Мундарижа
“RAK AVIATION SERVICES” MCHJda pul mablag’lari va pul
Download 1.04 Mb. Pdf ko'rish
|
pul mablaglari va pul ekvivalentlari hisobi
3.2. “RAK AVIATION SERVICES” MCHJda pul mablag’lari va pul
ekvivalentlari auditini takomillashtirish yo’nalishlari Iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida O’zbekiston Respublikasida xalqaro talablarga asoslangan auditorlik faoliyatini tashkil etish va ular darajasini jahon amaliyoti talablariga asoslangan auditorlik faoliyatini tashkil etish zarurati vujudga kelmoqda. “RAK AVIATION SERVICES” MCHJda sarflanadigan harajatlarni kamaytirish, moliyaviy natijalarni to’g’ri aniqlash, pul mablag’lari harakatini to’g’ri olib borish zarurati korxonani audit qilishni oldiga yangi vazifalar qo’yadi. Ana shu vazifalar sirasiga korxona harajatlarning olinadigan daromadlarga ta’siri, pul mablag’larining aylanishi va foyda bilan o’zaro bog’liqligini auditorlik tekshiruvi orqali aniqlash zarur. Tovar-pul munosabatlari mavjud bo’lgan hamda qiymat qonuni amal qilayotgan bir paytda pul umumiy ekvivalent bo’lib, xalq xo’jaligining rejali proporsional rivojlantirishning muhim vositasi hisoblanadi. Shuning uchun pulning barqarorligini oshirish davlat ahamiyatiga molik ishdir. Pul mablag’larining saqlanishi va ulardan ratsional foydalanishni nazorat qilish bu borada muhim rol o’ynaydi.
“RAK AVIATION SERVICES” MCHJda pul mablag’lari bo’yicha auditorlik tekshiruvini amalga oshrishda asosiy vazifa ularning saqlanishini hamda foydalanishini iqtisodiy maqsadli bo’lishini va qonuniyligini tekshirishdan iboratdir. Pul mablaglari auditining asosiy vazifalari kuyidagilardan iborat bo’ladi: pul mablaglari, kimmatli kogozlar, kat’iy hisobot beriladigan blankalar xakikatda mavjudligini hisobga olish ma’lumotlariga muvofikligini aniklash; nakd pul va boshka kiymatliklarni saklash sharoitlari ta’minlanligini tekshirish; kassa operasiyalari yuritilishining tasdiklanishining nizomla va koidalarga muvofikligini aniklash; kassada pul mavjud bulish limitiga, operasiya va xujalik sarflariga xamda boshka extiyojlarga hisobot berish sharti bilan pul berish shartlariga rioya kilinishini tekshirish; pul mablaglarini sarflashning maksadga muvofikligi va konuniyligini tekshirish; bank oboroti yozuvlarining korxona kassa daftaridagi yozuvlar bilan bir xilligini aniklash; bank kuchirmasi va xar bir operasiyani tasdiklovchi birlamchi xujjatlar mavjudligi tekshirish; bankdan chek buyicha olingan nakd pul mablaglarining kassaga uz vaktida va tulik kirim kilinishini tekshirish; bankdagi hisobvaraklardan maxsulot etkazib beruvchilarga, kursatilgan ish va xizmatlar uchun tashkilotlarga, jamgarma banklarning nomiga, boshka debitorlar va kreditorlarga karz summalarini utkazilishining tugriligi va konuniyligini tekshirish; chek daftarchalari va kuchirmalarini saklash, ular buyicha bankdan nakd pul olishning belgilangan tartibiga rioya kilinishi, tuldirilmagan cheklarda imzolarning yukligini aniklash;
ish xaki tulash muddatlariga rioya kilinishini tekshirish va boshkalardan iborat. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun audit quyidagi tartibda amalga oshiriladi: birinchi navbatda inventarizatsiya o’tkazish yo’li bilan korxona kassasida bor bo’lgan pul mablag’lari va boshqa qimmatli qog’ozlar summasi aniqlanadi, «Yuridik shaxslar tomonidan kassa muomalalarni yuritish tartibi» yo’riqnomaga qanchalik darajada amal qilinayotganligi tekshiriladi; ikkinchidan, bank muassasalari bo’limidagi hisob-kitob schyoti va boshqa schyotlar bo’yicha amalga oshirilgan xo’jalik muomalalari ko’rib chiqiladi. “RAK AVIATION SERVICES” MCHJda kassa muomalalarini yuritishi tartibiga rioya qilinishini tekshirishda kassir vazifasini ish haqi, pul va bank muomalari hisobini olib boruvchi, kassa hujjatlariga imzo qo’yish, tasdiqlash huquqiga ega bo’lgan buxgalteriya xodimlari qo’shib olib borilmasligiga; kassaga kirim qilingan tushum bankdan olingan pul va boshqa maqsadlarga sarflanmayotganiliga e’tibor berishi kerak. “RAK AVIATION SERVICES” MCHJda auditorlik tekshiruvini o’tkazishda birinchi navbatda schyotlardagi pul mablag’larining audit o’tkazilayotgan oy boshiga bo’lgan qoldig’i bank schyotidan ko’chirma va buxgalteriya hisobi registrlaridagi (bosh jurnal, jurnal orderlar) yozuvlar bilan solishtirilib tekshiriladi. Agarda farq chiqsa, buning sabablari aniqlanib, xatolar tuzatiladi. Keyin hujjatlarni «o’qish usuli» asosida bank schyotidan ko’chirma va unga ilova qilib keltirigan hujjatlar diqqat bilan o’rganib chiqiladi. Bunda hujjatlarning haqiqiyligi, ulardagi sanalar, nomerlar, korrespondensiyalanuvchi schyotlarning kodlari, shtamp, bank xodimlari imzolari tekshirib ko’riladi. Shundan so’ng, bank schyotidan ko’chirma va ilova hujjatlari arifmetik tekshirishdan o’tkaziladi: taksirovkaning to’g’riligi, oborot summalarining to’g’ri jamlanishi, boshlang’ich va oxirgi qoldiqlarning to’g’ri chiqarilganligi tekshirib chiqiladi. (Korxonada o’tkazilgan auditorlik tekshiruvi xulosasi BMIning ilovasida keltirilgan.) Auditorlik kompaniyasi tomonidan hisob kitob sho’ti bo’yicha o’tkazilgan audit natijasiga ko’ra, korxona moliya – xo’jalik faoliyatini olib borishda tijorat banklarning birida ochilgan hisob kitob sho’tidan foydalanadi. Hisob-kitob sho’ti bo’yicha operatsiyalar “RAK AVIATION SERVICES” MCHJda mavjud qonunlar asosida olib borilishi aniqlangan. Korxonada auditor hisob-kitob schyotiga kelib tushgan pul mablag’larining to’liq kirim qilinishi va buxgalteriya hisobida to’g’ri aks ettirlishini tekshirishda ham hujjatlarni solishtirib ko’rish usulidan foydalaniladi. Tayyorlov tashkilotlari va boshqa sotib oluvchilardan tushgan tushum summalari 9000 - «Asosiy faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar», 4010 – «Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» va boshqa sotish bilan bog’liq schyotlar bilan solishtirilib ko’riladi. Xulosa qilib aytganda, “RAK AVIATION SERVICES” MCHJda audit xizmatini yanada takomillashtirish uchun quyidagilarga alohida e’tibor qaratilishi lozim: iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ishlab chiqarish faoliyatini uzluksizligini ta’minlash rejalashtirilgan har bir xo’jalik yurutuvchi sub’yektlarda auditni tashkil etish va uni takomillashtirish maqsadga muvofiqdir. Chunki korxonani texnik - tehnologik jihozlash o’z navbatida uning aktivlari hisobini 1 mlrd. so’mdan ortishini ta’minlaydi; korxonada tashkil etilgan audit faoliyatini tartibga keltirish va takomillashtirish uchun xalqaro auditorlik standartlari talablaridan kelib chiqqan holda korxonaning audit tizimi xodimlari uchun audit standartlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish lozim; mamlakatimizda ishlab chiqilgan me’yoriy hujjatlar va auditorlik standartlarida audit tizimidagi tahliliy amallarni belgilab berilmagani bois, moliyaviy holatni auditdan o’tkazish uchun tahliliy amallardan foydalanish tizimini ishlab chiqish; tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan tahliliy usullaridan korxonaning moliyaviy-iqtisodiy holatini tekshirishda asosiy qo’llanma sifatida foydalanish lozim. “RAK AVIATION SERVICES” MCHJda auditni takomillashtirish bo’yicha tavsiya etilayotgan takliflar mustaqillik, mahfiylik, axborot ta’minoti, axborotni olishdagi tezkorlik, auditning zamonaviy korxonalarni boshqarish tizimidagi rolini oshirish imkonini beradi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling