biroz xatari bo’lgan qisqa muddatli, yuqori likvidli investisiyalar (moliyaviy
qo’yilmalar).”
5
Pul ekvivalentlari – bu pul mablag’lariga o’xshaydigan, lekin boshqacha
turkumlanadigan aktivlardir. Ular kassa veksel (kassa veksellari – bu muomalaga
chiqarilgan, keyin bir yildan kam muddatga qaytariladigan davlatning foizsiz
majburiyatlaridir. To’lash qiymati bilan chiqarilish qiymati o’rtasidagi farq
xaridorning foiz daromadi bo’ladi. Kassa veksellari bir yil ichida va undan ortiq
muddatda to’lanadigan davlat majburiyatlari hisoblanib, agar ular joriy moliyaviy
yil davomida to’lanmasa, qisqa muddatli investisiya sifatida turkumlanmaydi),
tijorat veksellari (qisqa muddatli veksel – bu korporasiyalar tomonidan chiqarilgan
o’zining qisqa muddatli pul mablag’lariga bo’lgan ehtiyojlarini moliyalashtiruvchi
mablag’lardir) va depozit sertifikatlaridan (tezda talab qilib olish mumkin
bo’lmagan depozit sertifikatlari yoki bank depozitlari, muomaladan chiqarish yo’li
bilan to’lanishi mumkin) iborat. Ekvivalentlar kassa schyotida hisobga olinadi va
ko’pincha pul ekvivalentlarini hisoblashish vositalariga aylantirish ehtiyoji yo’q.
Do'stlaringiz bilan baham: