Kichik korxonalarni soliqqa tortishda belgilangan soliq siyosatining yo’nalishlari
Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotining moddiy asosini ta’minlashda kichik biznes alohida ahamiyatga egadir. Hozirgi paytda mamlakatimizda xususiy sektor va kichik biznesni rivojlantirish eng muhim va dolzarb masalalardan biridir. Bu soha jamiyatning barcha ijtimoiy-iqtisodiy sohalariga ta’sir ko’rsatib, fuqarolar hayotining, shuningdek, davlatning muayyan tarixiy- iqtisodiy shart-sharoitlarini aks ettiradi. Shu bois Prezidentimiz ham o’z nutqlarida to’xtalib o’tib, shunday degan edilar: «Mamlakatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va uni qo’llab-quvvatlash, bunda potentsial xorijiy investorlarni izlab topish, bo’lg’usi sarmoyadorlar bilan aloqa o’rnatish, qo’shma korxonalar ochish, ular uchun qulay sharoitlar yaratish masalasi iqtisodiyotda ustivor deb hisoblanashi lozim».13
Yagona soliq to’lovini yuridik shaxslar mustaqil ravishda belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqib hisoblaydilar. Yagona soliq to’lovi stavkalari 2014 yil uchun Prezidentning 2013 yil 25 dekabrdagi 2099-sonli qarori bilan tasdiqlangan bo’lib, quyidagicha tabaqalashtirilgan:
13 Karimov I. Bank tizimi, pul muomalasi, kredit, investitsiya va moliyaviy barqarorlik to’g’risida. T.:O’zbekiston, 2005. 447-b.
jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |