Мундарижа
“RAK AVIATION SERVICES” MCHJda hisob-kitob schyotidagi
Download 1.04 Mb. Pdf ko'rish
|
pul mablaglari va pul ekvivalentlari hisobi
2.2. “RAK AVIATION SERVICES” MCHJda hisob-kitob schyotidagi
pul mablag’lari hisobi RAK AVIATION SERVICES” MCHJ korxonalar va tashkilotlar o’rtasida pul muomalalarining yaxshi tashkil etishi aylanma mablag’larning tez aylanishi va davlat byudjetiga pul mablag’larining o’z vaqtida kelib tushushiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Ko’pchilik korxona va tashkilotlarning o’zaro pul muomalalari markazlashgan tartibda, asosan banki orqali naqd pulsiz hisob – kitob qilish yo’li bilan amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi hududida naqd pulsiz hisob-kitoblar 2002 yil 12 yanvardagi «O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni olib borish to’g’risida»gi 1/4 (60)-sonli Markaziy Bank nizomiga asosan olib boriladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar quyidagi asosiy tamoyillarga asoslanadi: korxona, tashkilotlar o’z pul mablag’larini (o’z mablag’lari va qarz mablag’lari) bankda saqlashlari lozim; barcha naqd pulsiz hisob-kitoblar shakllarini erkin tanlashlari va uni shartnoma orqali mustahkamlab qo’yishlari mumkin; xo’jalik organlarining hisob-kitobalr bo’yicha shartnomaviy munosabatlariga bank aralashmasligi kerak; tovarlar va xizmatlar uchun to’lovlar to’lovchining roziligi bilan amalga oshiriladi; to’lovlar xo’jalik organlarining schyotidagi mablag’lari hisobidan, ba’zida bank krediti hisobidan amalga oshiriladi; to’lov qoidasi mol etkazib beruvchi va mol sotib oluvchi tomonidan mol etkazib berish to’g’risidagi shartnoma asosida kelishib olinadi; mol etkazib beruvchining schyotidagi pul mablag’larini o’tkazish mazkur mablag’larning mol sotib oluvchining schyotidan o’chirilgandan keyin amalga oshiriladi 19 . Bank muassasasida hisob-kitob schyotini ochish uchun korxona quyidagilarni taqdim etadi: schyotni ochish haqida ariza (0401025-shakl), uni korxona rahbari imzolashi kerak; korxonaning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi haqida hujjat; korxonaning notarius tasdiqlagan ustavi nusxasi; imzolar namunalari va muhr nusxasi tushirilgan, notarius tasdiqlagan varaqcha (0401026-shakl); korxonani tuzish haqida ta’sis shartnoma (muassisning qarori, ta’sischilar umumiy yig’ilishining qarori) nusxasi; soliq organida ro’yxatdan o’tganligi va identifikatsiyalashgan soliq to’lovchi nomeri berilganligi to’g’risida notariusda tasdiqlagan guvohnoma ko’chirmasi yoki shaxs soliq to’lovchi sub’ekt emasligi haqida ma’lumot. Yuridik shaxslar ya’ni, mustaqil balansga, Nizom va Ustaviga ega bo’lgan sub’ektlar banklarda o’zlarining hisob-kitob schyotini (5110 — «Hisob-kitob schyoti») ochish huquqiga egadirlar. Chunki vaqtincha foydalanishdan chetga chiqarilgan pul mablag’larini saqlash va ularning ustidan tizimli va doimiy nazoratni kuchaytirish lozim. Bank yoki boshqa moliyaviy tashkilotlarning schyotlarini qo’llash pul mablag’lari ustidan nazoratlarni o’rnatishning muhim usulidir. Vaholanki banklarning schyotidan foydalanish bir nechta ustunliklarni ro’yobga chiqaradi:
19 O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mаrkаziy Bаnkining 2002 yil 12 yanvаrdаgi 1/4 (60)-sоnli «O’zbеkistоn Rеspublikаsidа nаqd pulsiz hisоb-kitоblаr to’g’risidа» gi Nizоm. - pul mablag’lari banklarda maxsus jihozlangan xonalarda saqlanadi, ya’ni jismoniy himoyalangan bo’ladi; - pul mablag’lari bo’yicha alohida hisob bank tomonidan yuritiladi; - pul mablag’larini boshqarish jarayonida o’g’irlik va tavakkalchilikning darajasini kamaytiradi; - mijozlar bilan hisob-kitob muomalalarini naqd pulsiz shaklida to’lovlar va oluvlarni bevosita banqdagi ushbu schyot orqali amalga oshirish mumkin; - pul emissiyasining darajasini, pirovard natijada uning sarfini kamaytirish imkoniyatiga ega bo’linadi, chunki naqd pul qancha ko’p muomalada bo’lsa shuncha ko’p jismoniy eskiradi. Hisob-kitob schyotida sub’ektning vaqtincha ozod mablag’lari, mahsulotni sotish, ishni bajarish va xizmatlarni ko’rsatishlan olingan daromadlar, olingan qisqa va uzoq muddatli kredit va qarzlar hisobga olinadi va hisob-kitobning asosiy qismi amalga oshiriladi: mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitob; to’lovlar bo’yicha byudjet bilan hisob-kitob; ijtimoiy muhofaza tashkilotlari va davlat sug’urta idoralari bilan hisob- kitob;
boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob-kitob; mehnat haqi, moddiy yordam, mukofot, nafaqa va shunga o’xshash yo’nalishdagi to’lovlar uchun naqd pullarni kassaga olish. Bu mablag’larni o’tkazish yoki naqd olish sub’ekt rahbarining topshirig’i va roziligi bilangina amalga oshiriladi. Ayrim hollarda (qonunga muvofiq) bank sub’ektning roziligisiz quyidagi majburiyatlarga tegishli mablag’larni hisob- kitobga (inkasso tartibida) o’tkazishi mumkin: to’lov muddati kelgan byudjetga bo’lgan qarzlar; mahalliy va xo’jalik sudlarining ijro varaqlariga asosan; kreditdan foydalanish foizi, muddati o’tgan kredit summasi va bank xizmati summasi. Qolgan barcha muomalalar sub’ekt rahbariyatining rozilish bilan tasdiqlangan grafik asosida amalga oshiriladi, ya’ni bankka pul mablag’ining kelib tushishi va schyotlarni to’lovga qabul qilish vaqti inobatga olinadi. 20
“RAK AVIATION SERVICES” MCHJda pul mablag’larini qabul qilish, naqd pulni berish va naqd pulsiz hisoblarda Markaziy bank tomonidan o’rnatilgan quyidagi pul-hisob-kitob hujjatlari shakllaridan foydalaniladi: Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling