Мундарижа
Download 1.04 Mb. Pdf ko'rish
|
pul mablaglari va pul ekvivalentlari hisobi
1.3. Pul ekvivalentlari hisobinining konseptual asoslari O’zbekiston Respublikasi “Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot” nomli 9-sonli Buxgalteriya hisobi milliy standartida pul ekvivalentlariga quyidagicha ta’rif berilgan. “Pul ekvivalentlari - ma’lum pul mablagiga tez va oson almashtiriladigan hamda qiymatidagi o’zgarishlar tufayli biroz xatari bo’lgan qisqa muddatli, yuqori likvidli investisiyalar (moliyaviy qo’yilmalar).” 8
8 Ўзбекистон Республикаси “Пул оқимлари тўғрисидаги ҳисобот” номли 9-сонли БҲМС. 5 банд, 2-хат боши
M.B.Yusupovaning ta’kidlashicha: Pul ekvivalentlari - qisqa muddatli, yuqori likvidli, avvaldan ma’lum pul mablag’iga aylanadigan, qiymat nuqtai nazaridan riski kam bo’lgan investisiyalardir. 9
9-sonli buxgalteriya hisobining milliy standartining 6-8 bandlarida pul ekvivalentlari quyidagicha yoritib berilgan: Pul mablag’i ekvivalentlaridan asosan investisiyalar va boshqa maqsadlar uchun emas, balki faqat qisqa muddatli majburiyatlar bo’yicha to’lovlar uchun foydalaniladi. Investisiyalarni pul ekvivalenti deb hisoblash uchun ular erkin ravishda naqd pulga aylantiriladigan bulishi va qiymatining uzgarishida biroz xavf bulishi lozim. Shu sababli investisiya qisqa muddatda to’lanadigan bo’lsa, ya’ni xarid qilingan paytdan boshlab taxminan uch oy ichida to’lanadigan bo’lsa, uni pul ekvivalenti deb hisoblash mumkin bo’ladi. Bank zayomlari moliyaviy faoliyatga taalluqlidir, lekin talab qilingan paytda to’lanadigan bank overdraftlari korxonalar pul mablag’ini boshqarishning ajralmas qismi hisoblanadi. SHu munosabat bilan bank overdraftlari pul mablag’ining tarkibiy qismi yoki ularning ekvivalenti hisoblanadi. Pul oqimi pul mablag’lari va pul ekvivalentlari moddalari o’rtasidagi harakatni o’z ichiga olmaydi, chunki ular operasiya, moliya yoki investisiya faoliyatiga kirmaydi yoki xujalik yurituvchi sub’ektning pul mablag’larini boshqarishga taalluqlidir. Pul mablag’larini boshqarish pul mablag’lari va pul ekvivalentlarining ortiqchasini ishga solishni o’z ichiga oladi. 10
sirasiga kiruvchi veksellar quyidagi ta’riflangan: Veksel – qaysi muddatga yozilgan bo’lsa, shu muddat tugagach, unda ko’rsatilgan summani to’lashni so’zsiz talab qilish nafaqat hisob kitobning qulay shakli, balki tijorat kreditining bir turi hamdir, chunki vekselda ko’rsatilgan pul shu
9 М.Б.Юсупова. «Молиявий ҳисобот халқаро стандартлари». Маърузалар матни. – Андижон. 2006 йил, 26-бет. 10 9-сонли “Пул оқими тўғрисидаги ҳисобот” номли Ўзбекистон Республикаси бухгалтерия ҳисоби миллий стандарти, 6-8 бандлари. vaqtning o’zida to’lanmaydi, balki ma’lum bir vaqt o’tgandan so’ng to’lanadi. Bu vaqt ichida vekselda ko’rsatilgan summa veksel beruvchining tasarrufida bo’ladi. 11
qisqa muddatli moliyaviy qo’yilmalarni quyidagicha izohlab berishgan: Xazina majburiyatlari - bu ularning egalari tomonidan byudjetga pul mablag’larini berganliklarini tasdiqlovchi hamda ushbu qimmatli qog’ozlarga egalik qilishning butun muddati davomida belgilangan daromadni olish huquqini beruvchi davlat qimmatli qog’ozlaridir. Ular jismoniy shaxslar uchun chiqariladigan qimmatli qog’ozlardir. 12
qisqa muddatli moliyaviy qo’yilmalarni quyidagicha ifodalab berishgan: Veksel – qaysi muddatga yozilgan bo’lsa, shu muddat tugagach, unda ko’rsatilgan summani to’lashni so’zsiz talab qilish nafaqat hisob-kitobning qulay shakli, balki tijorat kreditining bir turi hamdir, chunki vekselda ko’rsatilgan pul shu vaqtning o’zida to’lanmaydi, balki ma’lum bir vaqt o’tgandan so’ng to’lanadi. Bu vaqt ichida vekselda ko’rsatilgan summa veksel beruvchining tasarrufida bo’ladi. 13
chegaralanmaydi, yoki boshqacha aytganda, bevosita vekselni to’lashga tegishli tartib bilan bog’liq bo’lmagan begona sharoitlarga bog’lanmaydi. Veksel bo’yicha majburiyatning mavhumligi shundan iboratki, uning tekstida qanday asosga binoan berilganligi ko’rsatilmaydi. Veksel majburiyatining maqsadi faqat pul hisoblanadi. Veksellarning shakllari turlicha. Moliyaviy veksel – korxona tomonidan bo’sh mablag’lari hisobidan boshqa korxonalarga ssuda berishdir. Moliyaviy veksellarga korxonaning muddatida qaytarilmagan kreditor qarzlarini rasmiylashtiradigan veksellarni kiritish mumkin.
11 А.С.Сотиволдиев. Замонвавий бухгалтерия ҳисоби. 2004 й. 298-300 бетлар. 12
Каримов А.А., Исломов Ф.Р., Авлоқулов А.З. Бухгалтерия ҳисоби.-Т; 2004 й. 322-323 бетлар. 13 Jo’rayev N., Abduvaxidov F., Sotivoldieva D. Moliyaviy va boshqaruv hisobi. “Иқтисодиёт- молия”, 2012. 204-бет. Tovar vekseli sotuvchi bilan oluvchi o’rtasidagi mahsulot jo’natish yoki xizmat ko’rsatish bitimlarida foydalaniladi. Vekselning ikki turi mavjud: oddiy va o’tkazma. Oddiy veksel qarzdor tomonidan to’ldirilib imzolanadi va kreditorga ma’lum summani belgilangan muddatda so’zsiz to’lanishi ko’rsatiladi, ya’ni oddiy veksel bilan rasmiylashtirilgan qarz majburiyatida daslab ikki shaxs qatnashadi: bir tomondan kreditor, ikkinchi tomondan qarzdor va shu bilan birga to’lovchi bo’lib hisoblanadi. O’tkazma veksel oddiy vekseldan tubdan fraqlanadi. O’tkazma veksel kreditor tomonidan to’ldirilib imzolanadi. Unda vekselda ko’rsatilgan summani belgilangan muddatda uchinchi shaxsga to’lash to’g’risida qarzdorga berilgan buyruq mavjud. Bu holda teskari vaziyat vujudga keladi: veksel qarzdor tomonidan yozilmasdan haq talab qilib oladigan shaxs tomonidan yoziladi. Shunday qilib veksel beruvchi kreditor hisoblanadi. Qarzdor esa veksel saqlovchi emas, faqat to’lovchi bo’lib hisoblanadi. Odatda o’tkazma vekselni ushlovchi bo’lib uchinchi shaxs hisoblanadi. Vekselda ko’rsatilgan summani qarzdor to’lovchi uchinchi shaxsga to’lashi kerak. Bunda nima uchun veksel beruvchi vekselda ko’rsatilgan summani remitentga to’lanishi, ular o’zaro qanday munosabatda ekanligi, birining ikkinchisi oldida qanday majburiyatlari borligi to’lovchini qiziqtirmaydi. Qarzdorning to’lash majburiyati faqat veksel beruvchi oldidagi qarz majburiyati bilan bog’liq bo’lib, hech qanday keyingi veksellar uni o’zgartirmaydi. Shu munosabat bilan veksel beruvchi o’tkazma vekselni o’zi-o’ziga ham yozib berishi mumkin, va dastlab o’tkazuvchi bo’yicha majburiyatda ham faqat ikkita shaxs qatnashadi: Bir tomondan – qarzdor to’lovchi ikkinchi tomondan esa – bir vaqtning o’zida ham veksel beruvchi ham veksel saqlovchi bo’lgan kreditor. Keyinchalik veksel saqlovchi o’z huquqini indossament tartibida uchinchi shaxsga o’tkazib berishi mumkin. O’tkazma veksel to’lovchi tomonidan akseptlanishi kerak va faqat shundagina yuridik kuchga ega bo’ladi. Demak, xulosa qilib aytadigan bo’lsak, pul ekvivalentlari bu pul mablag’lariga o’xshash, lekin boshqacha tasniflanadigan aktivlardir. Ular xazina veksellari, muomalaga chiqarilgandan so’ng 1 yil muddatdan o’tgach qaytariladigan hukumatning foizsiz majburiyatlaridir. Ular chegirma bilan sotiladi va o’z vaqtida to’lanadi. To’lash qiymati va chiqarilish qiymati o’rtasidagi farq xaridorning daromadi bo’ladi. Xazina veksellari bir yil va undan ortiq muddatda to’lanadigan xukumat majburiyatlari hisoblanib, agar ular joriy moliyaviy yil davomida to’lanmasa, ular qisqa muddatli investisiyalar sifatida tavsiflanmaydi, tijorat qog’ozlari (korporasiyalar tomonidan chiqarilgan, o’zining qisqa muddatli pul mablag’larga bo’lgan ehtiyojlarini moliyalashtiruvchi mablag’dir) va depozit sertifikatlar (tezda talab qilib olish mumkin bo’lmagan depozit sertifikatlari yoki bank depozitlari yoki muomalaga chiqarish yo’li bilan to’lanishi va sanksiya o’tkazilishi mumkin)dan iborat. Kichik kassalar avans jamg’armalarining bir turi bo’lib, kundalik sarflar uchun zarur bo’lgan pullardan tashkil topadi. Avans jamg’armalari bu xarajat qilingan summalarni doimiy to’ldirib turadigan maxsus maqsadlar uchun tuzilgan fondlar. Ushbu bob bo’yicha umumiy xulosa sifatida shuni ta’kidlash mumkinki, korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritishda eng muhim masalalardan biri bu pul mablag’lari hisobini to’g’ri yo’lga qo’yishdan iboratdir. Pul mablag’larini harakatini boshqarish korxonani eng muhim yo’nalishlaridan biridir. U o’z ichiga pul mablag’lari muomalasining hisob-kitob vaqtini, pul oqimining tahlilini, pul mablag’larini bashorat qilishni, pul mablag’larining optimal darajasini aniqlashni, pul mablag’lari byudjetini tuzish va boshqalarni qamrab oladi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling