Xujjatlarni ro’yxatga olishning maqsadi,vazifalari va qoidalari
Download 11.7 Kb.
|
Xujjatlarni ro’yxatga olishning maqsadi,vazifalari va qoidalari-fayllar.org
Xujjatlarni ro’yxatga olishning maqsadi,vazifalari va qoidalari Xujjatlarni ro’yxatga olishning maqsadi,vazifalari va qoidalariBajarish va hisobga olishni talab qiladigan barcha hujjatlar - olinma hujjatlar ham, jo’natma hujjatlar ham, ichki hujjatlar ham, albatta, ro’yxatga olinadi - qayd qilinadi. Hujjatlar bir marta: olinma hujjatlar - kelib tushgan kuni; jo’natma hujjatlar – imzolangan yoki tasdiqlangan kuni ro’yxatga olinadi. Ro’yxatdan o’tkazilgan hujjat bir bo’linmadan boshqasiga u qayta ro’yxatga olinmaydi. Lekin umumiy (markazlashgan devonxonada) ro’yxatdan o’tkazilmaydigan hujjatlar ham bo’ladi (1-ilovaga qarang), ular tegishli bo’linmalarda ro’yxatga olinadi (umumiy bo’limda faqat kelgan sanasi qo’yiladi).Olinma, jo’natma va ichki hujjatlar alohida-alohida ro’yxatga olinadi. Olinma va jo’natma hujjatlarnnng ruyxatga olinish shartli raqami (indeksi) ro’yxatdan o’tkazish tartib raqami va yig’majildlar nomenklaturasi bo’yicha yig’majild indeksi raqamlaridan iborat bo’ladi. Masalan: 165/03-19 Bu erda: 165 – ro’yxatdan o’tkazish tartib raqami 03-19 - hujjat yoki uning nusxasi tikiladigan yig’majild raqami. Ichki hujjatlar ro’yxatga olinayotganda, hujjat turiga qarab guruhlanadi va ularning har biri alohida-alohida qaydlanadi. Masalan, asosiy faoliyat bo’yicha buyruqlar, shaxsiy tarkib bo’yicha buyruqlar, taftish dalolatnomasi, bayonnomalar, hisobotlar, bildirishnomalar, arizalar va h.k. Ro’yxatga olinishning tartib raqami (indeksi) har birida alohida bo’ladi. Ro’yxatga olish indeksi yil davomida qo’yiladi va yil boshidan qayta tartiblanadi. Hujjatning nisbatan oz yoki ko’pligiga qarab, ro’yxatga olish daftari (jurnali) yoki ro’yxatga olish- nazorat varaqchasi (kartochkasi) qo’llaniladi. Ro’yxatga olish daftari hujjatlar soni uncha ko’p bo’lmagan tashkilotlarda qulaydir.Olinma, jo’natma va ichki hujjatlar alohida-alohida ro’yxatga olinadi. Olinma va jo’natma hujjatlarnnng ruyxatga olinish shartli raqami (indeksi) ro’yxatdan o’tkazish tartib raqami va yig’majildlar nomenklaturasi bo’yicha yig’majild indeksi raqamlaridan iborat bo’ladi. Masalan: 165/03-19 Bu erda: 165 – ro’yxatdan o’tkazish tartib raqami 03-19 - hujjat yoki uning nusxasi tikiladigan yig’majild raqami. Ichki hujjatlar ro’yxatga olinayotganda, hujjat turiga qarab guruhlanadi va ularning har biri alohida-alohida qaydlanadi. Masalan, asosiy faoliyat bo’yicha buyruqlar, shaxsiy tarkib bo’yicha buyruqlar, taftish dalolatnomasi, bayonnomalar, hisobotlar, bildirishnomalar, arizalar va h.k. Ro’yxatga olinishning tartib raqami (indeksi) har birida alohida bo’ladi. Ro’yxatga olish indeksi yil davomida qo’yiladi va yil boshidan qayta tartiblanadi. Hujjatning nisbatan oz yoki ko’pligiga qarab, ro’yxatga olish daftari (jurnali) yoki ro’yxatga olish- nazorat varaqchasi (kartochkasi) qo’llaniladi. Ro’yxatga olish daftari hujjatlar soni uncha ko’p bo’lmagan tashkilotlarda qulaydir. Download 11.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling