktiv va majburiyatlarning haqiqatdagi bahosi va boshqalar.

6

  



Buxgalteriya  hisobining  normativ  bazasini  shakllantirish  jarayonida 

Buxgalteriya  Hisobi Milliy Standartlari (BHMS) ham o’ziga  xos o’rin egallaydi. 

Ushbu  Buxgalteriya  hisobining  milliy  standartlari  sub’ektlar  tomonidan  amalga 

oshiriladigan  turli  xildagi  moliya  ho’jalik  muomalalarining  buxgalteriya  hisobini 

yuritishni tartiblashtirish maqsadida ishlab chiqilgan edi. 

«Xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlarning  moliya  –  xo’jalik  faoliyatining 

buxgalteriya  hisobi  schyotlarining  rejasi  va  uni  qo’llash  bo’yicha  yo’riqnoma» 

nomli  21  –  sonli  Buxgalteriya  hisobi  milliy  standartini  ishlab  chiqildi.  Ushbu 

                                           

6

 Halq so’zi. 1996 yil 7 – sеntyabr 




standart  O’zbekiston  Respublikasining  «Buxgalteriya  hisobi  to’g’risida»gi 

qonuniga  muvofiq  va  buxgalteriya  hisobining  xalqaro  (IAS)  va  Amerika  milliy 

(GAAP)  standartlariga  mos  ravishda  ishlab  chiqilgan  bo’lib,  moliya  –  xo’jalik 

faoliyatining buxgalteriya hisobini olib boriladigan va takomillashtirilgan schyotlar 

rejasini o’zida mujassamlashtirgan. 

Shu bilan birgalikda O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida 1998 yil 4 

noyabrda 519 – son bilan ro’yxatga olin gan №9 – sonli «Pul oqimlari to’g’risida 

hisobot» deb nomlanuvchi BHMS biz o’rganayotgan mavzuga bevosita normativ – 

qonuniy baza sifatida xizmat qiladi. Ushbu standart ham O’zbekiston Respublikasi 

«Buxgalteriya  hisobi  to’g’risidagi  qonun»ga  muvofiq  ravishda  ishlab  chiqilgan 

bo’lib, unda pul mablag’lari, pul ekvivalentlari, pul oqimlari to’g’risidagi hisobot, 

operatsion  faoliyat,  investitsion  faoliyat,  moliyaviy  faoliyat  kabi  tushunchalarga 

izoh berib o’tilgan. Bu standartning maqsadi quyidagicha ta’riflangan. «Bu hisobot 

foydalanuvchilarga  ho’jalik  yurituvchi  sub’ektning  moliyaviy  holatidagi 

o’zgarishini,  ularni  hisobot  davrida  pul  mablag’larining  tushimi  va  chiqimi 

to’g’risidagi  axborot  bilan  ta’minlangan  holda  baholash  imkonini  beradi.  Ushbu 

standartning  maqsadi  bo’lib  ho’jalik  yurituvchi  sub’ektning  pul  mablag’lari  va 

ularni ekvivalentidagi o’zgarishlar bo’yicha axborotlarni, pul oqimlari to’g’risidagi 

hisobotni hisobot davri mobaynida muomala, investitsion va moliyaviy faoliyatda 

ro’y beradigan pul mablag’larini harakatini tasnif qiladigan axborotlarni majburiy 

taxlil qilish belgilash hisoblanadi».

7

   

Audit sohasida ham MDH davlatlari orasida birinchilardan bo’lib, 1992 yilda 

O’zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi Qonun qabul qilindi. 

Auditorlik  faoliyati  yagona  asosda  tashkil  etish  maqsadida  auditorlik 

faoliyatining  qator  milliy  standartlari  ishlab  chiqildi  va  amalga  kiritildi. 

Respublikamizda  bo’layotgan  ko’plab  o’zgarishlar  hisobga  olingan  holda 

«Auditorlik  faoliyati  to’g’risida»ga  Qonun  2000  yil  yangi  taxrirda  qabul  qilindi. 

2001 yilda respublika auditorlik faoliyatidagi barcha etik normalar hisobga olingan 

holda  «Auditorlar  etika  kodeksi»  muxokama  uchun  matbuotda  e’lon  qilindi.  Shu 

                                           

7

 BХMS №9 O’zbеkiston Rеspublikasi Adliya Vazirligi 1998 yil 4 noyabrda 519 – son bilan ro’yхatga olingan 




bilan  birga  Respublika  auditorlar  Palatasi  tashkil  qilindi,  auditorlar  va  auditor 

tashkilotlari  (firmalari  to’g’risidagi  nizom  ishlab  chiqildi,  auditorlarga  sertifikat 

berishning  yangi  tartibi  joriy  etildi,  Respublika  buxgalterlar  va  auditorlar 

Assotsiatsiyasi faoliyat yuritmoqda. 

Kassa  muomalalarini  auditorlik  tekshiruvidan  o’tkazishda  asosiy  manbaa 

bo’lib, Markaziy Bankning 1998 yil 24 yanvarda qabul qilingan  “Yuridik shaxslar 

tomonidan kassa muomalalarini yuritish qoidalari” nomli 376-sonli yo’riqnomaga 

asosan  olib  boriladi.  Bu  yo’riqnomada  kassa  xonasini  jihozlash,  uni  qo’riqlash 

vositalari  bilan  ta’minlash  va  kassir  tomonidan  O’zbekiston  Respublikasi 

so’mining  qabul  qilish  holatlariga  va  kassa  muomalalarini  yuritish  bilan  bog’liq 

boshqa masalalarga to’xtalib o’tilgan. 

Naqd pulsiz hisob – kitoblar bilan bo’ladigan muomalalar esa Markaziy Bank 

tomonidan 2002 yil 12 yanvarda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasida naqd 

pulsiz  hisob  kitoblar  to’g’risida”  1/4  (60)-sonli  nizomga  asosan  korxonalar 

tomondan naqd pulsiz hisob-kitoblar usullarini tanlash, ulardan qanday foydalanish 

va to’ldirish tartibi keltirilgan.   

Bu  kabi  izchillik  bilan  amalga  oshirilayotgan  islohatlarning  barchasi 

mamlakatimiz  buxgalteriya  hisobi  va  audit  sohasidagi  qonuniy  va  normativ 

hujjatlar bazasini yanada takomillashtirish uchun qo’yilayotgan qadamlardir. 


Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling