Мундарижа
Download 1.04 Mb. Pdf ko'rish
|
pul mablaglari va pul ekvivalentlari hisobi
Тўлов
талабнома- си
Мол юборувчи
ТМЗ
учун
Иш- хизмат учун
Олинади- ган
тўлов
Uning debet tomonida oy boshidagi mablag’ning qoldig’i, holati va mablag’larning ko’payishi, sub’yektning kassasidan naqd pullarning qaytishi, iste’molchi, buyurtmachi va debitorlardan kelib tushgan mablag’lar, olingan kredit va qarzlar ko’rsatiladi. Kredit tomonida esa, mol yetkazib beruvchilarga olingan xom ashyo va materiallar, pudratchilarga bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’langan summalar qayd qilib boriladi. Hozirgi davrda hisob-kitob muomalalarini tezlashtirish, mablag’larning aylanish samaradorligini oshirish maqsadida ushbu
muomalalar kompyuterlashtirilgan. Natijada bankdagi hisob-kitob schyotidagi mablag’larning harakati va holati maxsus raqamlarda (kodlarda) beriladi. Bankdagi hisob-kitob schyotidagi sodir bo’lgan muomalalarning tasdiqlangan kodlari 2–jadvalda keltirilgan. Hisob-kitob schyotidan olingan ko’chirmaga asosan 2-jurnal-orderning kredit muomalalaridagi summalarini, ya’ni mol etkazib beruvchilarga to’langan qarzlar, bank kreditlari, byudjet va ijtimoiy sug’urta to’lovlari va olingan naqd pullarni umumlashtiradi, 2-qaydnoma esa ushbu schyotning debet tomonida qayd qilingan muomalalari bo’yicha mablag’larning harakatini ya’ni, xaridorlardan tushgan mablag’lar, olingan kredit va qarzlar, debitorlar va buyurtmachilardan tushgan summalarni umumlashtiradi va nazorat qiladi. Bank tomonidan berilgan ko’chirmadagi bir xil schyotlarda ko’rsatilgan summalar yig’iladi va tegishli 2-jurnal-order va qaydnomalarga ja’mi summasi yozilib boriladi. Ushbu registrlarni to’lg’azish tartibi bankning har bir ko’chirmasi uchun muddati (bir, ikki, besh, o’n kun)dan qat’iy nazar bitta qator qoldiriladi. Har oyda olingan bank ko’chirmalarining soni tegishli 2-jurnal-order va 2-jamg’arma qaydnomadagi qatorlar soniga teng bo’lishi shart. 2-jurnal-order va 2-qaydnomada yozuvlar tegishli schyotlar aloqa qilgan holda 5110—«Hisob-kitob schyoti»ning debeti va krediti bo’yicha yoziladi 22 .
22 Н.Жўраев, Ф.Абдувахидов, Д.Сотиволдиева. молиявий ва бошқарув ҳисоби. –Т.: «Иқтисодиёт-молия» 2012 yil. |
ma'muriyatiga murojaat qiling