Мундарижа
ВOB. IQTISODIY O’SISHNI TA’MINLASHDA SOLIQ SIYOSATINI OQILONA YURITISH MASALALARI
Download 92.2 Kb.
|
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida soliq siyosatining tutgan orni-конвертирован
ВOB. IQTISODIY O’SISHNI TA’MINLASHDA SOLIQ SIYOSATINI OQILONA YURITISH MASALALARIKichik biznes sub’ektlarini soliqqa tortishni takomillashtirish yo’nalishlari Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bozor iqtisodiyotining zarur elementi hisoblanib, bir qator muhim ustuvor vazifalarni bajaradi. Bunday vazifalar qatoriga raqobat muhitini shakllantirish va rivojlantirish, yangi ish o’rinlarini yaratish, shu orqali aholining bandligini ta’minlash hamda turmush tarzini yaxshilash, shuningdek aholining past va yuqori daromadga ega bo’lgan qatlamlari o’rtasidagi tafovutni kamaytirish kabi vazifalarni kiritish mumkin. Bu haqda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti to’xtalib, – “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli va o’rni tobora mustahkamlanib borayotganining o’zi iqtisodiyotimizning tarkibida bo’layotgan ijobiy o’zgarishlardan dalolat beradi. Faqatgina o’tgan yilning o’zida yurtimizda 26 mingdan ziyod kichik biznes sub’ekti ish boshladi, ushbu sektorda faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarning umumiy soni yil oxiriga kelib 190 mingtaga etdi. Bugungi kunda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining qariyb 55,8 foizi ayni shu sohada ishlab chiqarilmoqda. Vaholanki, 2000 yilda bu ko’rsatkich 31 foizdan iborat edi. Ayni paytda ishlab chiqarilayotgan jami sanoat mahsulotlarining 23 foizi, ko’rsatilayotgan bozor xizmatlarining deyarli barchasi, mahsulot eksportining 18 foizi, iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan band bo’lgan aholining 75 foizi kichik biznes ulushiga to’g’ri kelmoqda. Ana shu raqamlardan ko’rinib turibdiki, kichik biznes shaklan kichik bo’lishiga qaramasdan, iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish, aholini ish bilan ta’minlash muammosini hal etish va xalqimiz farovonligini yuksaltirishda tobora katta rol o’ynamoqda20” deb ta’kidladilar. Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, xo’jalik faoliyatini yuritishda kichik biznes sub’ektlari nechog’lik ko’p erkinlikka ega bo’lsalar, bozorda
raqobat muhiti shunchalik tez rivojlanadi. Albatta, davlat bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida raqobat muhitini shakllantirishda faol ishtirok etishi, erkin raqobatni himoya qiluvchi antimonopol siyosat yurgizishi va tadbirkorlik faoliyatini iqtisodiy richaglar orqali, jumladan soliqlar vositasida rag’batlantirishi zarur. Kichik biznes sub’ektlari iqtisodiyoti rivojlangan AQSh, G’arbiy Evropa mamlakatlari, Yaponiya, janubiy-sharqiy Osiyo davlatlarining taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shunga qaramay, dunyo mamlakatlarida soliq to’lovchilarga soliq solishning qulay shartlarini yaratilganligi bo’yicha tadqiq etilganda, har doim ham rivojlangan davlatlar yuqori reytingni egalamaydi. Bu tabiiy holat albatta, chunki rivojlanayotgan yoki rivojlanish yo’lidan borayotgan mamlakatlar soliq yukini kamaytirish orqali tadbirkorlar uchun har jihatdan maqbul investitsion muhitni yaratish maqsadida eng qulay soliqqa tortish tizimini yaratishga katta e’tibor beradilar. PricewaterhouseCoopers (PWC) kompaniyasi tomonidan tayyorlangan, Jahon banki va xalqaro moliya korporatsiyasi hisobotlarida e’lon qilingan «Paying Taxes 2012» reytingi ma’lumotlariga ko’ra eng qulay soliq tizimi joriy etilgan o’n beshta mamlakatlar jumlasiga quyidagilar kiradi. Pricewaterhouse Coopers kompaniyasi tadqiqotlarining ko’rsatishicha, eng sodda soliq tizimi Yaqin Sharq mamlakatlariga to’g’ri keladi, sanoati rivojlangan Evropa mamlakatlarida bir muncha murakkab soliq tizimini ko’rishimiz mumkin. Evropa davlatlaridan Daniya bu yo’nalishda bir muncha yaxshi ko’rsatkichga ega bo’lib, ushbu davlatda 10 ta soliq amal qiladi hamda umumiy soliq stavkasi 27,5 foizga teng. Daniyadan reytingda bir pog’ona yuqorida turgan Lyuksemburg davlatida soliqlar soni 23 ta bo’lsa-da, lekin umumiy soliq stavkasi 20,8 foizni tashkil etadi. Download 92.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling