Мундарижа
Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lovi stavkalari14
Download 92.2 Kb.
|
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida soliq siyosatining tutgan orni-конвертирован
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xiva tuman mahalliy byudjetining daromadlari tarkibi 15
Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lovi stavkalari14
*) Mol-mulkini moliyaviy ijara (lizing)ga berayotgan korxonalar uchun - moliyaviy ijara (lizing) bo’yicha foizli daromad summasi. **) Haq summasiga (yalpi daromadga) nisbatan foizlarda.
Yagona soliq to’lovining turli stavkalari belgilangan faoliyat turlarini amalga oshirayotgan yagona soliq to’lovi to’lovchilari bunday faoliyat turlari bo’yicha alohida hisob yuritishlari va tegishli stavkalardan kelib chiqqan holda yagona soliq to’lovining hisob-kitobini amalga oshirishlari kerak. Agar mikrofirma va kichik korxonalar, asosiy faoliyati bilan bir qatorda, boshqa faoliyat turlari bilan shug’ullansalar, ushbu faoliyat turlari bo’yicha ular alohida hisob yuritishlari hamda soliq to’lovchilarning mazkur toifasi uchun qonunda nazarda tutilgan soliqlar, yig’imlar va davlat maqsadli jamg’armalari hamda ta’limni rivojlantirish jamg’armasiga majburiy ajratmalarni to’lashlari shart. Soliq kodeksining 358-moddasiga asosan yagona soliq to’lovini to’lashdan nogironlarning jamoat birlashmalari, "Nuroniy" jamg’armasi va "O’zbekiston chernobilchilari" assotsiatsiyasi mulkida bo’lgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etadigan yuridik shaxslar ozod qilingan. Ushbu imtiyozni olish huquqi belgilanayotganda xodimlarning umumiy soniga shtatda bo’lgan xodimlar kiritiladi. Yagona soliq to’lovi soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchilar uchun yagona soliq to’lovi summasi byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan qo’shilgan qiymat solig’i summasiga, lekin yagona soliq to’lovi summasining 50 foizidan ko’p bo’lmagan miqdorga kamaytiriladi. Qo’shilgan qiymat solig’ini ixtiyoriy ravishda to’lashga kalendar yil boshidan e’tiboran o’tmagan to’lovchilar yagona soliq to’lovi summasini qo’shilgan qiymat solig’i hisoblab chiqarilgan hisobot davriga to’g’ri keladigan summaga kamaytiradi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling