Мундарижа
-BOB. “RAK AVIATION SERVICES” mas’ulyati cheklangan
Download 1.04 Mb. Pdf ko'rish
|
pul mablaglari va pul ekvivalentlari hisobi
2-BOB. “RAK AVIATION SERVICES” mas’ulyati cheklangan
jamiyatida pul mablag’lari va pul ekvivalentlari hisobini tashkil qilish amaliyoti 2.1. “RAK AVIATION SERVICES” MCHJda naqd pullar hisob- kitobining tashkil qilish tartibi
Prezidentimiz I.A.Karimov «Iqtisodiyot barqarorligining o’ziga xos ko’rsatkichi, belgilangan ko’rsatkichlarni muvoffaqiyatli amalga oshirishning asosiy mezoni bo’lgan o’z valyutamizni mustahkamlash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlarnigina emas ijtimoiy islohatlarni ham eng ustuvor yo’nalishidir. Qachon milliy valyuta kuchli va obro’li bo’lsa, iqtisodiyot shundagina mukammal bo’ladi» deb ta’kidlagani bejiz emas 14 . Naqd pullar va qimmatli qog’ozlarni saqlash uchun har bir korxona, muassasa va tashkilotlarda kassa mavjuddir. Kassa muomalalari 1998 yil 24 yanvardagi 376- sonli qarori bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasida kassa muomalalarini amalga oshirish tartibi haqida»gi Markaziy bankning ko’rsatmasiga asosan amalga oshiriladi. «Har bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt kassa (g’azna) uchun maxsus jihozlangan xona yoki xonalarni ajratishi lozim. Ushbu xonalar temir eshik, temir panjaralar, ogohlantiruvchi jihozlar, temir seyf va temir shkaflarga ega bo’lishi, pul berish tuynukchalari va xodimlar olgan pulini hisoblaydigan stol va stullar o’rnatilgan kichik xonaga ega bo’lishi lozim» 15 .
o’zi qabul qilib olgan barcha boyliklarning but saqlanishi uchun to’liq moddiy javobgar shaxs hisoblanadi. Kassirni tayinlash bo’yicha buyruq chiqqandan so’ng, korxona rahbari uni kassa muomalalarini olib borish tartibi bilan tanishtirishi, to’liq yakka javobgarlik haqida u bilan shartnoma tuzishi kerak. Kassir o’z
14 I.A.Karimov O’zbеkiston iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish yo’lida. T. O’zbеkiston-1998y. 333- bеt. 15 Yuridik shaхslarning kassa opеratsiyalarini yuritish qoidalari 3-ilova. Davlat va jamoat birlashmalari, korхona, tashkilot hamda muassasalarining kassa хonalarini tехnik jihatdan mahkamlash va qo’riqlash yong’indan ogoh etish vositalari bo’yicha tavsiyalar. vazifalarini hech kimning zimmasiga yuklay olmaydi. Kassirni almashtirishga ehtiyoj to’g’ilganda, korxona rahbarining qarori asosida uning vazifalari boshqa xodim zimmasiga yuklanadi. O’z navbatida, u bilan to’liq moddiy javobgarlik to’g’risida shartnoma tuziladi. Kassir to’satdan ishni tashlab ketishga majbur bo’lganda (kasal bo’lganda va boshqa hollarda), uning hisobdorligidagi boyliklarni korxona rahbari tayinlagan shaxslardan iborat komissiya tomonidan tuzilgan dalolatnomaga asosan boshqa kassirga o’tkazadi. Bunda qayta hisoblash natijalari va boyliklarni berish haqida dalolatnoma tuziladi, unga komissiya a’zolari imzo chekadi. Kassa muomalalarini amalga oshirish jarayonida quyidagi hujjatlar tuziladi: - «Kassaning kirim orderi» — kassaga naqd pul kirim qilinayotganda asos bo’ladi. Unga bosh hisobchi imzo chekadi va pattasi qirqib olinadi. - «Kassaning chiqim orderi» — kassadagi naqts pullarning chiqishiga asos bo’ladi. Unga sub’ektning rahbari va bosh buxgalteri imzo chekadilar. Ayrim hollarda (mehnat haqi berilayotganda — to’lov qaydnomasi, yakka tartibda pul olganda — ariza va boshqalar) boshqa qo’shimcha hujjatlar tuziladi; - «Kirim va chiqim orderlarini qayd qilish jurnali». Bu jurnal buxgalteriyada yuritilib unda har bir kirim va chiqim orderi qayd qilinadi va tartib nomeri qo’yilib olingan va sarflangan naqd pullarning harakati va yo’nalishi ustidan nazorat qilinadi; - «Kassa kitobi» — uni kassir yuritadi. Kitobning betlari raqamlashtirilgan va oxirida betlar soni ko’rsatilib muhr bilan tasdiqlangan bo’lishi kerak 16 .
hisobot sifatida tegishli hujjatlar bilan buxgalteriyaga topshiriladi va ikkinchi nusxasi esa kassirda saqlanadi. Kassaning hujjatlarida tuzatish yoki o’chirib yozishga ruxsat berilmaydi. RAK AVIATION SERVICES” MCHJda pul berishga doir barcha hujjatlarni korxona rahbari va bosh buxgalter yoki ular vakolat bergan shaxslar imzolashi
16 O. Bobojonov, K. Jumaniyozov. Moliyaviy hisob. Toshkеnt, «Moliya» 2002 yil. kerak. Agar kassa chiqim orderiga ilova qilingan hujjatlarda korxona rahbarining ruxsat beruvchi qaydi bo’lsa, orderda uning imzosi bo’lishi shart emas. Kassa chiqim orderi buxgalteriyada tuziladi va kassa chiqim orderini qayd qilish jurnalida qayd qilinadi va kassirga ijro etish uchun topshiriladi. Kassada naqd pullardan tashqari qimmatli qog’ozlar (aktsiya, obligatsiya), pul hujjatlari (yo’llanmalar), transportda yurish biletlari, markalar, lotereya biletlari ham saqlanadi. Kassadagi pul mablag’larining mavjudligi va harakati to’g’risidagi ma’lumotlar quyidagi schyotlarda umulashtiriladi: 5010- «Milliy valyutadagi pul mablag’lari»; 5020- «Xorij valyutasidagi pul mablag’lari». Kassa muomalalarini amalga oshirish va hujjatlashtirish tartibi O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ishlab chiqiladi va nazorat qilinadi. 17
Ushbu schyotlarning debetida oy boshidagi qoldiq, oborotida oy davomidagi naqd pulning kirimi, kredit oborotida esa naqd pullarning oy davomidagi chiqimi sarfi hisobga olib boriladi. Kredit summalari guruhlashgan holda 1-jurnal orderda, kredit summalari 1- qaydnomada jamg’arilib boriladi. Hozirgi vaqtda tezkor muomalalarni amalga oshirish va mehnat haqini o’z vaqtida to’lash maqsadida yirik kompaniya va firmalarda kichik kassalar tashkil qilingan. Pul mablag’larining kamomadi yoki ortiqchaligi — bu xarajatlar schyoti (debet qoldiq) yoki daromadlar schyoti (kredit qoldiq)da ko’rsatiladi. Kamomad yoki ortiqchalik qayd qilishdagi yoki to’lovdagi xatolardan paydo bo’ladi. Agar kamomad odatdagidan ko’proq yoki shu kassada doimiy bo’lib tursa, demak o’g’irlik haqida shubha tug’iladi. Ma’lum hollarda o’g’irlik yoki tovlamachilik haqida shubha bor joyda, bu zarar kabi aks ettiriladi, ammo naqd pulning kamomadi yoki ortiqchaligi sifatida emas.
17
ro’yhatga olingan. 2000y.1iyun. 930-son.
Har hisobot sanasida yoki joriy oyning oy oxirida kassadagi qoldiqlarni taqqoslash shart. Har bir pul mablag’larini saqlash joyi bo’yicha aloxida schyotda yuritish, taqqoslashning o’tkazilishini osonlashtiradi va xatolarni topishga imkoniyat beradi. Taqqoslash jarayoni quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi: - kassadagi naqd pul qoldiqlarini sanash — kassirning ishtirokida naqd pul muomalasi bilan shug’ullanmaydigan shaxslar o’tkazadilar va tekshirish natijasida tuzilgan dalolatnoma hamma ishtirokchilar tomonidan imzolanib, sana qo’yilishi shart; - buxgalteriya schyotidagi qoldiqlarni haqiqatdagi naqd pul mablag’lari bilan taqqoslash lozim. Ish haqi, vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo’qotganlik nafaqasi, pensiyalar va mukofotlar kassir tomonidan to’lov qaydnomalari bo’yicha har bir xodimga chiqim orderlarini tuzib o’tirmasdan beriladi. To’lov qaydnomaning titul (birinchi) varag’iga pul berishga doir ruxsat berish haqida yozuv qilinadi, uning tagiga korxona rahbari, bosh buxgalter yoki ular vakolat bergan shaxslar imzo chekadi, pul berish muddatlari va summa yozuvda ko’rsatiladi. Agarda xodimlar ushbu pullarni o’z vaqtida olmasalar, ya’ni 3 (uch) kun ichida, ular deponentga o’tkaziladi. Ish haqi, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari, stipendiya, pensiya va mukofotlarni to’lashning belgilangan muddatlari tugashi bilan, ya’ni yuqorida aytib o’tilganidek: a) to’lov qaydnomasida ish haqi, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari, stipendiya, pensiya yoki mukofotlar to’lanmagan shaxslar familiyasi to’g’risiga shtamp qo’yishi yoki qo’lda "Deponentlangan" deb belgi qo’yishi; b) deponentlangan summalar reestrini tuzishi; v) qaydnoma oxirida haqiqatda to’langan summa va ish haq i , vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari, stipendiya, pensiya yoki mukofotlarni to’lashning olinmagan, deponentlanishi kerak bo’lgan summasi to’g’risida yozib qo’yishi, ushbu summalarni to’lov qaydnomasi bo’yicha umumiy yakun bilan solishtirishi va yozuvni o’z imzosi bilan tasdiqlashi kerak; g ) kassir kassa daftariga haqiqatda to’langan summani yozishi va qaydnomaga " -son chiqim kassa orderi" shtampini qo’yishi shart. Korxona hodimlariga ish haqidan avans berilganda quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi: Debet 4210 “Ish haqi yuzasidan berilgan avans” scheti Kredit 5010 “Kassa” scheti Agar xizmat safari uchun xodimga avans berilsa, ushbu operatsiya buxgalteriyada quyidagicha rasmiylashtiriladi: Debet 4220 “Xizmat safari uchun berilgan avans” scheti Kredit 5010 “Kassa” scheti Korxona o’z mahsulot (ish, xizmat)larini naqd pulga sotsa, tushum summasiga quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi: Debet 5010 “Kassa” scheti Kredit 9010, 9020, 9030 “Mahsulot sotishdan olingan tushum” schetlari Hisobdor shaxslar tomonidan ishlatilmagan pul mablag’lari korxona kassasiga qaytarib topshirganda Debet 5010 “Kassa” scheti Kredit 4220 “Xizmat safari uchun berilgan avans” scheti. Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitob bo’yicha umumlashtirilgan ma’lumotlar 7-jurnal orderda yil davomida yig’ma jami summa ko’rsatilgan holda har bir hisobdor shaxs bo’yicha yuritiladi. 5000 - «Kassadagi pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar» debeti quyidagi schyotlarning krediti bilan muomalada bo’lishi mumkin: 4010, 9010, 9030 - Mahsulot, ish va xizmatlarning sotilishidan olingan mablag’lar, 9210–Asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishidan olingan pul mablag’lari, 9220 – Boshqa aktivlarning sotilish, 5110 – Bankdagi schyotlardan naqd pulning olinishi, 4310 – Mol etkazib beruvchilar tomonidan avansning qaytarilishi, 6310 – Xaridor va buyurtmachilardan avansning olinishi, 4430 – Hisodor shaxslar olgan ortiqcha summaning qaytarilishi, 4610 – Ta’sischilarning ulushlari yuzasidan badallari, 4890 – Qarzlar summasining qaytarilishi, 4830 – dividendlarning olinishi, 9390 – Naqd pulning ortiqchaligi, 4730 – Kamomad va va o’g’irlik qiymatini naqd pulda to’lash, 6810 – Bankning qisqa muddatli krediti olindi, 7810 – Uzoq muddatli bank krediti olindi va boshqalar. 5000 - «Kassadagi pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar» krediti quyidagi schyotlarning debeti bilan muomalada bo’lishi mumkin: 2910 - Naqd pulga tovarlarni sotib olish, 1010-1090 - Naqd pulga moddiy qiymatliklarni sotib olish, 5110, 5210 – Ortiqcha pul mablag’larining topshirilishi, 0610 – Qimmatli qog’ozlarni sotib olish, 0430 – Dasturlarni sotib olish, 6710, 6610 – Mehnat haqi, yordam pullari, mukofotlar, dividendlarning berilishi, 4420, 4430, 4490 – Xizmat sarfi, xo’jalik sarflari va boshqa sarflar uchun xodimlarga berilgan avanslar, 4720–Xodimlarga naqd pulda qarz berish, 6910 – Ijara to’lovlarini to’lanishi, 9430 – Bir marotabalik yordamning berilishi, 5910 - Naqd pulning kamomadi, 6720- Deponent summasining naqd pulda berilishi, 9430– Moddiy yordam puli berildi, 6810–Olingan qisqa muddatli kredit to’landi, 7810– Olingan uzoq muddatli kredit to’landi va hokozolar. Respublikamiz milliy valyuta qadrini oshirishda naqd pul muomalalari muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan ham keyingi paytlarda naqd pul muomalalarini tartibga solish bo’yicha ko’pgina chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Pul muomalasini yanada takomillashtirish, naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini kengaytirish, bankdan tashqari muomalani qisqartirish va soliq to’lashdan bo’yin tovlashning oldini olish maqsadida 2002 yil 3 avgustdan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Pul mablag’larining bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori qabul qilindi. Ushbu qarorning 5-bandiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo’mitasi va Markaziy banki zimmasiga alohida yirik miqdordagi pul mablag’lari muomalasi, shu jumladan, naqd pul berilishi bo’yicha axborotlarni elektron ayirboshlash tizimini ishlab chiqish va joriy etish vazifasi yuklatilgan. Bundan tashqari, ushbu qarorning 10-bandiga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki zimmasiga tijorat banklari bilan birgalikda 2002 yil 1 oktyabrigacha kredit plastik
kartochkalarini muomalaga chiqarish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling