Мундарижа


 “RAK AVIATION SERVICES” MCHJda pul ekvivalentlari (turlari


Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/33
Sana02.01.2022
Hajmi1.04 Mb.
#192988
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   33
Bog'liq
pul mablaglari va pul ekvivalentlari hisobi

2.3. “RAK AVIATION SERVICES” MCHJda pul ekvivalentlari (turlari 

bo’yicha) hisobining hozirgi holati 

Pul  ekvivalentlari  bu  pul  mablag’lariga  o’xshash,  lekin  boshqacha 

tasniflanadigan  aktivlar  sifatida  hisobga  olinishini  biz  ushbu  savoldan  oldingi 



savolda  atroflicha  batafsil  bilib  oldik.  Endi  esa  mazkur  aktivlarni  tasniflanishini 

ko’rib chiqamiz. 

Pul  ekvivalentlari  sifatida  xazina  majburiyatlari,  depozit  sertifikatlari, 

veksellar  va  xosila  qimmatli  qog’ozlari,  aksiyalar,  varratlar  ham  muomalada 

yuradi. 

Xazina veksellari, muomalaga chiqarilgandan so’ng 1 yil muddatdan o’tgach 

qaytariladigan hukumatning foizsiz majburiyatlaridir. Ular chegirma bilan sotiladi 

va  o’z  vaqtida  to’lanadi.  To’lash  qiymati  va  chiqarilish  qiymati  o’rtasidagi  farq 

xaridorning  daromadi  bo’ladi.  Xazina  veksellari  bir  yil  va  undan  ortiq  muddatda 

to’lanadigan  xukumat  majburiyatlari  hisoblanib,  agar    ular  joriy  moliyaviy  yil 

davomida  to’lanmasa,  ular  qisqa  muddatli  investisiyalar  sifatida  tavsiflanmaydi, 

tijorat  qog’ozlari  (korporasiyalar  tomonidan  chiqarilgan,  o’zining  qisqa  muddatli 

pul mablag’larga bo’lgan ehtiyojlarini moliyalashtiruvchi mablag’dir)  va depozit 

sertifikatlar  (tezda talab qilib olish mumkin bo’lmagan depozit sertifikatlari yoki 

bank  depozitlari  yoki  muomalaga  chiqarish  yo’li  bilan  to’lanishi  va  sanksiya 

o’tkazilishi mumkin)dan iborat. 

Xazina  majburiyatlari  -  qimmatli  qog’ozlarning  bu  turi:  ular  egalarining 

byudjetga  pul  mablag’lari  to’laganligini  tasdiqlaydi  va  shu  qog’ozlarga  egalik 

qilishning butun muddati mobaynida belgilangan daromadni olish huquqni beradi. 

Xazina majburiyatlari:                      

- uzoq muddatli;  

- o’rta muddatli;  

- qisqa muddatlidir.  

Uzoq muddatli majburiyatlar 5 yil va undan ko’p muddatda. O’rta muddatli 

majburiyatlar  bir  yiddan  5  yilgacha  muddatda  muomalada  yuradi  kiska  muddatli 

majburiyatlar  esa  3,6  va  12  oyga  chiqariladi.  Xazina  majburiyatlari 

obligasiyalardan  imkoniyatlarining  ko’pligi  va  daromad  olish  shartlarinpng  turli 

tumanligi bilan farq qiladi. 




Uzoq muddatli xazina majburiyatlari bo’yicha daromadlarni to’lash xar yili 

ko’ponlar  bo’yicha  yoki  nominalga  foizlar  qo’shishi  yo’li  bilan  majburiyatlarni 

uzishga, lekin xar yillik to’lovsizlar amalga oshirilishi mumkin. 

O’rta  muddatli  xazina  majburiyatlari  egallashga  daromad  majburiyatlar 

chiqarilgan  vaqtdan  to  uni  uzgunga  qadar  o’tgan  muddatga  bog’liq  xolda  ularni 

kaytarib olib evaziga nominalga foizlar qo’shish yo’li bilan to’lanadi. 

Qisqa muddatli xazina majburiyatlarida ko’ponlar bo’lmaydi, ular bo’yicha 

hisoblangan foizlarni qo’shgan holda qaytarib sotib olish yo’li bilan o’ziladi. 

Depozit  sertifikati  -  bank  emitentning  pul  mablag’lari  qo’yilganligi   

haqidagi   guvohnomasi;   omonatchining  yoki merosxo’rning belgilangan muddat 

o’tganidan  so’ng  omonat  summasini  va  unga  hisoblangan  foizni  olish  huquqini 

tasdiqlaydi. Sertifikat muddatidan oldin to’lash uchun taqdim qilingan holda uning 

egasiga  sertifikatning  yozilgan  qiymatini  va  pasaytirilgan  stavka  bo’yicha  foiz 

to’lanadi.  Bu  qimmatli  qog’ozlarni  bank  muomalaga  chiqaradi.  Nomi  yozilgan 

sertifikatlar va nomi yozilmagan sertifikat turli bo’lishi mumkin. Nomi yozilmagan 

sertifikatning  talab  qilish  huquqini  boshqa  shaxsga  berish  shu  sertifikatni  o’sha 

shaxsga  oddiygina  topshirish  yo’li  bilan  amalga  oshiriladi.  Nomi  yozilgan 

sertifikatning  talab  qilish  huquqini  boshqa  shaxsga  berish  bir  tomondan  o’z 

huquqlarini  berayotgan  shaxs,  shu  huquqlarni  olayotgan  shaxs  o’rtasida  ikki 

tomonlama kelishuv o’rnatilganligini bildiradi. 

Veksel  —  bir  shaxs  tomonidan  ikkinchisiga  yozib  berilgan  qarz 

majburiyatini  ifodalovchi  qimmatli  qog’ozlarning  bir  shaklidir.  Vekselni  har 

qanday  to’lovga  qobil  shaxs  yozib  berish  huquqiga  ega.  Veksel  sotilishi,  kredit 

sifatida  berilishi  va  biror  bir  oldi  -sotdi  bitimida  hisob  -  kitob  to’lov  vositasi 

sifatida ishlatilishi mumkin. 

Qo’llanilishi  nuqtai  nazaridan  veksellar  o’tkazma  va  oddiy  veksellarga 

bo’linadi.  O’tkazma  veksel  -  tovar  oldi  -  sotdisida  yozilgan  veksel  beruvchining 

tovarning pulini vekselni qabul qilib oluvchiga (ya’ni, tovar egasiga) uchinchi bir 

shaxs  tomonidan  to’lab  berilishi  lozimligini  (veksel  beruvchining  buyrug’ini) 



ifodalovchi  yozma  hujjat.  Veksel  beruvchi  faqat  to’lab  beruvchida  (uchinchi 

shaxsda) mulki, puli bo’lgan holatdagina o’tkazma vekselni yozib bera oladi. 

Oddiy  veksel  -  bir  kishining  (  veksel  beruvchinpng)  boshqa  bir  ma’lum 

shaxsga  (dastlabki  oluvchiga)  yoki  uning  buyrug’i  bilan  so’zsiz  ravishda 

belgilangan  muddatda  yoki  talab  qilingan  vaqtda  ma’lum  pul  mablag’ni  to’lash 

majburiyatini o’z ichiga olgan yozma hujjatdir. 

Veksellar  asosan  qisqa  muddatga  (1  yilgacha)  berilib,  ko’proq 

korxonalarning aylanma vositalarini ko’paytirishga imkon beradi va shu yo’l bilan 

ishlab  chiqarishdagi  samarasini  oshiradi.  SHuning  bilan  birga  to’lovning 

kafolatlanganligi  oldindan  to’lov  uchun  pul  o’tkazish  zaruratini  yo’qqa  chiqaradi 

va moddiy oborotni anchagina tezlashtiradi. Vekselning ayrim shakllari vaqtincha 

bo’sh turgan har qanday miqdordagi pul mablag’larini ma’lum muddat mobaynida 

samarali  ishlatishga  imkon  beradi.  Veksellarning  kredit  olishda  ishonchli  garov 

vositasi  sifatida  ishlatish  mumkin.  Bunday  kredit  lombard  kredit  deb  yuritiladi. 

Veksellardan  hisob-kitob,  to’lovda  foydalanish  tufayli  bank  orqali  pul  o’tkazish 

zarurati qolmaydi. 

Veksel  bilan  hisob  kitob  qilish,  to’lov  tizimini  vujudga  keltirishni 

respublikamizda bir necha bosqichda amalaga oshirilgan edi: Dastlabki bosqichda 

tijorat banklari va ayrim to’lovga qobil xo’jalik sub’ektlari (korxonalar) tomonidan 

chiqarilgan  veksellar  joriy  etildi.  Bizning  respublikamizda  veksel  muomalasini  

tashkil  etish  jarayonida    bu  borada  rivojlanmagan  va  qo’shni  davlatlardagi 

tajribalar o’rganib  chiqilib,  ularda  erishilgan  yutuqlarni ko’paytirish va qo’yilgan 

kamchiliklarni  takrorlamaslik  maqsadida  bir  muncha  o’ziga  xos  xususiyatlar 

hisobiga  olindi.  Jumladan,  boshqa  davlatlardan  farqli  o’laroq,  bizda  muomalaga 

chiqarilgan  har  bir  so’mlik  veksel  ro’yxatdan  o’tkazildi.  Dastlabki  bosqichda 

qishloq  xo’jaligi  mahsulotlarini  ishlab  chiqaruvchi  va  uni  qayta  ishlovchi 

xo’jaliklarga - ko’p mablag’ talab korxona va tashkilotlarga ruxsat berildi.  

Pul  munosabatlarining  sanab  o’tilgan  turlari  korxona  (tashkilot)  lar 

moliyasining  mazmunini  tashkil  etib,  ular  xo’jalik  yuritish  sub’ektlarida  pul 

daromadlari  va  jamg’armalarining  shakllanishi  va  taqsimlashning  hamda  o’z 




majburiyatlarini  bajarish  va  kengaytirilgan  qayta  ishlab  chiqarish,  xodimlarga 

ijtimoiy  yordam  ko’rsatish  va  moddiy  rag’batlantirish  bo’yicha  sarflarni  moliya 

bilan  ta’minlashda  foydalanish  bilan  bog’liq  bo’lgan  pul  munosabatlari  sifatida 

aniqlanishi mumkin. 

Overdraft  -  bu  qisqa  muddatli    majburiyat  kabi  hisoblanadigan  va  avval 

aktiv hisobvarag’ida mavjud bo’lgan, debet qoldig’idan yuqori bo’lgan summada 

to’lovni amalga oshirishda vujudga keladigan kredit qoldig’idir. 

Overdraft,  agar  bank  tomonidan  to’langan  summa    mijoz  hisobvarag’idagi 

qoldiqdan  yuqori  bo’lgan  hollarda  qo’llaniladi.  Lekin  agar  omonatchi 

hisobvarag’idan  overdraftini  amalga  oshirayotgan  bo’lsa,  biroq  ushbu  bankning 

boshqa  hisobvarag’ida  musbat  qoldiqqa  ega  bo’lgan  holda  debet  va  kredit 

qoldiqlarini  qoplash  mumkin.  Bu  holda  bank  debitor  va  kreditor  rolini  bajaradi. 

Ammo turli muassasalarning hisobvaraqlari o’zaro qoplanmaydi. 

Moliyaviy veksel – korxona tomonidan bo’sh mablag’lari hisobidan boshqa 

korxonalarga  ssuda  berishdir.  Moliyaviy  veksellarga  korxonaning  muddatida 

qaytarilmagan kreditor qarzlarini rasmiylashtiradigan veksellarni kiritish mumkin. 

Vekselning ikki turi mavjud: oddiy va o’tkazma. Oddiy veksel (solo veksel) 

qarzdor  tomonidan  to’ldirilib  imzolanadi  va  kreditorga  ma’lum  summani 

belgilangan  muddatda  so’zsiz  to’lanishi  ko’rsatiladi,  ya’ni  oddiy  veksel  bilan 

rasmiylashtirilgan qarz  majburiyatida daslab ikki shaxs qatnashadi: bir tomondan 

kreditor  (veksel  saqlovchi),  ikkinchi  tomondan  qarzdor  (veksel  beruvchi)  va  shu 

bilan birga to’lovchi bo’lib hisoblanadi. 

O’tkazma  veksel  oddiy  vekseldan  tubdan  farqlanadi.  O’tkazma  veksel 

(tratta)  kreditor  (trassant)  tomonidan  to’ldirilib  imzolanadi.  Unda  vekselda 

ko’rsatilgan  summani  belgilangan  muddatda  uchinchi  shaxs  (remitent)  ga  to’lash 

to’g’risida qarzdor (trassat) ga berilgan buyruq mavjud. Bu holda teskari vaziyat 

vujudga  keladi:  veksel  qarzdor  tomonidan  yozilmasdan  haq  talab  qilib  oladigan 

shaxs  tomonidan  yoziladi.  SHunday  qilib  veksel  beruvchi  kreditor  hisoblanadi. 

Qarzdor  esa  veksel  saqlovchi  emas,  faqat  to’lovchi  bo’lib  hisoblanadi.  Odatda 

o’tkazma  vekselni  ushlovchi  bo’lib  uchinchi  shaxs  hisoblanadi.  Vekselda 




ko’rsatilgan  summani  qarzdor  to’lovchi  uchinchi  shaxsga  to’lashi  kerak.  Bunda 

nima uchun veksel beruvchi vekselda ko’rsatilgan summani remitentga to’lanishi, 

ular  o’zaro  qanday  munosabatda  ekanligi,  birining  ikkinchisi  oldida  qanday 

majburiyatlari  borligi  to’lovchini  qiziqtirmaydi.  Qarzdorning  to’lash  majburiyati 

faqat veksel beruvchi oldidagi qarz majburiyati bilan bog’liq bo’lib, hech qanday 

keyingi  veksellar  uni  o’zgartirmaydi.  SHu  munosabat  bilan  veksel  beruvchi 

o’tkazma  vekselni  o’zi  o’ziga  ham  yozib  berishi  mumkin  va  dastlab  o’tkazuvchi 

bo’yicha  majburiyatda  ham  (oddiy  vekselga  o’xshab)  faqat  ikkita  shaxs 

qatnashadi:  Bir  tomondan  –  qarzdor  to’lovchi  ikkinchi  tomondan  esa  –  bir 

vaqtning  o’zida  ham  veksel  beruvchi  ham  veksel  saqlovchi  bo’lgan  kreditor. 

Keyinchalik veksel saqlovchi o’z huquqini indossament tartibida uchinchi shaxsga 

o’tkazib  berishi  mumkin.  O’tkazma  veksel  to’lovchi  (trassat)  tomonidan 

akseptlanishi kerak, va faqat shundagina yuridik kuchga ega bo’ladi. 

O’zbekistonda  veksel  muomalalari  quyidagi  normativ  hujjatlariga  asosan 

amalga oshirilgan edi: 

 -  1995  yil  2  iyundagi  204–sonli  «Xalq  xo’jaligida  vekselni  qo’llash 

to’g’risida» gi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori; 

 - 1995 yil 31 maydagi 147 – sonli qarori bilan Adliya Vazirligi tomonidan 

ro’yxatga olingan MB va MV tomonidan ishlab chiqilgan «Oddiy va o’zgaruvchi 

veksel to’g’risida»gi nizomi; 

 -  1995  yil  31  maydagi  148  –  sonli  qarori  bilan  O’z  R  Adliya  vazirligi 

tomonidan  ro’yxatga  olingan  «Veksel  bilan  bo’ladigan  muomalalarni  bank 

tomonidan o’tkazilish qoidalari». 

Lekin hozircha O’zbekistonda veksel muomalalari amalga oshirilmayapti.

23

 

Depozit sertifikatlari (inglizcha certifikate of deposit) - bu pul mablag’larini  



omonatga    qo’yilganligi    to’g’risida,    omonatchiga    belgilangan  muddat  

tugagandan  so’ng  depozit  summasi  va  unga  tegishli  foizlarni  olish huquqini 

beruvchi kredit muassasasining guvohnomasidir.  

                                           

23

 А.С.Сотиволдиев. Замонвавий бухгалтерия ҳисоби. 298-300-бетлар 




1994 yildan boshlab depozit sertifikatlari yuridik shaxslar uchun 1  yilgacha 

muddatga, jismoniy shaxlar uchun 3 yilgacha muddatga chiqarila boshlandi.  

Varrant  (nemischa  warrant  so’zidan) -  bu  uning  egasi  ma’lum  muddat 

davomida    yoki    ma’lum    bir    kunda    varrantlar    emitenti    tomonidan    dastlabki 

chiqarilgan  qimmatli  qog’ozlarni  xarid  qilish  huquqini  olganligi  tasdiqlovchi 

hujjat.  

Xulosa,  hozirgi  kunda  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlarning  asosiy  qismi  va 

respublikamizning  ko’pgina  aholisi  vaqtincha  bo’sh  turgan  mablag’larini 

omonatlarga  qo’yishiga  nisbatan  qimmatli  qog’ozlarga  sarflashning  afzalliklarini, 

chunonchi  sarflangan  mablag’lar  muddatidan  ilgari  foydalanish  zarurati 

tug’ilganda uni sotishda hamda undan qulay va hech qanday sarf xarajatsiz to’lov 

vositasi yoki kredit olish uchun garov sifatida foydalanishi mumkinligini tushunib 

etdi. 

 

 



 



Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling