Мундарижа


-BOB. “RAK AVIATION SERVICES” MCHJda pul mablag’lari va pul


Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/33
Sana02.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#192988
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33
Bog'liq
pul mablaglari va pul ekvivalentlari hisobi

3-BOB. “RAK AVIATION SERVICES” MCHJda pul mablag’lari va pul 

ekvivalentlari auditining holati va uni takomillashtirish yo’nalishlari 

3.1.  “RAK  AVIATION  SERVICES”  MCHJda  pul  mablag’lari  va  pul 

ekvivalentlari auditining holati 

 

Amalga oshirilayotgan iqtisodiy isloxotlar natijasida  respublikamizda yalpi 



ichki  mahsulot  hajmi  sezilarli  darajada  oshib  bormoqda,  davlat  byudjetining 

daromad  qismi  ham  shunga  mutanosib  ravishda  oshmoqda.  Mamlakatda 

makroiqtisodiy  barqarorlikka  erishmoqda,  pul  –  valyuta  va  to’lov  intizomi 

mustahkamlanib  bormoqda.  Shular  bilan  birgalikda  pul  –  valyuta  resurslaridan 

samarali foydalanishda, to’lov intizomini bozor talablariga moslashtirishda ma’lum 

kamchiliklar,  bu  soxada  to’liq  foydalanishmagan  ichki  imkoniyatlar  bor.  Shular 

jumlasiga  pul  mablag’lari,  valyuta  muomalalarini  uzluksiz  tartibda  hisobga  olib 

borish, ularni nazoratini doimiy ravishda takomillashtirish kiradi. 

Pul  mablag’larini  auditorlik  tekshiruvidan  o’tkazishning  asosiy  maqsadi  – 

kassadagi  milliy  va  xorijiy  valyutadagi  naqd  pul  mablag’lari,  bankdagi  hisob  – 

kitob schyoti, valyuta schyotlari va boshqa maxsus schyotlarga doir muomalalarni 

auditorlik tekshiruvidan o’tkazib, moliyaviy hisobotning «Pul mablag’lari» bo’limi 

bo’yicha ma’lumotlarning ishonchliligi va bankdagi schyotlarda pul mablag’larini 

hisobga  olish  uslubiyotining  O’zbekiston  Respublikasida  amal  qilayotgan 

me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi to’g’risida xulosa shakillantirish, ular saqlanishi 

va  ishlatilishining  maqsadga  muvofiqligi,  samaradorligi  hamda  qonuniyligini 

ta’minlash, shuningdek hisobga olishni takomillashtirishdan iborat. 

Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni hal etish zarur:- 

pul  mablag’lari,  pulli  hujjatlar,  valyuta  operatsiyalarining  hisob  ma’lumotlariga 

muvofiqligini  tekshirish;  -  kassa  ho’jaligi,  o’zaro  hisob  –  kitoblarning  qabul 

qilingan  qoida  va  tartiblarga  mosligini  tekshirish;  -pul  –  valyuta  mablag’larining 

maqsadli  sarflanishi  va  uning  qonuniyligini  tekshirish;  -  pul  –  valyuta 

mablag’larining  buxgalteriya  hisobida  to’g’ri  yuritilishini  tekshirish;  -  pul  – 



valyuta mablag’lari to’g’risidagi hisobotning joriy hisob ma’lumotlariga mosligini 

tekshirishdan iborat

24

. 



Shu  o’rinda  pul  mablag’lari  bilan  bog’liq  muomalalar  auditining 

xususiyatlariga ham  to’xtalib o’tishimiz  zarur. Chunki auditor pul  mablag’lari va 

valyuta  muomalalari  auditini  amalga  oshirayotgan  vaqtda  ushbu  xususiyatlarni 

chuqur bilishi va tekshirish jarayonida hisobga olib borish kerak. Pul mablag’lari 

va valyuta muomalalari auditi xususiyatlari quyidagilardan iborat: 

- faoliyat  yurituvchi  sub’ektning  pul  mablag’lari  turli  manbalardan  tashkil 

topadi  (o’z  mablag’lari  manbalari,  bank  kreditorlari,  investor  va  ta’sischilar 

manbalari va boshqa manbalar); 

- korxonaning pul mablag’lari turli yo’nalishlar bo’yicha sarf qilinadi

- pul mablag’larining sarfi naqd pul va naqd pulsiz 

amalga oshiriladi; 

- korxonalarda  pul  mablag’lari  O’zbekiston  valyutasida  va  xorijiy 

valyutalarda yuritiladi

- pul  mablag’lari  naqd  pullar,  pul  hujjatlari  (pul  ekvivalentlari)  orqali 

muomalada bo’ladi; 

- pul mablag’lari buxgalteriya hisobining turli schyotlarida yuritiladi; 

- korxona kassasida ham milliy pul, ham chet el valyutasi bo’ladi; 

- pul mablag’lari bo’yicha kompensatsion qoldiq (yaxlit kerak bo’ladigan pul 

mablag’i) belgilangan. 

Audit  jarayonida  eng  muhim  o’rinlardan  birini  audit  manbalari  to’g’ri 

aniqlash  egallaydi.  Pul  manbalari  bilan  bog’liq  muomalalar  auditini  amalga 

oshirish  mobaynida  audit  manbalari  sifatida  hisob  yuritish  schyoti  to’g’risidagi 

buyruqning pul mablag’lari hisobiga doir bo’limi, bankdagi hisob – kitob, valyuta 

va  boshqa  maxsus  schyotlar  bo’yicha  muomalalarni  amalga  oshirishni  va  ushbu 

muomalalarni  buxgalteriya  hisobida  aks  ettirishni  tartibga  soluvchi  asosiy 

me’yoriy  hujjatlar,  buxgalteriya  hisobotlari  (buxgalteriya  balansi  va  pul  oqimlari 

                                           

24

 H.N.Musaеv. Audit. –T.: Moliya? 2003 yil. 76-bеt. 



 


to’g’risidagi  hisobot),  soliq  hisoboti  (so’mdagi  va  chet  el  valyutasidagi  schyotlar 

to’g’risida ma’lumot, bankdagi schyotlar bo’yicha muomalalarni hisobga oladigan 

sintetik 

hisob 


registorlari, 

bankdagi 

schyotlarga 

doir 


muomalalarni 

rasmiylashtiradigan  dastlabki  hujjatlar,  bankdagi  schyotlarga  doir  muomalalarni 

aks  ettirish  uchun  qo’llaniladigan  ishchi  schyotlar  rejasi,  buxgalteriya  hisobining 

korxonada qo’llaniladigan shakli va bankdagi schyotlardagi mablag’larni hisobga 

olishga doir registorlar ro’yxati, bankdagi schyotlardagi pul mablag’larini hisobga 

olish  bilan  bog’liq  bo’lgan  dastlabki  hujjatlarning  aylanish  grafigi,  bankdagi 

schyotlarga  doir  muomalalar  bo’yicha  pul  va  hisob  –  kitob  hujjatlarini  imzolash 

huquqiga  ega  shaxslar  ro’yxatini,  pul  mablag’lari  schyotlaridan  pul  mablag’lari 

ma’lumotlari,  kassa  kirim  orderlari, kassa  chiqim  orderlari,  oylik  tarqatish  uchun 

tuzilgan vedomstlar, deponentlashtirishga oylik haqlar ma’lumotlari, kassa kitobi, 

bosh  kitob  ma’lumotlari  va  boshqa  shu  kabi  ma’lumotlar  registrlaridan 

foydalaniladi. 

Pul mablag’lari bilan bog’liq bo’lgan muomalalarning maqsadi, vazifalari va 

ma’lumot  manbalarini  o’rganish  bilan  birga  ularni  nazorat  qilish  turlariga  ham 

to’xtalib  o’tsak  maqsadga  muvofiq  bo’ladi.  Chunki  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida 

pul mablag’larini saqlash kirim qilish va sarfining usitdan qattiq va tizimli nazorat 

o’rnatish lozim. Ular tez harakat qiladigan va o’g’irlanishi nisbatan oson bo’lgan 

mablag’lardir.  Shuning  uchun  ularni  saqlash,  kirim  va  sarflanishini  nazorat 

qilishning quyidagi usullarini qo’llash mumkin. 

Pul mablag’larining ichki nazorati. 

- pul mablag’larini alohida saqlash va alohida hisobini yuritish

- naqd pulga amalga oshirilgan barcha muomalalarning hisobini yuritish; 

- kassada faqat zarur bo’lgan naqd pulning qoldig’ini saqlash; 

- kassadagi  nakd  pul  qoldig’ining  doimiy  tekshiruv  hisoblarini  amalga 

oshirish; 

- daromad keltirmaydigan pul mablag’larining qaytarilishini ta’minlash; 

- pul  mablag’larini  jismoniy  nazorat  qilish  (vaqti  vaqti  bilan  kassadagi  naqd 

pullarni inventarizatsiya usuli yordamida tekshirib turish). 




Pul  mablag’larining  kelib  tushishini  nazorat  qilish  quyidagi  tartibda  amalga 

oshiriladi.  Hamma  sub’ektlarda  pul  mablag’larining  tushishishining  ko’p 

manbalari  va  har  xil nazorat  muomalalari  mavjud.  Amalda  quyidagi  muomalalar 

ko’proq ishlatiladi: 

  pul mablag’larini to’lash, naqd pulga amalga oshiriladigan muomalalarni aks 

ettirish  va  kassadagi  qoldiqlarni  taqqoslash  bo’yicha  majburiyatlarni  ta’minlash. 

Bu tartib o’g’irlikni qalbaki hujjatlar bilan berkitish va o’g’irlik tavakkalchiligini 

kamaytiradi; 

  pul  mablag’larining  bankdagi  schyotlarga  tushishidan  boshlab,  doimiy  va 

to’xtovsiz  pul  olish  uchun  har  bir  alohida  xodimga  majburiyatni  belgilash.  Bu 

nazorat o’z navbatida quyidagilarni talab etadi: 

a)  kechiktirilmagan  hisob-kitoblar,  ya’ni  hisob-kitoblarni  belgilangan  vaqtda 

amalga oshirish; 

b)  kechiktirilmagan  yozuvlar,  muomala  yozuvlarini  o’z  vaqtida  amalga 

oshirish; 

v)  olingan  barcha  pul  mablag’larini  o’z  vaqtida  deponentlash,  ya’ni  tegishli 

maqsadlar yoki majburiyatlarga yo’naltirish. 

Kassa  muomalalarini  yuritish  O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki 

boshqaruvining  1998-  yil  24-yanvardagi  376-sonli  qarori  bilan  tasdiqlangan 

“Yuridik  shaxslar  tomonidan  kassa  operatsiyalarini  amalga  oshirish  qoidalari” 

bilan tartibga solinadi. Ushbu qoidaga muvofiq, barcha yuridik shaxslar mulkchilik 

shaklidan  qat’iy  nazar,  o’zlarining  pul  mablag’larini  bank  muassasalarida 

saqlashlari shart.  

Kassa operatsiyalarini tekshirishda ma’lumot manbai quyidagilar hisoblanadi: 

- naqd  pullarni  kirim  qilish  va  berish  bo’yicha  dastlabki  hujjatlarni 

rasmiylashtirish (kirim va chiqim kassa orderlari KO-1, KO-2); 

- kassa daftari, kirim va chiqim kassa hujjatlarini ro’yhatga olish daftari

- kassa hujjatlariga oid dastlabki tasdiqlovchi hujjatlar. 

Kassadagi  pul  mablag’larini  hisobga  olish  auditi  ob’yektlarini  quyidagi         

4-jadval ma’lumotlari asosida guruhlashtirish mumkin.   





Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling